O‘zbekiston Respublikasi gerbi O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi HEMIS OTM Scopus
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot

faoliyatini tashkil etish bo’limi boshlig’i

Kichkilova Matluba Xamzayevna

E.mail:kichkilovam.1971@mail.ru

+998 (99) 715 11 01

Bolim tarixi: Filialda Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashki etish bo’limi 2019 yil yanvar oyida tashkil etilgan bo’lib unda 2 ta shtat mavjud: Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi boshlig’i va muhandisi lavozimlari. Filialda  Energetika va transport tizimlari fakulteti va Yengil sanoat va kimyo texnologiya fakulteti mavjud bo’lib79 nafar iqtidorli talaba mavjud.

Umumiy qoidalar: Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi filialda iqtidorli talabalarni aniqlash, ularni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish va olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtiruvchi tashkiliy markazdir. Bo’lim dekanatlar va kafedralar yordamida iqtidorli talabalarni aniqlaydi va tanlaydi, ularni o’zlari qiziqqan fan sohalari bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlariga yo’naltiradi va buning uchun zaruz shart-sharoitlarni yaratishda faol ishtirok etadi;

Bo’lim professor-o’qituvchilar olib borayotgan ilg’or ilmiy-tadqiqot ishlariga iqtidorli talabalarni jalb qiladi va ularning to’la ishtirokini ta’minlaydi. Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’limi ilmiy-tadqiqot ishlarining ilmiy markazlar, institutlar hamda xorijda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar orqali aloqa o’rnatadi.

Bo’limning vazifasi: -Iqtidorli talabalarning faoliyatini shakillantirish va rivojlantirish nizomini ishlab chiqish.

-Iqtidorli talabalarning ilmiy va kasbiy qiziqishlarini e’tiborga olgan holda aniqlash, ularni maqsadli tayyorlashni tashkil etish.

-Iqtidorli talabalarning faoliyatini talabalar ilmiy jamiyati faoliyati bilan hamkorlikda olib borishini tashkil etish.

-Muammolar kengashi, kafedra va dekanat taklifiga binoan talabga javob bermagan talabani iqtidorli talabalar guruhidan chiqarish.

-O’zbekiston Respublikasi “Yoshlat ittifoqi” jamg’armasi, grantlariga, nomdor stipendiyalarga tavsiya qilish.

-“Eng yaxshi ma’ruzachi”, “Eng yaxshi mavzu”, -“Eng yaxshi ma’qola” va “Yil talabasi tanlovi” kabi bir qancha shunga o’xshagan tanlovlarni tashkil qilish va o’tkazish, iqtidorli talabalar orasida muntazam ravishda tadqiqotlar olib borish.

-Kafedralar va laboratoriyalarda iqtidorli talabalar bilan ishlovchi ma’sul xodimning olib borayotgan ishlarini nazorat qiladi, u yerda yaratilgan muhitni va sharoitni o’rganadi.

-Iqtidorli talabalarga mualliflik diplomlari va guvohnomalarini hujjatlashtiradi.

- Iqtidorli talabalarning ilmiy ishlarini va ishlanmalarini chop etishda hamda amaliyotga joriy etishda yaqindan yordam ko’rsatadi.

-Fakultetlar bilan birga o’zaro hamkorlikda ish olib borish, o’zaro fikr almashish, takliflar kiritish va kiritilgan takliflarni qo’llab quvvatlaydi.  

Iqtidorli talabarning vazifasi:

-Yuqori darajada ahloqli, madaniyatli va ilmga chanqoq bo’lishi, doimo yangilikga intilishi;

- O’zining intelektual salohiyatini doimo oshirib borish, internetdan foydalana olish, ilmiy adabiyotlardan, filialda, Respublikada, xorijda qilinayotgan ilmiy-tadqiqot ishlardan bohabar bo’lish;

-Ingliz va boshqa xorij tillarini mukammal o’rganish va bilish;

-O’zining ilmiy-tadqiqot ishi uchun o’zi material to’plashi va ilmiy rahbari bilan olingan ma’lumotlarni birgalikda tahlil qilishi;

-Ilmiy-tadqiqot ishini tayyorlashda qo’llanilgan adabiyotlar, metodlar, eksprimentlar, olingan natijalarni Respublika jurnallarida tezis va maqola ko’rinishida chop etish.

-Respublika, filial, fakultetlar va kafedralar miqyosida bo’lip o’tadigan tanlovlarda, tadbirlarda va seminarlarda faol qatnashib filialni sha’nini himoya qilish.

Yil dasturi
2021
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili

Voqealar

DuSeChPaJuShYa
Ro`yxatdan o`tish
Sayt haqida firingiz?

1 ta foydalanuvchi hozir saytda