Qadrli va muhtaram Ustozlar!

Avvalo, Siz, Azizlarni, Sizlarning timsolingizda Ustoz degan sharafli nomni ulug’lab kelayotgan yurtimizdagi barcha insonlarni umumxalq bayrami – O’qituvchi va murabbiylar kuni bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Bugun ushbu qutlug’ ayyomni mamlakatimizda keng nishonlar ekanmiz, birinchi navbatda qadrdon maktabimiz, bizga harf o’rgatgan, ezgulikdan saboq bergan mehribon muallimlarimiz siymosi ko’z oldimizda namoyon bo’ladi. Biz uchun ibrat namunasi, yuksak insoniy fazilatlar timsoli bo’lgan sizlar kabi aziz va mo’’tabar zotlar sha’niga eng go’zal so’zlar, ezgu tilaklarimizni izhor etamiz.

Hurmatli Professor O’qituvchilar!

Sizlarning barchangizga hech qachon uzib bo’lmaydigan qarzdorlik hissi bilan ta’zim qilamiz.Biz bugun zamonaviy bilim va kasb-hunarlar, xorijiy tillarni puxta egallab, katta umid va ishonch bilan hayotga qadam qo’yayotgan, ertangi kunimizning hal qiluvchi kuchi bo’lgan ming-minglab farzandlarimiz kamolida o’qituvchi va murabbiylarimizning beqiyos hissasi borligini yaxshi bilamiz va sizlarning bu ulug’ xizmatingizni yuksak qadrlaymiz.

Muhtaram Hamkasblar!

Sizlarni  Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali rahbariyati  nomidan 1 oktyabr – O’qituvchi va murabbiylar kuni bilan yana bir bor tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxt va omad, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilayman. Doimo sog’-omon bo’ling, aziz ustozlar!