fbpx

Sumalak sayli

Bahor yaqinlashaversa, havodan bodom gullarining, uyg’onayotgan tabiatning, yomg’irning, Ona zaminning ajib hidi tarala boshlaydi. Ana shu totlar orasida SUMALAKning hidi o’zgacha. Bugun tongdan Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali hovlisi ana shu totli hidga burkandi. Filialnnig Yengil sanoat va kimyo texnologiyalari fakulteti rahbariyati, professor-o’qituvchilari, talabalari milliy taom –  Sumalak tayyorlashga kirishishdi. Doshqozon atrofida ezgu niyatlar qilindi, lapar va alyorlar aytildi. Filialning barcha a’zolari hamda talabalar kechki payt osh dasturxoni ustida jamuljam bo’lishdi. Kuy-qo’shiqlar, laparlar sadosi ostida sumalak sayli davom etmoqda…

 

Please follow and like us:
RSS
Follow by Email
Share
Telegram
VK
OK