ДЕЯТЕЛЬНОСТЬ

“Shuhrating porlasin , toki bor jahon!..”

Har gal davlatimiz madhiyasini tinglar va ijro etar ekanmiz, ko’z oldimizda beixtiyor ona Vatanning go’zal manzaralari namoyon bo’ladi. Madhiyamizning chuqur ma’noga ega satrlari, mardonavor va sohir ohangi bizni sehrlab qo’yadi, qalbimizda Vatanimizdan faxrlanish, bugunimizdan shukronalik va ertamizga ulkan ishonch hissini jo’sh urdiradi.

Bugun erta tongdan Islom Karimov nomidagi TDTU Termiz filiali talabalari va professor-o’qituvchilari direktor B.E.To’raev boshchiligida madhiyamizni kuylaganda ana shunday his-tuyg’ular barchani yana bir bor to’lqinlantirdi.

O’zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilinganligining 27 yillik bayrami munosabati bilan TDTU Termiz filiali ARMda “Vatan nimadan boshlanadi?” mavzusida tadbir o’tkazildi. Tadbirda vatanni madh etuvchi kitoblar ko’rgazmasi ham tashkil etildi. Madhiyamiz muallifi Abdulla Oripovning she’riy asarlari namoyish etilib, talabalarga bu kitoblarni o’qib chiqish tavsiya etildi. “Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar” kafedrasi katta o’qituvchisi B.Abduvohidov ona yurtni sevish va ardoqlash, yurtga munosib farzand bo’lish, puxta bilim egallab, xalq xizmatiga bel bog’lash lozimligi haqida talabalar bilan suhbatlashdi. Shundan so’ng talabalar yuksak ehtirom bilan yana bir bor vatan madhiyasini kuylashdi.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan besh muhim tashabbus ijrosi va madhiyamiz qabul qilingan kun munosabati bilan TDTU Termiz filiali Iqtidorli talabalarning ilmiy faoliyatini tashkil etish bo’limi tomonidan talabalar va professor-o’qituvchilar uchun san’at maktabi o’quvchilari ishtirokida tadbir uyushtirildi. Termiz ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati o’quvchilari tomonidan jonli tarzda ijro etilgan kuy-qo’shiqlar talabalarga ma’naviy zavq bag’ishladi va juda manzur bo’ldi.

 

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligi munosabati bilan tadbir o'tkazildi

Bugun Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali ARM xodimlari tomonidan O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi!” mavzusida talabalar o’rtasida davra suhbati o’tkazldi.

Davra suhbatida ARM xodimlaridan Z.Sattarova talabalarni bayram bilan tabriklab, Konstitutsiyamizga oid kitoblar bilan tanishtirib o’tdi va ularga konstitutsiyamizning moddalari to’g’risida tushunchalar berdi. Ushbu davra suhbatiga Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasi o’qituvchisi Meluqulova Malika taklif etildi. M.Meliqulova so’zga chiqib, talabalarga konstitutsiyamiz tarixi haqida ma’lumotlar berib o’tdi.

   

 

TDTU Termiz filiali direktori Bahodir Ergashovich Turayevning Rossiya Federatsiyasi Boshqartiston Respublikasining UFA davlat neft texnikasi universiteti Oktyabrsk filialiga tashrifi

O’zbekiston Respublikasining 2019 yil 6 fevraldagi O’RQ-518-son “O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to’g’risida”gi Qonuni va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 maydagi
PQ-3698-son “Iqtisodiyot tarmoqlari va sohalariga innovatsiyalarni joriy etish mexanizmlarini takomillashtirish bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qaroriga asosan, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali va Rossiya Federatsiyasi Boshqartiston Respublikasining UFA davlat neft texnikasi universiteti Oktyabrsk filiali o’rtasida o’zaro kelishilgan hamkorlik memorandumi imzolangan.

Rossiya Federatsiyasi Boshqartiston Respublikasining UFA davlat neft texnika universiteti Oktyabrsk filiali, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali bilan hamkorlikni yanada rivojlantirishga qiziqishini bildirgan.

Tuzilgan  memorandum ijrosi doirasida joriy yilninig  20-27 noyabir kunlari Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali direktori Bahodir Turayev Rossiya Federatsiyasi Boshqartiston Respublikasining UFA davlat neft texnika universiteti Oktyabrsk filialida xizmat safarida bo’ldi va filial direktori Vyacheslav Muhamedshin bilan uchrashdi.

Uchrashuvda ikki tomonning hamkorligida oliy ta’lim tizimi o’quv adabiyotlarining yangi avlodini hamkorlikda yaratish, xalqaro loyihalarda birgalikda ishtirok etish, ilmiy mavzularni tanlash va ilmiy rahbarlik qilish va ma’ruzalar o’qish hamda hamkorlikda kadrlar tayyorlash bo’yicha o’zaro fikirlar almashildi.

Oktyabrsk filiali direktori Vyacheslav Muhamedshin Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali bilan hamkorlikda talabalar almashinuvi hamda qo’shma ta’lim dasturlari borasidagi fikr mulohazalarga katta qiziqish bildirdi.

Tashrif davomida TDTU Termiz filial direktori Bahodir Turayev 23-25 noyabir kunlari Rossiya Federatsiyasi Boshqartiston Respublikasining UFA davlat neft texnika universiteti Oktyabrsk filiali talabalariga ma’ruzalar o’qildi.

Samimiy ruhda o’tgan uchrashuv so’ngida filial direktori Bahodir Turayev Rossiya Federatsiyasi Boshqartiston Respublikasining UFA davlat neft texnika universiteti Oktyabrsk filiali professor-o’qituvchilari bilan suhbatlashdi. Suhbat davomida hozirgi kunda talabalarni o’qitishda zamonaviy o’qitish metodikalarini qo’llash bo’yicha fikrlar almashdilar.

 

Anjumanda 6 ta shu'ba ish olib bordi.

Kunning ikkinchi yarmida anjuman ishtirokchilari shu’balarda qizg’in bahs-munozaralarga boy ma’ruzalarni davom ettirishdi.

Anjumanda viloyatlardan tashrif buyurgan professor-o’qituvchilar ham o’z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.
Anjumandan quyidagi shu’balar bo’yicha yalpi, shu’ba va ko’rgazmali ma’ruzalar o’rin olgan:
1-shu’ba. Texnika va texnologik fanlarini o’qitishning innovatsion uslublari;
2-shu’ba. Transport vositalaridan foydalanish, yo’l harakat xavfsizligi va logistikaning dolzarb masalalari;
3-shu’ba. Avtomobil yo’llari, ko’priklar, tonnellar, yo’l o’tkazgichlar va aerodromlarni loyihalash va qurish;
4-shu’ba. Kimyoviy texnologiya va oziq-ovqat sanoati hamda ekologiya va qishloq xo’jaligi sohalaridagi muammo va yechimlar;
5-shu’ba. Yengil sanoat va energetika sohalaridagi texnologiyalar va uskunalar;
6-shu’ba. Fanlarni o’qitishdagi zamonaviy uslublar.

«Texnika va texnologik fanlar sohalarining innovasion masalalari» mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o’tkazildi

2019 yil 30 noyabr kuni Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialida «Texnika va texnologik fanlar sohalarining innovasion masalalari» mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o’tkazildi.
Anjumanni filial direktori B.E.Turaev kirish so’zi bilan ochib, filialda birinchi marotaba tashkil etilgan respublika miqyosidagi bu anjumanning mohiyati, talabalar va professor-o’qituvchilar uchun katta amaliy tajriba ekanligini ta’kidlab, barchani ushbu anjuman bilan qutladi.

Байроғим-шаъним, ғурурим!

#Bayrog’im-sha’nim, g’ururim!

18 noyabr – O’zbekiston Respublikasi bayrog’i ta’sis etilganligining 28 yilligi sanasi munosabati bilan Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali talabalari bayrag’imizga ehtirom ramzi sifatida tantanali tadbir uyushtirishdi. O’zbekiston bayrog’i haqidagi savol-javoblar viktorinasida ushbu sana bilan bog’liq hamma ma’lumotlar aytilib, talabalar bilimi baholandi va mustahkamlandi.

 

Korrupsiya ta'limning kushandasi

Afsuski, biz bog’cha yoshidayoq farzandlarimiz ko’z o’ngida korrpsiyani avj oldiryapmiz. Ba’zida ularga o’z qo’li bilan tarbiyachisiga sovg’a-salom berishni o’rgatyapmiz. Ayrimlar anʼanaga koʻra, bajarilgan ish uchun minnatdorlik izhor qilish tabiiy, degan oʻrinli eʼtiroz bildirishi mumkin.

Taʼlim sohasida korrupsiyaning rivojlanishi yoshlarda bilimlarga boʻlgan qiziqish pasayishiga, oliy taʼlim muassasalariga kirish va baholar sotib olinadi degan gʻoyalar singib qolgan yoshlar soni koʻpayishi kabi achinarli oqibatlarga olib keladi. Natijada universitetni yetarlicha yoki mutlaqo tayyorlanmagan mutaxassislar bitirib chiqmoqda va bu soʻnggi yillarda mamlakatimizda kuchayib borayotgan inson kapitali muammosini qisman izohlaydi. Shu munosabat bilan Oʻzbekistonda kirish imtihonlari natijalarini qalbakilashtirishga barham berishga yoʻnaltirilgan chora-tadbirlar qabul qilinmoqda.

Bugun rivojlangan mamlakatlarda tibbiyot va taʼlim sohalarida korrupsiya holatlari juda kam uchramoqda. Bu nafaqat aholi hayotining yuksak iqtisodiy darajasi, balki bolalarga kichik yoshdan toʻgʻrilik va halollik kabi fazilatlarni singdirish, shuningdek, davlat va xususiy sektorda yoʻlga qoʻyilgan nazorat mexanizmlari bilan bevosita bogʻliq.

Ibodulla Xayrullaev, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i

“Biz korrupsiyaga qarshimiz”

 

Bugungi kunda korrupsiya yo’q, yo’q deymiz-u lekin bevosita unga guvoh bo’lamiz yoki kimdandir eshitamiz. ,,Korrupsiya’’ termini lotincha ,,corruptio’’ so’zidan kelib chiqqan bo’lib,etimologik ma’nosi ,, buzish, sotib olish’’ degan ma’noni anglatadi.Korrupsiya – bu jamiyatni turli yo’llar bilan iskanjaga oladigan daxshatli illatdir.U demokratya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to’sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jiniyatchilik ,terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib,gullashi uchun sharoit yaratib beradi.

Korrupsiya mamlakatning ijtimoiy, iqtisodiy taraqqiyotiga ham xavfli darajada tahdid soladi.Aksariyat davlatlarda korrupsiyaga jinoyat sifatida qarab kelinadi.Chunki u jamiyatga sa’lbiy ta’sir ko’rsatib ,uni yemrilishiga olib keladi.Idoralarda ishlovchi mansabdor shaxslar o’z mansabidan, ularga berilgan yuksak ishonchdan o’z manfaati yo’lida foydalanib, shaxsiy boyish maqsadida bevosita korrupsiya deb  atalmish firibgarlikka yo’l qo’yadilar.

Ularning poraga sotilishi korrupsiyani yanada kuchayib  borishiga sabab bo’ladi.Korrupsiyaning keng tarqalgan turlariga tovlamachilik,firibgarlik,poraxo’rlik kabilar kiradi.Ular mamlakatda keng tarqalgan unsurlardan biridir.Korrupsiya ko’proq mansabdan mansabga o’tayotgan shaxslar o’rtasida kuzatiladi.,,Olmoqlikning bermog’I bor’’ deganlaridek  lavozimga o’tayotgan shaxs olgan mansabi uchun ketadgan xarajatlarni ko’tarib, yana boshqa biror bir xizmatlar ,yordamlar ko’rsatib,o’z qarzini qaytaradilar.

2019- yil 27- may kuni Prezidentimiz ,,2019-2020 yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish davlat dasturi to’g’risida ’’ farmonni imzoladi.Bu xujjat korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligini oshirish,eng yuqori darajadagi qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, mamlakatning xalqaro maydondagi ijobiy obro’-e’tiborini oshirishga qarqtilgan,2019-yil 1-iyuldan boshlab, davlat organlari zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarni amalga oshirishda yuzaga keladigan korrupsiya xavf xatarlarini vaqti- vaqti bilan majburiy baholab borishi,davlat boshqaruvi organlari mahalliy ijro etuvchi hokimyat organlari raxbarlari korrupsiya xavf- xatarlarini o’z vaqtida aniqlanmaganliklari va tegishli baho bermaganliklari shuningdek, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etish holatlariga yo’l qo’yilganliklari yuzasidan shaxsan javobgar bo’lishi

2019-yil 1- avgusdan boshlab, eksperiment tariqasida jamoatchilik va yetakchi ekspertlarni jalb etgan holda dastlabki bosqichda capital qurilish qurilish va oliy ta’lim sohalarida ham bosqichma-bosqich joriy qilinishini takidlab,korrupsiyaga ya’ni poraxo’rlik, mansabdan foydalangan holda qonunni suistemol qilish, tanish –bilishchilik, qarindosh urug’chilik asosida davlat tashkilotlarida ish tashkil qilib,iste’dodli kadrlarning o’sishiga to’siq bo’lish, jismoniy va yuridik shaxslarning davlat tomonidan qonun bilan kafolatlangan holda berilgan huquqlarini buzish, o’z vazifasi bo’yicha belgilangan majburiyatlarini bajarishni paysalga solib, ta’magirlik qilish kabi holatlarda bunday qabixliklarni amalga oshirganlar uchun davlatning qat’iy jazosi muqarrar.

Bugun tamagarlikni zamonaviy koʻrinishi xisoblangan va umumjahon muammosiga aylanib borayotgan ,,Korrupsiyaʼʼ ham  har qanday davlat va jamiyatning siyosiy – iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazibgina qolmay , inson qadr – qimmatini , shani huquq va erkinliklarining poymol boʻlishiga olib keladi. Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari . Korrupsiyaga qarshi BMT tashabbuslari , korrupsiya haqida bilimlarni targʻib qilish maqsadida 9 dekabrni ,,Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuniʼʼ deb eʼlon qilinishi, BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida  korrupsiyaga qarshi kurashga oid normalar, unga qarshi kurashishda jinoyat , maʼmuriy va fuqarolik qonunlarining oʻrni haqida belgilab qoʻyilgan.

Muxlisa Mengnorova, Engil sanoat va kimyo texnologiyalari yo’nalishi 10-19 guruh talabasi

“ЎЗ соҳамиздаги ўзгаришларга бефарқ бўлмайлик”

Мана, қарийб уч йилдан бери юртимизда биз учун кўп жиҳатдан кутилмаган, лекин ич-ичимиздан орзу қилиб юрган ўзгаришлар амалга оширилмоқда. Эркин фикр, иқтисодиётдаги туб бурилишлар, айниқса таълимнинг барча бўғинларидаги кескин ислоҳотлар ва янгиликлар одамларимизда келажакка ишончни орттираяпти. Лекин шу умидбахш ислоҳотларни фақатгина томошабин сифатида кузатаётган, қабул қилишни хоҳламаётган, айнан ўзига юклатилган мажбуриятларни янгича руҳ ва шижоат билан бажаришни истамаётганлар афсуски, олий таълим тизимида ҳам бор.

Икки кундан буён ижтимоий тармоқларнинг асосий мавзусига айланган Тошкент давлат иқтисодиёт университетида ўтказилган йиғилиш тафсилотлари, олий таълимда коррупцион ҳолатларнинг камаймаётганлиги ҳақидаги хабарлар бу соҳадаги ҳар бир ходим – ассистентдан тортиб, ректоргача ҳушёрликка чақирди. Виждони уйғоқ ҳар бир инсон жуда оғир ўтган бу йиғилишдан сўнг, кўзини очиши шарт.

2019 йил 27 май куни Президентимиз “2019-2020 йилларда коррупцияга қарши курашиш давлат дастури тўғрисида” фармонни имзолади. Бу ҳужжат коррупцияга қарши курашиш тизими самарадорлигини ошириш, энг юқори даражадаги қулай ишбилармонлик муҳитини яратиш, мамлакатнинг халқаро майдондаги ижобий обрў-эътиборини оширишга қаратилган. 2019 йил 1 июлдан бошлаб, давлат органлари зиммасига юкланган вазифа ва функцияларни амалга оширишда юзага келадиган коррупция хавф-хатарларини вақти-вақти билан мажбурий баҳолаб бориши, давлат бошқаруви органлари маҳаллий ижро этувчи хокимият органлари раҳбарлари коррупция хавф-хатарларини ўз вақтида аниқламаганликлари ва тегишли баҳо бермаганликлари, шунингдек, коррупцияга оид ҳуқуқбузарликларни содир этиш холатларига йўл қўйилганликлари юзасидан шахсан жавобгар бўлиши, 2019 йил 1 августдан бошлаб эксперимент тариқасида жамоатчилик ва етакчи экспертларни жалб этган ҳолда дастлабки босқичда капитал қурилиш ва олий таълим соҳаларида “Коррупциясиз соҳа” лойиҳасини амалга ошириш белгилаб берилди. 2020 йил 1 апрелдан бошлаб лойиҳа бошқа соҳаларга ҳам босқичма-босқич жорий қилинишини таъкидлаб, коррупцияга, яъни порахўрлик, мансабдан фойдаланган ҳолда қонунни суистеъмол қилиш, таниш-билишчилик, қариндош-уруғчилик асосида давлат ташкилотларида иш ташкил қилиб, истеъдодли кадрларнинг ўсишига тўсиқ бўлиш, жисмоний ҳамда юридик шахсларнинг давлат томонидан қонун билан кафолатланган ҳолда берилган ҳуқуқларини бузиш, ўз вазифаси бўйича белгиланган мажбуриятларини бажаришни пайсалга солиб, таъмагирлик қилиш каби ҳолатларда бундай қабиҳликларни амалга оширганлар учун давлатнинг қатъий жазоси муқаррарлиги таъкидланди.

Лекин минг афсуски, бугун ЯНГИ замон бошланганини тан олмаётган, “мен учун эмас, бошқалар учун бу гаплар” деган ақидада қотиб қолган профессор-ўқитувчилар борлигини рўй бераётган воқеаларнинг ўзи исботлаб турибди. Олий таълим соҳасидаги ислоҳотларнинг ҳаётда ўз аксини топиши учун ОТМнинг ҳар бир ассистенти ва профессор-ўқитувчисидан виждонан, фидокорона меҳнат талаб қилади. Ўз таълим йўналиши бўйича талабага бугунги замоннинг руҳини етказа оладиган, ҳақиқий билимдон устозлар, ўз ҳақ-ҳуқуқини биладиган, ўқитувчини ўзгаришга мажбур қиладиган талабалар кўпайса, юқоридаги иллатларга ўрин қолмайди.

Хулоса шуки, ўз соҳамиздаги ўзгаришларга бефарқ бўлмайлик, томошабин бўлиб қараб турмайлик, қўлимиздан келгунча ислоҳотларни ўтказишда ёрдамчи бўлайлик…

Баҳодир Тўраев, ТДТУ Термиз филиали директори  

“Универсиада-2019”

Мамлакатимизда Олий таълим муассасалари талабалари ўртасида “Универсиада-2019” спорт мусобақаларининг ҳудудий саралаш босқичи мусобақалари ўтказилмоқда. 23 октябрь куни Термиз давлат университети ва Тошкент давлат техника университети Термиз филиали талабалари ўртасида волейбол мусобақалари бўлиб ўтди. 

 

RSS
Follow by Email
Twitter
Visit Us
Telegram
VK
OK