O‘zbekiston Respublikasi gerbi O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi HEMIS OTM Scopus
O'quv-uslubiy bo'limi

O'quv-uslubiy bo'limi boshlig'i:

Xoliqov O‘tkir Xolyarovich

Telefon: +998 91 580-07-32

e-mail: davat88@mail.ru

Ma’lumoti: Oliy

Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi: Deformatsiyalanuvchi qattiq jism mexanikasi

O‘quv-uslubiy bo‘lim filialda o‘quv va o‘quv - uslubiy jarayonlarni tashkillashtiruvchi asosiy bo‘lim bo‘lib, O‘quv va tarbiyaviy ishlari bo‘yicha direktor o’rinbosariga bo‘ysunadi.

O‘quv-uslubiy bo‘lim o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarorlari va buyruqlari, filial direktori buyruqlari, O‘quv va tarbiyaviy ishlari bo‘yicha direktor o’rinbosari tasdiqlagan ish rejasi asosida  olib boradi.

O‘quv-uslubiy bo‘lim talabalarni zamon talablari darajasida yetuk, malakali mutaxasis bo‘lib yetishib chiqishlari uchun zarur barcha fanlarni o‘quv jarayoniga kiritishga katta e’tibor beradi.

Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialining o‘quv bo‘limi asosiy  vazifalariga o‘quv jarayonini tashkil qilish, Davlat ta’lim standart­lari, namunaviy o‘quv rejalar va namunaviy o‘quv dasturlari asosida  boshqa me’yoriy xujjatlarni ishlab chiqish, o‘quv jarayonining grafigini, o‘quv rejalarni tuzish, mashg‘ulotlar jadvalini tuzishga rahbarlik qilish va uning fakultetlarda tuzilishini nazoratga olish, o‘quv ishlar xajmini aniqlab fakultet va kafedralar bo‘yicha shtatlar jadvallarini hamda soatbay yuklamalarni tuzish, o‘quv yuklamalarini bajarish yuzasidan nazoratni amalga oshirish, filial yillik hisobotini tuzish, o‘quv jarayonida baholash tizimi va yangi pedagogik texnologiyalarni joriy qilish, Davlat Attestatsiyalarni tashkil etish  va uni o‘tkazish, kvalifikatsion amaliyotlarni tashkil etish, fakultet va kafedralarini o‘quv masalalari bo‘yicha faoliyatini o‘rganish, professor – o‘qituvchilar tanlovini tashkil etish, o‘quv jarayoniga rivojlangan chet el tajribalarini joriy etish, semestrlar yakunidan talabalarni o‘zlashtirishini umumlashtirish, filial auditoriya fondidan foydalanishni tekshirish, mashg‘ulotlarni fan dasturlariga mos ravishda to‘liq o‘tishi va darslarga qatnashganligini tekshirish bo‘yicha dispetcherlik xizmatini tashkil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarni o‘z ichiga oladi.

O‘quv-uslubiy bo‘limning vazifalari etib quyidagilar

belgilangan:

  • Filial ta’lim jarayonini ilg‘or ilm-fan yutuqlari asosida takomillashtirish, Filial tuzilmalarini davlat ta’lim standartlari va asosiy o‘quv hujjatlari bilan ta’minlash;
  • Filialda o‘quv jarayonini rejalashtirish va tashkil qilish;
  • Filial fakultetlari va kafedralarining o‘quv, o‘quv-uslubiy ishlarini muvofiqlashtirish;
  • O‘quv jarayonini boshqarishdagi me’yoriy-uslubiy hujjatlarni doimiy takomillashtirish;
  • Filialda ta’lim jarayonini rivojlantirish uchun istiqbolli rejalarni ishlab chiqish va Filial kengashiga tavsiya qilish;
  • Filial fakultetlari, kafedralari va tuzilmalarini o‘quv ishlarda erishgan ilg‘or yutuqlarini umumlashtirish va Filial ta’lim jarayoniga tadbiq qilish;
  • Talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning tizimi to‘g‘risida yangi NIZOMni amaliyotga tadbiq etish;
  • Professor-o‘qituvchilarning malaka oshirish rejasini shakllantirish;
  • Talabalar davomatini tahlil etish;
  • Filial professor-o‘qituvchilari va talabalarining o‘quv intizomiga rioya qilishini ta’minlash;
  • Filialdagi barcha fakultetlar va kafedralarda joriy, oraliq, yakuniy nazoratlarning tashkil yetish va tahlil qilish;
  • Kafedra va dekanatlarda asosiy ish hujjatlarini yuritilishini ta’minlash;
  • Filialda shtatlar jadvalini tuzish uchun hujjatlarni tayyorlash, o‘quv yuklamalarini bajarish yuzasidan nazoratni amalga oshirish;
  • O‘rindosh va soatbay dars o‘tuvchi o‘qituvchilarning hujjatlarini rasmiylashtirish, soatbay dars fondining taqsimlanishini tashkil qilish va muvofiqlashtirish;
  • Filial fakultet va kafedralarini o‘quv masalalari bo‘yicha faoliyatini o‘rganish;
  • Professor – o‘qituvchilar tanlovini tashkil etish;
  • O‘quv jarayoniga rivojlangan chet el tajribalarini joriy etish;
  • Amaliyotlarni tashkil etish va uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlanlash;
  • Akademik litsey faoliyatini o‘quv-uslubiy jihatdan muvofiqlashtirish;

O‘quv-uslubiy bo’limda boshliq, uslubchi, nazoratchi,  dispetcherlar faoliyat olib boradi.

Yil dasturi
2021
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili

Voqealar

DuSeChPaJuShYa
Ro`yxatdan o`tish
Sayt haqida firingiz?

2 ta foydalanuvchi hozir saytda