O‘zbekiston Respublikasi gerbi O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi HEMIS OTM Scopus
Kengash majlislarini olib borish tartibi NIZOMI
Filial kengashi / 2021-04-22

UMUMIY KOIDАLАR

1.1. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali Kengashi doimiy ravishda faoliyat yurituvchi oliy kollegial organ hisoblanadi.
1.2. Kengash oʼz faoliyatida Oʼzbekistan Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmonlari va farmoyishlari, Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining hayʼat qarorlari va buyruqlari, Oliy taʼlim toʼgʼrisidagi Nizom, filial Ustavi va ushbu Nizomga ,shuningdek, boshka qonun hujjatlariga tayanadi.
1.3. Kengash oʼz ish faoliyatini qonuniylik, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq oshkoralik, mustaqillik, masalalarni erkin muhokama qilish, kollegiallik va yakkaboshchilikning uygʼunlashuvi, jamoa fikrini hisobga olish printsiplari asosida amalga oshiradi.
1.4. Kengash ishini rejalashtirish, muhokamali masalalar materiallarini tayyorlash, majlislar oʼtkazish va qarorlar qabul qilish, qabul qilingan qarorlarning bajarilishini nazorat qilish va ish yuritish tartibini belgilaydi.
1.5. Kengash Nizom buyicha Kengash tarkibiga quyidagilar kiradi: Direktor (rais), Direktor oʼrinbosarlari (lavozimiga koʼra), fakulьtet dekanlari, kafedra mudirlari, tarkibiy boʼlimlar rahbarlari, professor-oʼqituvchilar va boshqa manfaatdor idoralarning vakillari.
Kengash tarkibi Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali direktorining buyrugʼi bilan tasdiqlanadi.
Professor-oʼqituvchilar tarkibidan Kengashga saylanuvchi aʼzolarning soni direktorning buyrugʼi bilan belgilanadi. Kengash tarkibiga filialning muayyan yoʼnalish muammolari boʼyicha ishlovchi, yirik olim va mutaxassislar kiritilishi mumkin.
Filial xodimlar tarkibida oʼzgarishlar yuz berishi munosabati bilan direktor Kengash tarkibiga oʼzgartirishlar kiritishi mumkin.
II. KENGАShNING АSOSIY VАZIFАLАRI, FUNKTsIYaLАRI, HUQUQLАRI VА MАJBURIYaTLАRI
Kengash Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali faoliyati bilan bogʼliq quyidagi muhim asosiy yoʼnalishlarga oid:
2.1. Taʼlim tizimining barcha sohalari uchun malakali mutahassis kadrlarni tayyorlash boʼyicha oʼquv, metodik, ilmiy va boshqa faoliyatni samarali tashkil etilishi masalalarini;
2.2. Shaxsning intellektual, madaniy va maʼnaviy-axloqiy kamol topishiga boʼlgan extiyojlarini pedagogik taʼlim olish orqali qondirish, davlat va jamiyatning oliy pedagogik maʼlumotli malakali mutaxassislar va oliy malakali ilmiy-pedagogik kadrlarga boʼlgan ehtiyojini qondirish masalalarini;
2.3. Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, fundamental va ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish bilan bogʼlik masalalarni;
2.4. Filial tomonidan normativ-huquqiy xujjatlar, davlat dasturlari, yillik rejalar va OOʼMTV hayʼati qarorlari va buyruqlarining ijrosi masalalarini;
2.6. Ijro intizomini mustahkamlash, ularning oʼz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash uchun filial rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish masalalarini;
2.7. Mutaxassis kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish masalalarini;
2.8. Oʼquv-uslubiy, maʼnaviy va maʼrifiy, tarbiya va ilmiy tadqiqot ishlariga oid OOʼMTVning tegishli normativ-huquqiy hujjatlari asosida amalga oshirilishi zarur boʼlgan masalalarni;
3.9. Filialga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish bilan bogʼlik direktor, direktor oʼrinbosarlari, shuningdek, fakulьtet dekanlari, kafedra mudirlari, boʼlim boshliqlarining hisobotlarini eshitish masalalarini;
3.10. Direktor oʼrinbosarlari, filial fakulьtetlari, kafedra va boʼlimlar ish faoliyati tartibi va vakolatlari taqsimoti kabi masalalarni koʼrib chiqadi.
3.11. Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006 yil
10 fevraldagi 20-son qaroriga binoan "Oliy taʼlim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi toʼgʼrisida"gi Nizomga muvofiq professor-oʼqituvchilar lavozimlarini egallash uchun tanlovlar oʼtkazadi;
3.12. Professor, dotsent ilmiy unvoniga talabgorlarning hujjatlarini oʼrganib chiqadi va belgilangan tartibda OАKga ilmiy unvon olishga tavsiya etadi.
Kengash kollegial muhokama qilish talab etiladigan, filial vakolatiga taalluqli boʼlgan boshqa masalalarni ham muhokama etish huquqiga ega.

III.KENGАSh IShINI REJАLАShTIRISh VА TАShKIL ETISh
3.1. Kengash rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash
3.2. Kengash ish rejalari filial ish rejalarini inobatga olgan holda bir oʼquv yili uchun tuziladi xamda Kengash aʼzolari muhokamasidan soʼng, direktor tomonidan tasdiqlanadi.
3.3. Ilmiy ishni rejalashtirish filialda rejalashtirishni tashkil etishning umumiy printsiplari va talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Kengash majlislari, qoida tariqasida, har oyda bir marta oʼtkaziladi.
3.4. Rejada Kengash muhokamasiga kiritilayotgan masalalarning aniq mazmuni, ularni koʼrib chiqish muddati, masalalarni tayyorlash uchun masʼul Kengash aʼzolari, Kengash majlis qarori loyihasi va boshqa materiallarni ishlab chiqishga filial masʼul tarkibiy tuzilmalari koʼrsatiladi.
3.5. Quyidagi holatlarda Kengash raisi, rais oʼrinbosari va aʼzolari uning tarkibidan chiqarilishi mumkin:
- ular tomonidan Kengash tarkibidan chiqish toʼgʼrisida ariza taqdim etilganda;
- Kengashning majlislarida muntazam ravishda ishtirok etmaganda, mazkur Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan majburiyatlar bajarilmaganda;
- ularga nisbatan chiqarilgan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
- vafot etganda, shuningdek, sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida;
- qonun hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa holatlarda

IV. Kengash ish rejasini tuzish tartibi
4.1. Direktor oʼrinbosarlari, fakulьtet dekanlari, kafedra va boʼlim rahbarlari, boshqa manfaatdor idoralarning vakillari Kengash ish rejasi loyihasiga masalalarni kiritish uchun oʼz takliflarini har yili 1 iyungacha Kengash kotibiga belgilangan shaklda taqdim etadi;
4.2. Kengash kotibi taqdim etilgan taklif va mulohazalarni umumlashtiradi, reja loyihasini tuzadi, direktor oʼrinbosarlari bilan kelishilgan holda joriy yilning 15 iyunigacha filial direktoriga taqdim etadi. Direktorning koʼrsatmalari asosida reja loyihasi Kengash kotibi tomonidan qayta ishlab chiqilib, Kengashning yangi oʼquv yilidagi birinchi majlisiga muhokama uchun kiritiladi;
4.3. Ish rejasining loyihasi Kengash majlisida muhokama qilib maʼqullangandan soʼng, filial direktori tomonidan tasdiqlanadi;
4.4. Kengashning tasdiqlangan ish rejasini Kengash kotibi direktor oʼrinbosarlari, fakulьtet dekani, kafedra va boʼlim rahbarlariga yuboradi, ular esa bir hafta muddat ichida oʼz xodimlarini ish rejasi bilan tanishtiradilar va ular tomonidan bajarilishi belgilangan tadbirlarni oʼz vaqtida aniq ijro etilishi ustidan nazoratni taʼminlaydilar.
4.5. Kengash yoki uning raisi qarori bilan Kengashning tasdiqlangan rejasiga tuzatishlar kiritilishi, zarurat tugʼilganda esa navbatdan tashqari majlislar oʼtkazilishi mumkin.
4.6. Kengash ish rejasiga kiritilgan masalalarni rejadan chiqarish yoki koʼrib chiqish muddatlarini oʼzgartirish toʼgʼrisidagi takliflar masala buyicha masʼul boʼlgan shaxslarning taqdimotiga koʼra, Kengash majlisida koʼriladi. Bunday holda masalani tayyorlashga masʼul boʼlgan shaxs Kengashga asoslantirilgan tushuntirishni taqdim etishi lozim.
4.7. Kengash ish rejasi bajarilishi ustidan umumiy nazoratni Kengash raisi amalga oshiradi. Kengash kotibi oʼquv yili yakunlariga koʼra Kengash ish rejasining bajarilishi buyicha hisobot tayyorlaydi.
4.8. Kengash kun tartibiga kiritilgan masalalarni har tomonlama va chuqur muhokama qilish uchun koʼrilayotgan masala boʼyicha javobgar shaxslar, barcha zaruriy material va hujjatlarni majlisga 7 kun qolganda Kengash kotibiga yozma va elektron variantda taqdim etadilar.
4.9. Kengashda koʼrib chiqiladigan masalalar boʼyicha Kengash kotibiga qaror loyihalari va boshqa materiallar ushbu sohalarni boshqaruvchi filial direktor oʼrinbosarlari tomonidan imzolangan holda taqdim etiladi.
4.10.Kengash majlisida hisobot shaklidagi masalalar koʼrilayotganda qaror loyihasiga bajarilgan ishlarga doir maʼlumotnoma hamda hisobot boʼyicha materiallar asosida tayyorlangan slayd ilova qilinadi.
4.11. Kengashda muhokama qilinadigan oʼquv-metodik va ilmiy-tadqiqot masalalari boʼyicha barcha materiallar dastlab tegishli ilmiy-uslubiy kengashlarda muhokama qilinadi.
4.12. Kengashda koʼriladigan masalani tayyorlashga masʼul boʼlgan shaxs uning mazmunidan kelib chiqqan holda, ushbu masalaga taalluqli boʼlgan qonun va boshqa meʼyoriy hujjatlarni oʼrganib chiqadi.
4.13. Kengashda koʼrib chiqiladigan masalalar boʼyicha taqdim etiladigan Qaror loyihalari quyidagi talablarga javob berishi shart:
- qaror loyihasining asoslantiruvchi qismi aniq ifodalangan boʼlishi shart;
- qaror loyihasida takrorlanishlar oldini olish maqsadida mazkur masala buyicha oldin qabul qilingan qarorlar eʼtiborga olinishi lozim;
- qaror loyihasi ijro etish muddatlari koʼrsatilgan holda ijrochilarga aniq topshiriqlar nazarda tutilgan qismlardan iborat boʼlishi shart;
- qaror loyihasida uning bajarilishini nazorat qiluvchi masʼul shaxs koʼrsatilishi shart.
4.14. Kengashning avvalgi qabul qilingan qarorlariga oʼzgartirishlar kiritish yoki uni bekor qilish zarurati vujudga kelsa, masalani tayyorlashga masʼul boʼlgan shaxs Kengash raisiga qaror bandining nomi, bayonnomaning tartib raqami va sanasi aniq koʼrsatilgan hamda qisqacha asoslangan tavsiyadan iborat bildirgi taqdim etadi.
4.15. Аgar qaror loyihadan yoki boshqa hujjatlar boʼyicha kelishuv jarayonida masalani tayyorlashga masʼul boʼlgan shaxs va boshqa manfaatdor shaxslar oʼrtasida kelishmovchilik yuzaga kelsa, bu holda manfaatdor tomon rahbari uning eʼtirozi, taklif va mulohazalarini qisqacha asoslab, yozma ravishda qaror loyihasiga ilova qiladi.
4.16. Rejada koʼrsatilmagan masalalar Kengashda koʼrib chiqish uchun tashabbuskorning asoslantirilgan maʼlumotnomasi boʼyicha faqatgina Kengash raisining ruxsati bilan kun tartibiga kiritiladi.
4.17. Kengashning navbatdagi majlisi kun tartibining oxirgi varianti Kengash raisi tomonidan belgilanadi va Kengash kotibi tomonidan tuziladi. Kengash kotibi kengash aʼzolariga navbatdagi Kengash kun tartibini shu kuni tarqatilishini taʼminlaydi.

V. KENGАSh MАJLISINI OʼTKАZISh VА QАROR QАBUL QILISh
5.1. Kengash kotibi belgilangan ish rejaga muvofiq materiallar tayyorlangandan soʼng, majlis kun tartibini tuzadi va Kengash raisiga tasdiqlash uchun taqdim etadi. Zarur hollarda, Kengash raisi yopiq majlis oʼtkazish haqida Kengashga qaror qabul qilish toʼgʼrisida taklif kiritishi mumkin.
5.2. Kengash majlisi kun tartibi, oʼtkaziladigan kuni, vaqti va joyi uning raisi tomonidan belgilanadi.
5.3. Kengash kotibi navbatdagi Kengash majlisining kun tartibini olgandan soʼng, ularning nusxasini koʼpaytiradi va kengash aʼzolariga yuboradi. Kun tartibini boshqa manzillarga yuborish Kengash raisi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
5.4. Kengash kotibi Kengash majlislari boshlanishidan oldin qatnashchilarni ruyxatga olishni tashkil etadi. Ruyxatga olish yakuni bilan Kengash raisiga Kengash aʼzolari va taklif etilganlarning ishtiroki haqida axborot beradi.
5.5. Kengashga taklif etilgan shaxslar ularga taalluqli masalalar yuzasidan boʼladigan muhokamalarda maslahat ovozi huquqida qatnashadilar. Kengash raisi (raislik etuvchi) ruxsati bilan ular muzokaralarda qatnashishi, oʼz eʼtirozlari va takliflarini bildirishi, muhokama etilayotgan masalalar va tayyorlangan hujjat loyihalari boʼyicha maʼlumotlar taqdim etishi mumkin.
5.6. Kengash raisi (raislik etuvchi) majlisni ochadi. Kengash aʼzolarini majlisga taklif etilganlar bilan tanishtiradi, masalalar muhokamasini tashkil qiladi (soʼz beradi, Reglamentga rioya qilinishini kuzatadi, tayyorlangan hujjat loyihalarini, majlisda koʼrilayotgan masalalar boʼyicha takliflarni ovozga qoʼyadi, ovoz berish natijalarini eʼlon qiladi va x.k.), soʼrovlar, maʼlumotlar, murojaatlar va takliflarni eʼlon qiladi.
5.7. Kengash majlisi kun tartibi va uni oʼtkazish tartibini koʼrib chiqish va tasdiklashdan boshlanadi.
5.8. Maʼruzalar uchun vaqt odatda 10 daqiqa doirasida, muzokaralarda soʼzga chiquvchilarga 5 daqiqagacha, bildirish va tavsiyalar 3 daqiqagacha, maʼlumot va axborotlar berish uchun 7 daqiqagacha belgilanadi. Zarur hollarda rais (raislik etuvchi) soʼzga chiqish uchun belgilangan vaqtni oʼzgartirishi mumkin.
5.9. Kengash nomiga yozma shaklda tushgan shaxsiy ariza va maʼlumotnomalar majlis oxirida yoki muhokama kilinishi jarayonida raislik qiluvchi tomonidan majlis ishtirokchilariga bildirilishi mumkin. Muhokama qilinayotgan masalalar buyicha soʼzga chiqish raislik qiluvchining qarori bilan toʼxtatiladi, koʼrilayotgan masalani muhokama qilishga doir soʼzga chiqish tamom boʼlishi bilan maʼruzachiga yoki xam maʼruzachiga xulosa uchun soʼz beriladi.
5.10. Kengash majlisida masalalarni muhokama kilish jarayonida ahamiyatga molik bildirilgan eʼtiroz va takliflar koʼrib chiqilishi lozim. Muhokama natijalari raislik etuvchi koʼrsatmasi bilan majlis bayonnomasida qayd etiladi.
5.11. Ovoz yozish va stenografiya, video va foto tasvirga tushirish Kengash raisi (raislik etuvchi) bilan kelishilgan holda yoki Kengash qarori asosida amalga oshiriladi.
5.12. Ovoz yozish, stenogramma yuritish, video va fototasvirga tushirish ishlarini tashkil etish filialning axborot texnologiyalari xizmati xodimlarini jalb etgan xolda Kengash kotibiga yuklanadi.
5.13. Maʼruza va soʼzga chiquvchilarning maʼruza matnlari Kengash majlisi yakunlanishi bilan Kengash kotibiga topshiriladi.

VI.KENGАSh QАRORLАRINING BАJАRILIShINI NАZORАT
QILISh
6.1. Kengash qarorlari ijrosi ustidan bevosita nazorat, ulardagi topshiriqlar mazmunidan kelib chiqib, ularni amalga oshirishga masʼul etib belgilangan Kengash aʼzolariga yuklatiladi, shuningdek, joriy faoliyat davomida barcha Kengash aʼzolari tomonidan amalga oshiriladi.
6.2. Kengash doimiy ravishda oʼz majlislarida qabul qilgan qarorlarining ijrosi ahvolini koʼrib boradi, ularning ijrosini nazorat qilishga masʼul shaxslar, direktor oʼrinbosarlari, fakulьtet dekanlari, monitoring va ichki nazorat boʼlimi hamda boshqa boʼlim rahbarlarining amalga oshirilgan ishlar haqidagi hisobotlarini eshitadi.
6.3. Kengash oʼz faoliyati yuzasidan muntazam ravishda yakunlar chiqaradi, shuningdek, Kengash qarorlarini tayyorlash va ularni amalga oshirishda Kengash aʼzolarining ishtiroki bilan bogʼlik faoliyati natijalarini tahlil qiladi va majlislarda koʼrib chiqadi.
6.4. Kengash muayyan qarorlarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish zimmasiga yuklatilgan masʼul (javobgar) shaxslar oʼtgan oʼquv yilida qabul qilingan qarorlarning amalda bajarilishi yuzasidan Kengash oldida doimiy hisobot berib turadilar.
6.5. Kengash qarorlari filialning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Kengash faoliyati tartibi uning Kengash tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.

VII. Kengash oʼz faoliyatini amalga oshirishda:
7.1. Аmaldagi qonun hujjatlariga rioya qiladi;
7.2. Kengash faoliyati bilan bogʼliq qonun hujjatlarida belgilangan cheklovlarga amal qiladi;
7.3. Oʼz faoliyatining natijalari hisobotlarini yuritadi;
7.4. Kengash nazoratini amalga oshirish davomida olingan axborot, agar bunday axborotni tarqatish qonun hujjatlari bilan cheklangan boʼlsa, maxfiyligiga rioya qiladi;
7.5. Kengash zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʼlishi mumkin.

VIII. KENGАSh HUJJАTLАRI VА IShLАRNI
YuRITISh
8.1. Kengash hujjatlari va ishlarni yuritish Kengash kotibi zimmasiga yuklatiladi.
8.2. Kengashning mazmuni boʼyicha hammaga tarqatilishi mumkin boʼlmagan maʼlumotlar aks ettirilgan qaror va boshqa hujjatlar ularni olgan shaxslar tomonidan maxfiy hujjatga tenglashtirilgan holda saqlanadi.

№       F.I.Sh                             Tarkibiy boʼlimlar
1 Аxmedov Oʼrol Chorevich - Filial direktori, Kengash raisi
2 Аbdurahmonov Olim Shoyqulovich - Filial kengashi kotibi
Soha boʼyicha direktor oʼrinbosarlari
3 Xudoyqulov Zokir Rajapovich - Oʼquv va tarbiyaviy ishlar boʼyicha direktor oʼrinbosari
4 Аdinaev Xidir Аbdullaevich. -Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʼyicha direktor oʼrinbosari
Fakulьtet dekanlari
5 Qodirova Nazokat Toʼraevna. - Engil sanoat va kimyoviy texnologiyalar fakulьteti dekani
6 Eshqurbonov Furqat Bozorovich - Energetika va transport tizimlari fakulьteti dekani
Boʼlim boshliqlari
7 Soatov Mamayusuf Nazarovich. - Ishlar boshkarmasi boshligʼi v.b
8 Samatov Rustam Maxmudovich - Taʼlim sifatini nazorat qilish boʼlimi boshligʼi
9 Xayrullaev Ibodula Sunnatullaevich. - Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi boshligʼi
10 Xoliqov Oʼtkir - Oʼquv - uslubiy boʼlimi boshligʼi
11 Raximov Rashit - Sirtqi boʼlim boshligʼi
12 Gʼafforov Berdiyor - Xodimlar boʼlimi boshligʼi
13 Qurbonov Mirzo - Filial kasaba uyushmasi qoʼmitasi raisi
14 Vakant - Oʼzbekiston yoshlar agentligi filial yetakchisi
15 Xudoyorova Nigora - Murabbiylar kengashi raisi
16 Shukurova Baxor - Xotin – qizlar masalalari boʼyicha kengash raisasi
17 Аtakulov Mavlon - Monitoring va ichki nazorat boʼlimi boshligʼi
Filial qoshidagi akadem litsey direktori
18 Xollozov Begzod Begmatovich - Аkademik litsey direktori
Kafedra mudirlari
19 Baxromov Faxriddin - Transport tizimlari va texnologik mashinalari kafedrasi mudiri
20 Sultonova Oʼgʼiloy Nabievna - Аniq va tabiiy fanlar kafedrasi mudiri
21 Eshqoraev Sadriddin Chorievich - Kimyoviy va oziq – ovqat texnologiyalari kafedrasi mudiri
22 Bobomurodov Qudrat - Elektr yenergetikasi kafedrasi mudiri
23 Odinaev Аkmal - Umumkasbiy fanlar kafedrasi mudiri v.b
24 Karimov Maxmud - Transport inshoatlari va avtomobil yoʼllari kafedrasi mudiri
25 Shamaev Baxodir - Kimyo va yekologiya kafedrasi mudiri
26 Eryigitova Lobar - Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasi mudiri v.b
27 Аbdunazarov Oʼktam - Tillar kafedrasi mudiri v.v.b
Filial nuroniylari
28 Karimov Rustam -Transport tizimlari va texnologik mashinalari kafedrasi dotsenti
29 Sadatov Ochildi - Аniq va tabiiy fanlar kafedrasi dotsenti
30 Saparov Nurali Qudratovich - Kimyo va oziq-ovqat texnologiyasi kafedrasi dotsenti v.b
31 Xudoyberdiev Xursand - Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasi dotsenti

Yil dasturi
2021
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili

Voqealar

DuSeChPaJuShYa
Ro`yxatdan o`tish
Sayt haqida firingiz?

3 ta foydalanuvchi hozir saytda