fbpx

Monthly Archive Mart 2020

Filial malikasi-2020

TDTU Termiz filialida 8 mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan filial talaba-qizlari  ishtirokida “Filial malikasi-2020 ko’rik tanlovi o’tkazildi.  Talaba-qizlarning ilm-fan sohasidagi yutuqlarini namoyon qilish, tadbirkorlik va kasbiy mahoratini oshirish, barcha sohalardagi tashabbuskor, faol jamoatchi qizlarni aniqlash maqsadida tashkil etilgan  tanlovda ishtirokchilar bor mahoratini namoyon etdi. 7 nafar ishtirokchi qiz  “Tanishtiruv”, “Kitobxon”, “Bahor taomlari”,  Erkin mavzu” shartlari bo’yicha bellashdi. Qurilish va transport tizimlari fakulteti 5-18 guruh talabasi Sabohat Bo’rieva g’olib bo’ldi.

 

Please follow and like us:

Osh sayli tashkil etildi

Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialida talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida osh sayli tashkil etildi. Tadbirda barcha gurux o’quvchilari osh tayyorlash san’atlarini namoyish etishdi.

 

Please follow and like us:

Sumalak sayli

Bahor yaqinlashaversa, havodan bodom gullarining, uyg’onayotgan tabiatning, yomg’irning, Ona zaminning ajib hidi tarala boshlaydi. Ana shu totlar orasida SUMALAKning hidi o’zgacha. Bugun tongdan Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali hovlisi ana shu totli hidga burkandi. Filialnnig Yengil sanoat va kimyo texnologiyalari fakulteti rahbariyati, professor-o’qituvchilari, talabalari milliy taom –  Sumalak tayyorlashga kirishishdi. Doshqozon atrofida ezgu niyatlar qilindi, lapar va alyorlar aytildi. Filialning barcha a’zolari hamda talabalar kechki payt osh dasturxoni ustida jamuljam bo’lishdi. Kuy-qo’shiqlar, laparlar sadosi ostida sumalak sayli davom etmoqda…

 

Please follow and like us:

Talabalar uchun tadbir tashkil etildi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali Qurilish va transport tizimlari fakulteti jamoasi Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbus ijrosi doirasida TerDU san’tshunoslik fakultteti talabalari bilan hamkorlikda musiqiy kecha tashkillashtirishdi. Jonli ijroda yangragan kuy va taronalar filialimiz talabalari va professor-o’qituvchilariga ko’tarinkilik ulashdi. San’atkor-talabalar filial ma’muriyati tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Please follow and like us:

RSS
Follow by Email
Share
Telegram
VK
OK