BITIRUV MALAKAVIY ISH HIMOYASI

Bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi

Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009 yil 5 iyunda 1963-sonli raqam bilan ro`yxatdan o`tgan, O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirining 2009 yil 22 maydagi 160-son buyrug`i bilan tasdiqlangan “O`zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi to`g`risida Nizom”ga muvofiq amalga oshiriladi Mazkur Nizom O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to`g`risida”gi qonunlari va Oliy ta’limning Davlat ta’lim standartiga muvofiq oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini o`tkazish tartibini belgilaydi. Oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasi bakalavriat yo`nalishlari va magistratura mutaxassisliklari o`quv jarayoni jadvaliga muvofiq o`tkaziladi. Yakuniy davlat attestatsiyasi oliy ta’lim muassasasidagi har bir ta’lim yo`nalishi (mutaxassisligi) bo`yicha tashkil etiladigan yakuniy davlat attestatsiya komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: bitiruvchining bilim, malaka va ko`nikma darajasining davlat ta’lim standartlari talablariga muvofiq kelishini kompleks baholash; yakuniy davlat attestatsiyasi natijalari bo`yicha bitiruvchilarga bakalavr (magistr) akademik darajasini berish masalasini hal qilish; komissiya faoliyati natijalarini tahlil qilish va ular asosida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashni takomillashtirish bo`yicha takliflar ishlab chiqish. Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyalari o`z faoliyatlarini mazkur Nizom hamda bakalavriat ta’lim yo`nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo`yicha bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasi va ta’lim mazmuniga qo`yilgan Davlat ta’lim standartlari talablarini bajarishga yo`naltirilgan boshqa hujjatlarga tayangan holda olib boradilar. O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta‘lim vazirining 2009 yil 22 maydagi 160-son buyrug`i
RSS
Follow by Email
Twitter
Visit Us
Telegram
VK
OK