O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
FARMONI
INSON HUQUQLARI BO‘YICHA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MILLIY STRATEGIYASINI TASDIQLASH TO‘G‘RISIDA
 
So‘nggi yillarda inson huquqlarini himoya qilishning qonunchilik va tashkiliy-huquqiy bazasini mustahkamlash, inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish va xalqaro majburiyatlarni bajarish, shuningdek, inson huquqlarini himoya qilish masalalari yuzasidan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni faollashtirishga doir tizimli ishlar olib borilmoqda.
Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasi inson huquqlari bo‘yicha 80 dan ortiq xalqaro hujjatlarga, jumladan Birlashgan Millatlar Tashkilotining (keyingi o‘rinlarda — BMT) 6 ta asosiy shartnomaci va 4 ta fakultativ protokoliga qo‘shilgan bo‘lib, ularning amalga oshirilishi yuzasidan BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi va shartnomaviy qo‘mitalariga muntazam ravishda milliy ma’ruzalarni taqdim etib kelmoqda.
Bundan tashqari, milliy qonunchilikni inson huquqlari sohasidagi xalqaro-huquqiy standartlar bilan uyg‘unlashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Shu bilan birga, inson huquqlari sohasida uzoq muddatli strategiyaning qabul qilinishi ushbu sohada davlat siyosatining samarali amalga oshirilishiga, inson huquqlari va erkinliklariga hurmat munosabati shakllanishiga, mamlakatning xalqaro maydondagi obro‘si yanada mustahkamlanishiga, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy va siyosiy-huquqiy reyting hamda indekslardagi mavqeyi yaxshilanishiga xizmat qiladi.
Inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish mexanizmini yanada takomillashtirish, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi ijrosini ta’minlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarni samarali va o‘z vaqtida amalga oshirish maqsadida:
1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari bo‘yicha xalqaro shartnomalari normalarini bajarish yuzasidan mas’ul davlat organlari va tashkilotlari faoliyatining asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
xalqaro tashkilotlarning inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha tavsiyalarini amalga oshirishga qaratilgan milliy harakat rejalari (“yo‘l xaritalari”)ning so‘zsiz bajarilishini ta’minlash;
qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish orqali BMTning inson huquqlari bo‘yicha ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalarining tavsiyalarini bajarishga to‘sqinlik qilayotgan sabab va sharoitlarni aniqlash, tahlil qilish hamda bartaraf etish;
O‘zbekiston Respublikasining inson huquqlari bo‘yicha xalqaro majburiyatlarini bajarish sohasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jamoatchilik palatasi va fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorlikni amalga oshirish.
2. Xalqaro tashkilotlar, jumladan BMTning ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalarining tavsiyalarini inobatga olgan holda, shuningdek, inson huquqlarini ta’minlash va himoya qilish bo‘yicha dolzarb masalalarni har tomonlama o‘rganish, amaldagi qonunchilik, huquqni qo‘llash amaliyoti va ilg‘or xorijiy tajribani tahlil qilish hamda keng jamoatchilik muhokamasi, xalqaro va milliy maslahatlashuvlar natijasida ishlab chiqilgan:
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi (keyingi o‘rinlarda — Milliy strategiya) 1-ilovaga muvofiq;
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” (keyingi o‘rinlarda — “Yo‘l xaritasi”) 2-ilovaga muvofiq;
Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari bo‘yicha ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalari xabarnomalari va qarorlarini ko‘rib chiqish yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi davlat organlarining o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
a) Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) Milliy strategiya va “Yo‘l xaritasi”ning amalga oshirilishi yuzasidan:
muntazam monitoring olib borib, chora-tadbirlar sifatli va o‘z vaqtida ijro etilishi bo‘yicha taklif va tavsiyalarni tegishli vazirlik va idoralarga kiritib boradi;
doimiy ravishda aniq ko‘rsatkichlar va erishilgan natijalar aks ettirilgan batafsil axborotni o‘z veb-saytida joylashtirib boradi;
har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga umumlashtirilgan ma’lumot kiritadi;
axborot-tahliliy sharhlar tayyorlanishi, xorijiy tillarga tarjima qilinishi va e’lon qilinishini ta’minlaydi;
b) “Yo‘l xaritasi”da belgilangan mas’ul ijrochilar o‘zlariga yuklatilgan vazifalar ijrosi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har oyning 5-sanasiga qadar Markazga taqdim etadi. Bunda, vazirlik va idoralarning birinchi rahbarlari “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarning to‘liq, sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishi uchun shaxsan javobgardir;
v) Milliy strategiya va “Yo‘l xaritasi”ning ijro holati yuzasidan har olti oyda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlislarida vazirlik va idoralarning axboroti tinglanadi.
4. Quyidagilarga:
a) O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga:
Inson huquqlari sohasida xalqaro majburiyatlarga rioya etilishi bo‘yicha parlament komissiyasini tuzish;
vazirlik va idoralar rahbarlarining Milliy strategiya va “Yo‘l xaritasi”ning ijro holati yuzasidan axborotini har chorakda eshitish va tanqidiy muhokama qilish;
b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlariga vazirlik va idoralar hududiy bo‘linmalari rahbarlarining Milliy strategiya va “Yo‘l xaritasi”ning hududlar kesimida ijro etilishi yuzasidan axborotini har chorakda eshitish va tanqidiy muhokama qilish tavsiya etilsin.
5. Markazning:
inson huquqlarini himoya qilish va inson huquqlari madaniyatini oshirishda ko‘rsatgan xizmatlari uchun har yili Xalqaro inson huquqlari kunida topshiriladigan “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishonini ta’sis etish;
har ikki yilda yuqori saviyada hamda xalqaro tashkilotlar vakillari, xorijiy davlatlar mutaxassislari va faxriy mehmonlar ishtirokida Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand forumini o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflari ma’qullansin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda:
“Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida Hukumat qarorini qabul qilsin;
Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand forumini 2020-yilda Samarqand shahrida o‘tkazish bilan bog‘liq tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
7. Markaz:
bir oy muddatda Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand forumi konsepsiyasi va uni o‘tkazish reglamentini ishlab chiqib, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda davlat oliy ta’lim muassasalari, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashga ixtisoslashtirilgan muassasalar (universitet, institut, markaz, fakultet, kurslar), shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida “Inson huquqlari”, “Ayollar huquqlari” va “Bola huquqlari” bo‘yicha o‘quv kurslari (darsliklari)ni joriy etish bo‘yicha takliflarni kiritsin.
8. Belgilansinki, Markaz xodimlarining lavozim maoshiga fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega shaxslar uchun — lavozim maoshining 30 foizigacha, fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga ega shaxslar uchun — lavozim maoshining 60 foizigacha qo‘shimcha haq to‘lanadi.
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur Farmonda ko‘zda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun 2020-yilgi Davlat budjeti parametrlari doirasida belgilangan tartibda moliyaviy mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin.
10. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi O‘zbekiston Milliy axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Xalqaro press-klub va Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda:
ushbu Farmonning mazmun-mohiyati ommaviy axborot vositalari va Internet jahon axborot tarmog‘ida tushuntirilishini;
Milliy strategiyaning amalga oshirilishi to‘g‘risidagi xolis va to‘liq ma’lumotlarning keng jamoatchilikka tezkor yetkazilishini ta’minlasin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 10-dekabrdagi PQ-4056-son qarori bilan tasdiqlangan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi to‘g‘risidagi nizomga 4-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritilsin.
12. Markaz manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
13. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi V.V. Maxmudov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2020-yil 22-iyun,
PF-6012-son
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PF-6012-son Farmoniga
1-ILOVA
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi
 
O‘zbekistonda inson huquqlarini rag‘batlantirish, himoya qilish va ularga rioya qilish masalalari davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi doirasida shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni ta’minlash sohasida aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Mamlakatimizda inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash masalasi xalqimiz uchun farovon va munosib turmush sharoitini yaratib berishga qaratilgan demokratik islohotlarning bosh mezoniga aylanib bormoqda.
Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlar milliy qonunchilikka va huquqni qo‘llash amaliyotiga tizimli hamda bosqichma-bosqich implementatsiya qilinmoqda. Bugungi kunda O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan 80 dan ortiq inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro hujjatlar normalari milliy qonunchilikda o‘z aksini topmoqda.
Amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar insonlar hayotini, dunyoqarashini hamda turmush tarzini o‘zgartirmoqda. Jamiyatda “Yangi O‘zbekistonni birgalikda barpo etamiz” degan ulug‘vor maqsad shakllandi va “Jamiyat — islohotlar tashabbuskori” degan yangi g‘oya kundalik faoliyatimizga faol kirib bormoqda.
I. Inson huquqlari sohasida taraqqiyot
Inson huquq va erkinliklarini ta’minlashda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq va Virtual qabulxonalari, shuningdek, Bosh vazirning Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha qabulxonalari alohida o‘rin egallamoqda.
Sud-huquq sohasini yanada demokratlashtirish, Konstitutsiya ustuvorligi, qonun oldida tenglik, insonparvarlik, adolatlilik, sud hokimiyatining mustaqilligini ta’minlash, sud jarayonida tortishuv tamoyillarini tatbiq etish, aholining odil sudlovga bo‘lgan ishonchini oshirish, “Xabeas korpus” institutini kengaytirish, tergov ustidan sud nazoratini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlar majmui qabul qilindi.
Inson huquq va erkinliklarini ta’minlashda, nizolarni sudgacha hal qilishda va taraflarni yarashtirishda advokatlarning vakolatlari sezilarli darajada kengaytirilmoqda.
Sudlarda ishlarni ko‘rib chiqishda adolatni, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash uchun “Elektron odil sudlov” tizimi joriy etildi. Aholiga bepul yuridik yordam ko‘rsatish tizimi, shuningdek, Advice.uz huquqiy ma’lumotlar tizimining imkoniyatlarini kengaytirish hamda fuqarolarga bepul huquqiy maslahatlar xizmatini ko‘rsatuvchi “Madad” nodavlat notijorat tashkilotini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilindi.
Ma’muriy, jinoiy, jinoyat-protsessual va jinoyat-ijroiya qonunchiligi takomillashtirib borilmoqda hamda insonparvarlik tamoyiliga yanada moslashtirilmoqda. Afv etish va jamoat birlashmalarining kafilligi ostida shaxslarni jazodan ozod qilishning mutlaqo yangi tizimi joriy etildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasining Jasliq qo‘rg‘onida joylashgan ixtisoslashtirilgan jazoni ijro etish koloniyasining yopilishi muhim insonparvar voqelik bo‘ldi. Qabul qilinayotgan chora-tadbirlar natijasida ozodlikdan mahrum qilish joylarida saqlanayotgan mahkumlarning soni 2,5 baravar kamaydi.
O‘zbekiston Birlashgan Millatlar Tashkilotining (keyingi o‘rinlarda — BMT) Inson huquqlari ta’limi sohasidagi butunjahon dasturida faol ishtirok etmoqda. “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasi” va BMTning Inson huquqlari sohasida ta’lim va tarbiya to‘g‘risidagi deklaratsiyasi qoidalarini amalga oshirish bo‘yicha Milliy harakat dasturining ijrosi yuzasidan keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari, ta’lim muassasalari aholi orasida umuminsoniy qadriyatlar, inson huquqlarini hurmat qilish va rioya qilish tamoyillarini ommalashtirishga, shuningdek, fuqarolarning huquqiy axborotdan foydalanishini ta’minlash jarayoniga keng jalb etilgan.
Fuqarolarning siyosiy huquqlari va erkinliklari, fikr, so‘z va vijdon erkinligini ta’minlashda jamiyat va davlat boshqaruvidagi keng qamrovli tub o‘zgarishlar katta ahamiyatga ega. Parlament va jamoatchilik nazoratining samarali mexanizmlari mustahkamlanmoqda. Vazirlar Mahkamasining parlament oldidagi mas’uliyati sezilarli darajada kuchaytirildi. “Elektron parlament” va “Elektron hukumat” tizimi rivojlantirilmoqda, davlat xizmatlarining turlarini kengaytirish, ularning imkoniyatlari, sifati va tezkorligini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar qabul qilinmoqda.
Parlament, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish, “Xalq qonunlarning tom ma’noda yagona manbai va muallifi hisoblanadi” hamda “Barcha muhim qarorlar bevosita xalq bilan muloqot asosida, jamoatchilikning fikrini hisobga olgan holda qabul qilinadi” tamoyillarini amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Oliy Majlis palatalari tomonidan inson huquqlarining holati to‘g‘risidagi ma’ruzalar, inson huquqlarini ta’minlashda xalqaro va mintaqaviy mexanizmlar bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha milliy harakat rejalari (“yo‘l xaritalari”)ni tasdiqlash amaliyotining yo‘lga qo‘yilishi qonun ijodkorligida yangi muhim qadam bo‘ldi.
O‘zbekistonda inson huquqlariga rioya qilish va uni himoya qilishning milliy mexanizmlarini yanada mustahkamlash va rivojlantirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) va Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyati tubdan takomillashtirildi. Bola huquqlari bo‘yicha vakil va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil lavozimlari joriy qilindi.
Fuqarolarning ijtimoiy va madaniy huquqlarini ta’minlashning noyob tizimi yaratildi. “Obod qishloq”, “Obod mahalla”, “Yoshlar — kelajagimiz”, “Besh tashabbus” kabi 20 dan ortiq davlat ijtimoiy dasturlari va konsepsiyalari amalga oshirilmoqda. BMT Barqaror rivojlanish maqsadlari doirasida milliy maqsadlarni ro‘yobga chiqarish, inson taraqqiyoti bo‘yicha yuqori indeksga ega bo‘lgan (intellektual salohiyati, savodxonligi, insonning o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi) davlatlar darajasiga erishishga, ijtimoiy sohaga innovatsiyalarni keng joriy etishni ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar qabul qilinmoqda.
Ta’lim va tarbiya sohasida keng ko‘lamli tub o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. 2025-yilga borib, 3 — 7 yoshdagi bolalarning 74,5 foizini maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishni nazarda tutuvchi maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish konsepsiyasi hayotga joriy etilmoqda. 11 yillik maktab ta’limi tizimi qayta tiklandi. Bugungi kunda davlat, nodavlat va xorijiy oliy o‘quv yurtlarining soni ortib bormoqda.
O‘zbek tilining xalqimiz ijtimoiy hayotidagi nufuzi oshirilmoqda hamda xalqaro darajada “Milliy tiklanishdan milliy yuksalish sari” tamoyili asosida chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlar natijasida aholining sifatli tibbiy-sanitariya xizmatlaridan foydalanish imkoniyati oshdi. Eng asosiysi, mamlakatdagi o‘rtacha umr ko‘rish darajasi 1990-yildagi 67,2 yoshdan 2020-yilga kelib 74,6 yoshga yetdi, onalar o‘limi bir yarim baravar hamda bolalar o‘limi esa, to‘rt baravarga kamaydi.
O‘zbekiston iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha Parij bitimiga qo‘shildi, mamlakatda Ekologik ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi amalga oshirilmoqda.
Kam ta’minlangan oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, mehnat migrantlari, bolalar, yoshlar, ayollar, katta yoshdagilarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, oila institutini mustahkamlash bo‘yicha ishlar tubdan qayta ko‘rib chiqildi. Oila institutini mustahkamlash bo‘yicha konsepsiya qabul qilinib, uning mazmunida oilaviy mojarolarni hal etish mexanizmlari, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish masalalari o‘rin oldi.
Gender tenglikni ta’minlash maqsadida bir qator qonun hujjatlari qabul qilindi. Xususan, 2019-yilda qabul qilingan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi, “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunlar shular jumlasidan. Xotin-qizlar uchun 197 ta Zo‘rlik ishlatishdan jabr ko‘rgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish, o‘z joniga qasd qilishning oldini olish markazlari, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha 200 dan ortiq innovatsion maktablar tashkil etildi. Erkaklar va ayollar uchun nikoh tuzishning minimal yoshi o‘n sakkiz yosh etib belgilandi.
Xalqaro saylov standartlarini amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi qabul qilinib, uning asosida 2019-yil 22-dekabrda “Yangi O‘zbekiston — yangi saylovlar” shiori ostida bo‘lib o‘tgan saylovlarda ilk bor 5 ta siyosiy partiya ishtirok etdi. Saylovlarning ochiq-oydin, xalqaro standartlar asosida o‘tkazilishini nazorat qilish uchun 50 ga yaqin davlat hamda 10 ta xalqaro tashkilotdan 825 nafar kuzatuvchi, jumladan, birinchi marta Yevropada Xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosining to‘laqonli missiyasi ishtirok etdi.
Mamlakatda uzoq vaqtdan beri yashab kelib, O‘zbekiston fuqarosi degan huquqiy maqomga ega bo‘lmagan 50 mingga yaqin yurtdoshlarimizning ana shu muammosi hal etilib, ularni O‘zbekiston fuqarolari sifatida tan olishning qonuniy choralari ko‘rildi. Propiska qilish tizimidan xabar berish xususiyatidagi ro‘yxatdan o‘tkazish tizimiga o‘tish bo‘yicha ishlar amalga oshirildi.
Barcha iqtisodiy va ijtimoiy dasturlar, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qabul qilinayotgan investitsion loyihalar yangi ish o‘rinlarini yaratish, shuningdek, mehnat migrantlarining huquqlari va manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan. Bandlikka ko‘maklashish jamg‘armasi, Xorijda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi shaxslarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish jamg‘armasi tashkil etildi.
“Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” degan tamoyil asosida xalqimiz hayotini tubdan yaxshilash bo‘yicha olib borilayotgan keng ko‘lamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni davom ettirish, aholi farovonligini oshirish va uning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish davlat hokimiyati organlarining bosh vazifalaridan biri bo‘lib qoladi.
O‘zbekistonda vijdon erkinligi huquqini ta’minlash sohasida keng ko‘lamli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda mamlakatda 16 ta konfessiyaning 2 277 ta diniy tashkilotlari o‘z faoliyatini olib bormoqda. “Jaholatga qarshi ma’rifat” g‘oyasini amalga oshirishga, diniy ta’lim va ma’rifat tizimini rivojlantirishga, diniy xodimlar tayyorlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston xalqaro huquq subyekti sifatida o‘z rivojlanishining yangi bosqichiga ko‘tarilmoqda va xalqaro norma ijodkorligining faol ishtirokchisi va yangi xalqaro shartnomalarning tashabbuskori sifatida maydonga chiqmoqda.
Iqtisodiy, siyosiy-huquqiy reytinglar va indekslardagi pozitsiyani yaxshilash, mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirish maqsadida xorijiy reyting agentliklari bilan tizimli ravishda yaqindan hamkorlik aloqalari amalga oshirilmoqda. Ustuvor xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashni muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi tashkil etildi.
BMT Bosh Assambleyasining 73-sessiyasida O‘zbekistonning tashabbusi bilan “Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik” to‘g‘risidagi rezolyutsiya qabul qilindi. O‘zbekiston BMTning Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasini ishlab chiqish tashabbusini ilgari surdi.
BMTning ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalari, inson huquqlari bo‘yicha maxsus ma’ruzachilar instituti bilan hamkorlik izchil ravishda rivojlanib bormoqda. Jumladan, mamlakatimizga tashrif buyurgan BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari, Inson huquqlari bo‘yicha kengashining Din va e’tiqod erkinligi hamda Sudyalar va advokatlar mustaqilligi masalalari bo‘yicha maxsus ma’ruzachilarining tavsiyalarini bajarish yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
O‘zbekistonning Xalqaro mehnat tashkiloti konvensiyalari doirasida xalqaro majburiyatlarini, shuningdek, ushbu tashkilot tomonidan taqdim etilgan paxta yig‘im-terim kampaniyasi monitoringi yakunlari bo‘yicha tavsiyalarni bajarishi, shu jumladan, 2017 — 2020-yillarda O‘zbekistonda munosib mehnat bo‘yicha dasturning amalga oshirilishi xalqaro hamkorlar tomonidan ijobiy baholandi.
BMT tashkil etilganidan buyon Osiyo mintaqasida birinchi marta tashkil etilgan Inson huquqlari bo‘yicha Osiyo forumi Samarqand shahrida bo‘lib o‘tdi. Ushbu Forumda BMT Bosh Assambleyasi 73-sessiyasining asosiy hujjatlaridan biri sifatida tasdiqlangan Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand deklaratsiyasi qabul qilindi. O‘zbekiston parlamenti inson huquqlarining “Samarqand ruhi”ni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqladi.
2019-yilda Toshkent shahrida Islom hamkorlik tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Mustaqil doimiy komissiyasining VI yillik seminari o‘tkazildi va uning natijalari bo‘yicha Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi Toshkent deklaratsiyasi qabul qilindi.
II. Inson huquqlari sohasidagi kamchiliklar
Mamlakatda inson huquqlari sohasida amaldagi holatni o‘rganish natijalari, shuningdek, BMTning shartnomaviy organlari, O‘zbekistonga tashrif buyurgan BMTning maxsus ma’ruzachilari, Universal davriy hisobot va boshqa xalqaro mexanizmlar doirasida berilgan tavsiyalarning tizimli tahlili shuni ko‘rsatmoqdaki, inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni ta’minlash maqsadida sohada demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va izchil davom ettirish talab etiladi.
Birinchidan, inson huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish faoliyatini ta’minlashning mexanizmlarini tartibga solishda hamda inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlarni qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotiga implementatsiya qilishdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish zarur.
Ikkinchidan, davlat boshqaruvi organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining inson huquqlari sohasidagi faoliyatini o‘zaro hamkorlikda amalga oshirishning aniq mexanizmlari ishlab chiqilmagan. Shuningdek, inson huquqlari sohasida O‘zbekistonning xalqaro majburiyatlari lozim darajada bajarilishi ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish zarur.
Uchinchidan, inson huquqlari sohasida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatini huquqiy tartibga solish, bu sohada zarur dasturiy hujjatlarni ishlab chiqish va amalga oshirishning aniq tartibini belgilash lozim.
To‘rtinchidan, sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan inson huquqlari bo‘yicha xalqaro shartnomalar normalarini qo‘llash amaliyotini yanada kengaytirish, ozodlikdan mahrum qilish joylarida saqlanayotgan shaxslar huquqlariga rioya etilishini monitoring qilish tizimini takomillashtirish hamda shartnomaviy qo‘mitalarning xabarlarini ko‘rib chiqish yuzasidan qarorlarni bajarishning aniq mexanizmlarini ishlab chiqish lozim.
Beshinchidan, insonning shaxsiy, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy huquqlari va erkinliklarini ta’minlash kafolatlarini kuchaytirish, jumladan mazkur huquqlarni poymol qilganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish talab etiladi.
Oltinchidan, jamiyatda inson huquqlari va erkinliklariga hurmat hissining shakllanishi, xalqaro va mintaqaviy mexanizmlar tavsiyalarining to‘liq bajarilishi uchun sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda boshqa davlat organlari xodimlarining inson huquqlari bo‘yicha malakasini oshirish ishlarini tizimli yo‘lga qo‘yish zarur.
Shu munosabat bilan, quyidagi maqsad va vazifalar hamda asosiy yo‘nalishlarni nazarda tutuvchi Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini (keyingi o‘rinlarda — Milliy strategiya) amalga oshirish alohida ahamiyat kasb etmoqda.
III. Milliy strategiyaning maqsad va vazifalari
Milliy strategiyaning maqsadi — O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklarini ta’minlash bo‘yicha izchil olib borilayotgan davlat siyosatini amalga oshirishning asosiy vazifalari va yo‘nalishlarini belgilab olish hisoblanadi.
Milliy strategiyaning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
1) mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini, umume’tirof etilgan xalqaro standartlar hamda O‘zbekistonning inson huquqlari sohasidagi majburiyatlarini, shuningdek, BMTning ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalarining tavsiyalarini hisobga olgan holda qonunchilikni takomillashtirish;
2) 2030-yilgacha bo‘lgan davrda O‘zbekistonning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishida parlament va fuqarolik jamiyati institutlarining rolini oshirish, qonun ustuvorligini mustahkamlash, milliy qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini inson huquqlari bo‘yicha xalqaro majburiyatlarga muvofiqlashtirish;
3) O‘zbekistonning inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro reytinglar va indekslar (qonun ustuvorligi, norma ijodkorligi sifati, hukumat faoliyati samaradorligi, so‘z va axborot erkinligi, jinoyatchilik va korrupsiyaga qarshi kurash, biznesni olib borish shart-sharoitlari, global raqobatbardoshlik, innovatsion rivojlanish va boshqalar) bo‘yicha dunyodagi 50 ta yetakchi mamlakatlar qatoriga kirishini ta’minlash;
4) inson huquqlari buzilishlariga barham berish maqsadida sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlash, prokuratura organlari faoliyatini takomillashtirish va odil sudlov tizimi vakolatlarini mustahkamlash, shuningdek, inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha milliy institutlar faoliyati uchun keng sharoitlarni yaratish, inson huquqlari sohasidagi davlat siyosatini monitoring qilish va baholashning milliy tizimini yanada rivojlantirish, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda inson huquqlari madaniyatini shakllantirish;
5) shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni himoya qilishda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari hamda xususiy sektor faoliyatining ochiqligi va o‘zaro hamkorligi samaradorligini oshirish, shuningdek, qonun ijodkorligi jarayonida fuqarolik jamiyati institutlari bilan maslahatlashuvlarni o‘tkazish amaliyotini takomillashtirish;
6) jinoyatchilikning, ayniqsa odam savdosi, korrupsiya, qiynoqqa solish, uyushgan va transmilliy jinoyatchilikning oldini olish va bu illatlarga qarshi kurashish, shuningdek, ushlab turilganlar, qamoqqa olinganlar va mahkumlarni saqlash joylari tizimida odil sudlovga va inson huquqlariga rioya etilishini ta’minlash;
7) aholining imkoniyati cheklangan, kam ta’minlangan guruhlar huquqlarini BMT Barqaror rivojlanish maqsadlarining “hech kimni orqada qoldirmaslik” tamoyiliga muvofiq himoya qilishni ta’minlash, davlat va jamiyatning alohida himoyasiga muhtoj bo‘lgan shaxslar, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda ularga xizmatlar ko‘rsatish sifatini oshirish;
8) din, so‘z va fikr erkinligi, ma’lumot olish, kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik, gender tenglikni ta’minlash, barchaning sifatli ta’lim va tibbiy xizmatlardan teng foydalanishi, keksa odamlarning ijtimoiy integratsiyasi, bolalar, yoshlar, ayollar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va migrantlar huquqlarini himoya qilish sohalarida huquqni qo‘llash amaliyotini yanada takomillashtirish;
9) oila institutini, onalik, otalik va bolalikni himoya qilish, oilada zo‘ravonlikning oldini olish va unga qarshi kurashishni huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa jihatlardan qo‘llab-quvvatlash darajasini oshirish;
10) insonning iqtisodiy huquqlarini ta’minlash, xususiy mulkchilik va davlat-xususiy sheriklik aloqalarini rivojlantirish;
11) ta’limning sifati va barcha darajadagi qamrovini oshirish, uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish, o‘qitish tizimining inklyuzivligi va undan barchaning foydalana olishini ta’minlash;
12) inson huquqlari sohasida axborot-ma’rifiy faoliyatining sifati hamda manzilligini yaxshilash;
13) davlatlararo munosabatlarni, xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik aloqalarini uyg‘unlashtirish, inson huquqlari bo‘yicha xalqaro shartnomaviy organlarning tavsiyalarini sifatli va o‘z vaqtida bajarish maqsadida innovatsion tamoyillarni joriy etish;
14) BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi a’zoligiga O‘zbekiston Respublikasi saylanishini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish.
IV. Milliy strategiyani amalga oshirishning asosiy yo‘nalishlari
1. Shaxsiy va siyosiy huquqlarni himoya qilish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar:
shaxsiy va siyosiy huquqlariga oid xalqaro shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishi yuzasidan davlat organlari va mansabdor shaxslarning mas’uliyatini oshirish;
xalqaro huquq prinsiplari, normalari hamda O‘zbekistonning xalqaro shartnomalari sudlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan keng qo‘llanilishi, xalqaro huquq ustuvorligi prinsipini amalga oshirishning samarali mexanizmini yaratish;
sudlarning mustaqilligini va xolisligini ta’minlash maqsadida sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatining huquqiy asoslarini shakllantirish hamda “Xabeas korpus” institutini yanada takomillashtirish yo‘li bilan inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashda sud hokimiyatining rolini oshirish;
sud jarayonlarida tenglik va tortishuv tamoyillarini to‘liq joriy qilish, advokaturani mustaqil, ishonchli huquqni himoya qiluvchi institutga aylantirish, malakaviy yuridik yordam sifatini hamda advokat kasbining nufuzini oshirish, inson huquqlari sohasida ixtisoslashgan huquqshunoslarni tayyorlash tizimini takomillashtirish;
jinoyat protsessida jabrlanuvchi va guvohlarning, shu jumladan voyaga yetmagan jabrlanuvchi va guvohlarning huquqlari va xavfsizligini ta’minlash mexanizmini takomillashtirish;
prokuratura organlari faoliyatining xalqaro standartlarga muvofiq shakllarini joriy etish, prokuratura faoliyati oshkoraligini va uning jamiyat oldida hisobdorligini ta’minlash, prokuratura tizimi boshqaruvida kollegial organlar rolini kuchaytirish;
fuqarolarni tengsizlikning har qanday ko‘rinishlaridan hamda aholining zaif qatlam vakillarini kamsitishlardan himoya qilishni ta’minlash;
shaxsiy hayot daxlsizligi hamda shaxsga doir ma’lumotlarni himoyalash huquqini ta’minlash mexanizmini yanada takomillashtirish;
O‘zbekiston Respublikasida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tili va madaniyatini rivojlantirish uchun barcha sharoitlarni ta’minlash mexanizmini takomillashtirish;
bepul yuridik yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, voyaga yetmagan bolalarga nisbatan alohida munosabatni nazarda tutadigan odil sudlov institutlarini joriy etish, bolaning manfaatlarini birinchi navbatda ta’minlash prinsipini qonunchilik va amaliyotga yanada samaraliroq joriy etish;
odam savdosiga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish, bolalar va ayollar fohishabozligi va pornografiyasining sabablari hamda sharoitlarini aniqlashga kompleks yondashuvni shakllantirish, shuningdek, odam savdosidan jabrlanganlarni xalqaro standartlarga muvofiq identifikatsiya qilish va reabilitatsiya qilish mexanizmini yanada takomillashtirish;
aholining ijtimoiy-siyosiy faolligini, saylov madaniyatini oshirish, demokratik, adolatli va erkin saylovlarga oid xalqaro standartlarni hisobga olgan holda saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish, saylov yoki referendum tashkil qilish, ularni o‘tkazish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish;
inson huquqlari va erkinliklariga oid xalqaro standartlarni ta’minlashda, jismoniy va yuridik shaxslarning konstitutsiyaviy shikoyatlari institutini joriy etishda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining roli va o‘rnini oshirish;
davlat hokimiyati tizimida parlamentning rolini kuchaytirish, mamlakat ichki va tashqi siyosatining eng muhim masalalarini hal etishda, shuningdek, ijro hokimiyati faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirishda parlamentning vakolatlarini yanada kengaytirish, parlamentning qonun ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish, jumladan, havolaki qonun normalaridan voz kechib, to‘g‘ridan to‘g‘ri tartibga soluvchi qonun normalarini qabul qilish amaliyotini kengaytirish;
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda siyosiy partiyalar, fuqarolik jamiyati institutlari va ommaviy axborot vositalarining rolini yanada kuchaytirish;
inson huquqlari sohasida fuqarolik jamiyati institutlarini faollashtirish va qo‘llab-quvvatlash.
2. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni himoya qilish hamda barqaror rivojlanish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar:
iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarni ta’minlashning samarali omili sifatida Kambag‘allikni qisqartirish dasturini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish;
xususiy mulk daxlsizligi kafolatlarini ta’minlashning samarali mexanizmlarini takomillashtirish, jismoniy va yuridik shaxslarning, ayniqsa tadbirkorlarning iqtisodiy huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, inson huquqlari sohasida tadbirkorlik tuzilmalari ishtirokini yanada kengaytirishga doir qonunchilikni takomillashtirish;
sog‘liqni saqlash tizimining samaradorligi, hammabopligi va inklyuzivligi bo‘yicha rivojlangan davlatlar darajasiga erishish, sog‘liqni saqlash xizmatlari qamrovini kengaytirish, shuningdek, bemorlar huquqlarining xalqaro standartlarga muvofiq himoya qilinishini, xavfsiz, samarali, yuqori sifatli va arzon dori-darmonlar va vaksinalardan foydalanish imkoniyatini ta’minlash;
reproduktiv huquqlarni himoya qilish va OITS tarqalishining oldini olish, oilani rejalashtirish bo‘yicha xizmatlardan foydalanishda ayollar va erkaklarning imkoniyatlarini kengaytirish, reproduktiv sog‘liq va jinsiy tarbiya masalalari bo‘yicha o‘quv kurslarini joriy qilish;
ishchi-xodimlar huquqlarini himoya qilishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini, shu jumladan davlat xizmatchilari, tibbiyot xodimlarini, pedagoglarni mehnat shartnomalarida nazarda tutilmagan ishlardan, majburiy mehnatning barcha shakllaridan himoya qilishni takomillashtirish;
mehnat migrantlari va ular oila a’zolarining huquqlarini himoya qilish, mehnat huquqlarini himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish bo‘yicha BMT shartnomaviy organlari va Xalqaro mehnat tashkilotining tavsiyalarini milliy qonunchilikka implementatsiya qilish;
davlat organlarida, nodavlat va xususiy tashkilotlarda, ayniqsa, qarorlar qabul qilish bilan bog‘liq yuqori lavozimlarda ayollarning teng vakilligini ta’minlash siyosatini takomillashtirish, jamoatchilik ongida erkaklar va ayollarning o‘rni haqidagi tushunchalarni o‘zgartirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni amalga oshirish;
Aholini ijtimoiy himoya qilish konsepsiyasini ishlab chiqish, shuningdek, keksalar, yolg‘iz keksalar bilan ishlash, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yaxlit tizimni yaratish, ijtimoiy sug‘urtaga oid qonun hujjatlarini qabul qilish;
“Mehribonlik uylari”da tarbiyalangan yoshlarning ijtimoiy moslashuvi, xususan, ularni ish, uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqish, shuningdek, moddiy va ijtimoiy imtiyozlar berish orqali farzandlikka oluvchi ota-onalarni rag‘batlantirishni nazarda tutuvchi tashkiliy-huquqiy tizimni takomillashtirish;
“O‘zbekiston yoshlari — 2025” konsepsiyasini ishlab chiqish, unda yoshlarni ijtimoiy-siyosiy hayotga jalb qilish, shuningdek, ma’naviy va jismoniy barkamol avlodni voyaga yetkazishning amaliy chora-tadbirlarini belgilash;
fuqarolarning pensiya olish huquqini ta’minlash mexanizmini takomillashtirish, shu jumladan, ushbu tizimning elektron shaklga o‘tkazilishini ta’minlash;
maktabgacha ta’lim tizimini yanada rivojlantirish (2025-yilgacha 3 — 7 yoshdagi bolalarning 74,5 foizini maktabgacha ta’lim bilan, shuningdek, 6 yoshli bolalarning 100 foizini qamrab olishni ta’minlash), bolalarni intellektual rivojlantirish, parvarish qilish va sog‘lomlashtirishni ta’minlovchi maktabgacha ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish;
butun umr davomida o‘qishga bo‘lgan imkoniyatlarni rag‘batlantirish, boshlang‘ich va umumiy o‘rta ta’limni yangi sifat darajasiga ko‘tarish, o‘rta maxsus, oliy, kasb-hunar va qo‘shimcha ta’lim olish imkoniyatini barcha uchun ta’minlash, shuningdek, yoshlarning oliy ta’lim bilan qamrab olinishini kengaytirish, oliy o‘quv yurtlarida davlat grantlari bo‘yicha kvotalarni oshirish;
toza ichimlik suvidan foydalanish imkoniyatini barcha uchun ta’minlash, suv resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha targ‘ibotni kuchaytirish, suv xo‘jaligi va sanitariya holatini yaxshilashda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokini kengaytirish;
urbanizatsiya ko‘rsatkichlarining izchil o‘sishini ta’minlash, respublika shaharlarini tarixiy qadriyatlari va takrorlanmasligini saqlab qolgan holda, dunyoning zamonaviy megapolislari modeli bo‘yicha rivojlantirish, “aqlli va xavfsiz shaharlar” konsepsiyasini hayotga tatbiq etish, madaniy va tabiiy meros obyektlarini muhofaza qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarni kuchaytirish;
aholining qulay tabiiy muhitda yashash huquqini ta’minlash maqsadida yer, suv, o‘rmon, yer osti boyliklari, atmosfera havosini, o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish, ulardan samarali foydalanish hamda cho‘llanishga qarshi kurashish, yerlarning degradatsiya jarayonlarini va biologik xilma-xillikning yo‘qotilishini to‘xtatish.
3. Inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarni qonunchilikka va huquqni qo‘llash amaliyotiga implementatsiya qilish hamda monitoring qilish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar:
O‘zbekiston tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro shartnomalarning mazmuni to‘g‘risida aholi hamda davlat organlari vakillarining xabardorligini oshirish;
ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishning protsessual tartibini takomillashtirish, ushbu tizimga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish;
davlat va jamiyat o‘rtasida o‘zaro yaqin hamkorlik o‘rnatish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jamoatchilik palatasining huquqiy asoslarini mustahkamlash;
inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar faoliyatining huquqiy asoslarini, qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha milliy preventiv mexanizmni yanada takomillashtirish, ozodlikdan mahrum qilish joylarida va boshqa yopiq muassasalarda inson huquqlari buzilishlarining oldini olish;
Bola huquqlari bo‘yicha vakilning huquqiy maqomi va faoliyatini takomillashtirish;
vasiylik va homiylik tizimini isloh qilish yo‘li bilan bolalarning oilada yashash va tarbiyalanish huquqini ta’minlash, yetim va ota-ona qaramog‘isiz qolgan bolalarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish, bola huquqlariga oid xalqaro standartlar qoidalarini implementatsiya qilish va mazkur sohada huquqni qo‘llash amaliyoti ustidan samarali parlament va jamoatchilik nazoratini ta’minlash;
nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish va ularga rioya etishni tizimli ravishda monitoring qilish.
4. Inson huquqlari sohasida huquqiy savodxonlikni oshirish, jumladan bu borada axborot tarqatish, ta’lim berish faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar:
inson huquqlari va gender masalalari bo‘yicha uzluksiz ta’lim tizimini rivojlantirish, jamiyatda qonunga hurmatni shakllantirishning zamonaviy usullarini joriy etish;
inson huquqlari bo‘yicha professional jurnalistlarni tayyorlash va malakasini oshirish tizimini takomillashtirish, jurnalistik tekshiruvlarning huquqiy va tashkiliy asoslarini takomillashtirish;
oliy ta’lim muassasalari hamda kadrlarni, shu jumladan sudyalar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish o‘quv markazlarida, shuningdek, maktabgacha ta’lim va umumta’lim muassasalarida, akademik litsey va kollejlarda “Inson huquqlari”, “Ayollar huquqlari”, “Bola huquqlari” o‘quv kurslarini joriy etish;
inson huquqlari sohasidagi fundamental va innovatsion tadqiqotlarni kengaytirish, ilmiy-tadqiqot muassasalarining ilmiy salohiyati, ilmiy tadqiqotlari va ishlanmalarining samaradorligini oshirish, ularning ushbu sohadagi xalqaro tadqiqotlarga integratsiyalashuvini ta’minlash, tadqiqot natijalarini amaliyotga keng joriy etish;
inson huquqlari sohasida axborot tarqatish bo‘yicha ommaviy axborot vositalari faoliyatini yanada kuchaytirish, jurnalistlar va blogyerlarning axborot olish va tarqatishga bo‘lgan huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish.
5. Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar, xorijiy mamlakatlarning inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlari bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar:
inson huquqlarini himoya qilish va ularga rioya qilish, BMT Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish bo‘yicha BMT, Yevropa Ittifoqi, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti, Islom hamkorlik tashkiloti, Mustaqil davlatlar hamdo‘stligi organlari va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish;
O‘zbekistonning inson huquqlari sohasidagi, jumladan bolalar, ayollar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, keksalar, migrantlarning huquqlarini hurmat qilish va himoya qilish masalalari bo‘yicha xalqaro hujjatlarga qo‘shilishi masalalarini ko‘rib chiqish;
Yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyani qabul qilish bo‘yicha O‘zbekistonning tashabbuslarini, 2021 — 2023-yillarga bo‘lgan muddatda Inson huquqlari bo‘yicha kengashga a’zo etib saylanishi uchun O‘zbekiston nomzodini, shuningdek, inson huquqlari bo‘yicha BMT organlariga a’zo bo‘lishi uchun milliy ekspertlarning nomzodlarini ilgari surish;
inson huquqlari masalalari bo‘yicha xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni kuchaytirish, shu jumladan, inson huquqlari bo‘yicha muloqotlarni muntazam ravishda o‘tkazish;
BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari va inson huquqlari masalasi yuzasidan xalqaro hamkorlar bilan o‘zaro manfaatli aloqalarni kuchaytirish.
V. Milliy strategiyani amalga oshirish, bajarilishini monitoring qilish hamda moliyalashtirish mexanizmi
Milliy strategiyani amalga oshirishda O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari ishtirok etadilar. Shuningdek, Milliy strategiyani amalga oshirishda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik qilinadi.
Milliy strategiyaning sifatli va samarali bajarilishini nazorat qilishning quyidagi tizimi yo‘lga qo‘yiladi:
1) Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarning amalga oshirilishi yuzasidan:
muntazam monitoring olib borib, chora-tadbirlar sifatli va o‘z vaqtida ijro etilishi bo‘yicha taklif va tavsiyalarni tegishli vazirlik va idoralarga kiritib boradi;
doimiy ravishda aniq ko‘rsatkichlar va erishilgan natijalar aks ettirilgan batafsil axborotni o‘z veb-saytida joylashtirib boradi;
har chorakda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga umumlashtirilgan ma’lumotni kiritib boradi;
axborot-tahliliy sharhlar tayyorlanishi, xorijiy tillarga tarjima qilinishi va e’lon qilinishini ta’minlaydi;
2) Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da belgilangan mas’ul ijrochilar o‘zlariga yuklatilgan vazifalar ijrosi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni har oyning 5-sanasiga qadar Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markaziga taqdim etadi;
3) Milliy strategiyaning ijro holati yuzasidan har olti oyda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlislarida vazirlik va idoralarning axboroti tinglanadi;
4) Oliy Majlis palatalari vazirlik va idoralar rahbarlarining Milliy strategiya va uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning ijro holati yuzasidan axborotini har chorakda eshitib, tanqidiy muhokama qilib boradi;
5) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari vazirlik va idoralar hududiy bo‘linmalari rahbarlarining Milliy strategiya va uni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ning hududlar kesimida ijro holati yuzasidan axborotini har chorakda eshitib, tanqidiy muhokama qilib boradi.
Milliy strategiyaning to‘liq va tizimli amalga oshirilishi seminarlar, konferensiyalar va boshqa tadbirlar doirasida ommaviy axborot vositalarida keng yoritib boriladi.
Shuningdek, inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilish borasida O‘zbekistonda qabul qilinayotgan chora-tadbirlar hamda ularning natijalari to‘g‘risida jamoatchilik hamda xalqaro hamjamiyat tizimli ravishda xabardor qilib boriladi.
Milliy strategiyaning barcha chora-tadbirlari O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladi.
Milliy strategiyani amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik doirasida xalqaro tashkilotlar va moliya institutlarining mablag‘lari, grantlari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar ham jalb qilinishi mumkin.
VI. Milliy strategiyani amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar
Milliy strategiya doirasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish orqali quyidagi natijalarga erishish nazarda tutiladi:
inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlarni qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotiga implementatsiya qilishning samaradorligi oshadi hamda milliy qonunchilik takomillashtiriladi;
inson huquqlari bo‘yicha xalqaro majburiyatlarni bajarish yuzasidan qonun hujjatlaridagi kamchiliklar bartaraf etiladi, xalqaro tashkilotlarning inson huquqlari sohasidagi tavsiyalarini bajarish samaradorligi oshiriladi;
inson huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashga qaratilgan tashkiliy-huquqiy va boshqa kompleks chora-tadbirlar tizimi yaratiladi, xalqaro majburiyatlarning lozim darajada bajarilishi ustidan parlament, hududiy vakillik organlari va jamoatchilikning samarali nazorati ta’minlanadi;
aholining inson huquqlari sohasidagi huquqiy savodxonligini oshirish, jumladan bu borada axborot tarqatish, ta’lim berishning faoliyati yanada takomillashtiriladi, jamiyatda inson huquqlari madaniyati yanada yuksaladi;
inson huquqlari sohasidagi xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar bilan hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish orqali mamlakatning inson huquqlari va erkinliklari sohasidagi xalqaro reytinglar va indekslar bo‘yicha ko‘rsatkichlari yaxshilanadi.
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PF-6012-son Farmoniga
2-ILOVA
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha
“YO‘L XARITASI”
 

T/r

Tadbirlarning nomlanishi

Amalga oshirish shakli

Muddati

Mas’ul ijrochilar

Kutilayotgan natija (indikator)

I. Shaxsiy va siyosiy huquqlarni himoya qilish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar

1.

BMTning ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalarining tavsiyalarini amalga oshirish maqsadida qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish bo‘�icha takliflar tayyorlash.

Bunda:

inson huquq va erkinliklari sohasida davlat hokimiyati hamda boshqaruvi organlarining Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi bilan o‘zaro hamkorligini belgilash;

BMTning inson huquqlari bo‘yicha ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalari tavsiyalarining bajarilishi yuzasidan milliy harakat rejalarini tayyorlash va qabul qilishning yagona tizimini, shuningdek davlat organlari va mansabdor shaxslarning ularni o‘z vaqtida bajarishi bo‘yicha javobgarligini belgilash;

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasiga Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazining inson huquqlari sohasida xalqaro majburiyatlarga rioya etilishi holati to‘g‘risidagi yillik axborotni taqdim etish va ko‘rib chiqish tartib-taomillarini mustahkamlash nazarda tutiladi.

Chora-tadbirlar majmui

2020-yil

1-dekabr

Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Adliya vazirligi, IIV, Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti

BMTning ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalarining tavsiyalarini davlat hokimiyati hamda boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshirish mexanizmlari takomillashtiriladi

2.

Xalqaro majburiyatlardan kelib chiqib “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Bunda:

favqulodda holatni joriy etishda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan normalar, favqulodda holatni joriy etish asoslari va tartibi;

favqulodda holatda qo‘llaniladigan choralar va cheklovlar, ushbu davr uchun joriy etiladigan maxsus davlat boshqaruv organlari, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari kafolatlari hamda boshqa maxsus qoidalar nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2021-yil

1-yanvar

Vazirlar Mahkamasi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Adliya vazirligi, IIV, DXX, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz

Favqulodda holat joriy etishda vujudga kelishi mumkin bo‘lgan munosabatlar qonuniy tartibga solinadi

3.

“O‘zbekiston Respublikasida ommaviy tadbirlar to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Bunda:

ommaviy tadbirlar, madaniy va boshqa tadbirlar tushunchalarini qonun bilan belgilash;

ommaviy tadbirlarni tashkil etish va o‘tkazish tartibi;

ommaviy tadbirlar o‘tkazilayotgan vaqtda jamoatchilik tartibi va xavfsizlikni ta’minlash;

ommaviy tadbirlar o‘tkazishga bo‘lgan huquqlar kafolatlarini mustahkamlashnazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2021-yil 20-mart

IIV, Milliy gvardiya, DXX, Bosh

prokuratura, Adliya vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Oliy Majlisning

Inson huquqlari bo‘yicha vakili

Fuqarolar tomonidan ommaviy tadbirlarni o‘tkazishning huquqiy mexanizmlari t�komillashtiriladi

4.

Davlat organlarining tegishli xodimlari va fuqarolik jamiyati institutlari vakillarining inson huquqlari sohasidagi malakasini Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi huzuridagi inson huquqlari bo‘yicha malaka oshirish o‘quv kurslarida muntazam ravishda oshirishni tashkil etish.

Chora-tadbirlar majmui

2021-yil 1-yanvardan boshlab

Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Moliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Davlat organlari xodimlarini inson huquqlari sohasida muntazam malaka oshirish tizimi yaratiladi

5.

“Sudlar tomonidan xalqaro huquq prinsiplari va normalarini hamda O‘z�ekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorini qabul qilish.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarori

2020-yil 20-noyabr

Oliy sud, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz

Sudlar tomonidan inson huquqlari bo‘yicha xalqaro shartnomalarini qo‘llash amaliyoti yanada kengaytiriladi

6.

Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro majburiyatlarga rioya etish masalalariga bag‘ishlangan amaliy qo‘llanma, sharh va uslubiy adabiyotlarni tayyorlash va nashr etish.

Davlat organlari xodimlari, shu jumladan, sudyalar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini inson huquqlari masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro mexanizmlar tavsiyalari matnlari bilan ta’minlash.

Chora-tadbirlar majmui

2020-yil

1-oktabrdan boshlab

Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Sudyalar oliy kengashi, Bosh prokuratura, IIV, Adliya vazirligi

Davlat organlari xodimlari va mansabdor shaxslarning inson huquqlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshiriladi

7.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining yangi tahririni ishlab chiqish.

Bunda:

jinoiy jazolarning muqobil turlarini oqilona va mutanosib ravishda qo‘llashni ta’minlash;

ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatlarni birinchi marotaba sodir etgan, shuningdek, aholining ijtimoiy zaif qatlamlari (voyaga yetmaganlar, keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, homilador ayollar va qarmog‘ida voyaga yetmagan bolalari bo‘lgan yolg‘iz shaxslar)ga nisbatan insonparvarlik tamoyilini ta’minlash;

terrorizm, ekstremizm va korrupsiyaviy jinoyatlarni, shu bilan birga uyushgan guruh hamda jinoiy uyushma tarkibida qiynoqqa solish usullaridan foydalangan holda jinoyat sodir etishda aybdor bo‘lgan shaxslarga nisbatan keskin jinoiy siyosatni davom ettirishnazarda tutiladi.

Kodeks loyihasi

2021-yil

1-may

Bosh prokuratura, IIV, DXX, Oliy sud, Adliya vazirligi

Xorijiy tajriba inobatga olingan holda jinoyat qonunchiligi normalari unifikatsiya qilinadi va liberallashtiriladi, jinoiy javobgarlik va jazo tizimini takomillashtiriladi

8.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining yangi tahririni ishlab chiqish.

Bunda:

xalqaro standartlar va inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro mexanizmlarning tavsiyalarini hisobga olgan holda odil sudlovga oid huquqni ta’minlash hamda “Xabeas korpus” institutini yanada takomillashtirish;

sud jarayoni ishtirokchilarining huquqlarini ta’minlash mexanizmini yanada kuchaytirish, advokatlarning protsessual huquqlarini yanada kuchaytirish orqali taraflarning o‘zaro tortishuv tamoyilini amalda ro‘yobga chiqarish, ularning haqqoniy mustaqilligini ta’minlash, shuningdek, jinoyat ishi bo‘yicha himoyachining ishtiroki shart bo‘lgan ishlarga oid asoslarni kengaytirish;

voyaga yetmaganlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashga qaratilgan jinoyat-protsessual normalarni takomillashtirish, ularning buzilgan huquqlarini tiklash, shuningd�k, voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarni profilaktika qilish va oldini olish bo‘yicha choralarni kuchaytirish;

mahkumlarga nisbatan amnistiya va afv etish shaklidagi insonparvarlik aktlarini qo‘llash tartibini takomillashtirish nazarda tutiladi.

Kodeks loyihasi

2021-yil

20-may

Bosh prokuratura, IIV, DXX, Oliy sud, Adliya vazirligi

Jinoyat protsessi ishtirokchilarining huquqlari kafolatlari xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtiriladi

9.

Sudyalar hamjamiyati organlarifaoliyatining huquqiy asoslarini shakllantirish.

Bunda:

sudyalar hamjamiyati tushunchasi, sudyalar hamjamiyati organlarining sud tizimidagi o‘rnini belgilash;

sudyalar hamjamiyati organlarining vazifalari,funksiyalariva vakolatlarinibelgilash;

sudyalar hamjamiyati organlarini shakllantirish, shu jumladan ushbu organlarga nomzod ko‘rsatish tartibini belgilash;

sudyalar hamjamiyati organlarining sud hokimiyati mustaqilligini ta’minlashdagi rolini huquqiy mustahkamlash nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2020-yil

1-oktabr

Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud

Sud mustaqilligini ta’minlash maqsadida sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatining huquqiy asoslarini shakllantiriladi

10.

“Advokatura va advokatlik faoliyati to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Bunda:

advokatlik faoliyatini tashkil etish, advokatlar mustaqilligi kafolatlari va ularning daxlsizligini ta’minlash;

advokaturani aholi ishonchini qozongan institutga aylantirish, professional huquqiy yordam sifatini oshirish va advokat kasbining nufuzini oshirish;

sud jarayonida tenglik va tortishuv tamoyillarini to‘liq ta’minlash nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2021-yil

1-iyul

Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi,Oliy sud, Bosh prokuratura

Xalqaro standartlar asosida advokatlik faoliyatining huquqiy asoslari va kafolatlari yanada takomillashtiriladi hamda advokatlik kasbining nufuzi oshiriladi

11.

Xalqaro standartlarga asosan prokuratura organlari faoliyatini takomillashtirish.

Bunda:

xalqaro standartlarga muvofiq prokuratura faoliyati ustidan nazorat mexanizmlarini takomillashtirish;

prokuratura faoliyatining shaffofligini va uning jamiyat oldidagi hisobdorligini ta’minlash,prokurorlar malakasini uzluksiz oshirish;

prokuratura tizimi boshqaruvida kollegial organlar rolini kuchaytirish nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2021-yil 1-iyun

Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz

Prokuratura organlari faoliyati xalqaro standartlarga muvofiqlashtiriladi

12.

“Teng muomala qilish va kamsitmaslik to‘g‘risida”gi qonun loyihasini tayyorlash.

Bunda:

“kamsitish”, “to‘g‘ridan to‘g‘ri, bilvosita va ko‘p marta kamsitish”, “kamsitish belgilari” tushunchalarini qonunchilikka kiritish;

irqi, jinsi, tili, dini, siyosiy qarashlari, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy, sinfiy yoki boshqa holatlardan qat’i nazar jamiyat hayotining turli sohalarida fuqarolarni kamsitilish yuzaga kelishidan to‘liq himoya qilinishini ta’minlash;

fuqarolar huquqlarini himoya qilishning usullari va vositalarini takomillashtirish, shuningdek, fuqarol�rning huquq va erkinliklarini himoya qilish bo‘yicha samarali mexanizmni joriy qilish nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2021-yil 1-aprel

Adliya vazirligi, Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi,

Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Oliy sud, Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti

Jamiyat hayotining turli sohalarida fuqarolarni kamsitilishdan himoya qilishning qonuniy asoslari takomillashtiriladi

13.

“Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahririloyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasi

2020-yil

1-oktabr

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida),

Vazirlar Mahkamasi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita,

Adliya vazirligi

Mamlakatda vijdon erkinligini ta’minlashning huquqiy mexanizmlari takomillashtiriladi

14.

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi tavsiyalarini inobatga olgan holda sud zalida temir panjaralardan foydalanish tartibini qayta ko‘rib chiqish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 20-may

Oliy sud, IIV, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz

Sudlanuvchilarni sud zalida bo‘lishlari xalqaro standartlarga muvofiqlashtiriladi

15.

“O‘zbekiston Respublikasida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy maqomi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga kiritish.

Qonun loyihasi

2020-yil 1-sentabr

Vazirlar Mahkamasi, TIV, IIV, Adliya vazirligi

Chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning huquqiy maqomi qonuniy mustahkamlanadi

16.

“Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonun ijrosi yuzasidan parlament va jamoatchilik monitoringini o‘tkazish.

Shaxsiy ma’lumotlarni tartibga soluvchi qonunchilik va himoya qilish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.

Chora-tadbirlar majmui

2021-yil 1-yanvardan boshlab

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti

Shaxsga doir ma’lumotlarni tartibga soluvchi qonunchilik takomillashtiriladi

17.

2019 — 2021-yillarda Millatlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasini amalga oshirish, kam sonli millatlarning ijtimoiy va madaniy huquqlarini ta’minlash.

Bunda:

O‘zbekiston Respublikasida yashayotgan barcha millat va elatlarning tili va madaniyati rivojlanishi uchun barcha shart-sharoitlarni ta’minlash mexanizmini takomillashtirish;

ularning mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi faolligini yanada oshirish;

kam sonli millat vakillarining ta’lim olish huquqini ta’minlash, ularning tillarida o‘quv adabiyotlarini yaratish nazarda tutiladi.

Chora-tadbirlar majmui

2020-yil

1-oktabrdan boshlab

Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi, Madaniyat vazirligi, Adliya vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz

 

Mamlakatdagi barcha millat va elatlarning barcha sohalardagi huquqlarini ta’minlash mexanizmlari takomillashtiriladi

18.

“Bepul yuridik yordam to‘g‘risida”gi qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunch�lik palatasiga kiritish.

Bunda:

bepul yuridik yordam sohasida xalqaro standartlar va xalqaro tajribani hisobga olish;

kam ta’minlangan va boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan fuqarolar uchun jinoiy, ma’muriy, fuqarolik ishlari bo‘yicha davlat tomonidan bepul yuridik yordam olish imkoniyatlarini kengaytirish nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2021-yil 1-noyabr

Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Advokatlar palatasi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz

Xalqaro standartlar asosida bepul yuridik xizmatdan foydalanish imkoniyatlari kengaytiriladi

19.

Voyaga yetmaganlarga nisbatan odil sudlovni amalga oshirish tizimini takomillashtirish, bola manfaatlarini ta’minlashning eng ustun tamoyillarini amaliyotga yanada samarali tatbiq etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi v� Chora-tadbirlar majmui

2021-yil

1-noyabr

Oliy sud, Sudyalar oliy kengashi, Bosh prokuratura, IIV, Adliya vazirligi, Bola huquqlari bo‘yicha vakil

Voyaga yetmaganlarga nisbatan odil sudlovni amalga oshirishning xalqaro standartlarga muvofiq tizimi shakllantiriladi

20.

Bolalar va ayollar savdosigaqarshi kurashish, odam savdosidan jabr ko‘rgan shaxslarning huquqlarini himoya qilishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, shuningdek, uysiz, qarovsiz va nazoratsiz qolgan bolalarni aniqlash, bolalar va ayollar pornografiyasini targ‘ib qiluvchi sabablar va shart-sharoitlarni oldini olishga tizimli yondashish.

Amaliy chora-tadbirlar majmui

2020-yil 1-iyuldan boshlab

Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi k�rashish milliy komissiyasi, IIV, Bosh prokuratura, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Bola huquqlari bo‘yicha vakil

Odam savdosidan jabr ko‘rganlarning huquqlarini himoya qilishning huquqiy asoslari takomillashtiriladi

21.

Aholining ijtimoiy-siyosiy faolligini, saylov madaniyatini oshirish, demokratik, adolatli va erkin saylovlarga oid xalqaro standartlarni hisobga olgan holda saylovlarni tashkil etish va o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari va Chora-tadbirlar majmui

2020 — 2025-yillar

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Markaziy saylov komissiyasi,

Adliya vazirligi,

Jamoatchilik palatasi

Milliy saylov qonunchiligi va tizimi xalqaro standartlar asosida yanada takomillashtiriladi

22.

Qonun normalarining Konstitutsiyaga muvofiqligini o‘rganish yuzasidan Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish tartibini soddalashtirish,uning subyektlari doirasini kengaytirish.

Bunda:

qonunlarning Konstitutsiyaga muvofiqligini ko‘rib chiqish bo‘yicha Konstitutsiyaviy sudga masala kiritish huquqiga ega bo‘lgan subyektlar qatoriga fuqarolar va yuridik shaxslarn� kiritish;

Konstitutsiyaviy sudda o‘rganib chiqish uchun masala kiritish huquqiga ega bo‘lgan subyektlarqatoriga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzur?dagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlariva qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasimilliy markazini kiritish nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2020-yil 1-iyul

Oliy Majlis palatalari

(kelishuv asosida),

Konstitutsiyaviy sud,

Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti

Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish tartibi soddalashtiriladi va unga murojaat kirituvchi subyektlar doirasi kengaytiriladi

23.

Inson huquqlari sohasida xalqaro majburiyatlarga rioya qilinishini nazorat qilish bo‘yicha parlament komissiyasini tashkil qilish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil 1-avgust

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz

Inson huquqlari sohasida xalqaro majburiyatlarga rioya qilinishi bo‘yicha parlament nazorati kuchaytiriladi

24.

BMTning shartnomaviy qo‘mitalarida inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekistonning milliy ma’ruzalarini tayyorlash va ko‘rib chiqish natijalarini deputatlar va senatorlar tomonidan muntazam eshitib borish, shartnomaviy qo‘mitalarning tavsiyalarini amalga oshirish bo‘yicha Milliy harakatlar rejalarini Oliy Majlis palatalari tomonidan tasdiqlanishi amaliyotini takomillashtirish.

Amaliy chora-tadbirlar majmui

2020-yil

1-avgustdan boshlab

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Oliy sud, Bosh prokuratura, Oliy Majlisning

Inson huquqlari bo‘yicha vakili, vazirlik va idoralar, fuqarolik jamiyati institutlari

Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekistonning milliy ma’ruzalarini tayyorlash va ko‘rib chiqishda parlament va fuqarolik jamiyati institutlarining keng ishtiroki ta’minlanadi

25.

“Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish.

Bunda:

jamoatchilik nazoratining har bir shakliniamalga oshirish mexanizmlari va tartib-taomillarini belgilash;

inson huquq va erkinliklariga taalluqli xalqaro va milliy huquqiy normalarning amalga oshirilishini nazorat qilish bo‘yicha “jamoat inspektori”, “jamoat kuzatuvchisi”, “jamoat komissiyasi” institutlarini shakllantirish;

inson huquqlari sohasidagi qonunlar samaradorligini baholash va ilmiy asoslangan hamda chuqur o‘ylangan jamoatchilik monitoringi tizimini shakllantirish nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi,Chora-tadbirlar majmui

2021-yil 1-mart

Adliya vazirligi, Jamoatchilik palatasi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Oliy Majlisning

Inson huquqlari bo‘yicha vakili, fuqarolik jamiyati institutlari

Jamoatchilik nazoratini amalga oshirish mexanizmi va tartib-taomillari, ularning huquqiy asoslari takomillashtiriladi

26.

O‘zbekiston Respublikasining Nodavlat notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi kodeksi loyihasini ishlab chiqish.

Bunda:

fuqarolarning nodavlat va notijorat tashkilotlariga birlashish huquqi va uni amalga oshirish usullari;

nodavlat va notijorat tashkilotlarini tashkil etish, ro‘yxatga olish, ularning faoliyatini olib borish va tugatishning huquqiy asoslari va boshqalar nazarda tutiladi.

Kodeks loyihasi

2020-yil 1-avgust

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Adliya vazirligi,

O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi

Nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatining huquqiy asoslari hamda ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi yanada takomillashtiriladi,

ularning davlat boshqaruv organlari faoliyatini monitoring qilish mexanizmi mustahkamlanadi

27.

Inson huquqlari va manfaatlari sohasidagi vaziyatni yaxshilash sohasida davlat organlari va nodavlat notijorat tashkilotlar hamkorligi yakunlariga bag‘ishlangan Nodavlat notijorat tashkilotlarning yillik Milliy forumini o‘tkazish amaliyotini yo‘lga qo‘yish.

Chora-tadbirlar majmui

2020-yil

1-noyabrdan boshlab

Jamoatchilik palatasi, O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi

Nodavlat notijorat tashkilotlarning inson huquqlarini himoya qilish bo‘yicha faoliyati qo‘llab-quvvatlashning yangi mexanizmi yaratiladi

28.

Fuqarolik jamiyati institutlarini yanada qo‘llab-quvvatlash.

Bunda:

O‘zbekistonda inson huquqlari holati, shu jumladan inson huquqlari bo‘yicha xalqaro hujjatlar bajarilishini monitoring qilishda jamoatchilik nazorati rolini oshirish;

inson huquqlari bo‘yicha xalqaro konvensiyalar bajarilishi to‘g‘risida davlat organlari va mansabdor shaxslar hisobotlarining jamoatchilikmuhokamasinitashkil etish nazarda tutiladi.

Chora-tadbirlar majmui

2020 — 2025-yillar

Jamoatchilik palatasi,

“Yuksalish” umummilliy harakati, fuqarolik jamiyati institutlari

Nodavlat notijorat tashkilotlar inson huquqlarini himoya qilish masalalariga yanada kengroq jalb qilinadi

II. Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni himoya qilish hamda barqaror rivojlanish sohasidagi ustuvor yo‘nalishlar

29.

Insonning iqtisodiy va ijtimoiy huquqlarini ta’minlashning samarali omili sifatida Kambag‘allikni qisqartirish dasturini ishlab chiqish va hayotga tatbiq etish.

Bunda:

kambag‘allik tushunchasi, uni hududiy xususiyatlardan kelib chiqib aniqlash mezonlari va baholash usullarini qamrab olgan metodologiyani ishlab chiqish;

aholi, ayniqsa yoshlar va ayollarda tadbirkorlik va biznes yuritishning zamonaviy ko‘nikmasini shakllantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar;

tadbirkorlik tashabbuslarini, eng avvalo, joylardagi ijtimoiy muammolarni hal qilishga ko‘maklashuvchi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashning samarali mexanizmlari;

tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslar, jumladan mikromoliyalash xizmatlaridan keng foydalanishi, shuningdek, davlat xaridlarida ishtirok etishi uchun shart-sharoitlar yaratish;

band bo‘lmagan aholini qayta tayyorlash va ishsiz fuqarolarni zarur kasblarga o‘qitish bo‘yicha keng ko‘lamli dasturlarni amalga oshirish nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil 1-avgust

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Investitsiyalar

va tashqi savdo vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Kambag‘allikni qisqartirish orqali aholining turli qatlamlari farovonligi yaxshilanadi

30.

O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining yangi tahriri loyihasini ishlab chiqish.

Bunda:

insonning fuqarolik-huquqiy munosabatlarda vujudga keladigan huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga oid ilg‘or xalqaro standartlarni implementatsiya qilish;

xususiy mulkning daxlsizligi kafolatlarini ta’minlaydigan, jismoniy va yuridik shaxslarning, ayniqsa tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiladigan samarali fuqarolik-huquqiy mexanizmlarni belgilash;

fuqarolik-huquqiy javobgarlik institutinitakomillashtirish, jumladan, zararni qoplashning adolatli tartibinita’minlash nazarda tutiladi.

Kodeks loyihasi

2020-yil 1-sentabr

Adliya vazirligi, Bosh prokuratura,Moliya vazirligi, Loyiha boshqaruvi milliy agentligi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz

Xalqaro standartlarga muvofiq fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy mexanizmlar joriy etiladi

31.

BMTning Inson huquqlari nuqtai nazaridan tadbirkorlik faoliyatining asosiy tamoyillarini amalga oshirish bo‘yicha Milliy harakatlar rejalarini ishlab chiqish.

Milliy harakatlar rejalari loyihalari

2020-yil 1-iyuldan boshlab

Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Biznes ombudsman, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

Tadbirkorlik faoliyatida xalqaro standartlarga asosan inson huquqlari kafolatlari mustahkamlanadi

32.

O‘zbekiston Respublikasi Tadbirkorlik kodeksi loyihasini ishlab chiqish.

Bunda:

tadbirkorlik faoliyati sohasidagi qonun hujjatlarini to‘liq kodifikatsiya qilish, milliy iqtisodiyotning bozor munosabatlariga o‘tishini hisobga olgan holda, tadbirkorlik faoliyatini monopoliyaga qarshi tartibga solishni tubdan qayta ko‘rib chiqish;

tadbirkorlik erkinligini ta’minlaydigan huquqiy, iqtisodiy va ijtimoiy shart-sharoit va kafolatlarni kuchaytirish;

iqtisodiy huquq va erkinliklar sohasidagi xalqaro standartlarni hisobga olgan holda tadbirkorlarning ijtimoiy mas’uliyatini oshirish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash;

tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga aralashganlik, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini cheklash yoki to‘xtatish, ularga zarar yetkazishga qaratilgan noqonuniy va asossiz harakatlarni sodir etganlik uchun mansabdor shaxslarning javobgarligini kuchaytirish;

tadbirkorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalasida jamoatchilik nazorati mexanizmlarini kengaytirish nazarda tutiladi.

Kodeks loyihasi

2022-yil 20-yanvar

Biznes ombudsman, Adliya vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Savdo-sanoat palatasi

Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi qonun hujjatlari to‘liq kodifikatsiya qilinadi, tadbirkorlik subyektlari faoliyatining huquqiy asoslari yanada mustahkamlanadi

33.

“Xususiylashtirish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Bunda:

obyektlarni xususiylashtirishda, ulardan foydalanayotgan shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda ta’minlashning samarali mexanizmlarini belgilab berish;

xususiylashtirishda shaffoflik va oshkoralik prinsiplariga asoslangan mexanizmni yaratish;

davlat obyektlari yoki boshqa ommaviy mulk obyektlarini xususiylashtirishda antikorrupsiyaviychoralarni kuchaytirishnazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2021-yil 15-yanvar

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Adliya v�zirligi

Xususiylashtirish faoliyatining huquqiy asoslari va mexanizmlari takomillashtiriladi

34.

“Ijtimoiy tadbirkorlik asoslari to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Bunda:

ijtimoiy tadbirkorlikning asoslari;

ijtimoiy tadbirkorlik subyektlarini aniqlashningtartibi va mezonlari nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2020-yil 1-sentabr

Adliya vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Moliya vazirligi,

Savdo-sanoat palatasi

Ijtimoiy tadbirkorlikning asoslari va uni rag‘batlantirish bo‘yicha munosabatlar huquqiy tartibga solinadi

35.

“Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish.

Bunda xalqaro tan olingan iste’molchilar huquqlarining himoyasini kuchaytirishga oid normalarni belgilash nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2021-yil 20-yanvar

Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish xalqaro standartlarga muvofiqlashtiriladi

36.

Fuqarolarning tibbiy xizmatdan foydalanish huquqini to‘laqonli ta’minlanishiga yo‘naltirilgan amaliy chora-tadbirlar kompleksi�i amalga oshirish.

Bunda:

O‘zbekistonning sog‘liqni saqlash tizimi samaradorligi bo‘yicha jahonni rivojlangan mamlakatlari darajasiga erishishi;

tibbiy sug‘urta sohasinitakomillashtirish;

aholining har tomonlama sifatli sog‘liqni saqlash xizmatlari qamrab olinishi, shu jumladan xavfsiz, samarali, sifatli va arzon narxlardagi asosiy dori-darmonlar va vaksinalardan foydalanishini ta’minlash;

2030-yilga qadar onalar o‘limini uchdan bir qismga, bir yoshgacha bo‘lgan go‘daklar va besh yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limini ikki barobar, yurak-qon tomir, saraton, diabet va surunkali nafas olish kasalliklaridan erta o‘lim darajasini30 foizgaqisqartirish;

reproduktiv salomatliksohasida, OITS, gepatit S va tuberkulyozga qarshi kurashishda keng qamrovli sog‘liqni saqlash xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlash nazarda tutiladi.

Amaliy chora-tadbirlar majmui

2020-yildan boshlab

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi

Mamlakatning sog‘liqni saqlash tizimi takomillashtiriladi va aholining har tomonlama sifatli sog‘liqni saqlash xizmatlari bilan qamrab olinishi ta’minlanadi

37.

O‘zbekiston Respublikasining Sog‘liqni saqlash kodeksi loyihasini ishlab chiqish.

Bunda:

sog‘liqni saqlash sohasini davlat tomonidan tartibga solish, idoralararo hamkorlik qilish;

sog‘liqni saqlash tizimini moliyalashtirish;

sanitariya-epidemiologik nazoratnitashkil qilish;

sog‘liqni saqlash sohasida ta’lim va ilmiy faoliyat normasini belgilash nazarda tutiladi.

Kodeks loyihasi

2020-yil 1-dekabr

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi

Mamlakatdagi sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasining huquqiy asoslari zamonaviy xalqaro mexanizmlar asosida mustahkamlanadi

38.

“Majburiy tibbiy sug‘urta to‘g‘risida”gi qonun loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritish.

Bunda:

majburiy tibbiy sug‘urtalashning huquqiy asoslari, mexanizmlari va joriy etish bosqichlari;

majburiy tibbiy sug‘urtalash subyektlarini, ushbu sohadagi huquqiy munosabatlarni tartibga solish bo‘yicha vakolatli organni, ularning huquq va majburiyatlarini belgilash;

majburiy tibbiy sug‘urtalash dasturlarini moliyalashtirish mablag‘larini shakllantirish manbalari nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2021-yil 1-mart

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

Majburiy tibbiy sug‘urta munosabatlari huquqiy jihatdan tartibga solinadi

39.

Xodimlarning, shu jumladan, davlat xizmatchilari, tibbiyot xodimlari va pedagoglarning mehnat shartnomalarida nazarda tutilmagan, ularning mehnat huquqlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan mehnatning turli shakl?aridan himoya qilishningtashkiliy-huquqiy mexanizmlarinitakomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil 1-oktabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi

Barcha turdagi xodimlarning mehnat huquqlari buzilishi holatlarini bartaraf etishning huquqiy mexanizmlari takomillashtiriladi

40.

O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining yangi tahriri loyihasini ishlab chiqish.

Bunda:

ishga qabul qilish bo‘yicha qonun hujjatlarida ko‘zda tutilmagan talablarni ilgari surishorqali xotin-qizlarning ish beruvchilar tomonidan kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaslik, xotin-qizlar uchun taqiqlangan kasbiy faoliyat sohalarini qisqartirish;

ayrim sohalarda yoki kasb-hunarlarda ayollar mehnatini qo‘llashni taqiqlashni bekor qilish, ayollarning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan tarmoqlar yoki kasblar ro‘yxatini aniqlash;

ish beruvchining tashabbusi bilan xodimning pensiya yoshiga yetishi yoki qonun hujjatlariga muvofiq 60 yoshga to‘lgunga qadar yoshga doir pensiya olish huquqi yuzaga kelishi munosabati bilan muddatsiz tuzilgan mehnat shartnomasining, shuningdek, uning amal qilish muddati tugagunga qadar muddatli mehnat shartnomasining bekor qilinishini taqiqlash;

xususiy sektorda mehnatga haq to‘lash tizimini tartibga solish va takomillashtirish orqali mehnatga yarasha munosib ish haqi to‘lanishini ta’minlash;

kasanachilik bilan shug‘ullanuvchi shaxslarning huquqiy maqomi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish, shuningdek, ularning mehnat sohasidagi huquqlari kafolatlarini kuchaytirish;

jamoaviy mehnat nizolarito‘g‘risidagi normalarni takomillashtirish nazarda tutiladi.

Kodeks loyihasi

2020-yil 1-avgust

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Adliya vazirligi,

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

Mehnat munosabatlarini tartibga solish xalqaro standartlarga muvofiqlashtiriladi, Xotin-qizlarning mehnat munosabatlarida kamsitilishining oldini olish bo‘yicha qonunchilik takomillashtiriladi

41.

“Mehnat migratsiyasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Xususan:

jamiyat, davlat va inson manfaatlariga daxldor migratsiya muammolarini hal etish, migratsiya sohasidagi munosabatlarning barqarorligini ta’minlash;

mehnat migrantlari huquqlariga oid xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2021-yil 20-aprel

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, IIV, Adliya vazirligi, TIV

Mehnat migrantlari huquqlariga oid xalqaro standartlar milliy qonunchilikka implementatsiya qilinadi

42.

Mehnat munosabatlari va mehnatni muhofaza qilishga oid qonunchilikni takomillashtirishhamda mehnat bozori infratuzilmasini rivojlantirish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2020-yil

1-dekabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

Adliya vazirligi

Mehnatni muhofaza qilishga oid qonunchilik takomillashtiriladi

43.

“Barcha mehnatkash-migrantlar va ularning oila a’zolarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi konvensiyani ratifikatsiya qilish masalasini o‘rganish bo‘yicha chora-tadbirlar majmuini tayyorlash va amalga oshirish.

Tavsiyalar,

Chora-tadbirlar majmui

2020-yil 1-dekabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, TIV, IIV, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Oliy Majlisning

Inson huquqlari bo‘yicha vakili, Adliya vazirligi

Mehnatkash-migrantlar va ular oila a’zolarining huquqlarini himoya qilish masalasi har tomonlama o‘rganiladi

44.

Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida gender tenglikni ta’minlash va zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Bunda:

2021 — 2025-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasining gender tengligi strategiyasiniishlab chiqish;

BMT Xavfsizlik Kengashining 1325-rezolyutsiyasini (Ayollar, tinchlik va xavfsizlik to‘g‘risida) bajarish bo‘yicha Milliy harakat rejasini ishlab chiqish;

xotin-qizlarni ijtimoiy-iqtisodiy sohada o‘z huquq va manfaatlarini ro‘yobga chiqarishda qo‘llab-quvvatlash dasturlarini kengaytirish, xotin-qizlarning huquq va imkoniyatlarini kengaytirishga ko‘maklashish uchun zamonaviy texnologiyalar, jumladan, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish;

oilada ayollarni zo‘ravonlikdan himoya qilishning mexanizmlari va huquqiy bazasining xalqaro standartlarga to‘la muvofiqligini ta’minlash;

aholining gender tengligi bo‘yicha ongini oshirish;

ijtimoiy hayotning barcha sohalarida, ayniqsa siyosiy faoliyat va qarorlar qabul qilish jarayonida gender tenglikni ta’minlash uchun samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2021-yil 1-aprel

O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi,

Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, IIV

Barcha sohalarda gender tenglikni amalga oshirish bo‘yicha tash?iliy chora-tadbirlar amalga oshiriladi, ayollarni zo‘ravonlikdan himoya qilishning mexanizmlari takomillashtiriladi, shuningdek, ayollarning siyosiy faoliyat va qarorlar qabul qilish jarayonidagi ishtiroki oshiriladi

45.

Aholini ijtimoiy himoya qilish Konsepsiyasini ishlab chiqish.

Bunda:

ijtimoiy nafaqa to‘lashning mukammal tizimini joriy etish, jumladan, kam ta’minlangan oilalarga ko‘mak ko‘rsatish qamrovini kengaytirish;

kam ta’minlangan va daromadi past aholi qatlamini aniqlash mezonlarinibelgilash;

nafaqa tayinlashdagi mezonlarni qayta ko‘rib chiqish va uni belgilashda ochiq va adolatli tizimni yaratish;

uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj bo‘lgan shaxslarga bozor tamoyillari asosida ajratilgan ipoteka krediti bo‘yicha dastlabki badal va (yoki) foizlarning bir qismini qoplash uchun Davlat budjeti hisobidan subsidiyalar to‘lash tizimini takomillashtirish;

o‘zgalar parvarishiga muhtoj yakka-yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga “Muruvvat” va “Saxovat” uylarida statsionar sharoitda tibbiy-ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish;

ajratilayotgan ijtimoiy to‘lovlar miqdorini qayta ko‘rib chiqish;

ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy xizmatlarni bir-biriga muvofiqlashtirish;

yagona reyestr tashkil qilish orqali ijtimoiy ta’minot va ijtimoiy xizmatlarni yagona axborot kommunikatsiya tizimiga o‘tkazish;

“Mehribonlik uylari”da tarbiyalangan yoshlarning ijtimoiy moslashuvi, xususan ularni ish, uy-joy bilan ta’minlash bo‘yicha alohida dastur ishlab chiqish nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat l�yihasi

2020-yil 1-oktabr

Vazirlar Mahkamasi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj turli qatlamlarini xalqaro standartlarga muvofiq himoya qilinishining huquqiy mexanizmlari takomillashtiriladi

46.

“Aholi bandligi to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish.

Bunda:

ish o‘rinlarini tashkil etishga doir davlat buyurtmasini shakllantirish tartibi

mahalliy mehnat organlariga murojaat etgan ish qidirayotgan shaxslarga va ishsiz shaxslarga ko‘rsatiladigan xizmatlar turlari;

aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini ishga joylashtirish bo‘yicha qo‘shimcha kafolatlar;

haq to‘lanadigan jamoat ishlarinitashkil etish;

ish qidirayotgan shaxslarni hamda ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishnazarda tutiladi.

Qonun loyihasi, amaliy chora-tadbirlar majmui

2020-yil 1-avgust

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida),

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi,

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi,

viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari,

vazirlik va idoralar

Aholini ish bilan ta’minlash sohasi va bandlikka ko‘maklashish markazlari faoliyati takomillashtiriladi

47.

“O‘zbekiston yoshlari — 2025” Konsepsiyasi loyihasini ishlab chiqish.

Bunda O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishning yangicha va xalqaro standartlarga mos mexanizmlarini yaratish nazarda tutiladi.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil 1-avgust

Yoshlar ittifoqi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda xalqaro standartlarga mos mexanizmlar yaratiladi

48.

“Ijtimoiy sug‘urta to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Bunda:

ijtimoiy sug‘urta tushunchasi, uning turlari va amalga oshirish shartlari;

sug‘urtalangan shaxslarning huquq va majburiyatlari;

nogironlik, dafn marosimi, boquvchisini yo‘qotganlik bo‘yicha nafaqalar, ish paytida mayib bo‘lganlik uchun tovon puli kabi to‘lovlarni amalga oshirishva ularning miqdorini aniqlash tartibi nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2020-yil 1-sentabr

Moliya vazirligi, Vazirlar Mahkamasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi,

Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

Ijtimoiy sug‘urta munosabatlari huquqiy jihatdan tartibga solinadi

49.

2030-yilgacha O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish ustidan ta’sirchan parlament, deputatlik va jamoatchilik nazoratini ta’minlash.

Amaliy chora-tadbirlar majmui

2020-yil 1-iyuldan boshlab

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Maktabgacha ta’lim vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,Yoshlar ittifoqi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Konsepsiyada belgilangan vazifalarni to‘liq amalga oshirilishi ustidan ta’sirchan parlament nazorati o‘rnatiladi

50.

Har tomonlama adolatli va sifatli ta’limni ta’minlash maqsadida “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahririni qabul qilish.

Bunda ayollar va erkaklar uchun sifatli o‘rta maxsus, oliy, kasbiy va qo‘shimcha ta’lim olish, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun barcha darajadagi ta’lim va kasbiy-texnik tayyorgarlikdanteng foydalanish imkoniyatini ta’minlash nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi, amaliy chora-tadbirlar majmui

2020-yil 1-avgust

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida),

Vazirlar Mahkamasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi

Ijtimoiy zaif qatlamning ta’lim olishi kafolatlarining huquqiy asoslari yaratiladi

51.

Ichimlik suvi ta’minoti va kanalizatsiya tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Bunda:

ichimlik suvini yetkazib berish sifati va xavfsizligini ta’minlash, kafolatlangan manbalardan foydalanish, zamonaviy texnika va texnologiyalarni tatbiq etish;

2030-yilgacha shahar aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasini 98 foizga va qishloq aholi punktlarini ichimlik suv bila? ta’m?nlanganlik darajasini 85 foizga yetkazish;

oqava suv inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish va modernizatsiya qilishga oid choralarni ishlab chiqish;

2030-yilgacha shahar markazlarida oqava xizmatlar ta’minotini 31 foizga yetkazish;

mavjud yer osti va yer usti suv manbalaridan oqilona foydalanish hamda oqava suvlarni sifatli tozalashga qaratilgan aniq choralar nazarda tutiladi.

Konsepsiya loyihasi, amaliy chora-tadbirlar majmui

2020-yil 1-sentabr

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash sharoitlari yaxshilanadi

52.

Shahar va aholi punktlarining ochiqligi, xavfsizligi va ekologik barqarorligini ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy dasturlarni amalga oshirish.

Bunda:

arzon uy-joylar va kommunal xizmat ko‘rsatish, xavfsiz, arzon va ekologik barqaror transport xizmatlaridan foydalanishni ta’minlash;

aholining urbanizatsiya ko‘rsatkichlarining izchil o‘sishini ta’minlash, respublikamiz shaharlarini dunyoning zamonaviy rivojlangan megapolislari modeli asosida, ularning tarixiy takrorlanmasligi, shuningdek turistik jozibadorligini saqlagan holda rivojlantirish, “aqlli va xavfsiz shaharlar” konsepsiyasini ishlab chiqish;

madaniy va tabiiy meros obyektlarini himoya qilish va asrab-avaylash borasidagi sa’y-harakatlarni faollashtirish;

tijorat va boshqa tashkilotlarning ekologiya va sanitariya normalariga rioya qilishini ta’minlash;

shahar va boshqa aholi punktlarida nogironligi bo‘lgan shaxslar dam olishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish, bolala� uchun yashil hududlar, dam olish bog‘lari, o‘yin maydonchalarini kengaytirish nazarda tutiladi.

Aholi punktlarini kompleks va barqaror rivojlantirish va ularni boshqarishning mintaqaviy dasturlari,

amaliy chora-tadbirlar majmui

2020-yil

1-noyabrdan boshlab

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Qurilish vazirligi,

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi,Yoshlar ittifoqi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Urbanizatsiya darajasi oshiriladi, shahar va aholi punktlarida xavfsizlik va ekologik barqarorlik ta’minlanadi

53.

O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining yangi tahriri loyihasini ishlab chiqish.

Bunda:

uy-joy sohasidagi davlat boshqaruvini qayta ko‘rib chiqish, uy-joy siyosatini tartibga solishning samarali mexanizmlarini joriy etish;

davlat va jamoat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda qurilish, rekonstruksiya qilish va buzish ishlarini amalga oshirish tartibini yanada takomillashtirish;

jismoniy va yuridik shaxslarning uy-joydan foydalanishda qonunchilik va normativ hujjatlarga rioya etishdagi mas’uliyatini oshirish;

uy-joy obyektlarini qurishga tadbirkorlik subyektlarini keng jalb qilishni rag‘batlantiruvchi mexanizmlar nazarda tutiladi.

Kodeks loyihasi, amaliy chora-tadbirlar majmui

2020-yil 1-dekabr

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi,

Adliya vazirligi,

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi,

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi,

Moliya vazirligi, Qurilish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

Uy-joy siyosatini tartibga solishning samarali mexanizmlari joriy etiladi, davlat va jamoat ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda qurilish, rekonstruksiya qilish va buzish ishlarini amalga oshirish tartibi takomillashtiriladi

54.

O‘zbekiston Respublikasining Ekologiya kodeksi loyihasini ishlab chiqish.

Bunda:

ekologiyaga oid qonunchilik bazasini tizimlashtirish;

atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha vakolatli davlat organining faoliyati ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish;

atrof-muhitni muhofaza qilishda fuqarolar va jamoat birlashmalarining huquq hamda majburiyatlari;

ekologik nazorat va monitoring turlari hamda ularni amalga oshirish tarti??;

ekologik ekspertizani amalga oshirish tartibi;

o‘simlik va hayvonot dunyosidan foydalanishga qo‘yiladigan talablar nazarda tutiladi.

Kodeks loyihasi va amaliy chora-tadbirlar majmui

2020-yil

1-oktabr

Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Adliya vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, IIV, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, “Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi

Xorijiy tajribani inobatga olgan holda ekologiyaga oid qonunchilik normalari unifikatsiya qilinadi,aholining ekologik xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi

III. Inson huquqlari sohasidagi xalqaro standartlarni qonunchilikka va huquqni qo‘llash amaliyotiga implementatsiya qilish hamda monitoring qilish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar

55.

O‘zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan xalqaro hujjatlarning mazmuni to‘g‘risida aholi hamda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari vakillarining xabardorligini oshirishbo‘yichaaxborot-ta’lim tizimini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi va amaliy chora-tadbirlar majmui

2020-yil 1-iyuldan boshlab

TIV, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Adliya vazirligi, Oliy Majlisning

Inson huquqlari bo‘yicha vakili, IIV, Bosh prokuratura

Aholining inson huquqlari bo‘yicha xalqaro shartnomalar bo‘yicha tizimli xabardor qilish mexanizmi joriy qilinadi

56.

O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining yangi tahririni ishlab chiqish.

Bunda:

ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rishning protsessual tartibini takomillashtirish;

ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni yuritish tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy qilish (elektron bayonnoma, elektron ma’muriy ish va boshqalar);

jabrlanuvchi arizasiga asosan yuritiladigan ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni tugatish tartibini joriy qilish;

ma’muriy jazo choralari tizimini liberallashtirish;

jarima jazosini ixtiyoriy ijro etishni rag‘batlantirishning differensial tartibini joriy etish;

ma’muriy javobgarlikka tortishga vakolatli bo‘lgan organlar va mansabdor shaxslar toifasini maqbullashtirish nazarda tutiladi.

Kodeks loyihasi

2021-yil 20-yanvar

Adliya vazirligi, Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV

Ma’muriy huquqbuzarliklar bo‘yicha ish yuritishning protsessual tartibi takomillashtiriladi, jumladan, protsess ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma tuzishga vakolatli bo‘lgan organlar va mansabdor shaxslarning toifasi maqbullashtiriladi

57.

Jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish, davlat va jamiyat o‘rtasida o‘zaro yaqin hamkorlik o‘rnatish maqsadida “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Jamoatchilik palatasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Bunda Jamoatchilik palatasining:

faoliyatining huquqiy asoslari;

maqsad va vazifalari, huquq, majburiyatlari va funksiyalari;

tarkibini shakllantirish tartibi;

a’zosi maqomi, faoliyati kafolatlari, huquq va majburiyat�ari, shuningdek, ular vakolatini to‘xtatish va tugatish tartibi;

davlat organlari bilan o‘zaro hamkorligi;

faoliyatini moliyaviy va moddiy-texnik jihatdan ta’minlashtartibi nazarda tutiladi.

Qonun loyihasi

2020-yil 1-avgust

Jamoatchilik palatasi, Adliya vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz,

fuqarolik jamiyati institutlari

Jamoatchilik palatasi faoliyatining huquqiy asoslari qonun orqali belgilanadi, jamoatchilik nazoratining aniq mexanizmi mustahkamlanadi

58.

Qiynoqlarning oldini olish bo‘yicha institutsional mexanizmlarni takomillashtirish.

Bunda:

O‘zbekiston Respublikasi Qiynoqning oldini olish qo‘mitasi faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

BMTning Qiynoqlarga qarshi konvensiyasiningFakultativ protokoliga qo‘shilish masalasini ko‘rib chiqish.

Chora-tadbirlar majmui

2020-yil 20-dekabr

Bosh prokuratura, IIV, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, TIV, Adliya vazirligi, Oliy Majlisning

Inson huquqlari bo‘yicha vakili

Qiynoqlarning oldini olishning huquqiy asoslari takomillashtiriladi va borada qat’iy nazorat o‘rnatiladi

59.

Ozodlikdan mahrum qilish joylarida jazo muddatini o‘tayotgan shaxslarhuquqlarini himoya qilishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirish, shu jumladan, penitensiar muassasalar xodimlarini muntazam o‘qitishni tashkil etish, mahkumlar huquqlariga bag‘ishlangan o‘quv qo‘llanmalarini tayyorlash va chop etish.

Chora-tadbirlar majmui

2021 yil

1-yanvardan boshlab

Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, IIV, Adliya vazirligi, Oliy Majlisning

Inson huquqlari bo‘yicha vakili

Ozodlikdan mahrum qilish joylarida jazo muddatini o‘tayotgan shaxslar huquqlarini himoya qilishning tashkiliy-huquqiy mexanizmlari takomillashtiriladi

60.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining yangi tahririni ishlab chiqish.

Bunda:

inson huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlarga mos ravishda mahkumlar huquqlari doirasini yanada kengaytirish;

mahkumlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoyasini kuchaytirish, shu jumladan, tintuv jarayonida jismoniy kuch va maxsus vositalar asossiz qo‘llanilishiga yo‘l qo‘ymaslik;

jazoni ijro etish muassasalarida mahkumlarning shaxsiy xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni belgilash;

ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning ish haqidan davlat ijtimoiy sug‘urtasiga ajratmalar o‘tkazishga bo‘lgan cheklovni bekor qilish orqali davlat pensiya ta’minoti kafolatini kuchaytirish;

mahkumlarni oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida masofaviy o‘qitish shaklini joriy etish orqali ularning ta’lim olishga bo‘lgan huquqlarini ta’minlash;

mahkumlarga uchrashuv berish va almashtirishning adolatli hamda shaffof tartibi va talablarini belgilash nazarda tutiladi.

Kodeks loyihasi

2020-yil 1-oktabr

Bosh prokuratura, Oliy sud, IIV, Adliya vazirligi

Jinoiy jazoni ijro etishda xalqaro standartlarga tayangan holda mahkumlarning huquqlari doirasi kengaytiriladi

61.

Bola huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlar normalarini implementatsiya qilish va mazkur sohada qonunchilik ijrosini ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan parlament, deputatlik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Chora-tadbirlar majmui

2020-yil

1-noyabr

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Bola huquqlari bo‘yicha vakil, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Bola huquqlari bo‘yicha xalqaro standartlar milliy qonunchilik va huquqiy amaliyotga implementatsiya qilinadi

62.

Bolalarga nisbatan ota-onalik huquqining suiiste’mol qilinishi va ularga g‘amxo‘rlik qilmaslik holatlarini aniqlash, ota-onalarga maslahat-metodik yordam ko‘rsatishning samarali tizimini yaratish.

Bunda:

bolalarga qarshi zo‘ravonlikning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish;

bolalarga nisbatan ota-onalik huquqini suiiste?mol qilish holatlarini aniqlash bo‘yicha o‘quv muassasalarida tushuntirish-tashviqot tadbirlarini amalga oshirish;

bolalarga nisbatan ota-onalik huquqini suiiste’mol qilish holatlarini aniqlash bo‘yicha pedagogik va tibbiy xodimlarning malakasini oshirish nazarda tutiladi.

Chora-tadbirlar majmui,

Axloq kodeksi loyihasi

2020-yil 1-dekabr

Bola huquqlari bo‘yicha vakil,Bosh prokuratura, IIV, Adliya vazirligi,Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi

Bolalarga nisbatan ota-onalik huquqining suiiste’mol qilinishi va ularga g‘amxo‘rlik qilmaslik holatlari aniqlanadi,

maslahat-metodik yordam ko‘rsatishning yangi tizimi yaratiladi

63.

“Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi qonunni qabul qilish.

Qonun loyihasi

2020-yil 1-sentabr

Oliy Majlis palatalari (kelishuv asosida), Vazirlar Mahkamasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Moliya vazirligi, Adliya vazirligi

Nogironligi bo‘lgan shaxslar huquqlarini ta’minlash sohasidagi umume’tirof etilgan xalqaro norma va standartlar milliy qonunchilikka implementatsiya qilinadi

IV. Inson huquqlari sohasida huquqiy savodxonlikni oshirish, jumladan bu borada axborot tarqatish, ta’lim berish faoliyatini samarali tashkil etish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar

64.

Jamiyatda huquqiy tarbiya, huquqiy madaniyat va inson huquqlari madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuini ishlab chiqish va amalga oshirish.

Bunda:

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasinitizimli o‘rganishning samarali mexanizmlarini joriy qilish;

inson huquq va erkinliklarini himoya qilish bo‘yicha metodik yordam ko‘rsatuvchi va resurs markazlari vazifasini bajaruvchi “inson huquqlari masalalari bo‘yicha ma’rifat uylari”ni tashkil etish;

inson huquqlari bo‘yicha maqsadli mavzularni maktabgacha, umumiy o‘rta va oliy ta’lim muassasalariningtegishli o‘quv dasturlariga, shuningdek, malaka oshirishkurslarining dasturlariga kiritish nazarda tutiladi.

Chora-tadbirlar majmui

2020-yildan boshlab

Adliya vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Jamiyatda huquqiy tarbiya, huquqiy madaniyat va inson huquqlari madaniyatini yuksaltiriladi

65.

Bola huquqlarini ta’minlash va ta’lim-tarbiyani rivojlantirish sohasida chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish.

Bunda:

ta’limning barcha darajalarida bola huquqlari sohasidagi o‘quv faoliyati samaradorligini oshirish;

bolaning huquq va manfaatlarini himoya qilish usullari va shakllarinitakomillashtirishnazarda tutiladi.

Amaliy chora-tadbirlar majmu�

2020-yil 1-iyuldan boshlab

Bola huquqlari bo‘yicha vakil, Xalq ta’limi vazirligi, Maktabgacha ta’lim vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Adliya vazirligi, IIV

Ta’lim muassasalarida bola huquqlarini o‘qitish tartibi joriy etiladi

66.

Xalqaro hamkorlar ko‘magida TDYU, JIDU, Bosh prokuratura akademiyasida “Inson huquqlariga oid xalqaro huquq” mutaxassisligi bo‘yicha qo‘shma magistratura yo‘nalishini (konsorsium) joriy qilish.

Ijrochilarning qo‘shma qarorlari

2021/

2022 o‘quv yilidan boshlab

Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, TIV, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura

“Inson huquqlariga oid xalqaro huquq” mutaxassisligi bo‘yicha magistratura yo‘nalishi joriy etiladi

67.

Xalqaro inson huquqlari kuni topshiriladigan “Inson huquqlari himoyasi uchun” ko‘krak nishonini ta’sis etish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2020-yil 1-sentabr

Vazirlar Mahkamasi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Moliya vazirligi

Inson huquqlarini ta’minlash sohasida faol ishtirok etayotgan shaxslarni rag‘batlantirishning huquqiy asoslari yaratiladi

68.

Davlat oliy ta’lim muassasalari, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashga ixtisoslashtirilgan muassasalari (universitet, institut, markaz, fakultet, kurslar), shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus, ka�b-hunar ta’limi muassasalarida “Inson huquqlari”, “Ayollar huquqlari” va “Bola huquqlari”ga oid o‘quv kurslari (darsliklari)ni joriy etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Chora-tadbirlar majmui

2020-yil

1-oktabr

Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, TDYU, JIDU, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Inson huquqlariga bag‘ishlangan adabiyotlar chop etiladi

69.

Ilmiy faoliyat bo‘yicha davlat dasturlari doirasida inson huquqlarini himoya qilishga oid dolzarb tadqiqot mavzularga bag‘ishlangan ilmiy loyihalar va innovatsion ishlanmalar tanlovini o‘tkazish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.

Bunda:

inson huquqlari sohasida ilmiy tadqiqotlarni ixtisoslashtirish, salmog‘i va sifatini yaxshilash, inson huquqlari ixtisoslig? bo‘yicha ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash maqsadida alohida tarmoqlararo “Inson huquqlari” ixtisoslik shifrini kiritish;

inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi huzuridagi Ilmiy-muvofiqlashtiruvchi kengash faoliyatini takomillashtirib, “Inson huquqlari” bo‘yicha fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini olish uchun ilmiy kengash faoliyatini yo‘lga qo‘yish nazarda tutiladi.

Chora-tadbirlar majmui

2020-yildan boshlab

Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Innovatsion rivojlanish vazirligi, OAK

Inson huquqlari sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish tartibi takomillashtiriladi

70.

Fuqarolik va axborot jamiyati rivojlanishining eng muhim omillaridan biri sifatida ma’lumot olish imkoniyatlarini tizimlashtirish, axborot makonida inson huquqlarining erkinligini himoya qilish, kiberxavfsizlik, media madaniyat va onlayn gigiyenaga rioya qilishni ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Axborot kodeksi loyihasini ishlab chiqish.

Kodeks loyihasi

2022-yil 20-yanvar

Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston milliy axborot agentligi, DXX, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi

Mamlakatda axborot xavfsizligi, fuqarolarning ma’lumot olish huquqlariga oid qonunlar umumlashtiriladi

V. Inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar, xorijiy mamlakatlarning inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlari bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar

71.

BMTning barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish masalasida xorijiy davlatlar, shuningdek inson huquqlari bo‘yicha BMT, Yevropa Ittifoqi, EXHT organlari va tuzilmalari bilan ikki tomonlama hamda ko‘p tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish, ular bilan hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum va bitimlar tuzish, bu sohada fuqarolik jamiyati institutlari bilan hamkorlik qilish.

Amaliy chora-tadbirlar majmui

2020 — 2025-yillar

Iqtisodiy taraqqiyotva kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, vazirlik va idoralar, Jamoatchilik palatasi

BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda xalqaro hamkorlik rivojlantiriladi

72.

Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro shartnomalarga, shu jumladan, bolalar, ayollar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, migrantlar va keksalar huquqlarinihimoya qilish sohasidagi xalqaro shartnomalargaO‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi yuzasidan aniq takliflar ishlab chiqish hamda inson huquqlari sohasida xalqaro hamkorlikning shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish.

Amaliy chora-tadbirlar majmui

2020 — 2025-yillar

Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, TIV, Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, IIV, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy Majlisning

Inson huquqlari bo‘yicha vakili, Biznes ombudsman

Xalqaro shartnomalarga qo‘shilish orqali milliy qonunchiligimiz xalqaro standartlar asosida takomillashtiriladi

73.

O‘zbekistonning inson huquqlarini ta’minlash bo‘yicha quyidagi xalqaro shartnomalarga qo‘shilishi masalasini ko‘rib chiqish:

Yevropa Kengashining Jinoiy faoliyatdan va terrorizmni moliyalashdan olingan daromadlarni aniqlash, olib qo‘yish, musodara qilish to‘g‘risidagi konvensiyasi (Varshava, 2005-yil 16-may);

Xalqaro Mehnat Tashkilotining 156-sonli “Erkak va ayol xodimlarga: oilaviy majburiyatlarga ega ishchilarga teng munosabat va teng imkoniyatlar to‘g‘risida”gi konvensiyasi;

Xalqaro Mehnat Tashkilotining 183-sonli “1952-yilga Onalikni muhofaza qilish to‘g‘risidagi konvensiyani qayta ko‘rib chiqish haqida”gi konvensiyasi;

Xalqaro Mehnat Tashkilotining 17-sonli “Mehnatkashlarga ishlab chiqarish davomida baxtsiz holatlar uchun zararni qoplash to‘g‘risida”gi konvensiyasi;

Xalqaro Mehnat Tashkilotining 187-sonli “Mehnat xavfsizligi va gigiyenasini ta’minlash asoslari to‘g‘risida”gi konvensiyasi;

Xalqaro Mehnat Tashkilotining 97-sonli “Mehnatkash-migrantlar to‘g‘risida”gi konvensiyasi;

Xalqaro Mehnat Tashkilotining 132-sonli “Haq to‘lanadigan ta’tillar (1970-yilda qayta ko‘rib chiqilgan) to‘g‘risida”gi konvensiyasi.

Chora-tadbirlar majmui

2020 — 2025-yillar

Bosh prokuratura, TIV, Adliya vazirligi, IIV, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi

Xalqaro shartnomalar ratifikatsiya qilish masalalari ko‘rib chiqiladi va milliy qonunchilik ular asosida takomillashtiriladi

74.

“Yoshlar huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiya loyihasining BMT tomonidan qabul qilinishmasalasini xalqaro hamkorlar bilan birgalikda ilgari surishga oid chora-tadbirlar majmuini amalga oshirish.

Konvensiya loyihasi,

amaliy chora-tadbirlar majmui

2020 — 2025-yillar

Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Vazirlar Mahkamasi, TIV, vazirlik va idoralar

“Yoshlar huquqlari to‘g‘risida”gi konvensiya loyihasi BMT doirasida muhokama qilinishi ta’minlanadi

75.

Inson huquqlari va erkinliklari masalasiga doir O‘zbekiston milliy ma’ruzalarini ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha yakuniy mulohazalar va tavsiyalarni amalga oshirish uslublarini shartnomaviy organlar va Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissar boshqarmasi bilan muntazam maslahatlashib turish.

Bunda:

BMTning inson huquqlari bo‘yicha Kengashi maxsus ma’ruzachilari institutlari bilan maqsadli ishlarni tashkil etish;

inson huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish sohasida ilg‘or xorijiy tajribani O‘zbekiston sharoitida impl�mentatsiya qilish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish amaliyotini kengaytirish nazarda tutiladi.

Amaliy chora-tadbirlar majmui

2020-yil

1-iyuldan boshlab

Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, TIV, Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, IIV, Oliy Majlisning

Inson huquqlari bo‘yicha vakili, Advokatlar palatasi, fuqarolik jamiyati institutlari

Inson huquqlari va erkinliklari masalasiga doir ?av?iyalar?i amalga oshirish mexanizmlari yanada takomillashtiriladi

76.

Har ikki yilda bir marotaba Inson huquqlari bo‘yicha Samarqand forumini yuqori tashkiliy darajada o‘tkazish.

Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari

2020-yildan boshlab doimiy asosda

Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, TIV, Moliya vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi

Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro hamkorlik uchun yangi muzokara maydoni yaratiladi

77.

Barqaror rivojlanish maqsadlarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha global hamkorlikni mustahkamlash va faollashtirish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarini amalga oshirish uchun tashqi manbalardan qo‘shimcha moliyaviy resurslarni safarbar etish masalasini ko‘rib chiqish.

Amaliy chora-tadbirlar majmui

2020 — 2025-yillar

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish bo‘yicha xorijiy hamkorlarning moliyaviy resurslarni jalb qilish masalasi ko‘rib chiqiladi

78.

Inson huquqlarini himoya qilishga taalluqli sifat va miqdor ko‘rsatkichlari bo‘yicha ma’lumotlarni to‘plashga oid xalqaro talablarni hisobga olgan holda, davlat va nodavlat axborot yig‘ish statistik tiziminitakomillashtirish.

Bunda:

ma’lumo?larni yig‘ish tizimini BMT Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda hech kim chetda qolmasligiga alohida ahamiyat bergan holda ishlab chiqish va joriy qilish;

inson huquqlarini himoya qilish bilan bog‘liq sud statistikasini yanada takomillashtirish maqsadida bu borada yetarli amaliy tajriba hamda ko‘nikmalarga ega bo‘lgan xorijiy ekspertlarni jalb qilib, sud statistikasi bilan shug‘ullanadigan xodimlarning malakasini oshirish nazarda tutiladi.

Amaliy chora-tadbirlar majmui

2020-2021-yillar

Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz, Bosh prokuratura,Davlat statistika qo‘mitasi, Oliy sud, IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi,

“Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Oliy Majlisning

Inson huquqlari bo‘yicha vakili

Xalqaro standartlarga muvofiq statistik ma’lumotlarni to‘plash tizimi takomillashtiriladi

Izohlar:
“Yo‘l xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar shakli zaruratga qarab o‘zgartirilishi, boshqa bandlardagi hujjatlar bilan birlashtirilishi yoki bir necha turdagi hujjatlarga bo‘linishi mumkin.
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish jarayonida mas’ul vazirlik va idoralarning takliflari asosida “Yo‘l xaritasi”da belgilangan tadbirlarning mazmuniga mos keladigan boshqa masalalar ham nazarda tutilishi mumkin.
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PF-6012-son Farmoniga
3-ILOVA
Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari bo‘yicha ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalari xabarnomalari va qarorlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi davlat organlarining o‘zaro hamkorlik qilish tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
 
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Birlashgan Millatlar Tashkilotining (keyingi o‘rinlarda — BMT) inson huquqlari bo‘yicha ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalarining xabarnomalari hamda qarorlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi davlat organlarining o‘zaro hamkorlik qilish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizomda inson huquqlari bo‘yicha quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
arizachi — BMTning inson huquqlari bo‘yicha ustav organi yoki shartnomaviy qo‘mitasiga yakka tartibdagi xabarnomani taqdim qilgan shaxs yoki uning vakili;
BMTning ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalari — inson huquqlari bo‘yicha xalqaro shartnomalar bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish vakolatlari O‘zbekiston Respublikasi tomonidan tan olingan BMTning organlari;
BMTning inson huquqlari bo‘yicha ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalarining qarori — BMTning inson huquqlari bo‘yicha tuzilmasi hujjati bo‘lib, xabarnoma mazmuni bo‘yicha qaror yoki mulohaza ko‘rinishida qabul qilinadi;
xabarnoma (yakka tartibdagi shikoyat/ariza) — O‘zbekiston Respublikasi yurisdiksiyasi ostida bo‘lgan shaxsning BMTning inson huquqlari bo‘yicha ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalariga O‘zbekiston Respublikasi ishtirokchisi bo‘lgan xalqaro shartnomalar bilan kafolatlangan huquqning O‘zbekiston Respublikasi tomonidan buzilganligi to‘g‘risidagi yozma murojaati;
xabarnomaning maqbulligi — xabarnomaning BMTning inson huquqlari bo‘yicha ustav organi yoki shartnomaviy qo‘mitasi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazish va ko‘rib chiqish bo‘yicha rasmiy shartlar talablariga mosligi.
2-bob. BMTning inson huquqlari bo‘yicha ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalari bilan o‘zaro hamkorlik qilish tartibi
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga (keyingi o‘rinlarda — Tashqi ishlar vazirligi) kelib tushgan xabarnoma o‘n ish kuni ichida Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) hamda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga (keyingi o‘rinlarda — Adliya vazirligi) yuboriladi.
Umumiy muddat xabarnomaning Tashqi ishlar vazirligiga kelib tushgan kunidan boshlab, O‘zbekiston Respublikasining rasmiy nuqtai nazari BMTning inson huquqlari bo‘yicha ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalariga yuborilishiga qadar ikki oydan oshmasligi lozim.
4. Markaz xabarnomaning mazmunidan kelib chiqib, besh ish kuni ichida tegishli davlat organlariga xabarnomani ko‘rib chiqish uchun ishchi guruhni shakllantirish maqsadida so‘rovnoma yuboradi.
Davlat organlari xabarnomalarni ko‘rib chiqishda Markaz bilan o‘zaro hamkorlikni ta’minlash uchun mas’ul shaxslarni belgilaydi va uch ish kuni ichida ishchi guruhga kiritish uchun nomzodlarni taqdim etadi.
Markaz Adliya vazirligi bilan birgalikda besh ish kuni ichida xabarnomaning maqbullik mezonlariga muvofiq kelishi bo‘yicha o‘rganish uchun ishchi guruhni shakllantiradi va O‘zbekiston Respublikasining asoslangan javobini taqdim etish muddatini belgilaydi.
Ishchi guruh faoliyatining umumiy muvofiqlashtirish ishlari Markaz tomonidan amalga oshiriladi.
5. Markaz tegishli davlat organlaridan xabarnomaning maqbullik mezonlari bo‘yicha qo‘shimcha zaruriy axborotni so‘rab olish huquqiga ega.
6. Tegishli davlat organlari Markaz tomonidan belgilangan muddatlarda (o‘n besh ish kunigacha) BMTning inson huquqlari bo‘yicha ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalarining tartib-taomillarida (protseduralarida) o‘rnatilgan mezonlarga ko‘ra tegishli xabarnomaning maqbul yoki maqbul emasligi bo‘yicha asoslangan javoblarini yuboradi.
BMTning inson huquqlari bo‘yicha ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalari tartib-taomillarida (protseduralarida) o‘rnatilgan mezonlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
a) arizachi huquqiy himoyaning mavjud milliy vositalaridan, jumladan sud himoyasidan foydalanganligi;
b) arizachi tomonidan dalil qilib ko‘rsatilayotgan inson huquqlarining buzilishi holati tegishli xalqaro shartnoma O‘zbekiston Respublikasi uchun kuchga kirgandan keyin yuz bergan bo‘lishi;
v) xabarnoma anonim bo‘lmasligi, shuningdek, tegishli xalqaro shartnomalarning ishtirokchisi bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi yurisdiksiyasi ostidagi shaxslardan yuborilgan bo‘lishi;
g) shaxs tegishli xalqaro shartnoma buzilishi oqibatida jabrlanganligining yetarli darajada asoslanganligi (tasdiqlovchi dalillarning keltirilganligi, tegishli hujjatlarning ilova qilinganligi);
d) ayni bir ish bo‘yicha murojaat takroran amalga oshirilmagan bo‘lishi (agar avval BMTning inson huquqlari bo‘yicha shartnomaviy qo‘mitasi ayni shu murojaat yuzasidan inson huquqlari buzilishi holati mavjud emasligi to‘g‘risida qaror chiqargan bo‘lsa, shikoyat maqbul emas deb topiladi);
e) xabarnoma ishni hal qilishning boshqa xalqaro tartib-taomiliga muvofiq ko‘rib chiqilmasligi.
7. Ishchi guruh davlat organlaridan kelib tushgan ma’lumotlarni belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqadi va O‘zbekiston Respublikasining asoslangan javobini tayyorlaydi.
8. Xabarnomaning maqbulligi to‘g‘risidagi javob Markaz tomonidan, o‘z navbatida, BMTning inson huquqlari bo‘yicha ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalariga taqdim etilishi uchun Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi.
Xabarnoma maqbul emasligi sababli rad etilgan taqdirda, uning asoslari tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan holda ko‘rsatiladi.
9. Agar BMTning inson huquqlari bo‘yicha ustav organlari yoki shartnomaviy qo‘mitalari xabarnomaning maqbul emasligi to‘g‘risida qaror qabul qilsa, ishchi guruh faoliyati tugatiladi.
10. BMTning inson huquqlari bo‘yicha ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalaridan xabarnomalarning maqbulligi masalalari bo‘yicha qo‘shimcha hujjatlar va axborot taqdim qilish to‘g‘risida so‘rovnoma kelib tushgan taqdirda, ishchi guruh so‘rovnoma Tashqi ishlar vazirligiga kelib tushgan vaqtdan boshlab bir oy ichida javob taqdim etadi.
3-bob. Maqbul deb topilgan xabarnomalarning ko‘rib chiqilishida o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish tartibi
11. Maqbul deb topilgan xabarnomada bayon etilgan vajlar va asoslarga davlat axborotini taqdim etishning umumiy muddati olti oydan oshmasligi kerak, tegishli protsessual qonunchilik bilan boshqa muddatlar belgilangan holatlar bundan mustasno.
12. Markaz besh ish kuni ichida ko‘rib chiqish uchun maqbul deb topilgan xabarnomani tahlil qiladi va uning mazmunidan kelib chiqib, tegishli davlat organlari uchun savollarning asosiy ro‘yxatini belgilaydi va qo‘yilgan masalalar yuzasidan axborot taqdim qilish uchun so‘rovnomalar yuboradi.
13. Tegishli davlat organlari o‘n besh ish kuni ichida qo‘yilgan masalalar yuzasidan asoslangan dalillarni va tayyorlangan axborotni tasdiqlovchi hujjatlar bilan birga Markazga taqdim etadi.
14. Markaz zarurat tug‘ilganda (javoblar yetarli bo‘lmasa, tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lmasa), aniqlik kiritish maqsadida qo‘shimcha so‘rovnomalar yuboradi.
15. Markaz Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy ichida davlat organlaridan olingan axborotni umumlashtiradi, O‘zbekiston Respublikasining javobi loyihasini tayyorlaydi.
16. O‘zbekiston Respublikasining javobi Markaz tomonidan, o‘z navbatida BMTning inson huquqlari bo‘yicha ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalariga taqdim etilishi uchun Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi.
4-bob. BMTning inson huquqlari bo‘yicha ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalarining qarorlarini e’lon qilish va ularning hisobini yuritish
17. Markaz Tashqi ishlar vazirligi orqali BMTning inson huquqlari bo‘yicha ustav organi yoki shartnomaviy qo‘mitasi tomonidan tegishli xabarnoma yuzasidan qabul qilingan qarorning to‘liq matnini oladi va uni o‘z rasmiy veb-saytida joylashtiradi.
18. Markaz BMTning inson huquqlari bo‘yicha ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalari qarorlari hisobini reyestr shaklida yuritadi.
5-bob. BMTning inson huquqlari bo‘yicha ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalarining qarorlarini ko‘rib chiqish
19. BMTning inson huquqlari bo‘yicha ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalari tomonidan tegishli xabarnoma yuzasidan qabul qilingan qaror kelib tushgan vaqtidan boshlab o‘n kun ichida Tashqi ishlar vazirligi tomonidan Markazga yuboriladi.
20. Markaz BMTning inson huquqlari bo‘yicha ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalari tomonidan tegishli xabarnoma yuzasidan qabul qilingan qarorni sud tartibida ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudiga yuboradi.
21. Markaz tegishli davlat organlaridan BMTning inson huquqlari bo‘yicha ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalari qarorlarini ko‘rib chiqish yuzasidan qabul qilingan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi axborotni so‘rab olish huquqiga ega.
22. Qabul qilingan yoki rejalashtirilgan chora-tadbirlar to‘g‘risidagi axborot Markaz tomonidan, o‘z navbatida, BMTning inson huquqlari bo‘yicha ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalariga taqdim etilishi uchun Tashqi ishlar vazirligiga yuboriladi.
23. Qabul qilingan chora-tadbirlar to‘g‘risida davlat axborotini taqdim etishning umumiy muddati BMTning inson huquqlari bo‘yicha ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalarining tegishli xabarnoma yuzasidan qarori Tashqi ishlar vazirligiga kelib tushgan kundan boshlab besh oyni tashkil etadi.
6-bob. Zararning mos va mutanosib qoplanishi
24. BMTning inson huquqlari bo‘yicha ustav organi yoki shartnomaviy qo‘mitasi qarorida belgilangan zararni qoplash uchun to‘lov (kompensatsiya) miqdori sud tartibida belgilanadi.
7-bob. BMTning inson huquqlari bo‘yicha ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalari qarorlarining ijro etilishini monitoring qilish
25. Kelib tushgan xabarnomalar hamda BMTning inson huquqlari bo‘yicha ustav organlari va shartnomaviy qo‘mitalari qarorlarining ijro etilishi ustidan monitoring Markaz tomonidan amalga oshiriladi.
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi PF-6012-son Farmoniga
4-ILOVA
Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimcha
 
1. 22-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“22. Markaz xodimlariga martaba darajalari uchun ustama to‘lash O‘zbekiston Respublikasi adliya organlari va muassasalari xodimlari uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Markaz xodimlari uchun avvalgi ish joyida harbiy va maxsus unvonlar (martaba darajalari, malaka toifalari, diplomatik darajalar va boshqalar) uchun berilgan ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlar saqlab qolinadi. Bunda, qonun hujjatlariga asosan xodimning oldingi ish joyi bo‘yicha mazkur Farmonda belgilangan miqdordan yuqoriroq ustamalar va qo‘shimcha to‘lovlar belgilangan taqdirda, ushbu to‘lovlarni to‘lash yuqoriroq miqdor bo‘yicha amalga oshiriladi.
Markazda ishlangan davr harbiy va maxsus unvonlarni (martaba darajalarini, malaka toifalarini, diplomatik darajalarni va boshqalarni) olish uchun zarur bo‘lgan ish stajiga qo‘shiladi”.
2. 23-bandning ikkinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Markazda amalda bo‘lgan mehnat sharoitlari hisobga olingan hamda lavozim maoshi va boshqa to‘lovlar miqdorlari inobatga olingan holda avvalgi ish joyi bo‘yicha xodimlar uchun belgilangan barcha imtiyozlar, moddiy va ijtimoiy himoya choralari”.
3. Quyidagi mazmundagi 231 — 233-bandlar bilan to‘ldirilsin:
“231. Markaz xodimlarining, shu jumladan yordamchi xodimlarning lavozim maoshiga rag‘batlantirish koeffitsiyenti hisobga olingan holda, davlat organlaridagi ko‘p yillik mehnati uchun 2 yildan 5 yilgacha — 0,1; 5 yildan 10 yilgacha — 0,2; 10 yildan 15 yilgacha — 0,3; 15 yildan 20 yilgacha — 0,4; 20 yildan ortiq — 0,5 koeffitsiyentlarda har oylik ustamalar to‘lanadi. Bunda, qonun hujjatlariga asosan xodimning oldingi ish joyi bo‘yicha mazkur Farmonda belgilangan miqdordan yuqoriroq ustama belgilangan taqdirda, ustama to‘lash yuqoriroq miqdor bo‘yicha amalga oshiriladi.
232. Markaz xodimlarining lavozim maoshiga fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega shaxslar uchun — lavozim maoshining 30 foizigacha, fan doktori (Doctor of Science) ilmiy darajasiga ega shaxslar uchun — lavozim maoshining 60 foizigacha qo‘shimcha haq to‘lanadi.
233. Mazkur Nizomning 231, 232 va 24-bandlarida nazarda tutilgan qoidalar “Demokratlashtirish va inson huquqlari” jurnali tahririyati xodimlariga nisbatan ham to‘liq qo‘llaniladi”.
4. 24-banddagi “1,7 baravar” so‘zlari “2 baravar” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Izoh: mazkur ilovaning 4-bandi 2020-yil 1-iyuldan boshlab kuchga kiradi.

 

(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.06.2020-y., 06/20/6012/0953-son)