O‘zbekiston Respublikasi gerbi O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi HEMIS OTM Scopus
TDTU TF ARM
ARM / 2021-08-13

Markaz boshlig’i
Raximova Sanobar Ibragimovna
Qabul vaqti: 8:00 dan 16:30 gacha.                                      
Telefon: +998 93 636-67-39

TDTU TF ARM

TDTU TF kutubxonasi 2017-yil sentabr oyida ishga tushirildi. ARM kitobxonlarda an’anaviy usulda xizmat ko’rsatish barobarida, yangi usuldagi axborot texnologiyalaridan ham samarali foydalanishni yo’lga qo’yib kelmoqda. ARM o’z ichida davlat tilidagi, rus tilidagi va jahon tillaridagi darslik, ilmiy va badiiy adabiyotlarning turlarini qamrab olgan. Ayniqsa, MDH davlatlari va Respublika davriy matbuoti nashrlarining nusxalariga talab kata. ARM barcha xizmat ko’rsatish shahobchalaridan TDTU TF bakalavrlari, professor-o’qituvchilari, shuningdek, turdosh oliy o’quv yurtlarning mutaxassislari hamda ilmiy tashkilotlarning vakillari samarali foydalanadilar. ARM faoliyatida yangi axborot texnologiyalaridan foydalanishga alohida e’tibor berilmoqda. ARM mahalliy tarmog’i orqali INTERNETga chiqish yo’lga qo’yilgan. Barcha tarmoq ARM markazlashgan yagona EK orqali INTERNETga ulangan bo’lib u tezkor usulda adabiyotlarni qidirishga imkon yaratuvchi Kompyuter bilan jihozlangan. Hozirgi kunda axborot resurslari orasida EK xizmatiga talab ortib bormoqda. Demak, ARM xodimlari zimmasida EK o’zlashtirish bilan birga, Ma’lumotlar Bazasini – MB yaratish ham kiradi. Jumladan, ular quyidagi vazifalarni bajarishda mas’uldirlar:

  • O’zbekiston Respublikasi Hukumatining QARORLARI va FARMONLARI
  • Dissertasiyalar va avtoreferatlarning – MB
  • O’zbekiston va chet el oliy ta’limining – MB
  • Magistrlik dissertasiyalarining – MB
  • O’zbekiston iqtisodining – MB
  • TDTU TF o’qituvchilari bajargan ilmiy ishlarining –MB
  • TDTU TF mavjud davriy nashrlarning –MB

ARM o’z faoliyatida axborot yetkazishni turli shakllaridan foydalanadi. Jumladan, har oyda muntazam ravishda tashkil qilinadigan “Yangi adabiyotlarning ochiq ko’rigi kunlari hamda mavzuli ko’rgazmalarga qo’yilgan ekspozitsiyalar yordamida adabiyotlarni targ’ib qilishni yangicha tavsiya usullari v. b.

Ilimiy-uslubiy va axborot ma’lumot (davriy nashrlar) bo’limi

Bo‘lim mudiri bo‘limdagi barcha ishlarga rahbarlik qiladi, bo‘lim ishini tashkil etilishi uchun javobgardir. Bo‘lim mudiri har bir xodimning o‘z vazifalarini, shaxsiy ish rejalarini bajarilishini nazorat qilib boradi. Ish jarayonida xodimlarni qiynayotgan murakkab masalalarni yechishga yordamlashadi. Bo‘lim mudiri axborot - resurs markazi direktori yoki uning muovininga buysunadi. Bo‘lim ishini sifatli tashkil qilish, ilmiy - uslubiy, ishlab chiqarish rejalarini bajarilishi, fond saqlanishi, bo‘lim xodimlari o‘rtasida mehnat intizomi va kadrlar bilan olib borilayotgan ishlar uchun javobgardir. Bo‘lim mudiri har uch oyda bo‘lim ishlari hakida hisobot beradi. Ilmiy - uslubiy bo‘limi mudiri Axborot - resurs markazi kengashiga a’zo.

Axborot kutubxona resurslarini butlash kataloglashtiriish va tizimlashtirish bo’limi

Xizmatning asosiy vazifasi ARMning axborot-kutubxona fondlarini tizimli to‘ldirish yo‘li orqali shakllantirib boradi. “Axborot-kutubxona muassasalarda axborot-kututbxona resurslarini hisobga olish tartibi to‘g‘risida” (Adliya vazirligi tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazilgan № 2567) yo‘riqnoma asosida hisobga olish va ro‘yxatdan chiqarish ishlarini olib boradi. ARMni axborot-kutubxona resurslari bilan ta’minlashda kitob sotuvchi firmalar, nashriyotlar bilan hamkorlik qiladi. Bundan tashqari turkumlashtirish, tahlil va fondning holatini o‘rganish ishini olib boradi.

Komplektlash, kataloglashtirish va tuzish manbaalari:

  • nashriyotlar va kitob do‘konlari, firmalari orqali;
  • bosmaxonalar, boshqa korxonalar va xususiy firmalar;
  • obuna yo‘li bilan;
  • kitobxonlardan, kitobning mualliflari tomonidan va tashrif buyuruvchilar tomonidan sovg‘a tariqasida fondni to‘ldirish;
  • axborotkutubxona resurslariga texnik ishlov berish, adabiyotlarni sohasi bo‘yicha klassifikatsiya qilish va bibliografik tavsifini tuzish, ARM elektron katalogini tashkil qilish va shu orqali ARM fondini zamonaviy ilmiy-amaliy talablarga javob beradigan qilib ochib berish.

 Axborot kutubxona resurslari bilan xizmat ko’rsatish bo’limi

Bo‘limning asosiy vazifasi ARM foydalanuvchilariga axborot-kutubxona xizmatini amalga oshirish va o‘qish zallari xizmati ARM fondidagi: bosma, elektron ko‘rinishida kutubxona resurslarini taqdim qiladi.

  • ABONEMENT – professor o‘qituvchilar, talabalar, xodimlar, malaka oshirish tinglovchilari, qishloq xo‘jaligi mutaxassislariga, hamda boshqa tashkilotlardan kelgan xodimlarga xizmat ko‘rsatadi. Abonementdan 332 ta professor-o‘qituvchilar, 81 ta ishchi-xodimlar ro‘yxatdan o‘tgan. Boshqa tashkilotdan tashrif buyurgan foydalanuvchilarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat orqali xizmat ko‘rsatadi. Abonementga a’zo bo‘lish uchun xodimlardan shaxsini tasdiqlovchi hujjat: pasport nus’hasi, 1 dona 2x4 fotosurat, xodimlar bo‘limidan ma’lumotnoma kerak bo‘ladi. Kitobxonlik guvohnomasi foydalanish uchun o‘zga shaxsga berilishi mumkin emas. Abonementda kitobxonlar darslik, o‘quv qo‘llanma, monografiya va badiiy adabiyotlar bilan bir qatorda respublikamizda chop etib borilayotgan vaqtli matbuot nashrlaridan foydalanishlari mumkin.

An’anaviy xizmat turlari:

  • foydalanuvchilarni ro‘yxatga olish;
  • adabiyotlarni buyurtma orqali qabul qilib, foydalanuvchilarga yetkazish;
  • adabiyotlarni uyga berish;
  • ma’lumot qidirish va manbalarni tanlashda maslahat berish;

Elektron axborot resurslari bo’limi

Bo‘limning asosiy vazifalariga ARM fondlarini skanerlash va kataloglashtirish ishlari O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan sohaviy me’yoriy-huquqiy hujjatlar asosida tashkil etilib, unda asosiy e’tibor mualiflik huquqini ta’minlagan holda mavjud adabiyotlarni bosqichma-bosqich elektron ko‘rinishga o‘tkazishdan iborat.

ARMda mavjud bo‘lgan nashrlarni PDF elektron ko‘rinishga o‘tkazish, o‘tkazilgan nashrlarga maxsus Acrobat® 7.0 Professional, Acrobat® 7.0 Elements, ABBYY Fine reader dasturlari orqali ishlov berish hamda elektron ko‘rinishdagi nashrlarni avtomatlashtirilgan axborot kutubxona tizimi dasturiga sifatli yuklash imkonini beradi.

 

Bo‘limning asosiy vazifalari:

  • avtomatlashtirilgan axborotkutubxona tizimi dasturiga talabalar, professor-o‘qituvchilar va foydalanuvchilar uchun adabiyotlarning to‘liq matni va elektron kartochkalar saqlanadigan ma’lumotlar bazasini kerakli adabiyotlar bilan to‘ldirib boradi;
  • kam sonli ko‘p so‘raladigan adabiyotlarni to‘liq matnini yaratib, elektron katalogdagi kartochkasiga adabiyotning to‘liq matni ulanadi;
  • talabalar, professoro‘qituvchilar va foydalanuvchilar uchun  zarur bo‘lgan adabiyotlarni ARM elektron katalogidan tez va oson qidirish usullarini o‘rgatadi;
  • elektron katalogda mavjud bo‘lgan xatolarni muntazam tahrirlab boradi;
  • talabalar, professoro‘qituvchilar va foydalanuvchilar topshirgan elektron adabiyotlarning elektron kartochkasini yaratib, to‘liq matni bilan ma’lumotlar bazasiga joylashtiradi;
  • to‘liq matnli adabiyotlar bazasini sistemazitsiya qiladi;
  • foydalanuvchilarga kerakli adabiyotlarni boshqa ARMdan kelishgan holda olib kelib ma’lumotlar bazasiga joylashtiradi;
  • talabalar, professoro‘qituvchilar va foydalanuvchilarga avtomatlashtirilgan axborot-kutubxona tizimi dasturi bo‘yicha konsultatsiya beradi;
  • elektron kutubxonadan foydalanish bo‘yicha seminarlar tashkil etadi;

 

Xorijiy axborot-kutubxona resurslari bilan ishlash bo’limi

Bo‘limning asosiy vazifasi ARM foydalanuvchilariga axborot-kutubxona xizmatini amalga oshirish va o‘qish zali xizmati ARM fondidagi: xorijiy bosma, elektron ko‘rinishida kutubxona resurslarini taqdim qiladi.

  • Professor-o‘qituvchilar, talabalar, xodimlar, malaka oshirish tinglovchilari, qishloq xo‘jaligi mutaxassislariga, hamda boshqa tashkilotlardan kelgan xodimlarga xizmat ko‘rsatadi. Boshqa tashkilotdan tashrif buyurgan foydalanuvchilarga shaxsini tasdiqlovchi hujjat orqali xizmat ko‘rsatadi. Kitobxonlik guvohnomasi foydalanish uchun o‘zga shaxsga berilishi mumkin emas. Zalda kitobxonlar darslik, o‘quv qo‘llanma, monografiya va badiiy adabiyotlar bilan bir qatorda chel elda chop etib borilayotgan vaqtli matbuot nashrlaridan foydalanishlari mumkin.

An’anaviy xizmat turlari:

  • foydalanuvchilarni ro‘yxatga olish;
  • adabiyotlarni buyurtma orqali qabul qilib, foydalanuvchilarga yetkazish;
  • adabiyotlarni uyga berish;
  • ma’lumot qidirish va manbalarni tanlashda maslahat berish;
1601
0
Yil dasturi
2021
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili

Voqealar

DuSeChPaJuShYa
Ro`yxatdan o`tish
Sayt haqida firingiz?

2 ta foydalanuvchi hozir saytda