Afg'oniston fuqarolarini o'qitish ta'lim markaziga tashrif

Afg'oniston fuqarolarini o'qitish ta'lim markaziga tashrif

O’zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2019 yil 27 fevraldagi 14/1-705-son topshirig’iga asosan 2019-2020 o’quv yilidan boshlab xorijlik fuqarolarni to’lov-kontrakt asosida o’qitish qiymatini vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda O’zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan to’lov-kontrakt miqdoridan kam bo’lmagan miqdorda mustaqil belgilash huquqini berish, oliy ta’lim muassasalarini faol reklama qilish orqali xorijiy fuqarolarni O’zbekistonda ta’lim olishga keng jalb etish, O’zbekistonning ta’lim sohasidagi ijobiy imijini shakllantirish ishlarini amalga oshirish vazifalari belgilab berilgan.Ushbu topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida 25 may kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialining professor-o’qituvchilari Afg’oniston fuqarolarini o’qitish ta’lim markaziga tashrif buyurdi. “Qurilish va transport tizimlari” fakul`teti dekani Baxtiyor Xushboqov, “Engil sanoat va kimyo texnologiyalari” fakul`teti dekani o’rinbosari Jasur Rahmonqulov, transport tizimlari va texnologik mashinalar kafedrasi o’qituvchilari Shuhrat Safarov va Jasur Saynazov, filial matbuot kotibi M.Buzrukova dastlab markazda afg’on talabalari uchun yaratilgan sharoit bilan tanishishdi. Shundan so’ng markaz
faollar zalida talabalar bilan uchrashuv o’tkazildi. Uchrashuvni markaz direktori Oybek Ro’ziev ochib, talabalarga mehmonlarni tanishtirdi. B.Xushboqov markaz bitiruvchilariga TDTU Termiz filialida faoliyat olib borayotgan 2 ta fakul`tet, 5 kafedra, 8 ta ta’lim yo’nalishi bo’yicha to’liq ma’lumot berdi. Yangi ta’lim yo’nalishlari ochilishi rejalashtirilayotganligi aytildi.
Filial faoliyati tasvirlangan videorolik talabalarga namoyish etildi, filial o’quv jarayonlarini o’zida mujassamlashtirgan buklet talabalarga tarqatildi. TDTU TF jamoasi markazda ta’lim olayotgan 122 nafar afg’on talabaga o’zi va yurtidagi yoshlarni TDTUTF ga jalb qilishlari, yurtimizda ta’lim olib, har ikki davlat ravnaqi va rivojiga hissa qo’shadigan kadrlar bo’lib yetishishi uchun barcha sharoitlar mavjudligini ta’kidlashdi. Afg’on talabalari uchrashuvdan o’zlariga kerakli ma’lumotlarni olishdi. O’zbek tili ta’lim yo’nalishini bitirayotgan talabalar Asadullo Bashish, Ruhullo Aymoq, Bismillo Nabizoda, Qudratullo Ahmadiy, Said
Jaloliddin, Latifa Nuriy ismli talabalar O’zbekistonda ta’limni davom ettirishni rejalashtirayotganligini ta’kidlab, bu oliygohni tanlashsa, qanday imkoniyat va shartlar bo’lishini haqida aniq savollar bilan murojaat qilishdi va asosli javoblarni olishdi.

Please follow and like us:
error
Comments are closed
RSS
Follow by Email
FACEBOOK
Twitter
Visit Us
YOUTUBE
PINTEREST
LINKEDIN
INSTAGRAM
Telegram
VK
OK