fbpx

TDTU Termiz filiali direktori B.E.Turaev filial talabalari bilan onlayn suhbat o’tkazdi

2020 yil 6 iyun kuni soat 10-00 dan boshlab TDTU Termiz filiali direktori B.E.Turaev filial talabalari bilan haftaning har shanba kuni o’tkazadigan navbatdagi onlayn suhbati bo’lib o’tdi. Usbu onlayn suhbat davomida  talabalarning “Elektron ta’lim platformasi”dan foydalanishdagi yuzaga kelayotgan muammolari tunglandi va filial professor-o’qituvchilari hamda mas’ullariga talabalar tomonidan ko’tarilgan muammolarni joyida hal etish topshiriqlari berildi.

Bundan tashqari talabalarning fanlar kesimida 2019-2020 o’quv yili birinchi yarim yillik natijalari  hamda ikkinchi yarim yillikdagi oraliq va yakuniy nazorat ishlarining elektron ta’lim platformasida bajarilishi tahlil qilindi.

Ushbu suhbatda filiai direktor o’rinbosarlari hamda fakultet dekanlari ham kun tartibidagi masalalar yuzasidan o’z fikrlarini bildirdilar. Filial direktori va talabalarning onlayn suhbati 1 soat davom etdi.

 

Please follow and like us:
RSS
Follow by Email
Share
Telegram
VK
OK