Category Archive UCHRASHUVLAR

Ekolog muhandislarga ehtiyoj ortib boraveradi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialiga poytaxtdan, tayanch oliygoh Toshkent davlat texnika niversitetidan tajribali ustozlar tashrif buyurishdi. TDTU Muhandislik texnologiyalari fakulteti “ekologiya va atrof-muhit muhofazasi” kafedrasi mudiri, texnika fanlari doktori Latofat raximova va kafedra dotsenti Indira Ayubova tajriba almashish, o’quv-ilmiy jarayonlar balin tanishish maqsadida dastlab filialdagi kimyo kafedrasi professor-o’qituvchilari bilan suhbatlashishdi. Laboratoriya xonalari, u yerdagi jihozlar , sharoit bilan tanishib, taklif va tavsiyalar berishdi.

Shundan so’ng 1-2-kurs talabalari bilan ochiq muloqot o’tkazildi. Ustoz murabbiylar talabalarni ilmiy tadqiqot ishlari bilan shug’ullanishga jalb etib, magistraturaga kirish uchun tayyorgarlikni hozirdanoq boshlash kerakligini ta’kidlashdi. Ekologiya yo’nalishda tahsil olayotgan filial talabalarining Toshkenda amaliyot o’tashi uchun hamkorlik ishlari olib borilayotganligi ta’kidlandi. Talabalar bu imkoniyatdan albatta foydalanamiz, deyishdi.

Shundan so’ng filial qoshidagi akademik litsey bitiruvchilari uchun ham uchrashuv o’tkazildi. Litsey bitiruvchilari ushbu yo’nalish, ya’ni injener-ekolog mutaxassisligini egallashga da’vat etib, TDTU va oliygohning viloyatlardagi filiallarida ushbu yo’nalish bo’yicha mustahkam va zamonaviy talablar asosida bilim berish uchun barcha sharoitlar yetarli ekanligini ta’kidlaashdi. Litsey bitiruvchilari ushbu mutaxassislining asosiy vazifasi va uning imkoniyatlari haqida o’zlarini qiziqtirgan savollarga tajribali ustozlardan javob olishdi.

Please follow and like us:
error

Ufa davlat neft-texnika universiteti – mexmonimiz.

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialiga Ufa davlat neft0texnika universiteti professori, texnika fanlari doktori Ne’matjon Raximov tashrif buyurdi. Tajribali ustoz dastlab filialda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi, professor o’qituvchilar, talabalar bilan suhbatlashdi. Kerakli tavsiya va takliflar berdi. Shundan so’ng filial faollar zalida professor “Yorug’lik diodlari va ularni qo’llash” mavzusida talabalar va professor-o’qituvchilarga ma’ruza o’qidi. Yangi innovatsion texnologiyalar, zamonaviy ta’limning xususiyatlari, umumiy fizikaning mohiyati haqidagi qiziqarli ma’lumotlar talabalar va professor-o’qituvchilarga manzur bo’ldi.

Please follow and like us:
error

Tags

TDTU va ITU hamkorligi

Туркиянинг Истамбул техника университети билан Тошкент давлат техник университети ўртасидаги ҳамкорликка тамал тоши қўйилди

(more…)

Please follow and like us:
error

Read More

Seminar

 “OLIY TA’LIMNI RIVOJLANTIRISHNING ZAMONAVIY TENDENSIYALARI: XALQARO TAJRIBALAR VA O’ZBEKISTON AMALIYOTI”

(more…)

Please follow and like us:
error

Tags Read More

Davra suhbati

Бугун Тошкент давлат техника университети Термиз филиалида хорижий олий таълим муассасалари билан ҳамкорлик алоқаларини ташкил этиш мақсадида давра сухабати ўтказилди.

Давра сухбатини филиал директори в/б Ф.Носиров кириш сўзи билан очди.
Ф.Носиров ўз сўзида ҳозирги кунда мамалкатимизда таълим соҳасида амалга оширилаётган изчил ислоҳотлар ҳақида фикр билдириб, хорижий таълим муасссасалари билан олиб борилаётган алоқалар ҳақида тўхталиб ўтди.  
         Шундан сўнг Туркистон шаҳар Хўжа Ахмад Яссавий номидаги Қозоқ-Турк Халқаро университети прфессори Турмамбетов Торебай Абдурахманович сўзга чиқди.
        Турмамбетов Торебай Абдурахманович ўз сўзи давомида  икки давлат ўртасида таълим соҳасида олиб борилаётган ишлар ҳақида маъруза қилди.
        Шунингдек ушбу тадбирда Чимкент шаҳар Мухтор Авезов номидаги Жанубий Қозоғистон давлат университети профессори Саидахмедов Пўлат Алтибаевич ҳам маъруза қилди ҳамда профессор-ўқитувчилар ва талабаларнинг қизиқтирган саволларига жавоб берди.
         Бундан ташқари ушбу тадбирда Тошкент давлат техника университети професорлари Б.Умрзоқов ва А.Рисбаевлар ҳам иштирок этишди.
        Тадбирдан сўнг меҳмонлар Филиалимиз моддий-техник базаси, яратилган шарт-шароитлар билан танишди ва талабаларимиз учун аудиторияларда маъруза ўқишди.

 

Please follow and like us:
error

Tags

RSS
Follow by Email
Twitter
Visit Us
Telegram
VK
OK