O‘zbekiston Respublikasi gerbi O‘zbekiston Respublikasi bayrog‘i O‘zbekiston Respublikasi madhiyasi HEMIS OTM Scopus
«Qorako‘l maktabi» bilan hamkorlikda Sirdaryo – Qorako‘l maktab internatiga asos solindi

Buxoro viloyatidagi xalqaro matematika faniga ixtisoslashtirilgan «Qorako‘l maktabi» bilan hamkorlikda Sirdaryo – Qorako‘l maktab internatiga asos solindi.

Bugun mazkur ta’lim muassasasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

2009 yilda faoliyatini boshlagan «Qorako‘l maktabi»da tahsil olayotgan yosh iqtidorlar bugungi kunga qadar turli darajadagi xalqaro olimpiadalarda oltin, kumush va bronza medallarini ko‘lga kiritib kelmoqdalar. Ana shunday iqtidorlar tarbiyalanayotgan maktabni Sirdaryoda ham tashkil etish maqsadida viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzaev topshirig‘i bilan bir qator mas’ullar 2019 yil Qorako‘l maktabiga tashrif buyurib, muzokaralar olib borgan edi.

Viloyat hokimning tashabbusi mana bugun o‘z samarasini berdi. Sirdaryo viloyatida dunyo yoshlari bilan bellasha oladigan yana bir ilm maskani Sirdaryo – Qorako‘l maktab-internati faoliyat boshladi.

Maktab internatida 3 yo‘nalishda o‘quvchilarga ta’lim beriladi. Joriy yilda maktabga 500 nafar o‘quvchi hujjat topshirgan bo‘lsa, ulardan eng salohiyatli, eng bilimli, eng munosib 240 nafari o‘quvchilar safiga qabul qilingan. Muassasada matematika, fizika, kimyo, biologiya va ingliz tili fanlari o‘ta chuqurlashtirib o‘rgatiladi. O‘quv jarayoni «Qorako‘l maktabi» bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan o‘quv rejalar va dasturlar bo‘yicha amalga oshiriladi. 12 nafar buxorolik mutaxassislar o‘quvchilarga dars beradi. Har bir o‘quvchining o‘zlashtirish ko‘rsatkichi monitoring qilinib, individual ishlanadi.

Ta’kidlash joizki, maktab internetining qurilishi uchun mahalliy byudjetdan 10 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Xususan, zamonaviy loyiha asosida 240 o‘ringa mo‘ljallangan ikki qavatli o‘quv binosi, shuncha o‘ringa mo‘ljallangan yotoqxona, barcha qulayliklarga ega sport zali, oshxona, darsxonalar o‘quvchilarga xizmat qiladi. Barcha zarur jihozlar o‘zimizda mahalliy tadbirkorlar tomonidan ishlab chiqarilgan.


Izoh qoldirish

Yil dasturi
2021
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili

Voqealar

DuSeChPaJuShYa
Ro`yxatdan o`tish
Sayt haqida firingiz?

2 ta foydalanuvchi hozir saytda