Panjieva Muqaddas Bahodir qizi

Panjieva Muqaddas Bahodir qizi 1995 yil 10-fevral kuni Surxondaryo vilyaotining Termiz shahrida tavallud topgan. 2002-2011 yillarda Termiz shahridagi 1-sonli umumiy o’rta o’rta ta’lim maktabidan tahsil olib, imtiyozli shahodatnoma bilan tugatgan. Hamda o’rta ta’limni Termiz maktabgacha ta’lim va xizmat ko’rsatish kasb-kunar kollejida davom ettirgan. 2017 yildan hozirgacha TDTU Termiz filialida tahsil olmoqda.

ЎЭОАВМИ qoshidagi “Mening Yurtim” (MY5) telekanalining hududiy muxbiri va “Ishonch” teleradiokompaniyasi muxarriri Panjieva Muqaddas Bahodir qizi 2015 yildan buyon ish faoliyati davomida vohaning ijtimoiy-iqtisodiy rivoji, yoshlar hayotidagi qaynoq yangiliklar, yoshlarni qiynayotgan muammo va ularning yechimiga qaratilgan ko’rsatuvlar, tanqidiq-tahliliy reportajlar bilan birgalikda turizmni rivojlantirish, o’zining 2500 yildan ziyod tarixiga ega vohaning etnografiyasi, milliy qadriyatlari, urf-odatlari  va tarixiga oid yangiliklarni, shuningdek, ta’lim sohasidagi islohotlarni yoritishda faollik ko’rsatib kelmoqda.

Panjieva Muqaddas Bahodir qizi o’zining tirishqoqligi, mehnatsevarligi va izlanuvchanligi sabab, bugun universitetda talabalar orasida ajralib turishi bilan birgalikda, vohako’plab davlat va jamoat tashkilotlari tomonidan mehnatlari munosib e’rifo etilib kelinmoqda. Jumladan, 2019-yilda “Yoshlar kuni” munosabati bilan Surxondaryo viloyati xokimining va Termiz shahar hokimining tashakkurnomalari bilan taqdirlandi. Shuningdek,  ( MATLUBU opani qo’lidagi faxriy yorliqlar yozilishi kerak.)

2020 yilda 27-iyun-“Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni” bayrami munosabati bilan   Termiz shahar xokimligining, O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Surxondaryo viloyati bo’yicha boshqarmasining, turizmni rivojlantirish hududiy boshqarmasining faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi. Bundan tashqari, yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muxim tashabbus ijrosiga qaratilgan,    ma’naviy va ma’rifat markazi tomonidan e’lon qilingan tanlovning viloyat bosqichida 1-o’rinni,  Mustaqilligimizning  yigirma to’qqiz yilligi munosabati bilan “Eng ulug’, eng aziz” an’anaviy ko’rik-tanlovining “Televidenie va radio ijodkorlarining materiallari” nominatsiyasida 1-o’rinni qo’lga kiritdi. Bundan tashqari, ta’lim sohasida ham ustozlari bilan  birgalikda, xalqaro maqolalar chop etib kelmoqda.