Nosirov Faxriddin Jaylovovich

Faxriddin Jaylovovich Nosirov 1973 yil 1 yanvarda Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida tug’ilgan, millati tojik. U 1994 yili Toshkent Davlat texnika universitetining Mexanika fakulteti «Qishloq ho’jaligi mashinalari» mutaxassisligi bo’yicha o’qishni tugatib, mazkur universitetning «Gidroenergetika» kafedrasida 1997-1998 yillarda stajyor, 1998-2001 yillarda aspiranturada tahsil olgan va shu kafedrada 2001 yilda assistent bo’lib ishga kirdi.  2011 yilda texnika fanlari bo’yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2014 yil Oliy attestatsiya komissiyasining qaroriga ko’ra dotsent ilmiy unvonini olgan.

  Universitetda ishlash jarayonida ilmiy — tadqiqot ishlarini bajarish bilan bir qatorda «Nasos stantsiyasining gidromexanik jihozlari», «Gidroenergetik qurilmalarni ishlatish» va «Gidroenergetik qurilmalarni yig’ish va sozlash», «Gidroenergetik qurilmalar» fanlaridan laboratoriya ishlarini tashkil qilib, uslubiy va o’quv qo’llanmalarini hammualliflikda tayyorladi.

U 2003-2008 yillarda Davlat granti asosidagi loyiha ilmiy tadqiqot ishlari hamda ho’jalik shartnomalarida faol qatnashdi. Ilmiy – tadqiqot ishlari natijalari bo’yicha uning 15 dan ortiq ilmiy maqolalari Respublika va xorijiy jurnallarda chop etilgan hamda 3 ta  hammualiflikda patent olgan.

U 50 dan ortiq  ilmiy-uslubiy ishlar muallifi. Jumladan: 7 ta patent, 4 ta o’quv qo’llanma, 11 ta uslubiy qo’llanma va 20 dan ortiq uslubiy ko’rsatma chop ettirgan.

MEHNAT FAOLIATI

1989-1994 yy. — Toshkent davlat texnika universiteti talabasi

1994-1997 yy. — Qashqadaryo viloyati o’rmon xo’jaligi bosh muhandisi

1997-1998 yy. — Toshkent davlat texnika universiteti stajyor tadqiqotchisi

1998-2001 yy. — Toshkent davlat texnika universiteti aspiranti

2001-2005 yy. — Toshkent davlat texnika universiteti “Gidroenergetika” kafedrasi assistenti

2006-2013 yy. — Toshkent davlat texnika universiteti “Gidravlika va gidroenergetika” kafedrasi katta o’qituvchisi

2013 -2017yy. — Toshkent davlat texnika universiteti “Gidravlika va gidroenergetika” kafedrasi dotsenti

2017 y-x.v         Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialining  o’quv va ilmiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari