fbpx

Monthly Archive December 2019

“Shuhrating porlasin , toki bor jahon!..”

Har gal davlatimiz madhiyasini tinglar va ijro etar ekanmiz, ko’z oldimizda beixtiyor ona Vatanning go’zal manzaralari namoyon bo’ladi. Madhiyamizning chuqur ma’noga ega satrlari, mardonavor va sohir ohangi bizni sehrlab qo’yadi, qalbimizda Vatanimizdan faxrlanish, bugunimizdan shukronalik va ertamizga ulkan ishonch hissini jo’sh urdiradi.

Bugun erta tongdan Islom Karimov nomidagi TDTU Termiz filiali talabalari va professor-o’qituvchilari direktor B.E.To’raev boshchiligida madhiyamizni kuylaganda ana shunday his-tuyg’ular barchani yana bir bor to’lqinlantirdi.

O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilinganligining 27 yillik bayrami munosabati bilan TDTU Termiz filiali ARMda “Vatan nimadan boshlanadi?” mavzusida tadbir o’tkazildi. Tadbirda vatanni madh etuvchi kitoblar ko’rgazmasi ham tashkil etildi. Madhiyamiz muallifi Abdulla Oripovning she’riy asarlari namoyish etilib, talabalarga bu kitoblarni o’qib chiqish tavsiya etildi. “Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” kafedrasi katta o’qituvchisi B.Abduvohidov ona yurtni sevish va ardoqlash, yurtga munosib farzand bo’lish, puxta bilim egallab, xalq xizmatiga bel bog’lash lozimligi haqida talabalar bilan suhbatlashdi. Shundan so’ng talabalar yuksak ehtirom bilan yana bir bor vatan madhiyasini kuylashdi.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbus ijrosi va madhiyamiz qabul qilingan kun munosabati bilan TDTU Termiz filiali Iqtidorli talabalarning ilmiy faoliyatini tashkil etish bo’limi tomonidan talabalar va professor-o’qituvchilar uchun san’at maktabi o’quvchilari ishtirokida tadbir uyushtirildi. Termiz ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati o’quvchilari tomonidan jonli tarzda ijro etilgan kuy-qo’shiqlar talabalarga ma’naviy zavq bag’ishladi va juda manzur bo’ldi.

 

Please follow and like us:

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligi munosabati bilan tadbir o’tkazildi

Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali ARM xodimlari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi!” mavzusida talabalar o’rtasida davra suhbati o’tkazldi.

Davra suhbatida ARM xodimlaridan Z.Sattarova talabalarni bayram bilan tabriklab, Konstitutsiyamizga oid kitoblar bilan tanishtirib o’tdi va ularga konstitutsiyamizning moddalari to’g’risida tushunchalar berdi. Ushbu davra suhbatiga Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi Meluqulova Malika taklif etildi. M.Meliqulova so’zga chiqib, talabalarga konstitutsiyamiz tarixi haqida ma’lumotlar berib o’tdi.

   

 

Please follow and like us:

TDTU Termiz filiali direktori Bahodir Ergashovich Turayevning Rossiya Federatsiyasi Boshqartiston Respublikasining UFA davlat neft texnikasi universiteti Oktyabrsk filialiga tashrifi

O’zbekiston Respublikasining 2019 yil 6 fevraldagi O’RQ-518-son “O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to’g’risida”gi Qonuni va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 maydagi
PQ-3698-son “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qaroriga asosan, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali va Rossiya Federatsiyasi Boshqartiston Respublikasining UFA davlat neft texnikasi universiteti Oktyabrsk filiali o’rtasida o’zaro kelishilgan hamkorlik memorandumi imzolangan.

Rossiya Federatsiyasi Boshqartiston Respublikasining UFA davlat neft texnika universiteti Oktyabrsk filiali, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga qiziqishini bildirgan.

Tuzilgan  memorandum ijrosi doirasida joriy yilninig  20-27 noyabir kunlari Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali direktori Bahodir Turayev Rossiya Federatsiyasi Boshqartiston Respublikasining UFA davlat neft texnika universiteti Oktyabrsk filialida xizmat safarida bo’ldi va filial direktori Vyacheslav Muhamedshin bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ikki tomonning hamkorligida oliy ta’lim tizimi o’quv adabiyotlarining yangi avlodini hamkorlikda yaratish, xalqaro loyihalarda birgalikda ishtirok etish, ilmiy mavzularni tanlash va ilmiy rahbarlik qilish va ma’ruzalar o’qish hamda hamkorlikda kadrlar tayyorlash bo’yicha o’zaro fikirlar almashildi.

Oktyabrsk filiali direktori Vyacheslav Muhamedshin Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali bilan hamkorlikda talabalar almashinuvi hamda qo’shma ta’lim dasturlari borasidagi fikr mulohazalarga katta qiziqish bildirdi.

Tashrif davomida TDTU Termiz filial direktori Bahodir Turayev 23-25 noyabir kunlari Rossiya Federatsiyasi Boshqartiston Respublikasining UFA davlat neft texnika universiteti Oktyabrsk filiali talabalariga ma’ruzalar o’qildi.

Samimiy ruhda o’tgan uchrashuv so’ngida filial direktori Bahodir Turayev Rossiya Federatsiyasi Boshqartiston Respublikasining UFA davlat neft texnika universiteti Oktyabrsk filiali professor-o’qituvchilari bilan suhbatlashdi. Suhbat davomida hozirgi kunda talabalarni o’qitishda zamonaviy o’qitish metodikalarini qo’llash bo’yicha fikrlar almashdilar.

 

Please follow and like us:

RSS
Follow by Email
Share
Telegram
VK
OK