O‘zbekiston Respublikasi gerbi O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi HEMIS OTM Scopus
Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi

Xayrullaev Ibodullo Sunnatullaevich.

Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi boshligʼi

Telefon: (76) 221 95 04
E-mail: ibodullo.xayrullayev_istedod@mail.ru


Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20-apreldagi PQ-2909-sonli “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori bilan tashkil etilgan. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti 29.06.2017 yildagi “Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarorining 1-ilovasiga muvofiq tuzilmasi tasdiqlangan.
Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi 3 nafar shtat birligidan iborat boʼlib, boʼlim boshligʼi va 2 nafar uslubchidan iborat.
Boʼlim boshligʼi lavozimida I.Xayrullaev (2018 yildan), uslubchilar F.Xaitnazarova (2018 yildan) va Sh.Daminovlar (2019) faoliyat yuritib kelmoqda.
Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi filialda olib boriladigan maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga boshchilik qilish, boʼlimga tegishli normativ hujjatlarda belgilangan koʼrsatmalarni muvofiqlashtirish, boʼlimlar, jamoat ishlari va kafedralarning maʼnaviy-maʼrifiy tajribalarini umumlashtirish, talaba-yoshlarni Vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning maʼnaviy dunyosini shakllantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifalarini amalga oshiradi.
Umumiy qoidalar
• Boʼlimning ishchi guruhi filialning ushbu soha boʼyicha yetakchi mutaxassislari, professor-oʼqituvchilardan tarkib topadi;
• Boʼlim Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi boshligʼi boshchiligida faoliyat olib boradi;
• Oʼz faoliyatini yoʼlga qoʼyishda boʼlim fakulьtet dekanlari va ularning oʼrinbosarlari, boʼlim boshliqlari, kafedra hamda guruh rahbarlari bilan birgalikda ish olib boradi;
• Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi huzuridagi Maʼnaviyat va maʼrifat markazining nizomi asosida ish olib boradi, joriy va kelajakdagi ish rejalariga asoslanib ish yuritadi.
Boʼlimning maqsadi:
• Talaba-yoshlarni milliy va umuminsoniy qadriyatlariga sodiqlik ruhida tarbiyalash,
• ularning ruhiy-estetik dunyo qarashini kengaytirish,
• tafakkurini yuksaltirish,
• yoshlar dunyo qarashiga salbiy taʼsir koʼrsatadigan har xil “ommaviy madaniyat” xurujlaridan avaylab-asrash,
• ularni bu yoʼllardan qaytarish,
• Mustaqil Oʼzbekistonning haqiqiy fidoyisi boʼlib kamol topishini shakllantirishdan iborat.
Boʼlimning vazifalari:
• Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga bogʼliq chora-tadbirlarni oʼtkazish;
• Talaba-yoshlar orasida maʼnaviy-axloqiy, estetik, siyosiy, huquqiy, olijanoblik fazilatlarini shakllantirish, turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashish imunitetini yanada kuchaytirish maqsadida turli soha mutaxassislari, davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda davra suhbatlari, uchrashuvlar, maʼnaviy-maʼrifiy, madaniy tadbirlar tashkil etish.
• Milliy urf-odatlar, qadriyatlar asosida olib borilayotgan anjumanlar, uchrashuvlar tashkil qilish
• Talabalarning ruhiy va jismoniy qobiliyatini shakllantirish maqsadida olib boriladigan ishlarni shakllantirishga koʼmaklashish;
• Аkademiyada maʼnaviy-axloqiy tarbiya ishlarini belgilash, ularga zarur normativ hujjatlar ham tavsiyalar ishlab chiqish;
• Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazining shahar, tuman boʼlimlari hamda mamlakatimizda xizmat koʼrsatib kelayotgan fondlar, ijtimoiy tashkilotlar bilan birgalikda maʼnaviy-axloqiy ishlarni shakllantirish.
Boʼlimning huquqlari:
• Fakulьtetlardagi maʼnaviy-maʼrifiy, axloqiy ishlarni nazorat qilish;
• Maʼnaviy-maʼrifiy ishlarga bogʼliq vazirlik buyruqlari ham koʼrsatmalarini fakulьtetlarda bajarilishini nazorat qilish,
• Dekanlarning maʼnaviy-maʼrifiy ishlari boʼyicha oʼrinbosarlarini tayinlash, hamda vazifalardan ozod qilishga bogʼliq yigʼilishlarda doimiy ravishda oʼz tavsiyalari bilan qatnashish.
• Maʼnaviy-axloqiy masalalar boʼyicha fakultet dekanlari va kafedra mudirlariga koʼrsatmalar, tavsiyalar beradi;
• Professor-oʼqituvchilarning yillik oʼquv yuklamalarida «Maʼnaviy-maʼrifiy ishlari» sohasiga tegishli bandiga toʼliq bajarilishini nazorat qiladi va uni baholaydi;
• Maʼnaviy-maʼrifiy ishlari boʼyicha dekan oʼrinbosarlari olib boradigan ishlar boʼyicha belgilangan tartibda muntazam boʼlim boshligʼiga hisobot beradi;
Maʼnaviy-axloqiy ishlarni shakllantirish, yaxshi namuna koʼrsatgan boʼlim, fakultet, kafedra jamoatini moddiy va maʼnaviy ragʼbatlantirishga tavsiyalar beradi________________________________________
Daminov Sherzod Sharipovich
Yoshlar bilan ishlash,maʼnaviyat va maʼrifat boʼlimi uslubchisi
________________________________________
Xaitnazarova Feruza
Yoshlar bilan ishlash, maьnaviyat va maьrifat boʼlimi uslubchisi
________________________________________
Boʼlim manzili:
Oʼzbekiston Respublikasi, Surxondaryo viloyati, Termiz shahri , I.Karimov koʼchasi, 288А uy.

Yil dasturi
2021
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili

Voqealar

DuSeChPaJuShYa
Ro`yxatdan o`tish
Sayt haqida firingiz?

2 ta foydalanuvchi hozir saytda