O‘zbekiston Respublikasi gerbi O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi HEMIS OTM Scopus
Filialda o‘quv jarayoni boshlandi
Yangiliklari / 2021-09-07

Joriy yilning 6-sentabr kuni filial jamoasi talabalarni ko'tarinki ruhda kutib olishdi. Filial direktori 1-kursga talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarni tabriklab, ularga professor-o'qituvchilar tomonidan olib boriladigan o'quv mashg'ulotlariga faol qatnashishi hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishi haqida tavsiyalar berib o'tdi.

Shundan so'ng, har bir fakultet jamoasi o‘z yo‘nalishlariga qabul qilingan 1-kurs talabalarini o'quv xonalariga olib borib, filial malakali professor-o'qituvchilari tomonidan mustaqillik darsi tashkil qilindi.

Shuningdek, 1-kurs talabalari tanishtiruv haftaligida kredit-modul tizimining mazmun-mohiyati, oʻquv jarayoniga tatbiq etilish tartibi, filialning ichki tartib-qoidalari va shu kabi zaruriy axborotlar bilan tanishtirilishi rejalashtirilgan.


Izoh qoldirish

Yil dasturi
2021
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili

Voqealar

DuSeChPaJuShYa
Ro`yxatdan o`tish
Sayt haqida firingiz?

1 ta foydalanuvchi hozir saytda