Author Archive jamshid

TALABALAR QASAMYODI

20 sentabr kuni Termiz shahar Yoshlar markazida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali talabalarining talabalikka bag’ishlov va faol talabalarni taqdirlash tadbiri bo’lib o’tdi. “Jonajon O’zbekistonim mangu bo’l omon!” shiori ostida o’tkazilgan tantanada beshta muhim tashabbus bo’yicha ko’rgazmalar tashkil etildi. Talabalar uchun kitob yarmarkasi o’tkazildi.
Filial direktori Bahodir Turayev tantanali tadbirni kirish so’zi bilan ochib, barcha talabalarni qutladi.
Surxondaryo viloyati hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha o’rinbosari Chori Begimqulov ham tadbirda ishtirok etib, birinchi kurs talabalarini qutladi va barcha talabalarga muvaffaqiyat tiladi.

 

Please follow and like us:
error

FILIAL HUDUDI GULZORGA AYLANTIRILMOQDA

 

Har bir inson shu kunlarda hovliyu ko’chasini gullar bilan bezatish harakatida. Bu ishlarni bajara turib, ona-tabiatning o’zi mohir musavvir, tengi yo’q dizayner ekanini, undagi ranglaru jilolarni ta’riflashga so’z ojizligini beixtiyor anglab yetadi kishi. Alvon, oppoq, oftob tusli, pushti, gulnor, siyoh rangli, hatto ko’kimtir, tabiatning o’zidan nusxa olgan kabi och yashil, atlas ko’rinishli gullar shoshib, hovliqib, beparvo o’tib ketishga sira qo’ymaydi!

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialida 2019 yil bahori boshlanishi bilanoq manzarali va mevali daraxt hamda gul ko’chatlarini ekish ishlari qizg’in tus oldi. Ko’kalamzorlashtirish, manzarali va mevali daraxt hamda gul ko’chatlarini ekish ishlari uyushqoqlik bilan tashkil etilib, filialda dolzarb 40 kunlik e’lon qilingan.

2 aprel kuni filial direktori B.Turaev, direktor o’rinbosari F.Nosirov, fakul`tet dekanlari, professor-o’qituvchilar, talabalar, filial ishchi xodimlarini keng jalb qilgan holda hashar tashkil qilindi. Ta’lim dargohining kirish darvozasi atrofi landshaftli dizayn asosida sal`viya, begoniya, tagetis, petuniya, rayhon, alissum, georgin kabi gullar bilan bezatildi. Bundan tashqari, mevali va manzarali daraxtlarga ham alohida ishlov berildi. Filial hududini obodonlashtirish ishlari davom etmoqda.

 

Please follow and like us:
error

SAMARQAND VA BUXOROGA SAYOHAT

O’zbekiston Respubilkasi Preizdentining 2018 yil 7 fevraldagi “Ichki turizmni jadal rivojlantirishni taminlash chora tadbirlari to’g’risda”gi PQ-3514-sonli Qarori ijrosini taminlash maqsadida 2019 yil 29 mart kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali Qurulish va transport tizimlari fakul’teti 2-17 guruh talabalari uchun Samarqand va Buxoro shaxrlariga sayohat uyushtirildi.

Guruh murabbiyi Jasur Saynazov boshchiligida talabalar Imom al Buxoriy majmuasi, Amir Temur maqbarasi, Bibixonim masjidi hamda birinchi prezidentimiz Islom Karimov qadamjolari ziyorat qilishdi. Buxorodagi Bahouddin Naqshband va Etti Pir ziyoratgohi, Labihovuz majmuasidan olingan ulkan taassurotlar talabalar uchun katta tarixiy bilim va ma’naviy manba bo’lib xizmat qilishi shubhasiz.

Please follow and like us:
error

Festival mehmonlari kutib olindi

Joriy yilning 5-10 aprel kunlari Termiz shahrida bo’lib o’tadigan Xalqaro baxshichilik san’ati festivaliga tashrif buyuruvchilarni kutib olish boshlandi. Mamlakatimizda ilk marta o’tkazilayotgan bu anjumanga viloyat hokimligi va har bir tashkilot, jumladan filialimiz tomonidan ham puxta hozirlik ko’rildi.

.

Bugun erta tongdan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali talabalari ham Termiz vokzalida mehmonlarni kutib olish marosimida ishtirok etishdi. Filial TTJga mehmonlar kelib joylashishdi. Xalqaro festivalni yuksak saviyada o’tkazish uchun har birimiz mas’ulmiz.

Please follow and like us:
error

Akademik Saidahror G’ulomov bilan uchrashuv

Akademik Saidahror G’ulomov bilan uchrashuv

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialiga O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi Saidahror Saidahmedovich G’ulomov tashrif buyurdi. Kuchli ilmiy salohiyat, boy hayotiy tajribaga ega olim inson miyasi, iste’dodini tarbiyalash, ulug’ bobolarimiz Xorazmiy, ibn Sino kabi nodir iste’dod sohiblarini yuzaga chiqarishda qanday omillarga e’tibor qaratish kerakligi bo’yicha ko’plab takliflarni ishlab chiqqan. Filial professor-o’qituvchilari, talabalar akademikning ma’ruzasidan, hayotiy misollaridan o’zlariga ko’plab ma’lumotlarni olishdi.

Please follow and like us:
error

RSS
Follow by Email
Twitter
Visit Us
Telegram
VK
OK