Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialida  talabalikka tavsiya etilgan 1 kurs talabalarini o’quv jarayonlari bilan tanishtiruv haftaligi joriy yilning 12 oktyabridan  grafik asosida an’anaviy shaklda karantin talablariga amal qilgan holda tashkil etildi.    

Talabalarning filialga kelib ketishi, bino va hududlarda yurishi hamda auditoriyada dars mashg’ulotlarida ishtirok etishi pandemiya holatlari, karantin talablaridan kelib chiqqan holda amalga oshirildi.

Tanishtiruv darslarida talabalarga filial o’quv jarayonlarining tashkil etilishi tartibi, to’lov-shartnoma shartlari, o’qitiladigan fanlar soni, professor-o’qituvchilar to’g’risida ma’lumotlar, shuningdek talabalar masofaviy o’qitish tizimining ishlash tartibi, o’quv semestrining boshlanishi va yakunlanishi bo’yicha talabalarga umumiy ma’lumotlar berilib, talabalarning masofaviy ta’lim platformasiga ulanish, kelgusida masofaviy dars mashg’ulotlarida ishtirok etish ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilgan seminarlar o’tkazildi.