Axborot xati

Axborot xati

Axborot xati

2019 yil 7-8 iyun` kunlari Namangan muhandislik-qurilish institutida “Investitsiyalarni diversifikatsiyalash asosida sanoat korxonalari samaradorligini oshirish” mavzusida Respublika miqyosida ilmiy-amaliy anjuman bo’lib o’tadi.

Ilmiy-amaliy anjumanda quyidagi masalalarni muhokama qilish nazarda tutilgan: O Muhandislik-qurilish va muhandislik-kommunikatsiyalari sohalarida moliyaviy muammolar O Transport, energetika va axborot texnologiyalari sohalariga investitsiyalar va ularning hududlarni iqtisodiy rivojlanishidagi roli O Aholi farovonligini oshirishda va ijtimoiy sohalarni rivojlantirishda
investitsiyalarning ahamiyati O Sanoat va qishloq xo’jaligi korxonalarida investitsiyalar samaradorligi Maqolalarga qo’yiladigan talablar:Hajmi to’liq 2 yoki 3 bet, 1,5 intervalda
(chapdan 2,5 sm, yuqoridan 2 sm, quyidan 2 sm, o’ng tomondan 1,5 sm, varaq bichimi A4 formatda, 210x297mm), Microsoft Word muharririda, matnlar Times New Roman, 14 o’lchamli shriftda. Mavzu bosh harflarda qoraytirilib, varaqning o’rtasiga yoziladi, keyingi qatorlarga muallifning ismi-sharifi, ilmiy darajasi yoki ilmiy unvoni, tashkilotning qisqartirilgan nomi, konferentsiya
sho”basi, telefon raqami ko’rsatiladi (namunaga qarang). Maqola o’zbek yoki rus tilida, 2 nusxada, qog’oz va elektron variantlarda 2019 yil 1 iyungacha ilmiy bo’limda qabul qilinadi.
Maqola matni ilmiy, texnik va stilistik tahrir qilingan hamda unga sohalar bo’yicha ekspertiza a’zosining yoki kafedra mudirining imzosi qo’yilgan bo’lishi shart. Bitta maqolani
chop etish badali 30000 so’m.Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan, o’z vaqtida topshirilmagan, kamchiliklari mavjud bo’lgan ilmiy maqolalar to’plamga kiritilmaydi.Anjuman ishtirokchilari
ilmiy ma’ruzalari bo’yicha sertifikat va diplomlar bilan taqdirlanadilar.Maqolada keltirilgan materiallar uchun muallif(lar) mas’uldir.

Tashkiliy qo’mita manzili: Namangan shahri, Islom
Karimov ko’chasi, 12 uy, 160103, NamMQI, 1-bino, 2-qavat, Ilmiy bo’lim, tel: (0-369) 234-14-85.

Muloqot uchun aloqa xizmatlari: Koordinator:F.Irisqulov, tel.: (0369)2341485, +99893 400
44 24.YE-mail: farhodis@rambler.ru

INVESTITSIYALARNI DIVERSIFIKATSIYALASH ASOSIDA MAMLAKATEKSPORT SALOHIYATINI OSHIRIShdots.

I. Sirojiddinov (NamMQI) (Muhandislik-qurilish va muhandislik-kommunikatsiyalari sohalarida moliyaviy muammolar sho”basi, tel: ………)

Please follow and like us:
error
Comments are closed
RSS
Follow by Email
FACEBOOK
Twitter
Visit Us
YOUTUBE
PINTEREST
LINKEDIN
INSTAGRAM
Telegram
VK
OK