ISLOM KARIMOV  NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI TERMIZ FILIALI HAQIDA

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 iyunda “Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to’g’risida” PQ-3101-son Qarori chiqarildi. Unga ko’ra Toshkent davlat texnika universitetining Termiz filiali tashkil etildi.

TDTU Termiz filialining joylashgan manzil: Surxondaryo viloyati Termiz shahri I.A.Karimov ko’chasi, 288 A-uy, Pochta indeksi-190100

Hozirgi kunda filialda 2 ta fakultet va 9 ta kafedra faoliyat ko’rsatmoqda.  11 ta bakalavriat ta’lim yo’nalishlarida 1317 nafar talabalar tahsil olmoqda. Talabalarga bilim va ko’nikmalar berish uchun 96  shtat birligi ajratilgan bo’lib (75 nafar asosiy shtatda,  32 nafar o’rindoshlar) iborat professor-o’qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Filialning ilmiy salohiyati 16 % foizni tashkil qiladi.

Filialda 2 ta o’quv binosi, 1 ta o’quv poligoni, 4 ta laboratoriya xonalari, 2 ta kompyuter sinfi, 1810 o’rinli o’quv auditoriyalari, 375 o’ringa mo’ljallangan 2 ta  talabalar turar joylari binosi, 3 ta yopiq sport majmualari mavjud.  

TERMIZ FILIALI MISSIYASI – respublikamiz iqtisodiyotining mashinasozlik, yer usti transport tizimlari, transport inshootlari va ularning ekspluatatsiyasi, avtomobil yo’llari va aerodoromlar, yengil sanoat buyumlari konstruktsiyasini ishlash va texnologiyasi, kimyoviy  va oziq-ovqat texnologiyalari, ekologiya va atrof-muxit muhofazasi  yo’nalishlarida kadrlarni va yuqori sifatli malakali mutaxassislarini  tayyorlash ishlari sohalaridagi jadal rivojlanayotgan ishlab chiqarish korxonalari uchun zarur bo’lgan yuqori malakali muhandis va muhandis – texnolog kadrlarni  tayyorlashni yanada takomillashtirish va sifatini tubdan yaxshilash.