ILMIY TADQIQOTGA OID E'LONLAR

ILMIY TADQIQOTGA OID E’LONLAR

“KIMYO VA OZIQ-OVQAT MAXSULOTLARINING SIFATI HAMDA HAVFSIZLIGINI TA’MINLASHDA INNOVATSION
TEXNOLOGIYALAR”
Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasi

Xurmatli xamkasblar!Sizlarni Toshkent kimyo-texnologiya institutida 2019 yil 17-may kuni
“O’zstandart”agentligi bilan hamkorlikda bo’lib o’tadigan “Kimyo va oziq-ovqat
maxsulotlarining sifati hamda havfsizligini ta’minlashda innovatsion texnologiyalar”
Respublika ilmiy-amaliy konferentsiyasida ishtirok etishingizga taklif etamiz.
Konferentsiya kimyo va oziq-ovqat sanoatidagi ilg’or texnologiyalar, kimyo va oziq-ovqat
mahsulotlarini havfsizligi hamda ularni sifatini ta’minlashda innovatsion g’oyalar, kimyo va
oziq-ovqat mahsulotlarini kimyoviy tarkibi asosida sinflash va sertifikatlash,
standartlashtirish va muvofiqlikni baxolash, mahsulot sifati va havfsizligini Oliy ta’lim
tizimida o’qitish muammolari, kimyo va oziq-ovqat sanoatini iqtisodiyoti va menejmenti kabi
muhim masalalar muhokamasiga bag’ishlanadi.

Anjumanda ma’ruzalar quyidagi sho”balar bo’yicha o’tkaziladi:
1. Kimyo va oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyalari havfsizligini ta’minlashda zamonaviy innovatsion texnologiyalar;
2. Kimyo va oziq-ovqat mahsulotlarini kimyoviy tarkibi asosida sinflash va
sertifikatlash;
3. Standartlashtirish va muvofiqlikni baxolash;
4. Kimyo va oziq-ovqat sanoati iqtisodiyoti va menejmenti;
5. Mahsulot sifati va havfsizligi fanlarini Oliy ta’lim tizimida o’qitish muammolari.
Ma’ruza matnlarini rasmiylashtirishga kuyiladigan talablar
Ma’ruza matnlari joriy yilning 10aprel` kadar qabul qilinadi. Ma’ruza 1 ekz. qog’oz va
elektron variantlarida bo’lishi lozim. Ma’ruza xajmi 2 tuliq betdan iborat bo’lib, WORD
redaktorini 6.0 va undan yuqori versiyasida, Times New Roman tilida, 12 shrift, qatorlar
orasi 1 intervalda, to’rt tomonidan 20 mm qoldirilgan bo’lishi lozim. Ma’ruza matnlari
orfografik va stilistik xatosiz yozilishi kerak. Rasmlar va formulalar jamlashtirilgan xolda
bo’lishi kerak. Ma’ruza matnlari o’zbek, rus, ingliz tillarida, (ingliz tilidagi ma’ruzalar
ruscha yoki o’zbekcha tarjimasi bilan) yozilishi lozim. Talabalar maqolalari ilmiy raxbarlari
tomonidan imzolangan bo’lishi kerak. Ma’ruza nomi katta xarflar bilan o’rtaga yoziladi. 1
intervaldan keyin mualliflar familiyalari, keyingi katorga tashkilot nomi (institut,
kafedra), shaxar, muloqot uchun telefon rakamlari va e-mail, 1 intervaldan keyin ma’ruza
matni yoziladi.
Ma’ruzalarda yangi ilmiy-tadqiqot ishlar natijalari aks ettirilishi shart. Referativ tarzdagi
maqolalar qabul qilinmaydi.
Ma’ruzalar Navoi k. 36 binosida, innovatsiya markazi (R.I. Adilov) ga topshiriladi, yoki
aziz_samatov_86@mail.ru elektron manziliga yuborish mumkin. Anjuman materiallari chop
etilishi rejalashtirilgan.
Tashkiliy badal
Tashkiliy badal xajmi 1 maqola uchun 20000 so’mni tashkil etadi, To’lov turli xil bo’lishi
mumkin.
Bizning rekvizitlarimiz: O’z R MV G’aznachiligi x/r 234 020 003 001 000 010 10 XKKM MBBB
Toshkent sh., MFO:00014, INN: 201 122 919. TKTI sh/xr 400 110 860 262 777 950 100 079
002. Kod. 7950100-079 INN TKTI: 201 053 370. OKONX: 92110. Tulov kodi: 09510.
Tulov varakasiga “konf. tashkiliy badali” va birinchi muallifning familiyasi yozilishi kerak.
Yozishmalar uchun manzilgoh: 100011, Toshkent, Navoiy k.36.Toshkent kimyo-texnologiya instituti,
Innovatsion markaz, R.I. Adilov, tel : (+99871) 278-58-67, mob: (+99897) 736-86-94,
E-mail : aziz_samatov_86@mail.ru anjuman haqidagi ma’lumotlar bilan /www. tcti. uz /
saytida tanishingiz mumkin.

RSS
Follow by Email
Twitter
Visit Us
Telegram
VK
OK