“El-yurt umidi” jamg‘armasi yangi stipendiya tanlovini e’lon qildi

“El-yurt umidi” jamg‘armasi yangi stipendiya tanlovini e’lon qildi

Manba:daryo.uz/

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi” jamg‘armasi O‘zbekiston Prezidentining 2019-yil 4-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish bo‘yicha “El-yurt umidi” jamg‘armasining dasturlari bo‘yicha kadrlarni o‘qitishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining ijrosiga muvofiq navbatdagi stipendiyalar tanlovini e’lon qildi.

Tanlov quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘tkaziladi:

  • “Fan va ilmiy-tadqiqotlar”
  • “Sog‘liqni saqlash”
  • “Davlat boshqaruvi”
  • “Iqtisodiyotning istiqbolli tarmoqlari”

Respublikaning barcha hududlardagi nomzodlar uchun bir xil va qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida, stipendiya tanloviga nomzodlardan hujjatlar jamg‘armaning www.eyuf.uz internet manzili orqali onlayn tarzda elektron shaklda qabul qilinadi.

Hujjatlarni joriy yilning 20-fevralidan 20-martgacha yuborish mumkin.

“El-yurt umidi” jamg‘armasi stipendiya tanlovlari tartibi, qoidalari va saralash tanlovi o‘tkazish jarayonlari to‘g‘risida ma’lumotlar muntazam ravishda jamg‘armaning www.eyuf.uz sayti orqali berib boriladi.

Please follow and like us:
error
Comments are closed
RSS
Follow by Email
FACEBOOK
Twitter
Visit Us
YOUTUBE
PINTEREST
LINKEDIN
INSTAGRAM
Telegram
VK
OK