Объявление Мастер класс

E'LON - Master klass

Hozirda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini davlat va xo’jalik boshqaruvi organlari faoliyatiga keng joriy etish, “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirshga qaratilgan bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.

O’z navbatida, “Elektron hukumat” tizimining uzluksiz ishlashini ta’minlash va kibertahdidlarning oldini olish davlat idoralarini malakali mutaxassis kadrlar  bilan ta’minlash dolzarb masala hisoblanadi.

Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, 2018 yil 2-3 dekabr kunlari soat 10-00 dan 17-00 gacha Termiz davlat universiteti binosida O’zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligining malakali mutaxassislari tomonidan Kiberhavfsizlik yo’nalishi bo’yicha “Master Klass” o’tkazish rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali Axborot kommunikatsiya texnologiyalari yoki Axborot havfsizligini ta’minlashga mas’ul xodimlari qatnashishlari shart, hamda mazkur yo’nalishga qiziqish bildirgan talabalar ham “Master Klass”da qatnashishlari mumkin.

 

Ma’lumot uchun TDTUTF “ATM” boshlig’i B.Ulugovga yoki murojaat qilishingiz mumkin (Telefon: +99891 236 91 07).

Please follow and like us:
error
Comments are closed
RSS
Follow by Email
Twitter
Visit Us
Telegram
VK
OK