Category Archive BAKALAVRIYAT

Zulfiyaxonim izdoshlari

 

 

Yurtimizda bejizga bahor faslini intiqlik va orziqish bilan kutishmaydi. Bahor nafaqat olamga, balki ruhimizgada yangilanish olib kiradi. Daraxt novdalariga tiriklik suvi yugurgani misol ko’zlarimizga nur, qalblarimizga surur, bilaklarimizga kuch, yuraklarimizga muhabbat inadi. Hademay olam yashillikka burkanadi. Bahor Surxondaryodan boshlanadi… Jarqo’rg’on qirlari, Qumqo’rg’on adirlari, Boysun tog’lari, Termiz ko’chalari yashil libos kiyganiga ancha bo’ldi… Taqvimdagi bahorning ilk kuni – 1 mart sanasida yana bir muhim tadbir yurtimiz bo’ylab keng nishonlanadi. 1 mart – O’zbekiston xalq shoirasi, taniqli jamoat arbobi, o’zbek adabiyotininig zabardast vakilasi Zulfiyaxonim tavallud kuni. Zulfiya Isroilova tavalludining 104 yilligi munosabati bilan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialida “Ayol borki – olam munavvar” deb nomlangan ma’rifiy tadbir o’tkazildi. Filial boshlang’ich xotin-qizlar tashkiloti, Yoshlar bilash ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi, talabalar, murabbiylar tomonidan tashkil etilgan bu tadbir barcha ishtirokchilarga manzur bo’ldi. Vafo va sadoqat kuychisi Zulfiyaxonim izdoshlari bo’lgan 4 nafar talaba qiz, turli shartlar bo’yicha bellashib, o’z mahoratini namoyon etishdi. Qizlarning she’riyat, pazandalik, ro’zg’or tutish san’ati, chaqqonlik, saranjom-sarishtalik xislatlari, Zulfiyaxonim ijodi haqidagi bilimlari, erkin mavzuda tayyorlagan ijod namunalari filialda faoliyat yuritayotgan ustoz-murabbiylar tomonidan munosib baholandi.

–        Yurtimizning har bir qizi Zulfiyadek vatanparvar, mustahkam irodali, teran ma’naviyatli shaxs bo’lishni orzu qiladi, – deydi filial boshlang’ich Xotin-qizlar tashkiloti raisasi Lobarxon Eryigitova. – Bunday yuksak mukofotga munosiblik mas’uliyati doim izlanishda bo’lishga, fidoyilikka, jamiyat oldidagi ijtimoiy burchimizni teran anglashga chorlaydi. Sevimli shoiramiz betakror iste’dodi, Vatanga va insonga muhabbat, vafo va sadoqat tuyg’usini, olijanob fazilatlarni yuksak tarannum etgan mukammal badiiy asarlari, ibratli hayot yo’li, ijtimoiy faoliyati bilan milliy madaniyatimiz, adabiyotimizga katta hissa qo’shgan ijodkor sifatida xalqimiz qalbidan o’rin olgan. Zulfiyaxonimning nafis she’riyati ona Vatanga, borliq va tabiatga, insonga cheksiz mehr, samimiyat, bahoriy haroratga limmo-limligi bilan qadrlidir. Shoiraning otashin misralari nainki yurtimizda, balki xorijda ham ma’lum va mashhurdir. Tadbirda ishtirok etgan filial talabalari Munira Ramazonova, Marjona Nurxonova, Gulsara Omonturdieva, Sayyora Begimova o’z chiqishlari bilan barchaning olqishiga sazovor bo’lishdi va Zulfiyaxonimning munosib izdoshi ekanligini namoyon etishdi. Talaba-qizlarga OTM rahbariyatining esdalik sovg’alari va faxriy yorliqlari topshirildi

Please follow and like us:
error

Tags

RSS
Follow by Email
Twitter
Visit Us
Telegram
VK
OK