QABUL XUJJATLARI TO'PLAMI

QABUL 2019-2020

Abituriyent ta’lim muassasasi qabul komissiyasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

·        o‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumot haqidagi hujjatning asli;

·        fuqarolik pasportining asli;

__________________________________________________________

·        xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlar va musobaqa g‘oliblariga o‘qishga tanlovsiz kirish huquqini beruvchi hujjatning asli;

·        mehnat daftarchasidan belgilangan tartibda  tasdiqlangan ko`chirma (maxsus sirtqi ta’lim shakli uchun);

interactive Abitur 2019 bo’yicha qo’llanma                                          interactive Test sinovi uchun to’lov

TEST SINOVI UCHUN TO’LOV

DIQQAT!O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING BIOMETRIK PASPORTIGA EGA BO’LGAN ABITURIENTLAR UCHUN!

Biometrik pasportga ega bo’lmagan abiturientlar
1. Oliy ta’lim muassasalari qabul komissiyalariga;
2. Belgilangan oliy ta’lim muassasalari uchun davlat xizmatlari markazlariga uchrashishlari lozim!

Hurmatli abituriyentlar!

Sizlar uchun 3 ta ta’lim yoʻnalishini tanlash boʻyicha elektron qoʻllanma ishga tushirildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” qarori loyihasida abituriyentlarning oʻqishga kirish imkoniyatlarini oshirish maqsadida bir nechta oʻzgarishlar kiritilmoqda. Shulardan biri – 2019/2020 oʻquv yilidan boshlab, oliy ta’lim muassasalariga oʻqishga kirishda abituriyentlarga 3 ta ta’lim yoʻnalishini tanlash huquqi berilmoqda. Ushbu yoʻnalishlarni tanlash koʻnikmasini mustahkamlash uchun abituriyentlarga koʻmak va qoʻllanma sifatida maxsus dastur ishlab chiqildi. Ayni paytda test rejimida ishga tushirilgan mazkur dastur orqali abituriyentlar 3 ta ta’lim yoʻnalishini tanlash tajribalarini orttirishlari mumkin. Dastur Davlat test markazining www.dtm.uz rasmiy veb-saytida joylashtirilgan. Eslatib oʻtamiz – dastur vaqtincha oldingi yil bazasi asosida ishlamoqda, 2019/2020 oʻquv yili uchun Ta’lim yoʻnalishlari roʻyxati tasdiqlangandan keyin yangi baza asosida ishlashi yoʻlga qoʻyiladi. Shuningdek, abituriyentlardan dastur bilan ishlash jarayoni yuzasidan tushunmovchilik yoki boshqa muammolar yuzaga kelganda bevosita murojaat qilishlarini soʻraymiz.

Dastur bilan ishlash tartibi:

  1. Veb-saytning “2019/2020 oʻquv yili uchun” tugmasini bosiladi.
  2. Ochilgan sahifadagi bir nechta tavsiya tugmasidan “3 ta ta’lim yoʻnalishini tanlash” tugmasi bosiladi. Unda rasmda koʻrsatilgan sahifa ochiladi.
  3. Sahifadan birinchi navbatda “Ta`lim tili” ni bosish yordamida kerakli til tanlanadi.
  4. Shuningdek, “Ta`lim shakli” ham tanlanadi.
  5. Koʻrsatilgan “Viloyat”, “Oliy ta`lim muassasasi”, “Yoʻnalish nomi” har bir yoʻnalish (avval 1-, keyin 2- va h.) boʻyicha alohida-alohida tanlab chiqiladi va saqlanadi.
  6. Tanlash tugagach va saqlangach, tanlangan ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha umumuiy ma’lumot havola etiladi. Ularni tekshirib, toʻgʻriligiga ishonch hosil qilish mumkin.

Eslatma: 3 ta ta’lim yoʻnalishini 1-ta’lim yoʻnalishi tanlab boʻlingach va saqlangach, shu ta’lim yoʻnalishi boʻyicha test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi chiqadi. Agar tanlov notoʻgʻri bajarilganda har bir havola (yoʻnalish) sahifasidagi “tozalash” tugmasini bosib, tanlovni qaytadan amalga oshirish mumkin.

3 ta ta’lim yo’nalishini tanlash dasturiga oʻtish

 Manba: dtm.uz 
RSS
Follow by Email
Twitter
Visit Us
LINKEDIN