“Maktabimga kitob sovg'a qilaman”

“Maktabimga kitob sovg'a qilaman”

O’zbekiston Respublikasi prezidenti SH.Mirziyoevning yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo’yicha videoselektor yig’ilishida ilgari surgan 5 ta muhim tashabbusdan biri yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o’rtasida kitobxonlikni keng targ’ib qilish bo’yicha 2019 yil 26 mart – 1 aprel kunlari “Men o’qigan maktabimga kitob sovg’a qilaman” aktsiyasi o’tkazilmoqda. Shu munosabat bilan Islom Karimov nomidagi TDTU Termiz filiali Ishlar boshqarmasi boshlig’i G’ayrat Haydarov “Men o’qigan maktabimga kitob sovg’a qilaman” aktsiyasida ishtirok etib, Angor tumanidagi 31-sonli o’rta ta’lim maktabiga Daniel Defoning “Robinzon Kruzoning hayoti va ajoyib sarguzashtlari”, Artur Konan Doylning “Sherlok Xolms haqidagi hikoya”, Maqsud Qorievning “Spitamen”, Abdulla Qodiriyning “O’tgan kunlar”, Cho’lponning “Kecha va kunduz”, Abdusaid Ko’chimovning “Men shoirman, istasangiz shu…”, Abdulla Oripovning “She’riy to’plamlari” kabi 120 dan ortiq asar hamda she’riy to’plamlarni o’zi tahsil olgan maktabga topshirdi.

“Kimyoviy va oziq-ovqat texnologiyalari” kaferasi mudiri v.v.b. N.B.Chorieva “Men o’qigan maktabga kitob sovg’a qilaman” aktsiyasida ishtirok etib, o’zi o’qigan Angor tumanidagi 1-sonli maktab kutubxonasiga Tohir Malik, O’tkir Hoshimov, Chingiz Aytmatov kabi yozuvchilar asarlaridan namunalar sovg’a qildi.

Please follow and like us:
error
Comments are closed
RSS
Follow by Email
FACEBOOK
Twitter
Visit Us
YOUTUBE
PINTEREST
LINKEDIN
INSTAGRAM
Telegram
VK
OK