MATEMATIKA VA TABIIY-ILMIY FANLAR KAFEDRASI

Matematika  va  tabiiy – ilmiy  fanlar kafedrasi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 iyundagi PQ-3101-son qaroriga muvofiq Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali tashkil etildi. «Matematika va tabiiy ilmiy fanlar» kafedrasi 2017- yilda Yengil sanoat va kimyoviy texnologiya fakulteti tarkibida tashkil etildi kafedrada 5310600 –Yer ustti transport tizimlari (Traktor va qishloq ho`jalik mashinalari), 5320300-Texnologogik mashinalar va jihozlar(mashinasozlik va metalga ishlov berish) 5340600-Transport inshoatlari ekspluatatsiyasi (avtomobil yo`llari bo`yicha,) 5340800 –Avtomobil yo`llari va aerodromlar, 5321000-Oziq-ovqat texnologiyasi (go’sht sut va konserva mahsulotlari, don mahsulotlari) 5320900-Yengil sanoat buyumlari konstruktsiyasini ishlash va texnologiyasi (yigirilgan ip ishlab chiqarish), 5320400- Kimyoviy texnologiya (kamyob, tarqoq va nodir metallar, selikat materiallar), 5630100-Ekologiya va atrof muhit muhofazasi (sanoatda) ta`lim yo’nalishi bo’yicha kunduzgi bo`lim talablariga Oliy matematika, Matematika 1.2, Fizika, Qurulishda fizika, Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari, Nazariy mexanika fanlaridan kafedra professor o’qituvchilari tomonidan dars mashg’ulotlari o’tiladi.

Kafedrada 11 nafar  professor o’qituvchi, shulardan 3 nafari fan nomzodi dotsent, 2 nafari katta o’qituvchi, 6 nafar assistentlar faoliyat yuritishadi.

Kafedra yangi tashkil etilganiga qaramasdan 2017-2018 o’quv yilida professor o’qituvchilar tomonidan xalqaro va Respublika miqyosida 28 ta maqola va tezislar chop etilgan, bulardan tashqari 3 ta risola 2 ta o’quv qo’llanma va 5 ta o’quv uslubiy ko’rsatmalar tayyorlandi.

Kafedrada quyidagi yo’nalishlarda ilmiy izlanishlar olib borilmoqda

  • Oliy ta’limda uzviylik tamoyillari;
  • Qishloq xo’jaligida ishlab chiqarishda raqobatbardosh, samaradorligi yuqori texnologiyalar va energiya, resurs tejamkor texnik vositalar yaratish sohasidagi muommolarni yechish masalalari;
  • Raqamli dasturda boshqariluvchi dastgohlarni zamonaviy usullar yordamida mahalliy ishlab chiqarishga joriy etish.
RSS
Follow by Email
Twitter
Visit Us
Telegram
VK
OK