Author Archive mohitobon

Ислом Каримов номидаги Тошкент давлат техника университети Термиз филиали директорининг Ўзбекистон Республикаси Мустақиллигининг 28 йиллиги муносабати билан байрам табриги

 

Ассалому алайкум, азиз юртдошлар

филиалимизнинг барча профессор-ўқитувчилари, жонкуяр ходимлари ҳамда қадрли талабаларимиз!

Барчангизни юртимизда муносиб нишонланаётган энг улуғ, энг азиз байрамимиз – мустақиллигимизнинг 28 йиллиги байрами билан самимий қутлайман!

Шу юртда яшаётган ҳар бир инсоннинг кўнглида, иш жойида, уйида бугун байрам кайфияти ҳукмрон.

Сабаби, Мустақиллигимизнинг 28 йиллик тантаналари давом этяпти. Турли янги иншоотларнинг очилиш маросими, халқаро фестиваллар ўтказилди. Бу жараёнларнинг баъзилари ичидамиз, бошқаларини телевизор ёки интернетдан кўриб, қувонамиз, кўнгил беихтиёр ғурур-ифтихор, шодликка тўлади. Айниқса бу йил талабалик бахтига эришганлар учун шу кунларда қўшалоқ байрам, ҳаяжон оғушида улар. Жумладан, Сурхондарё вилоятида янги ташкил этилган ОТМлардан бири Ислом Каримов номидаги Тошкент давлат техника университети Термиз филиалида ҳам талабалардан ҳужжатларни қабул қилиш, янги ўқув йилига муносиб тайёргарликни охирига етказиш ишлари авжида. Ташкил этилганидан буён ўтган икки йил давомида 750 дан ошиқ талабани ўқитиб, тарбиялаётган таълим масканига бу йил давлат квотаси асосида ўнта йўналиш учун  470 нафар талаба қабул қилиш белгиланганди. 24 август куни эълон қилинган мандат натижаларига кўра, яна қўшимча 23 нафар талаба турли имтиёзлар доирасида ўқишга қабул қилинди.

Берилаётган бу имтиёзлар, юртимизда олий таълим соҳасига бўлаётган эътибор ва талабнинг ошаётганлиги барчамиздан янада ғайрат-шижоат, билим ва масъулият билан ишлашни талаб этади.    

Ватанимиз келажаги учун фидокорона хизмат қиладиган, чуқур билим ва юксак маънавиятга эга баркамол авлодни тарбиялаш филиалда фаолият юритаётган ҳар бир профессор-ўқитувчининг асосий мақсадидир.

Яна бир мартоба Юртимиз мустақиллигининг йигирма саккиз йиллик шодиёналари барчангизга муборак бўлсин ва келгуси 2019-2020 ўқув йили барчамиз учун самарали ва ютуқларга бой бўлсин!

Баҳодир Тураев, Ислом Каримов номидаги Тошкент давлат техника университети Термиз филиали директори

Please follow and like us:
error

Filial direktori Bahodir Turaev 2019/2020 о‘quv yilida talabalikka qabul qilingan yoshlarning ota-onalariga tabrik yо‘lladi

Hurmatli ota-onalar!

Sizlarni mustaqilligimizning 28 yillik bayrami bilan hamda farzandingiz Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialiga talabalikka qabul qilinganligi bilan samimiy muborakbod etamiz!

Farzandingizga Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialida tanlagan yо‘nalishi bо‘yicha tо‘laqonli bilim olishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

Sizlarning Vatanimiz kelajagi uchun fidokorona xizmat qiladigan, chuqur bilim va yuksak ma’naviyatga ega barkamol avlodni tarbiyalashda biz bilan yaqindan hamkorlik qilishlaringizga ishonamiz.

Hurmat bilan,

 

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali direktori B.Turaev

 

Please follow and like us:
error

Mandat chiqdi!!!

Mandat chiqdi!!!

Test sinovlaring yakuniy javoblari e’lon qilindi.

Abiturientlar o’qishga kirgan yoki kirmaganini cabinet.dtm.uz saytidagi shaxsiy kabineti orqali bilib olishlari mumkin bo’ladi.

Shuningdek, OTMlarga ham natijalarning qog’oz variantlari ilinadi.

Barchaga omad!
Talaba bo’lganlarni chin qalbdan tabriklaymiz!!!

ESLATMA: yo’nalishlar bo’yicha o’tish bali necha ball bo’lganligini bilish uchun shaxsiy kabinetdagi «Tanlagan yo’nalishlari» sahifasiga kirish
kerak.

O’tish balini bilish ko’proq kira olmaganlarga kerak bo’ladi, chunki ular necha ball yetmaganini shu orqali bilishlari mumkin.

«Super kontrakt» narxi qancha va kimlar uchun?

Test natijalari chiqishni boshlagach, abiturientlardan qo’shimcha kontrakt (xalq tilida “super
kontrakt”) haqida savollar ko’paydi. Shularni inobatga olib, qo’shimcha kontrakt haqidagi ayrim
savollarga javob berishga harakat qilaman.

Qo’shimcha kontrakda o’qish uchun necha ball olish kerak?

Farqi yo’q. Testga kirgan bo’lsa, kifoya. 1 ball olgan bo’lsa ham, qo’shimcha kontraktda o’qishi
mumkin. Faqat narxi baliga qarab farq qiladi.

Qo’shimcha kontrakda o’qishni xohlaganlar qachon ariza berish kerak?

O’qishga kira olmagan abiturientlar qo’shimcha kontraktda o’qish uchun test
natijalari e’lon qilingandan boshlab 1 oy ichida ariza berishi kerak.

Ariza qaerga beriladi?

Qo’shimcha kontraktda o’qish istagida bo’lganlar OTM rektori nomiga ariza beradi.

Oshirilgan kontraktning narxi qancha?

Oshirilgan to’lov-kontrakt miqdori amalda o’rnatilgan to’lov-kontrakt miqdoriga nisbatan quyidagi miqdorlarda belgilanadi:

1-toifa

Kirish chizig’iga 4 ball yetmaganlar nisbatan ancha arzon kontrakt to’laydi. Jumladan:

1 ballgacha yetmagan abiturientlar uchun – 1,5 barobar;

1.1 balldan 2 ballgacha yetmaganlar uchun – 2,0 barobar;

2.1 balldan 3 ballgacha yetmaganlar uchun – 2,5 barobar;

3.1 balldan 4 ballgacha yetmaganlar uchun – 3,0 barobar.

Masalan, kirish bali 140 bo’lgan deylik. 139 ball to’plagan abiturient kontraktning 1,5 barobarini to’laydi. Masalan, asli 10 mln so’m kontrakt bo’lsa, 15 mln so’m to’lasa kifoya.

138,9 ball olgan abiturient esa 2 barobarini to’laydi, ya’ni 20 mln so’m. Va h.k.

2-toifa

56,7 balldan ko’p to’plagan, lekin kirish chizig’iga 4 balldan ko’proq yetmay qolgan abiturientlar kontrakt summasining 10 baravaridan 25 baravarigacha miqdorida to’laydi.

Masalan, yana o’sha kirish 140 ball bo’lgan yo’nalishni misol olsak, 135,9 balldan kam 56,7 balldan ko’p to’plaganlar 2-toifaga tushadi.

Joriy yilda 2-toifa uchun narxlar hali tasdiqlanmadi.

3-toifa

56,7 balldan kam to’plaganlar 2-toifadagi super-kontrakt miqdorining 2 barobarini to’lab o’qishlari mumkin. Masalan, oddiy super-kontrakt 15 barobar bo’lsa, 56,7 balldan kam to’plaganlar 30 barobar to’lab, super-muper kontraktda o’qishi mumkin.

Oshirilgan kontrakt har yili to’lanadimi yoki bir marta?

Bir marta to’lanadi. 1-o’quv yilini tugatgandan so’ng keyingi yillarda el qatori oddiy kontraktni to’lab o’qishadi.

Magistraturada ham qo’shimcha qabul bormi?

Ha, bor. Faqat magistraturada bakalavrga o’xshab tabaqalashtirilgan qimmat kontrakt to’lanmaydi, oddiy kontrakt narxi qancha bo’lsa, qo’shimcha qabul qilingan magistrlar ham shuncha to’lashadi.

Super-kontraktni bo’lib-bo’lib to’lasa bo’ladimi?

Yo’q, ming afsuski hozirgi qoidalar bo’yicha super-kontraktni to’liq to’lash talab etiladi. 100% to’langandan keyingina buyruq
chiqariladi. Lekin bo’lib-bo’lib to’lash imkoniyatini yaratish kerak, menimcha.

Super-kontrakt uchun ta’lim krediti olsa bo’ladimi?

Yo’q, super-kontrakt uchun ta’lim krediti berish amaldagi qonunchilikda belgilanmagan.

ESLATMA: 10 yoki 20 barobar degani bu eng kam oylik ish haqiga nisbatan emas, o’sha yo’nalishdagi kontrakt narxiga nisbatan. Ya’ni kontrakt 10 mln so’m bo’lsa, 15 barobar bo’lganda qo’shimcha kontraktda 150 mln so’m to’lanadi.

Please follow and like us:
error

Tags

Yangi o'quv yili boshlanishiga oz fursat qoldi

Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамаси томонидан 2019 йил 3 июлда республика олий таълим муассасаларида 2019-2020 ўқув йилига муносиб тайёргарлик кўриш ва уларда ахборот-коммуникация технологияларини янада ривожлантириш масалаларида видеоселектор ўтказилганди. Видеоселектор йиғилиши баёни ижросини таъминлаш мақсадида Ислом Каримов номидаги ТДТУ Термиз филиалида талабалардан иборат “Бунёдкор муҳандис” қурилиш меҳнат отрядлари ташкил этилди. Бу отрядларда талабалар ва устоз мураббийлар фаол қатнашиб, филиалнинг барча ўқув аудиторияларини янги ўқув йилига тайёрлаб, таъмирдан чиқаришди. Айни кунларда ТДТУ термиз филиалининг барча ўқув аудиториялари, кафедралар, профессор-ўқитувчилар хоналари, кутубхоналарда сўнгги тозалаш, жиҳозларни жойлаштириш ишлари амалга оширилмоқда. Ўқитувчилар, филиал техник ходимлари, талабалар янги ўқув йилиги оз фурсат қолганлигини инобатга олиб, тиним билмай ишларни якунлаш арафасида.

Please follow and like us:
error

Test sinovlari yakunlandi

Test sinovlari yakunlandi

Joriy yil 15 avgust kuni oliy ta’lim muassasalari bakalaviryatiga kirish  test sinovlari barcha xududlarda to’liq yakunlandi.

DTM yakuniy statistik raqamlarni e’lon qildi:

Surxondaryo viloyatida – 8 avgust kuni test sinovlari yakunlandi.

Abiturentlarning 76 ming 186 nafaridan 74 ming 607 nafari test sinovlarida ishtirok etdi.

Sirdaryo viloyatida-10 avgust kuni test sinovlari yakunlandi.

Abiturentlarning 33 ming 758 nafaridan 31 ming 929 nafari test sinovlarida ishtirok etdi.

Namangan viloyatida-10 avgust kuni test sinovlari yakunlandi.

Abiturentlarning 61 ming 451 nafaridan 59 ming 591 nafari test sinovlarida ishtirok etdi.

Toshkent shaxrida-10 avgust kuni test sinovlari yakunlandi.

Abiturentlarning 211 ming 93 nafaridan 209 ming 369 nafari test sinovlarida ishtirok etdi.

Qashqadaryo viloyatida-12 avgust kuni test sinovlari yakunlandi.

Abiturentlarning 87 ming 184 nafaridan 85 ming 222 nafari test sinovlarida ishtirok etdi.

Navoiy viloyatida-13 avgust kuni test sinovlari yakunlandi.

Abiturentlarning 39 ming 434 nafaridan 38 ming 781 nafari test sinovlarida ishtirok etdi.

Farg’ona viloyatida-13 avgust kuni test sinovlari yakunlandi.

Abiturentlarning 89 ming 875 nafaridan 87 ming 303 nafari test sinovlarida ishtirok etdi.

Jizzax viloyatida-13 avgust kuni test sinovlari yakunlandi.

Abiturentlarning 55 ming 942 nafaridan 54 ming 545 nafari test sinovlarida ishtirok etdi.

Andijon viloyatida-14 avgust kuni test sinovlari yakunlandi.

Abiturentlarning 73 ming 713 nafaridan 71 ming 812 nafari test sinovlarida ishtirok etdi.

Xorazim viloyatida-14 avgust kuni test sinovlari yakunlandi.

Abiturentlarning 55 ming 295 nafaridan 53 ming 685 nafari test sinovlarida ishtirok etdi.

Samarqand viloyatida-14 avgust kuni test sinovlari yakunlandi.

Abiturentlarning 96 ming 197 nafaridan 93 ming 800 nafari test sinovlarida ishtirok etdi.

Qoraqalpog’iston Respublikasida-14 avgust kuni test sinovlari yakunlandi.

Abiturentlarning 52 ming 292 nafaridan 51 ming 442 nafari test sinovlarida ishtirok etdi.

Buxoro viloyatida-15 avgust kuni test sinovlari yakunlandi.

Abiturentlarning 47 ming 049 nafaridan 46 ming 109 nafari test sinovlarida ishtirok etdi.

 

Please follow and like us:
error

Tags

“Замонавий билим оламиз, коррупцияга йўл қўймаймиз”

4 июн куни ТДТУ Термиз филиали Енгил саноат ва кимё технологиялари факультети талабалари билан филиал директори Б.Тураев учрашув ўтказди. Учрашув самимий руҳда ўтди, асосий мавзу таълим тизимида олиб борилаётган ислоҳотлар, эскича ўқитиш методларидан воз кечиб, янгича, замонавий усуллар орқали таълим олиш зарурлигигига қаратилди. Юртимизда тўқимачилик саноатини ривожлантириш соҳасида олиб борилаётган кенг кўламли ишлар натижасида айни шу факультетни битирадиган мутахасисларга эҳтиёж зарурлигини, янгидан яратилаётган завод ва фабрикаларга ўрнатиладиган замонавий русумдаги тикув дастгоҳларини бошқара оладиган, компьютерлашган техникаларни яратадиган мутахасcислар зарурлигини таъкидлади. Шунингдек, филиал раҳбари талабаларни коррупциянинг олдини олиш, фанлардан якуний назорат ишлари баҳосини олиш чоғида турли ноқонуний йўлларни қўллашдан воз кечишга чақирди. Талабалардан ўқитувчилар орасида тамагирлик ҳолатлари учраганда филиал директорига мурожаат қилиши сўралди.

Please follow and like us:
error

Янги технологияларни бошқара оладиган кадрлар керак.

29 май куни Ўзбекистон Республикаси Фанлар Академияси академиклари Юсупбеков Нодирбек Рустамбекович ва Игамбердиев Ҳусан Зокирович ТДТУ Термиз филиали талабалари билан очиқ мулоқот ўтказишди. Академик Н.Юсупбеков бой ҳаётий тажрибаси, кўп йиллик педагогик фаолиятидан талабаларга жонли мисоллар орқали гапириб берди. Бугунги кунда илм-фан соҳасида шиддат билан ривожланиб бораётган жараёнлар, юртимизда қурилаётган янги иншоотлар, уларни бошқарадиган кучли ва салоҳиятли кадрларга эҳтиёж ортиб боришини айтиб, техника, кимё технологияси, электороника, автоматика соҳаларини пухта эгаллаш лозимлигини таъкидлади. Талабаларга биринчи курсданоқ бугунги имкониятлардан фойдаланиб, яъни интернетдан вақт ўтказиш учун эмас, илм-фан соҳасидаги янгиликларни мунтазам кузатиб, янги яратилаётган технологиялар, уларни бошқариш ҳақидаги маълумотлар билан қизиқиб, шундай инновацион ғоялар билан чиқиш лозимлигини таъкидлади.

 

 

Please follow and like us:
error

Оммавий спорт тадбири.

Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М.Мирзиёев томонидан ижтимоий, маънавий-маърифий соҳалардаги ишларни янги тизим асосида йўлга қўйиш бўйича илгари сурилган 5 та муҳим ташаббусга йўналтирилган тадбирлар доирасида бугун эрта тонг 6.00 да Термиз шаҳридаги “Сурхон” спорт  мажмуасида ташкиллаштирилган оммавий спорт тадбирида иштирок этиш учун Ислом Каримов номидаги Тошкент давлат техника университети Термиз филиалининг барча профессор-ўқитувчилари,  талабалари стадионда жам бўлишди. Оммавий тарзда спорт ва бадантардия машғулотлари билан шуғулланган талаба ва ўқитувчилар кунни ана шундай тетиклик ва кўтаринкилик билан бошлашди. Бундай тадбирлар ёшларимизнинг соғлом, бақувват бўлишига хизмат қилиб асосийси ҳаётга қарашини ўзгартириши шубҳасиз.

 

Please follow and like us:
error

Murabbiy-o'qituvchi o'z kasbiga loyiq bo'lsin

24 may kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialiga tayanch universitet Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti murabbiylar kengashi raisi Furqat Zokirov, geologiya qidiruv fakul`teti dekani o’rinbosari Jonibek Tursunov tashrif buyurdi.

Tajribali mutaxassislar dastlab filial rahbariyati bilan birgalikda OTMda olib borilayotgan ish faoliyati, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy ishlarning qay darajada yo’lga qo’yilganligi bilan tanishishdi. Shundan so’ng filial dekanlari, kafedra mudirlari ishtirokida yig’ilish o’tkazildi. TDTU Murabbiylar kengashi raisi Furqat Zokirov bugungi kunda OTMda axborot va murabbiylik soatining o’tilishi, talabalar uchun bu darslarning nechog’li
ahamiyatga egaligi, haftalik axborotning talabalarga yetib borishi lozimligi haqida gapirib o’tdi. Shiddat bilan rivojlanayotgan, islohotlar ko’lami barcha sohalarda keng tadbiq etilayotgan yurtimizda bugungi kunda Prezidentimizning olib borayotgan siyosati, ayniqsa, yoshlarga qaratilayotgan e’tibor haqida so’zlab, ta’lim va tarbiya yagona tizim orqali olib borilishini tushuntirib o’tdi.

 

Please follow and like us:
error

Sport kompleksida dars o'tkazildi

Vazirlikning “Oliy ta’lim muassasalarida dars mashg’ulotlarini mavzular bo’yicha tegishli joylarda sayyor o’tkazilishini ta’minlash to’g’risida” joriy yilning 13-apreldagi 340-son buyrug’ining 3-bandi bilan vazirlik axborot xizmati va OTM rahbarlariga dars mashg’ulotlarining tegishli joylarda sayyor o’tkazilganligi to’g’risida muntazam ommaviy axborot vositalarida yoritib borilishini ta’minlash topshirig’i berilgan.

Shunga asosan, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali Yengil sanoat va kimyoviy texnologiyalar fakul`teti 9-18 guruh talabalari jismoniy tarbiya va sport fanidan o’qituvchi Shamsiddin Alimov rahbarligida “Surxon” sport majmuasida dars mashg’ulotlarini o’tkazishdi. Darsda sport inshootlari va sportning turlari, yangi zamonaviy imkoniyatlar, bugungi kunda sportga berilayotgan e’tibor haqida o’qituvchi talabalarga sayyor darsda ma’lumot berdi. Sport majmuasida o’tkazilgan dars talabalarda yaxshi taassurot qoldirdi.

 

Please follow and like us:
error

RSS
Follow by Email
Twitter
Visit Us
Telegram
VK
OK