fbpx

Xorijiy davlatlar fuqarolarini Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialiga o`qishga qabul qilish bo`yicha ma`lumot

Xorijlik fuqarolar (abiturientlar) Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialiga o`qishga kirish uchun 20 iyundan 20 iyulgacha xujjatlarining nusxasini topshirishi kerak.

QANDAY ARIZA TOPSHIRILADI?

Zaruriy hujjatlar:

  1. Ariza blanki (yuklab olish).
  2. Milliy va xorijga chiqish pasporti nusxasi.
  3. Ta’lim to‘g‘risidagi hujjat nusxasi: (attestat yoki diplom). 
  4. Magistratura dasturiga hujjat topshirish uchun bakalavr darajasi diplomi talab etiladi, bakalavriat dasturlariga (darajasiga) hujjat topshirish uchun esa o‘rta yoki o‘rta-maxsus ta’lim darajasi talab etiladi.
  5. Rasm 3,5×4,5 (6 dona): elektron variant.

To‘ldirilgan ariza blanki va boshqa zaruriy hujjatlarning nusxalari Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialining  tf_qabul_xorij@mail.ru  elektron manziliga yuborilishi kerak.

Xorijlik fuqarolar (abiturientlar) Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialiga faqat suhbat asosida qabul qilinadi.

Suhbat 2-25 avgust oralig‘ida o‘tkaziladi.

Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan fuqarolar (abiturientlar) bilan o‘qishga qabul qilish to‘g‘risida shartnoma imzolanadi.

VIZA bo`yicha:

Suhbatdan muvaffaqiyatli o‘tgan xorijlik fuqarolar (abiturientlar) uchun O‘zbekistonga kirish vizasi uchun Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali tomonidan viza talabnomasi bilan yordam beriladi.

Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialida xorijiy davlatlar fuqarolarini o’qitishning to’lov-kontrakt shaklida 2020/2021 o’quv yilida talabalar uchun bir talabani o’qitish qiymati tasdiqlangandan so’ng ma’lum qilinadi.

O`tgan 2019/2020 o’quv yilida xorijlik talabalar kunduzgi ta’lim yo’nalishlarida mehnatga haq to’lashning eng kam miqdorining 26 barobarida, sirtqi ta’lim yo’nalishlarida esa mehnatga haq to’lashning eng kam miqdorining 20 barobarida to’lov-kontrakt summasini to`lagan.

Mehnatga haq to’lashning eng kam miqdori – 679 330 so’m

Batafsil ma’lumot uchun:

 

Adinaev Xidir Abdullaevich

TDTU Termiz filiali direktor o’rinbosari

Tel.: +998-90-186-61-02

E-mail: tf_qabul_xorij@mail.ru 

 

RSS
Follow by Email
Share
Telegram
VK
OK