Sulton sodot majmuasida sayyor dars

Sulton sodot majmuasida sayyor dars

Vazirlikning “Oliy ta’lim muassasalarida dars mashg’ulotlarini mavzular bo’yicha tegishli joylarda sayyor o’tkazilishini ta’minlash to’g’risida” joriy yilning 13-apreldagi 340-son buyrug’ining 3-bandi bilan vazirlik axborot xizmati va OTM rahbarlariga dars mashg’ulotlarining tegishli joylarda sayyor o’tkazilganligi to’g’risida muntazam ommaviy axborot vositalarida yoritib borilishini ta’minlash topshirig’i berilgan.

Shunga asosan, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika unversiteti Termiz filialida olib borilayotgan darslar, ayniqsa ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bo’yicha Surhondaryo viloyatining mahalliy sharoitiga moslab Termiz tumani hududida joylashgan  al-Hakim at-Termiziy, Sulton Sodot, Qirq qiz, Abu Iso at-Termiziy tarixiy-madaniy, manaviy obidalarga o’tkazilmoqda. Jumladan, 16-17 may kunlari shunday darslar al-Hakim at-Termiziy, Sulton Sodot majmualarida Termiz filiali dotsenti, falsafa fanlari nomzodi, TerDU professori Xursand Xudoyberdiyev, filial o’qituvchilari Lobarxon Eryigitova, Feruzaxon Normatova rahbarligida 13-18 ekologiya guruhi, 14-18 qurilish guruhi talabalari bilan falsafa, dinshunoslik fanlari bo’yicha sayyor darslar o’tildi.

Unda ulug’ vohadoshimiz al-Hakim at-Termiziy hayoti va ijodiy faoliyati, ilmiy merosi, uning falsafa, dinshunoslik islom falsafasi, tasavvuf ta’limotiga qo’shgan hissasi, u asoslab began Hakimiya tariqatining ma’no-mazmuni, bu tariqatning yassaviylik, kubroviylik, naqshbandiylik tariqatiga qoshgan hissasi, ta’siri, ulug’ olimning dunyoviy fanlar sohasidagi xizmatlari haqida gapirib berildi.

Sulton sodot majmuasi VIII-X asrlarda bunyod etilgan bo’lib, keyingi asrlarda yanada davom ettirilgan va tarmizlik sayyidlar dafnxonasi, talabalarni o’qitish maskani hisoblangan. Bu majmuani Muhammad payg’ambar (s.a.v.)ning qizi Bibi Fotimaning o’gli Imom Husaynning 4-avlodi Hasan al-Amir, xalq tilida Sulton Sodot asoslagan va birinchi bo’lib dafn etilgan.

Malumki, termizlik sayyidlarning O’rta Osiyo, xususan, O’zbekiston tarixida alohida o’rni mavjud. Termizlik sayyidlardan Said Baraka, Mir Kulol Amir Temur hazratlarining pirlari bo’lgan. Sayyid Baraka 1370 yil Amir Temur Amir Husaynga qarshi Balxga yurish qilganda, Amir Temurga tug’ va bayroq sovg’a qilgan. Bu Amir Temur davlatining davlat ramzlari edi. Amir Temurning Sayyid Barakaga hurmati cheksiz bo’lganligi shundan bilinadiki, Sayyid Baraka vafotidan keyin Samarqand shahriga Go’ri Mir sag’anasiga, Amir Temurning qibla tomoniga dafn etilgan.

 

Yaqinda prezidentimiz SH. Mirziyoevning Sulton Sodot ziyoratgohida bo’lishi, majmuani obodonlashtirish haqidagi topshiriqlari majmua ko’rinishini tubdan o’zgartiradi, degan fikrga olib keladi.

Tarixiy obidalarda olib borilgan darslar talabalarda katta taassurot qoldirdi.

Please follow and like us:
error
Comments are closed
RSS
Follow by Email
FACEBOOK
Twitter
Visit Us
YOUTUBE
PINTEREST
LINKEDIN
INSTAGRAM
Telegram
VK
OK