O‘zbekiston Respublikasi gerbi O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi HEMIS OTM Scopus

Yangiliklar

Tashrif davomida vazir A.Toshqulov Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali faollar zalida Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti, Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali jamoasi hamda Termiz davlat universitetining rahbar xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda tarix fanlari doktori, dosent Qabulov Eshbolta Atamuratovich Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti direktori lavozimiga tayinlanganligi e’lon qilindi.

Vazir Termiz davlat universitetining Pedagogika instituti (oldingi Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Termiz filiali) Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga to‘xtalib, tayinlangan yangi rahbarlarga bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda ishni tashkil etish yuzasidan topshiriqlar berdi.

Vazir ta’lim sifatini ta’minlash borasida o‘qituvchi va talabalarga sharoitlar yaratish, moddiy texnik bazani yaxshilash, o‘quv adabiyotlarini xarid qilish, zamonaviy talabalar turar joylarini qurish, ta’lim muassasalari kelishgan holda imkoniyatlardan to‘g‘ri foydalanishni tashkil etish borasida o‘zining takliflarini bildirdi.

Uchrashuv davomida vazir professor-o‘qituvchilar tomonidan berilgan savollarga javoblar berdi hamda oliy ta’lim sohasidagi amalga oshirilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritdi.

 

 Filial talabalarining 2020/2021 o‘quv yili davomida sport, madaniyat, san’at va ilm-fan sohalarida erishgan yutuqlarini “Taqdirlash” maqsadida Termiz shahridagi  “Madaniyat saroyi”da tadbir bo‘lib o‘tdi.

 Tadbirda filial direktori O‘.Axmedov iqtidorli talabalarni yil davomida erishgan yutuqlari bilan tabriklab, samimiy tilaklar bildirdi hamda ularni ijtimoiy faollikka chaqirdi.

 Sport, madaniyat, san’at va ilm-fan sohalarida yutuqlarga erishgan talabalar diplomlar, sertifikat va ota-onalariga tashakkurnomalar hamda estalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 Filial talabalar teatr studiyasi tomonidan sahnalashtirilgan sahna ko‘rinishi, kuy va raqslar hamda quvnoq chiqishlar tadbirning badiiy qismiga o‘zgacha shukuh bag‘ishlab, tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

“Scopus” ва “Web of Science” тизимига кирувчи ҳамда халқаро импакт фактори юқори бўлган илмий журналларда мақолалар чоп этиш мавзусида семинар-тренинг ўтказилди.

Мазкур семинарда филиал профессор-ўқитувчилари ўзларининг илмий фаолияти билан боғлиқ бўлган саволларга жавоблар олишди ҳамда халқаро илмий журналларда мақолалар чоп этиш билан боғлиқ бўлган билим ва кўникмаларини янада оширишди.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2021 йил 11 февралдаги ПФ-6168-сон Фармони ижросини таъминлаш мақсадида “Эл-юрт умиди” жамғармаси томонидан бакалавриат ва магистратура таълими бўйича эълон қилинган очиқ стипендия танловларига 716 нафар талабгорлар хужжат топширган.

“Эл-юрт умиди” жамғармаси томонидан эълон қилинган танловга хужжат топширишнинг охирги муддати 2021 йил 30 апрель.

Сиз ҳам бу танловда иштирок этинг!!!

Farmonni yuklab olish

https://lex.uz/docs/5286354?ONDATE=12.02.2021%2000

Interaktiv xizmatlar

528

Professor-oqituvchilar

16

Ta'lim yo‘nalishlari

21

Mutaxassisliklar

210

Auditoriyalar soni

5,312

Talabalar

170

Ilmiy izlanuvchilar

68

Doktorantlar

Vebinarlar