fbpx

“Shuhrating porlasin , toki bor jahon!..”

Har gal davlatimiz madhiyasini tinglar va ijro etar ekanmiz, ko’z oldimizda beixtiyor ona Vatanning go’zal manzaralari namoyon bo’ladi. Madhiyamizning chuqur ma’noga ega satrlari, mardonavor va sohir ohangi bizni sehrlab qo’yadi, qalbimizda Vatanimizdan faxrlanish, bugunimizdan shukronalik va ertamizga ulkan ishonch hissini jo’sh urdiradi.

Bugun erta tongdan Islom Karimov nomidagi TDTU Termiz filiali talabalari va professor-o’qituvchilari direktor B.E.To’raev boshchiligida madhiyamizni kuylaganda ana shunday his-tuyg’ular barchani yana bir bor to’lqinlantirdi.

O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilinganligining 27 yillik bayrami munosabati bilan TDTU Termiz filiali ARMda “Vatan nimadan boshlanadi?” mavzusida tadbir o’tkazildi. Tadbirda vatanni madh etuvchi kitoblar ko’rgazmasi ham tashkil etildi. Madhiyamiz muallifi Abdulla Oripovning she’riy asarlari namoyish etilib, talabalarga bu kitoblarni o’qib chiqish tavsiya etildi. “Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” kafedrasi katta o’qituvchisi B.Abduvohidov ona yurtni sevish va ardoqlash, yurtga munosib farzand bo’lish, puxta bilim egallab, xalq xizmatiga bel bog’lash lozimligi haqida talabalar bilan suhbatlashdi. Shundan so’ng talabalar yuksak ehtirom bilan yana bir bor vatan madhiyasini kuylashdi.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbus ijrosi va madhiyamiz qabul qilingan kun munosabati bilan TDTU Termiz filiali Iqtidorli talabalarning ilmiy faoliyatini tashkil etish bo’limi tomonidan talabalar va professor-o’qituvchilar uchun san’at maktabi o’quvchilari ishtirokida tadbir uyushtirildi. Termiz ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati o’quvchilari tomonidan jonli tarzda ijro etilgan kuy-qo’shiqlar talabalarga ma’naviy zavq bag’ishladi va juda manzur bo’ldi.

 

Please follow and like us:
RSS
Follow by Email
Share
Telegram
VK
OK