Daily Archive Avgust 24, 2019

Mandat chiqdi!!!

Mandat chiqdi!!!

Test sinovlaring yakuniy javoblari e’lon qilindi.

Abiturientlar o’qishga kirgan yoki kirmaganini cabinet.dtm.uz saytidagi shaxsiy kabineti orqali bilib olishlari mumkin bo’ladi.

Shuningdek, OTMlarga ham natijalarning qog’oz variantlari ilinadi.

Barchaga omad!
Talaba bo’lganlarni chin qalbdan tabriklaymiz!!!

ESLATMA: yo’nalishlar bo’yicha o’tish bali necha ball bo’lganligini bilish uchun shaxsiy kabinetdagi «Tanlagan yo’nalishlari» sahifasiga kirish
kerak.

O’tish balini bilish ko’proq kira olmaganlarga kerak bo’ladi, chunki ular necha ball yetmaganini shu orqali bilishlari mumkin.

«Super kontrakt» narxi qancha va kimlar uchun?

Test natijalari chiqishni boshlagach, abiturientlardan qo’shimcha kontrakt (xalq tilida “super
kontrakt”) haqida savollar ko’paydi. Shularni inobatga olib, qo’shimcha kontrakt haqidagi ayrim
savollarga javob berishga harakat qilaman.

Qo’shimcha kontrakda o’qish uchun necha ball olish kerak?

Farqi yo’q. Testga kirgan bo’lsa, kifoya. 1 ball olgan bo’lsa ham, qo’shimcha kontraktda o’qishi
mumkin. Faqat narxi baliga qarab farq qiladi.

Qo’shimcha kontrakda o’qishni xohlaganlar qachon ariza berish kerak?

O’qishga kira olmagan abiturientlar qo’shimcha kontraktda o’qish uchun test
natijalari e’lon qilingandan boshlab 1 oy ichida ariza berishi kerak.

Ariza qaerga beriladi?

Qo’shimcha kontraktda o’qish istagida bo’lganlar OTM rektori nomiga ariza beradi.

Oshirilgan kontraktning narxi qancha?

Oshirilgan to’lov-kontrakt miqdori amalda o’rnatilgan to’lov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

1-toifa

Kirish chizig’iga 4 ball yetmaganlar nisbatan ancha arzon kontrakt to’laydi. Jumladan:

1 ballgacha yetmagan abiturientlar uchun – 1,5 barobar;

1.1 balldan 2 ballgacha yetmaganlar uchun – 2,0 barobar;

2.1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar uchun – 2,5 barobar;

3.1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar uchun – 3,0 barobar.

Masalan, kirish bali 140 bo’lgan deylik. 139 ball to’plagan abiturient kontraktning 1,5 barobarini to’laydi. Masalan, asli 10 mln so’m kontrakt bo’lsa, 15 mln so’m to’lasa kifoya.

138,9 ball olgan abiturient esa 2 barobarini to’laydi, ya’ni 20 mln so’m. Va h.k.

2-toifa

56,7 balldan ko’p to’plagan, lekin kirish chizig’iga 4 balldan ko’proq yetmay qolgan abiturientlar kontrakt summasining 10 baravaridan 25 baravarigacha miqdorida to’laydi.

Masalan, yana o’sha kirish 140 ball bo’lgan yo’nalishni misol olsak, 135,9 balldan kam 56,7 balldan ko’p to’plaganlar 2-toifaga tushadi.

Joriy yilda 2-toifa uchun narxlar hali tasdiqlanmadi.

3-toifa

56,7 balldan kam to’plaganlar 2-toifadagi super-kontrakt miqdorining 2 barobarini to’lab o’qishlari mumkin. Masalan, oddiy super-kontrakt 15 barobar bo’lsa, 56,7 balldan kam to’plaganlar 30 barobar to’lab, super-muper kontraktda o’qishi mumkin.

Oshirilgan kontrakt har yili to’lanadimi yoki bir marta?

Bir marta to’lanadi. 1-o’quv yilini tugatgandan so’ng keyingi yillarda el qatori oddiy kontraktni to’lab o’qishadi.

Magistraturada ham qo’shimcha qabul bormi?

Ha, bor. Faqat magistraturada bakalavrga o’xshab tabaqalashtirilgan qimmat kontrakt to’lanmaydi, oddiy kontrakt narxi qancha bo’lsa, qo’shimcha qabul qilingan magistrlar ham shuncha to’lashadi.

Super-kontraktni bo’lib-bo’lib to’lasa bo’ladimi?

Yo’q, ming afsuski hozirgi qoidalar bo’yicha super-kontraktni to’liq to’lash talab etiladi. 100% to’langandan keyingina buyruq
chiqariladi. Lekin bo’lib-bo’lib to’lash imkoniyatini yaratish kerak, menimcha.

Super-kontrakt uchun ta’lim krediti olsa bo’ladimi?

Yo’q, super-kontrakt uchun ta’lim krediti berish amaldagi qonunchilikda belgilanmagan.

ESLATMA: 10 yoki 20 barobar degani bu eng kam oylik ish haqiga nisbatan emas, o’sha yo’nalishdagi kontrakt narxiga nisbatan. Ya’ni kontrakt 10 mln so’m bo’lsa, 15 barobar bo’lganda qo’shimcha kontraktda 150 mln so’m to’lanadi.

Please follow and like us:
error

Tags

RSS
Follow by Email
Twitter
Visit Us
Telegram
VK
OK