Monthly Archive Mart 2019

Imom Termiziy va Termiziylar hayoti va faoliyati

“Imom Termiziy va Termiziylar hayoti va faoliyati”

29 mart kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialida “Imom Termiziy oyligi” doirasida “Imom Termiziy va Termiziylar hayoti va faoliyati” mavzusida davra suhbati o’tkazildi.

Ma’lumki, 2017 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etildi. Markaz, qarorda qayd etilganidek, “Islom dini rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk alloma, vatandoshimiz Abu Iso Termiziy (Imom Termiziy) va termiziy allomalarning benazir merosini ilmiy asosda chuqur o‘rganish, muqaddas yurtimiz zamini azal-azaldan ulug‘ allomalar, aziz-avliyolar vatani bo‘lib kelganini yurtdoshlarimiz va xalqaro jamoatchilik o‘rtasida keng targ‘ib qilish, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va rivojlantirish, shu asosda yosh avlodni ezgu g‘oyalar ruhida tarbiyalash, ularning qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini yanada kuchaytirish” maqsadida tashkil etilgan.

Tadbirda Imom Termiziy nomidagi xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori o’rinbosari Jo’rabek Cho’tmatov, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Surxondaryo viloyati bo’limi xodimi Sharofiddin Turdiyevlar ishtirok etib, bugungi kunda olib borilayotgan ishlar to’g’risida, allomalar hayoti va faoliyati to’g’risida ma’lumot berishdi.

Tadbir so’ngida talabalarga Mirzo Kenjabekning “Buyuk Termiziylar” kitobi sovg’a qilindi.

Please follow and like us:
error

“Biz radikalizm, missionerlik va proletarizmga qarshimiz”

28 mart kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialida “Biz radikalizm, missionerlik va proletarizmga qarshimiz” va “Yoshlar – sog’lom hayot tarzi tarafdori” mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi. O’zbekiston musulmonlari idorasi Surxondaryo viloyati xodimi Abdurahmon Xursandov, Oliy majlis Senati a’zosi, Termiz davlat univesiteti rektori Abduqodir Hamidovich Toshqulov, DXX Surxondaryo viloyati boshqarmasi mas’ul xodimi F.Tilavov, Viloyat prokuraturasi bo’lim boshlig’I Abbos Roziqov, filial dotsenti Xursand Xudoyberdiyevlarning islom dini, milliy qadriyatlarimiz borasidagi ma’ruzalari talabalar va professor o’qituvchilarda juda kata taassurot qoldirdi.

 

Please follow and like us:
error

Akademik Saidahror G’ulomov bilan uchrashuv

Akademik Saidahror G’ulomov bilan uchrashuv

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialiga O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Saidahror Saidahmedovich G’ulomov tashrif buyurdi. Kuchli ilmiy salohiyat, boy hayotiy tajribaga ega olim inson miyasi, iste’dodini tarbiyalash, ulug’ bobolarimiz Xorazmiy, ibn Sino kabi nodir iste’dod sohiblarini yuzaga chiqarishda qanday omillarga e’tibor qaratish kerakligi bo’yicha ko’plab takliflarni ishlab chiqqan. Filial professor-o’qituvchilari, talabalar akademikning ma’ruzasidan, hayotiy misollaridan o’zlariga ko’plab ma’lumotlarni olishdi.

Please follow and like us:
error

«Ochiq eshiklar kuni»ga marhamat!

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialida bugun 26 mart kuni maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari, o‘qituvchilari hamda ularning ota-onalari uchun «Ochiq eshiklar kuni» o‘tkazilmoqda.

«Ochiq eshiklar kuni» davomida tashrif buyuruvchilar yangi tashkil etilgan universitet faoliyati, bu ta’lim maskanida talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, kutubxona, laboratoriya xonalari bilan tanishib chiqishdi.

«Ochiq eshiklar kuni»da professor-o’qituvchilar, filial direktori Bahodir Ergashev va faol talabalar mehmonlar – ya’ni bo’lajak talabalarning barcha savollariga javob berib, ularni filialda ta’lim olishga da’vat etishdi.

Termiz shahridagi 3-maktab o’qituvchisi F.Ulmatova bitiruvchi sinflar bilan, 11-maktabdan Qayumova shogirdlari bilan, Qumqo’rg’on tumani 15-maktabdan C.Bo’riyev o’quvchilari bilan, 51-maktab o’quvchilari, Sho’rchi tumani 48-maktab jamoasi vakillari filial faoliyati bilan tanishib, o’zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.

«Ochiq eshiklar kuni» davom etmoqda.

Please follow and like us:
error

Navro'zi olam muborak!

Navro’zi olam muborak!

Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali jamoasi viloyatimizda o’tkazilgan milliy va qadimiy bayramimiz Navro’zi olam tantanalarini nishonlashga o’zining munosib hissasini qo’shdi. Filial rahbari boshchiligida jamoaning fidoyi va jonkuyar ustoz-murabbiylari, shijoatli va qalbida vatan tuyg’usi jo’sh urgan talaba-yoshlari birlashib, o’ziga ajratilgan qo’rg’onni milliylik va zamonaviylik uyg’unligida bezatishdi.

Bu jarayonda tinmay mehnat qilgan har bir xodimga minnatdorchilik bildiramiz. Yurtimizda Navro’z shukuhi kezayotgan shu kunlardagi ko’tarinkilik, jo’shqinlik, xotirjamlik va go’zallik yil bo’yi har biringizga hamroh bo’lsin. Filialimizning barcha xodimlarini Navro’zi ayyom bilan qutlaymiz!

Please follow and like us:
error

Zulfiyaxonim izdoshlari

 

 

Yurtimizda bejizga bahor faslini intiqlik va orziqish bilan kutishmaydi. Bahor nafaqat olamga, balki ruhimizgada yangilanish olib kiradi. Daraxt novdalariga tiriklik suvi yugurgani misol ko’zlarimizga nur, qalblarimizga surur, bilaklarimizga kuch, yuraklarimizga muhabbat inadi. Hademay olam yashillikka burkanadi. Bahor Surxondaryodan boshlanadi… Jarqo’rg’on qirlari, Qumqo’rg’on adirlari, Boysun tog’lari, Termiz ko’chalari yashil libos kiyganiga ancha bo’ldi… Taqvimdagi bahorning ilk kuni – 1 mart sanasida yana bir muhim tadbir yurtimiz bo’ylab keng nishonlanadi. 1 mart – O’zbekiston xalq shoirasi, taniqli jamoat arbobi, o’zbek adabiyotininig zabardast vakilasi Zulfiyaxonim tavallud kuni. Zulfiya Isroilova tavalludining 104 yilligi munosabati bilan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialida “Ayol borki – olam munavvar” deb nomlangan ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Filial boshlang’ich xotin-qizlar tashkiloti, Yoshlar bilash ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi, talabalar, murabbiylar tomonidan tashkil etilgan bu tadbir barcha ishtirokchilarga manzur bo’ldi. Vafo va sadoqat kuychisi Zulfiyaxonim izdoshlari bo’lgan 4 nafar talaba qiz, turli shartlar bo’yicha bellashib, o’z mahoratini namoyon etishdi. Qizlarning she’riyat, pazandalik, ro’zg’or tutish san’ati, chaqqonlik, saranjom-sarishtalik xislatlari, Zulfiyaxonim ijodi haqidagi bilimlari, erkin mavzuda tayyorlagan ijod namunalari filialda faoliyat yuritayotgan ustoz-murabbiylar tomonidan munosib baholandi.

–        Yurtimizning har bir qizi Zulfiyadek vatanparvar, mustahkam irodali, teran ma’naviyatli shaxs bo’lishni orzu qiladi, – deydi filial boshlang’ich Xotin-qizlar tashkiloti raisasi Lobarxon Eryigitova. – Bunday yuksak mukofotga munosiblik mas’uliyati doim izlanishda bo’lishga, fidoyilikka, jamiyat oldidagi ijtimoiy burchimizni teran anglashga chorlaydi. Sevimli shoiramiz betakror iste’dodi, Vatanga va insonga muhabbat, vafo va sadoqat tuyg’usini, olijanob fazilatlarni yuksak tarannum etgan mukammal badiiy asarlari, ibratli hayot yo’li, ijtimoiy faoliyati bilan milliy madaniyatimiz, adabiyotimizga katta hissa qo’shgan ijodkor sifatida xalqimiz qalbidan o’rin olgan. Zulfiyaxonimning nafis she’riyati ona Vatanga, borliq va tabiatga, insonga cheksiz mehr, samimiyat, bahoriy haroratga limmo-limligi bilan qadrlidir. Shoiraning otashin misralari nainki yurtimizda, balki xorijda ham ma’lum va mashhurdir. Tadbirda ishtirok etgan filial talabalari Munira Ramazonova, Marjona Nurxonova, Gulsara Omonturdieva, Sayyora Begimova o’z chiqishlari bilan barchaning olqishiga sazovor bo’lishdi va Zulfiyaxonimning munosib izdoshi ekanligini namoyon etishdi. Talaba-qizlarga OTM rahbariyatining esdalik sovg’alari va faxriy yorliqlari topshirildi

Please follow and like us:
error

Tags

8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali

jamoasi nomidan barcha xotin-qizlarni 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar bayrami” bilan

tabriklaymiz.

 

Please follow and like us:
error

Tags

RSS
Follow by Email
Twitter
Visit Us
Telegram
VK
OK