O‘zbekiston Respublikasi gerbi O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi HEMIS OTM Scopus
Monitoring va ichki nazorat sektori

Atakulov Mavlonbek Saidkulovich

Ish vaqti: 08-30 dan 16-30 gacha.
Qabul vaqti: Seshanba, chorshanba, juma 15-00 dan 16-00 gacha

Umumiy qoidalar
I. Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali Monitoring va ichki nazorat sektori Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishini, oʼquv-taʼlim jarayonida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari farmonlari farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining oliy taʼlim sohasiga oid qarorlari, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining meʼyoriy xujjatlari va uslubiy koʼrsatmalarining ijro etilishini oʼz vaqtida nazorat va tahlil qilish maqsadida tashkil etiladi.
2. Monitoring va ichki nazorat sektori oʼz faoliyatini Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, «Taʼlim toʼgʼrisida» va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi tugʼrisida»gi konunlarga, Oʼzbekiston Respub¬likasi Prezidentining Farmon va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining Hayʼat qarorlari, buyruqlari va mazkur Nizomga asosan amalga oshiradi.
3. Monitoring va ichki nazorat sektori filialda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da belgilangan vazifalarni hayotga tatbiq etilishini amalga oshiradi, shuningdek fakulьtetlar, kafedralar, akademik litseylar va boshqa tarkibiy boʼlinmalarning oʼquv, oʼquv-uslubiy, maьnaviy-maʼrifiy, ilmiy-tadqiqot, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, hayʼat va ilmiy kengash qarorlari, vazirlik va universitet boʼyicha chiqarilgan buyruqlarning va taʼlim sohasidagi meʼyoriy xujjatlarning bajarilishini nazorat kiladi.
II. Monitoring va ichki nazorat sektorining asosiy vazifalari
2.1. Filialda Respublika Prezidenti Farmonlari, Oʼzbe¬kiston Respublikasining oliy taʼlimga oid qonunlari, yuqori tashkilotlarning qaror va farmoyishlarini, vazirlikning Hayʼat qarori, buyruk, yoʼriq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek filialning Kengash qarori va buyruqlarining bajari¬lishini nazorat qilish va monitoringini olib borish.
2.2.Kadrlar tayyorlash sifati, ularga boʼlgan ehtiyoj va mehnat bozorini rivojlantirish va filial boʼyicha rejalashtirilgan barcha tadbirlarni xamda filial moddiy-texnika bazasining monitoringini olib borish tizimini ishlab chiqish.
2.3. Filial professor-oʼqituvchilar tarkibi va ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash sifatining ichki nazoratini tashkil etish va oʼtkazish.
2.4.Talabalar bilimini reyting tizimi asosida holis va adolatli baholanishini nazorat kilish. Zarur hollarda yakuniy nazoratdan keyin fanlar boʼyicha qoʼshimcha sinovlar oʼtkazish.
III. Monitoring va ichki nazorat sektori oʼziga yuklatilgan
vazifalar doirasida:
3.1. Filialda taʼlim standartlari monitoringini tashkil qilish masalalari boʼyicha amaliy va uslubiy yordam koʼrsatadi.
3.2. Filialda taʼlimning holati va rivojlanishi haqida maьlumotlar bankini tashkil qiladi va tartibga solib turadi.
3.3. Filialning boshqarish organlari (rektorat, ilmiy kengash)ga taʼlimni isloh qilish va takomillashtirish boʼyicha tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi.
3.4. Filiald qaror va buyruklarini hamda barcha xujjatlarni harakati va ijrosini nazorat qilish mexanizimini ishlab chiqadi va amalga oshiradi.
3.5. Filialning ijrochilik faoliyatini tahlil qilish aso¬sida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʼyicha amaliy va us¬lubiy yordam koʼrsatadi.
3.6. Filial taʼlim sohasida ilgʼor tajribalarini oʼrganadi, umumlashtiradi va ularni ommalashtirishga tavsiyalar beradi.
3.7.Professor-oʼqituvchilar faoliyatini baholashning reyting usullarini va mezonlarini ishlab chiqadi hamda tatbiq etilishini amalga oshiradi.
3.8. Filialda Oʼzbekiston Respublikasining «Taʼlim toʼgʼrisida»gi va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi toʼgʼrida»gi qonunlarni, taʼlim masalalari boʼyicha Respublika hukumati qarorlari, oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining Hayʼat qarori, buyruq, yoʼriq xat, modemogramma va telefonogrammalarini bajarilishi haqidagi monitoring maʼlumotlarini vazirlikning Monitoring boʼlimiga va tegishli boshqarmalariga oʼz muddatida, sifatli taqdim qilishni taʼminlaydi.
3.9.Nazorat natijalari hamda koʼrsatilgan kamchiliklar va muammolarni bartaraf etish boʼyicha aniq takliflarni Filial rahbariyatiga taqdim etadi.
IV. Monitoring va ichki nazorat sektorining huquqlari.
4.1. Filialda Oʼzbekiston Respublikasining «Taʼlim toʼgʼrisida» va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi toʼgʼrisida»gi qonunlari. Taʼlim masalalari boʼyicha Respublika hukumati qarorlari, oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligining Xayʼat qarori, buyruk, yoʼriq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek filial Ilmiy Kengash majlisi qarori va buyruqlarini bajarilishini fakulьtetlarda, kafedralarda va boshqa tarkibiy boʼlinmalarda nazorat va tahlil qilish.
4.2. Filialda va unga tegishli taʼlim muassasalarida (fakulьtetlar, kafedralar, malaka oshirish fakulьteti va boshqa tarkibiy boʼlinmalar) taʼlim standartlariga hamda taʼlimga oid meʼyoriy xujjatlarga amal qilinishini tekshirish.
4.3. Filialda va unga tegishli taʼlim muassasalarida (fakulьtetlar, kafedralar va boshka tarkibiy boʼlinmalar) boʼladigan barcha turdagi kengash ishlarida ishtirok etish.
4.4. Filialda «Oʼzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalariga qabul haqida»gi qonun va qarorlarini bajarilishini, bevosita ishtirok etgan holda ichki nazoratini va monitoringini olib borish.
4.5. Filial faoliyatini oʼrganish boʼyicha fakulьtetlar, kafedralar va boshka tarkibiy boʼlinmalardan oʼz xizmat vazifalarini bajarish uchun kerakli xujjatlarni talab qi¬lish va masalaga oid mutaxassislarni jalb qilish.
4.6. Kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash maqsadida kurs loyixasi (ishlari)ni, bitiruv malakaviy ishlarni hamda magistrlik dissertatsiyasini himoya kilish, davlat attestatsiyalarining oʼtkazilishini, barcha turdagi nazariy va amaliy mashgʼulotlarni nazo¬rat qilish va monitoringini tayyorlash.
4.7. Filial nomiga, abiturient, talaba yoki ularning ota-onalari tamonidan tushgan ariza - shikoyatlarni monitoringini olib borish hamda oʼrganib, muammolarni bartaraf va hal qilish boʼyicha aniq takliflarni filial rahbariyatiga taqdim etish.
4.8. Monitoring va ichki nazorat sektori huquqi doirasidagi masalalarni joylarda oʼrganish uchun belgilangan tartibda filialning malakali professor-oʼqituvchilarini jalb qilgan holda guruhlar tuzish.
V. Monitoring va ichki nazorat sektorining mansab jadvali boshliq va uslubchidan iboratdir
5.1 . Monitoring va ichki nazorat sektorining shtat birligi va oylik maoshi fondi Oliy taʼlim vazirligi tomonidan «Monitoring va ichki nazorat boʼlimi»ga ajratilgan shtat birliklari doirasida tasdiqlangan smeta asosida belgilanadi.
5.2. Monitoring va ichki nazorat sektori boshligʼi filial direktori tomonidan tayinlanadi va vazifasidan boʼshatiladi.
5.3. Monitoring va ichki nazorat sektoriga hodimlarni ishga qabul qilish va ishdan boʼshatish boʼlim boshligʼining tavsiyasiga asosan filial direktorining buyrugʼi bilan amalga oshiriladi.

Yil dasturi
2021
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili

Voqealar

DuSeChPaJuShYa
Ro`yxatdan o`tish
Sayt haqida firingiz?

1 ta foydalanuvchi hozir saytda