Tarixiy qadamjolarda dars o'tkazildi

Tarixiy qadamjolarda dars o'tkazildi

Vazirlikning “Oliy ta’lim muassasalarida dars mashg’ulotlarini mavzular bo’yicha tegishli joylarda sayyor o’tkazilishini ta’minlash to’g’risida” joriy yilning 13-apreldagi 340-son buyrug’ining 3-bandi bilan vazirlik axborot xizmati va OTM rahbarlariga dars mashg’ulotlarining tegishli joylarda sayyor o’tkazilganligi to’g’risida muntazam ommaviy axborot vositalarida yoritib borilishini ta’minlash topshirig’i berilgan.

 

 

Shunga asosan, Islom Karimov nomidagi TDTU Termiz filiali «Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar» kafedrasi o’qituvchisi Lobar Eryigitova 14-15 may kuni 15-18 guruh talabalari bilan Al-hakim at-Termiziy majmuasida, viloyat o’lkashunoslik muzeyida, “Sulton saodat ” memorial kompleksida, “Qirq qiz” me’moriy tarixiy inshootida “Dinshunoslik” fanidan uch juftlik amaliy mashg’ulot darslarini o’tdi. O’z yashayotgan yurti, buyuk o’tmishi unda yashab o’tgan allomalar hayoti, Surxon xalqining o’tmishda ham katta ilmiy salohiyatga ega bo’lganligi to’g’risida ma’lumotlar yoshlarda g’urur va iftixor tuyg’ulari shakllanishida muhimdir. Sayyor darslar talabalarda o’zi yashab turgan yurtini, uning shonli o’tmishi va kelajakda taraqqiyot istiqbollari haqida bilishga qiziqishini oshirdi.

Please follow and like us:
error
Comments are closed
RSS
Follow by Email
FACEBOOK
Twitter
Visit Us
YOUTUBE
PINTEREST
LINKEDIN
INSTAGRAM
Telegram
VK
OK