O‘zbekiston Respublikasi gerbi O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi HEMIS OTM Scopus
Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasi

          KAFEDRA MUDIRI

           Eryigitova Lobar Qodirjonovna

      Telefon: (90) 523-70-13

         E-mail: lobarxoneryigitova@gmail.com

KAFEDRA TARIXI:

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali O’zbekiston  Respublikasi Prezidentining  2017 yil 20-apreldagi PQ-2909-sonli  “Oliy ta`lim tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to`g`risida”gi qarori bilan tashkil etilgan. O’zbekiston  Respublikasi Prezidenti 29.06.2017 yildagi “Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorining 1-ilovasiga muvofiq tuzilmasi tasdiqlangan.

Tuzilmaga asosan “Yengil sanoat va kimyo texnologiyalari” fakulteti  tarkibida  “Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” kafedrasi 2017-yil tashkil etilgan.

2017-yil 16-oktabrdan kafedrani filologiya fanlari nomzodi, dotsent U.J.Esanov boshqardi. Kafedra tarkibida ijtimoiy fanlardan – O`zbekiston tarixi, Dinshunoslik, Falsafa, Gumanitar fanlardan – Jismoniy tarbiya, Rus tili, Davlat tilida ish yuritish, Ingliz tili, O`zbek tili, Iqtisodiyot va menejment, Psixologiya kabi fanlar o`tiladi.

2017-2018 o`quv yilida 22 nafar professor o`qituvchilar faoliyat olib borgan. Ulardan 2 nafar fan nomzodi, dotsent, 3 nafari katta o`qituvchi, qolganlari assistant lavozimida faoliyat olib borishgan.

2019-2020 o`quv yilida kafedrada jami 25 nafar professor o`qituvchilari faoliyat yuritgan. Ulardan 5 nafari tashqi o`rindoshlik asosida ishlaganlar.

2020-yil mart oyidan kafedra tarkibidan “Tillar” kafedrasi ajratib chiqdi. 2020-yil mart oyidan boshlab va  hozirgi kunga qadar kafedrani L.Eryigitova boshqarib kelmoqda. O’quv yili yakunida kafedrada 11 nafar prosessor-o`qituvchilar faoliyat olib borgan.

2020-2021 o`quv yilida kafedrada jami 11 ta  professor-o`qituvchilar faoliyat olib bormoqda.  Kafedrada 2 nafar fan nomzodi, dotsent, 1 nafar katta o`qituvchi va 8 nafar assistant mavjud. Shulardan 3 nafari ichki o’rindosh, 1 nafari tashqi o’rindosh hisoblanadi.

         Kafedrada o’quv ishlari bo’yicha F.Hakimov, ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha F.Normatova, maktab va kasb-hunar kollejlari bilan ishlash bo`yicha D.Otamurodova, o`quv to`garaklari ishlari bo`yicha Sh.Alimov, ilmiy ishlar bo`yicha X.Xudoyberdievlar faoliyat olib bormoqda.

Kafedra professor-o’qituvchilari:

  1. Kafedra mudiri: Eryigitova Lobar
  2. f.n, dotsent: Xudoyberdiev Xursand
  3. f.n, dotsent: Valiqulov Yusuf
  4. katta o’qituvchi Alimov Shamsiddin
  5. assistent Hakimov Fahriddin
  6. assistent Normatova Feruza
  7. assistant Otamurodova Dildora
  8. assistant Ataqulov Mavlon
  9. assistant Qurbonov Mirzo
  10. assistant Daminov Sherzod
  11. assistant Mardanov Erkin

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar:

Kafedradagi ilmiy tadqiqotlar. Davlat Boshqaruv Akademiyasi qoshidagi “Boshqaruv sotsiologiyasi va psixologiyasi” kafedrasidan olingan  “Ajrim yoqasiga kelgan oilalar bilan ishlashning sotsiologik jihatlari” (Surxondaryo viloyati misolida) mavzusi bo’yicha L.Q.Eryigitova, “Ekologik omillarning agrar soha iqtisodiyotiga ta’siri” (Surxondaryo viloyati misolida) mavzusida D.Otamurodovalar o’zlarining PhD ilmiy darajasini olish uchun ilmiy-tadqiqot ishlari olib bormoqda.

Monografiya:

L.Q.Eryigitova

 “OILAVIY AJRIMAR: MUAMMO VA YECHIMLAR”

«Surxon-nashr»  Termiz-2020 y.

Kafedra manzili:

O’zbekiston Respublikasi, Surxondaryo viloyati, Termiz shahri, I.Karimov ko’chasi, 288A uy.

Yil dasturi
2021
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili

Voqealar

DuSeChPaJuShYa
Ro`yxatdan o`tish
Sayt haqida firingiz?

1 ta foydalanuvchi hozir saytda