Assalomu-aleykum ertangi kunimiz egalari, Aziz yoshlarimiz, Qadrli talabalar. Barchangizni talabalar kuni bilan chin qalbimizdan samimiy muborakbod etamiz. Bugungi kunda muhtaram yurtboshimiz boshchiliklarida yoshlarimizning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, ularning orzu-intilishlari, qobiliyat va salohiyatini ro’yobga chiqarish borasida amalga oshirilayotgan ishlar davlat siyosatining eng muhim va ustuvor yo’nalishi sifatida qaralayotganligini barchamiz yaxshi bilamiz, albatta.
Qardli talabalar, universitetda faoliyat olib borayotgan yosh xodimlar.
Biz Sizni yaxshi ko’ramiz va Sizni yetuk malakali, yurtimiz uchun munosib kadr bo’lib yetishishingiz, uning nomini yanada ulug’laydigan vatanparvar yoshlar bo’lib shakllanishingiz uchun bor kuch-g’ayratimizni ishga solamiz.
Universitetda ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirlayotgan islohotlarning va yangiliklarning barchasi Siz aziz yoshlarimizni samarali mehnat qilishingiz va sifatli ta’lim olishingiz, chet tillarni mukammal egallashingiz hamda xalqaro maydonda yurtimiz sharafini munosib himoya qila oladigan yetuk malakali kadr sifatida shakllantirishga qaratilgan.
Siz qadrli ukalarim-singillarimdan faqat bitta iltimosimiz, bitta tilagimiz bor: ota-onalaringiz, ustoz-murabbiylaringiz, xalqimizning sizlardan kutayotgan orzu-umidlarini amaliy ishlar bilan ro’yobga chiqarish yo’lida hormang, charchamang!
O’qish-o’rganish, doimiy izlanish, ilm-fanga, taraqqiyot cho’qqilarini egallashga intilib yashash doimo hamrohingiz bo’lsin!
Har biringizga el-yurtimiz faxrlanadigan, jonajon O’zbekistonimizning munosib farzandi, haqiqiy inson bo’lish baxti nasib etishini tilayman.
Sizlarni talabalar kuni bilan yana bir bor samimiy tabriklab, barchangizga yangi yutuqlar, baxt va omad tilaymiz.