ICHKI NAZORAT VA MONITORING BO'LIMI

Atakulov Mavlonbek Saidkulovich

Phone. +99897 774 37 96

 

 

 

“ICHKI NAZORA VA MANITORING” BO’LIMI

                                           NIZOMI

  1. Umumiy qoidalar

1.Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali ichki nazorat va monitoring bo’limi Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida belgilangan vazifalarning bajarilishini, o’quv-ta’lim jarayonida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, Vazirlar Mahkamasining oliy ta’lim sohasiga oid qarorlari, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining me’yoriy xujjatlari va uslubiy ko’rsatmalarining ijro etilishini o’z vaqtida nazorat va tahlil qilish maqsadida tashkil etiladi.

  1. Ichki nazorat va monitoring bo’limi o’z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi

Konstitutsiyasiga, «Ta’lim to’g’risida» va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi tug’risida»gi konunlarga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmon va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at qarorlari, buyruqlari va mazkur Nizomga asosan amalga oshi-radi.

  1. Ichki nazorat va monitoring bo’limi filialda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da

belgilangan vazifalarni hayotga tatbiq etilishini amalga oshiradi, shuningdek fakul`tetlar, kafedralar, akademik litseylar va boshqa tarkibiy bo’linmalarning o’quv, o’quv-uslubiy, ma`naviy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, hayat va ilmiy kengash qarorlari, vazirlik va universitet bo’yicha chiqarilgan buyruqlarning va ta’lim sohasidagi me’yoriy xujjatlarning bajarilishini nazorat kiladi.

  1. Ichki nazorat va monitoring bo’limining asosiy vazifalari

2.1.      Filialda Respublika Prezidenti Farmonlari, O’zbekiston Respublikasining oliy ta’limga oid qonunlari, yuqori tash-kilotlarning qaror va farmoyishlarini, vazirlikning Hayat qarori, buyruk, yo’riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek filialning Kengash qarori va buyruqlarining bajarilishini nazorat qilish va monitoringini olib borish. 2.2.Kadrlar tayyorlash sifati, ularga bo’lgan ehtiyoj va mehnat bozorini rivojlantirish va filial bo’yicha rejalashtirilgan barcha tadbirlarni xamda filial moddiy- texnika bazasining monitoringini olib borish tizimini ishlab chiqish. 2.3. Filial professor-o’qituvchilar tarkibi va ularning malakasini oshirish va qayta tayyorlash sifatining ichki nazoratini tashkil etish va o’tkazish. 2.4.Talabalar bilimini reyting tizimi asosida holis va adolatli baholanishini nazorat kilish. Zarur hollarda yakuniy nazoratdan keyin fanlar bo’yicha qo’shimcha sinovlar o’tkazish. III. Ichki nazorat va monitoring  bo’limi o’ziga yuklatilgan vazifalar  doirasida: 3.1. Filialda ta’lim standartlari monitoringini tashkil qilish masalalari bo’yicha amaliy va uslubiy yordam ko’rsatadi. 3.2. Filialda ta’limning holati va rivojlanishi haqida ma`lumotlar bankini tashkil qiladi va tartibga solib turadi. 3.3. Filialning boshqarish organlari (rektorat, ilmiy kengash)ga ta’limni isloh qilish va takomillashtirish bo’yicha tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi. 3.4. Filial qaror va buyruklarini hamda barcha xujjatlarni harakati va ijrosini nazorat qilish mexanizimini ishlab chiqadi va amalga oshiradi. 3.5. Filialning ijrochilik faoliyatini tahlil qilish asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo’yicha amaliy va uslubiy yordam ko’rsatadi. 3.6. Filial ta’lim sohasida ilg’or tajribalarini o’rganadi, umumlashtiradi va ularni ommalashtirishga tavsiyalar beradi. 3.7.Professor-o’qituvchilar faoliyatini baholashning reyting usullarini va mezonlarini ishlab chiqadi hamda tatbiq etilishini amalga oshiradi. 3.8. Filialda O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi  va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to’g’rida»gi qonunlarni, ta’lim masalalari bo’yicha Respublika hukumati qarorlari, oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining Hay’at qarori, buyruq, yo’riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini bajarilishi haqidagi monitoring ma’lumotlarini vazirlikning Monitoring bo’limiga va tegishli boshqarmalariga o’z muddatida, sifatli taqdim qilishni ta’minlaydi. 3.9.Nazorat natijalari hamda ko’rsatilgan kamchiliklar va mu-ammolarni bartaraf etish bo’yicha aniq takliflarni universitet rah-bariyatiga taqdim etadi.

  1. Ichki nazorat va  monitoring  bo’limining  huquqlari.

4.1. Filialda O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida» va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to’g’risida»gi qonunlari. Ta’lim masalalari bo’yicha Respublika hukumati qarorlari, oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining Xay’at qarori, buyruk, yo’riq xat, modemogramma va telefonogrammalarini, shuningdek filial Ilmiy Kengash majlisi qarori va buyruqlarini bajarilishini fakul`tetlarda, kafedralarda va boshqa tarkibiy bo’linmalarda nazorat va tahlil qilish. 4.2. Filialda va unga tegishli ta’lim muassasalarida (fakultetlar, kafedralar, malaka oshirish fakulteti va boshqa tarkibiy bo’linmalar) ta’lim standartlariga hamda ta’limga oid meyoriy xujjatlarga amal qilinishini tekshirish. 4.3. Filialda va unga tegishli ta’lim muassasalarida (fakultetlar, kafedralar va boshka tarkibiy bo’linmalar) bo’ladigan barcha turdagi kengash ishlarida ishtirok etish. 4.4. Filialda «O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga qabul haqida»gi qonun va qarorlarini bajarilishini, bevosita ishtirok etgan holda ichki nazoratini va monitoringini olib borish. 4.5. Filial faoliyatini o’rganish bo’yicha fakul`tetlar, kafedralar  va boshka tarkibiy bo’linmalardan o’z xizmat vazifalarini bajarish uchun kerakli xujjatlarni talab qilish va masalaga oid mutaxassislarni jalb qilish. 4.6. Kadrlar tayyorlash sifatini yaxshilash maqsadida kurs loyixasi (ishlari)ni, bitiruv malakaviy ishlarni hamda magistrlik dissertatsiyasini himoya kilish, davlat attestatsiyalarining o’tkazilishini, barcha turdagi nazariy va amaliy mashg’ulotlarni nazorat qilish va monitoringini tayyorlash. 4.7. Filial nomiga, abiturient, talaba yoki ularning ota-onalari tamonidan tushgan ariza va shikoyatlarni monitoringini olib borish hamda o’rganib, muammolarni bartaraf va hal qilish bo’yicha aniq takliflarni filial rahbariyatiga taqdim etish. 4.8. Ichki nazorat va monitoring bo’limi huquqi  doirasidagi ma-salalarni joylarda o’rganish uchun belgilangan tartibda filialning malakali professor-o’qituvchilarini jalb qilgan holda guruhlar  tuzish.

  1. Ichki nazorat va monitoring bo’limining mansab jadvali boshliq va metodistdan iboratdir

5.1 .Ichki nazorat va monitoring bo’limining shtat birligi va oylik maoshi fondi Oliy ta’lim vazirligi tomonidan «Monitoring va ichki nazorat bo’limi»ga ajratilgan shtat birliklari doirasida tasdiqlangan smeta asosida belgilanadi. 5.2.Ichki nazorat va monitoring bo’limi boshlig’i filial direktori tomonidan tayinlanadi va vazifasidan bo’shatiladi. 5.3.Ichki nazorat va monitoring bo’limiga hodimlarni ishga qabul qilish va ishdan bo’shatish bo’lim boshlig’ining tavsiyasiga asosan filial buyrug’i  bilan amalga oshiriladi.

  1. Ichki nazorat va monitoring bo’limi o’z faoliyatini filial direktori tasdiqlagan yillik

rejaga muvofik amalga oshiradi. VII. Ichki nazorat va monitoring bo’limining faoliyati muntazam ravishda filialning Ilmiy kengashida muhokama qilinadi va hisobot Vazirlikka o’quv yilining oxirida taqdim etiladi.

RSS
Follow by Email
Twitter
Visit Us
Telegram
VK
OK