FILIAL HUDUDI GULZORGA AYLANTIRILMOQDA

FILIAL HUDUDI GULZORGA AYLANTIRILMOQDA

 

Har bir inson shu kunlarda hovliyu ko’chasini gullar bilan bezatish harakatida. Bu ishlarni bajara turib, ona-tabiatning o’zi mohir musavvir, tengi yo’q dizayner ekanini, undagi ranglaru jilolarni ta’riflashga so’z ojizligini beixtiyor anglab yetadi kishi. Alvon, oppoq, oftob tusli, pushti, gulnor, siyoh rangli, hatto ko’kimtir, tabiatning o’zidan nusxa olgan kabi och yashil, atlas ko’rinishli gullar shoshib, hovliqib, beparvo o’tib ketishga sira qo’ymaydi!

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialida 2019 yil bahori boshlanishi bilanoq manzarali va mevali daraxt hamda gul ko’chatlarini ekish ishlari qizg’in tus oldi. Ko’kalamzorlashtirish, manzarali va mevali daraxt hamda gul ko’chatlarini ekish ishlari uyushqoqlik bilan tashkil etilib, filialda dolzarb 40 kunlik e’lon qilingan.

2 aprel kuni filial direktori B.Turaev, direktor o’rinbosari F.Nosirov, fakul`tet dekanlari, professor-o’qituvchilar, talabalar, filial ishchi xodimlarini keng jalb qilgan holda hashar tashkil qilindi. Ta’lim dargohining kirish darvozasi atrofi landshaftli dizayn asosida sal`viya, begoniya, tagetis, petuniya, rayhon, alissum, georgin kabi gullar bilan bezatildi. Bundan tashqari, mevali va manzarali daraxtlarga ham alohida ishlov berildi. Filial hududini obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.

 

Please follow and like us:
error
Comments are closed
RSS
Follow by Email
FACEBOOK
Twitter
Visit Us
YOUTUBE
PINTEREST
LINKEDIN
INSTAGRAM
Telegram
VK
OK