Eshkaraev Sadridin Choriyevich

Ma’lumoti:oliy, mutaxassisligi «kimyogar» (1996, ixtisosligi: kimyo o’qituvhisi, №117626)

Ilmiy darajasi:kimyo fanlari falsafa doktori (2020)

lavozimi: Kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasi mudiri (2019 y)

Umumiy ish staji: 24 yil 4 oy 12 kun

Umumiy pedagogik staji: 21 yil 4 oy 12 kun

 

“Kimyoviy va oziqovqat texnologiyasi” kafedrasi mudiri, kimyo fanlari falsafa doktori (02.00.02-Analitik kimyo). 1974 yilda tug’ilgan, millati o’zbek. 1996 yilda Termiz davlat universitetini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1996-1998 yy.- Termiz davlat universiteti o’qituvchisi vazifasida boshlab, 1998-2003 yy.- Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani 23-o’rta maktab o’qituvchisi, 2003-2010 yy.- Termiz davlat universiteti Anorganik va analitik kimyo kafedrasi o’qituvchisi, 2010-2014 yy.- Termiz davlat universiteti Anorganik kimyo kafedrasi aspiranti va doktoranti, 2014-2017 yy.- Termiz shahridagi Asil ilm ziyosi o’quv markazida repetitor o’qituvchi, 2017-2018 yy.- Termiz tumanidagi Xalqabod transport va xizmat ko’rsatish kasb-hunar kolleji o’qituvchisi, 2018-2019 yy.- Surxondaryo viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi atrof-muhit ifloslanishi monitoringi bo’limi boshlig’i o’rinbosari, Agrokimyo stantsiyasi Surxondaryo filiali MChJ Agroekologiya bo’limi boshlig’i va 2019 yildan hozirgi vaqtgacha Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali Kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyalari kafedrasi mudiri  lavozimlarida ishlab kelmoqda.

Ilmiy va pedagogik staji – 24 yil. Ilmiy ishlari Surxondaryo tuproqlari tarkibidagi radionuklidlarni  aniqlashga bag’ishlangan.

Ilmiy tadqiqotlari yuzasidan jami 24 ta ilmiy ishi chop etilgan, shundan 6 ta maqola, jumladan, 1 ta maqola Scopus tizimidagi xorijiy jurnalda 2 ta maqola xorijiy jurnallarda, 4 ta makola mahalliy ilmiy jurnallarda  nashr etilgan va 14 ta tezislar xalqaro va Respublika ilmiy konferentsiya materiallari to’plamida nashr qilingan.

2 ta davlat granti (OT-F7-34, F-7-28) asosida izlanishlar olib borgan.

2020 yil 30 iyul kuni Termiz davlat universiteti k.f.d., professori X.X. Turaev ilmiy rahbarligida Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashda 02.00.02-Analitik kimyo ixtisosligi bo’yicha «Surxondaryo viloyati t uproqlari tarkibidagi seziy-137 va strontsiy-90 radionuklidlarini beta va gamma-nurlanshlar asosida radiometrik-spektrometrik aniqlash usulini ishlab chiqish» mavzusida kimyo fanlari falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qildi.