AXBOROT RESURS MARKAZI

ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI TERMIZ FILIALI (TDTUTF)

 

 

Babayeva Dilorom Fayzievna – Axborot kutubxona fondini butlash, shakllantirish

Tel: +99890-226-63-67

Email: dilorom.babayeva.69@mail.ru

 

 

Chorieva Salomat Nazarovna – Elektron-Axborot resurslari bo’limi kutubxonachisi –

Tel: +99890-245-64-05

Email: salomat.2020@mail.ru

 

 

 

 

Baratova Flyura Egammurodovna – Kataloglashtirish bo’limi kutubxonachisi –

Tel: +99890-747-60-59

Email: filura.b@mail.ru

 

 

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali, Axborot-resurs markazida bajarilgan ishlar  haqida.

O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti tomonidan 2006 yil 20 iyunda PQ-381-sonli “Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to’g’risida” qarori asosida zamonaviy axborot-resurs markazlari qurila boshladi.

Shular qatorida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali  Axborot –resurs markazi 2017 yilning sentyabr` oyida  ishga tushirildi.

Markaz binosi ikkinchi  qavatda joylashgan.

Ikki xonadan iborat: 1.O’quv zali. 2. Kitoblar fondi.   Axborot-resurs markazi filial akademik litseyi kutubxonasining bir qismida joylashgan. Ikkala kutubxonaning umumiy maydoni 544 kv. m2.

Axborot-resurs markazida 1 dona kompyuter va printer mavjud bo’lib, internet tarmog’iga ulanmoqda. Kitobxonlar Alisher Navoiy nomidagi milliy kutubxona va barcha OTM Axborot – resurs markazlari elektron kutubxona fondidan  foydalanish ko’zda tutimoqda.

Axborot – resurs markazida 2 ta shtatlar mavjud bo’lib, 2 nafar xodim faoliyat  yuritib kelmoqda. Xodimlarning  1 nafari oliy ma’lumotli,  shulardan 1 nafari o’rta maxsus, kutubxonachilik ma’lumotiga ega. Xodimlarning 1 nafari respublika miqyosida bo’lib o’tadigan seminar – trening, ko’rik tanlovlarda qatnashib keldi.

Hozirgi vaqtda Axborot-resurs markazining umumiy fondi 806 donani tashkil etadi.

Umumiy fond (bosma nashrlar) darslik O’quv qo’llanma Siyosiy adabiyotlar Badiiy adabiyotlar Boshqa adabiyotlar
1 806 320 323 74 60

55

Axborot resurs markazi elektron  resurslar bazasi hozirgi kunda 480  donani tashkil etadi. Barcha adabiyotlar yo’nalishlar bo’yicha alohida papkalarga joylashtirilgan. Yangi o’quv yilida rejalashtirilgan ARM xonalari uchun yangi kompyuterlar jixozlari oktyabr oyi boshiga rejalashtirilgan, Axborot- resurs markaziga keltirilgan barcha adabiyotlarning elektron darsliklari ARM kompyuterida jamlangan.

Axborot resurs markaziga filialning 50 nafar professor o’qituvchilari va 390 nafar talabalari a’zo qilingan. Shu kunga qadar kitobxon qatnovi 4300 ta, jami berilgan adabiyotlar 5000 taga bordi.

Universitet raxbar xodimlari ham a’zo bo’lishgan va o’quv adabiyotlaridan muntazam foydalanib kelmoqda. Markaz aholiga xam xizmat ko’rsatadi, ular o’quv zallari va elektron kutubxonadan foydalanish imkoniyatiga ega. Axborot-resurs markazi faoliyatini takomillashtirish, kutubxona fondi uchun badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop, tarbiyaviy, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish maqsadida, “O’zbekiston”, “Sharq”, “G’. G’ulom”, “Yangi asr avlodi” kabi nashriyotlar bilan shartnomalar tuzish rejalashtirilmoqda.

Olingan fondagi kitoblar Respublikamizdagi 4 ta universitetlar bilan shartnoma orqali olinmoqda. Olingan adabiyotlar darrov shakllantirilib  xamda ruyxatga olinib, fondga kirgizildi. Har yili universitet professor o’qituvchilarining takliflarini inobatga olgan holda, davriy nashrlarga  axborot – resurs markazida obuna tashkil etiladi. Markazning har bir qavatida gazeta va jurnallar yig’ma jildlari javonlarga taxlangan va ularning elektron katalogi yaratilishi ko’zda tutilgan.

Kitobxonlarga qulaylik yaratish maqsadida gazeta jurnallar mutolaasi xonasi tashkil etilgan va yangi 2018–2019 o’quv yiliga universitet professor- o’qituvchilari, ishchi-hodimlarini va talabalarni obuna qilish rejalashtirilmoqda. Axborot – resurs markazida gazeta obuna ro’yxati

Obuna yili
Gazeta (nomda)
Umumiy narxi
1
2018
6
6000000

“Axborot kutubxona faoliyati to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining Qonuni hamda Respublika axborot kutubxona tizimi faoliyatini muvofiqlashtirish bo’yicha Idoralararo kengash bayoni qarorlarining ijrosi yuzasidan chorak, olti oylik, to’qqiz oylik, yillik hisobotlarni belgilangan muddatlarda  taqdim etish ko’zda tutilgan. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ’ib qilish bo’yicha kompleks chora-tadbirlar Dasturi to’g’risida” gi PQ-3271-son Qarori ijrosi yuzasidan axborot-resurs markazida universitet talabalarining mutolaa madaniyatini va kitobxonlik ko’nikmalarini shakllantirishga qaratilgan reja ishlab chiqilgan bo’lib, Axborot- resurs markazida amalga oshirilmoqda. 2017 yil 27 sentyabr 1-oktyab` “O’qituvchi va murabbiylar kuni”munosabati bilan “Bayramingiz muborak, aziz Ustozlar” mavzusiga bag’ishlangan tadbir  B.Qodirov  Fanlar akademiyasining akademigi, pedagogika fanlar doktori. A.Ergashev  Xalq ta’limi Surxondaryo viloyati boshqarmasi boshlig’i. A.Toshqulov  Termiz davlat universiteti rektori, filial direktori, dekan, dekan o’rinbosarlari, professor-o’qituvchilar, ARM xodimi Xatamova M hamkorlikda Axborot resurs markazida bo’lib o’tdi. 2017 yil 18 noyabr   “Bayrog’im mening iftixorim” mavzusida o’tkazilgan tadbir universitet professor o’qituvchilari X.Xudoyberdiev  filial dotsenti, Fakul`tet dekanlari, dekan o’rinbosarlari,  professor-o’qituvchilar, ARM xodimi  Xatamova M. bilan o’tkazildi. 2017 yil 05 dekabrda “Konstitutsiyaning vujudga kelishi uning qabul qilinishi va o’zbek xalqining munosabati” mavzusida o’tkazilgan tadbir F.Nosirov   O’quv ishlari va ilmiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari, Fakultet dekani,  professor-o’qituvchilar, ARM xodimasi Xatamova M, ishchi xodimlar va talabalar ishtirok etdilar. 2018 yil 30 yanvar O’zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti tavalludining 80 yilligi munosabati bilan o’tkazilgan tadbir  I.Xayrullaev Ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limi boshlig’i, M.Imonova Yoshlar ittifoqi BT yetakchisi, ARM raxbari M.Xatamova F.Nosirov   direktor, YU.Valiqulov-Filial  dotsenti, direktor o’rinbosarlari, Fakultet dekanlari,   professor-o’qituvchilar va talabalar bilan xamkorlikda o’tkazildi. 2018 yil 09 fevralda Zahriddin Muhammad Bobur tavalludining 535 yilligini keng nishonlash munosabati bilan ARM hodimlari  atoqli davlat arbobi, yozuvchi tavalludiga bag’ishlab kitob ko’rgazmasi tashkil etildi. O’tkazilgan tadbir Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasi xamda universitet talabalari bilan birgalikda o’tkazildi. 2018 yil 14 fevralda “Alisher Navoiy tavalludining 577 yilligiga bag’ishlangan adabiy-badiy kecha” mavzusida o’tkazilgan tadbir Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar kafedrasi va ARM bilan birgalikda o’tkazildi. 2018 yil  5 martda 8-mart  Xalqaro  xotin-qizlar bayramiga bag’ishlangan “Sen baribir muqaddasan muqaddas ayol”  mavzusida o’tkazilgan tadbir ma’naviyat-ma’rifat va iqtidorli yoshlar bilan ishlash bo’limi boshlig’i I.Xayrullaev, yoshlar ittifoqi  B.T.yetakchisi Imonova Maftuna, Xotin-qizlar qo’mitasi raisasi  Yo’ldasheva N, ARM hodimlari D.Babaeva, M.Xatamovalar bilan  tadbirda ayol yozuvchilarning yozgan kitoblaridan ko’rgazma tashkil etildi. 2018 yil 28 martda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning bevosita tashabbusi va rahbarligidagi qabul qilingan hamda izchil amalga oshirilayotgan O’zbekiston Republikasi rivojlanishining beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha 2017-2021 yillarga mo’ljallangan “Xarakatlar strategiyasi” ning mazmun mohiyatini o’rganish bo’yicha o’tkazilgan tadbir ARM o’quv zalida universitet professor o’qituvchisi X.Xudoyberdiev, ARM xodimlari D.Babaeva, M.Xatamovalar va talabalar bilan birgalikda o’tkazildi. 2018 yil 02 aprelda buyuk allomalarimiz “Buxoriy avlodlari”, “Marg’inoniy avlodlari”, “Moturudiy avlodlari”, “Naqshband  avlodlari ”, “Islom svilizatsiya bilimdoni” ijod etgan davrlar mavzusida o’tkazilgan tadbir bo’lib o’tdi. Tadbirda  universitet professor- o’qituvchilari, ARM hodimlari xamda talabalar bilan birgalikda o’tkazildi. 2018y  May oyida bo’lib o’tgan Kitob bayramida kitob ko’rgazmalar bilan ishtirok etib, vohamizning taniqli yozuvchilar, shoirlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.   Bu kitob bayramida barcha voxamiz maktab, kollej, universitet talabalari xamda barcha tashkilotlar ishchi-hodimlari, va   ARM  hodimlari ishtirok etishdi. Bayram zo’r ko’taringi ruhda o’tkazildi. Tadbirda yosh kitobxonlarni inobatga olgan xolda qiziqarli o’yinlar, talabalar uchun mo’ljallangan bahru-baytlar musobaqasi  o’tkazilib, g’olib bo’lganlarga turli xil kitob nashriyotlari tomonidan  yangi chop etilgan  kitob sovg’alar  bilan taqdirlanishdi.Eng kichik maktab o’quvchilari uchun mo’ljallangan qo’g’irchok teatri ham o’zlarining ertak asosida sahna ko’rinishi va musiqali raqslarga chorlab hammani quvontirishdi. Kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishga doir targ’ibot ishlarini tizimli va samarali etish maqsadida  fakul`tetlar kesimida tadbirlar haftaligi rejasi tuzilib, shunga asosan ma’naviy –ma’rifiy kechalar, tanlovlar o’tkazilib borildi. Universitet talabalarini ajdodlarimiz qoldirgan ma’naviy merosni xamda tarixiy obidalarni  o’rganishlari  uchun  guruh rahbarlari bilan birga ekskursiyalarga borishdi. Filial ARM o’quv zalida (Yosh kitobxon)  ko’rik tanlovini o’tkazildi, tanlov 3 ta shart asosida ya’ni 1.Buyuk mutafakkir shoirlarimizning she’rlaridan namunalar. 2. O’zi sevgan adibning hayoti va ijodi. 3.Erkin mavzu. Tadbirda talabalar o’zlarini kuchli salohiyatini namoyon qilib, g’olib bo’ldilar, g’oliblarga universitet tomonidan tayyorlangan fahriy yorliqlar xamda sovg’alar berildi. Tadbir yaxshi va qiziqarli o’tdi. May va iyun oylaridan boshlab ARMdan kitob qarzdor bulgan universitet professor o’qituvchilari xamda talabalarning foydalanib turgan kitoblarini fondga qaytarib olmoqdamiz. “Central Asia – 2018. Fan, ta’lim, ma’daniyat va biznesda internet va axborot-kutubxona resurslari” XII Xalqaro konferentsiyasiga tayyorgarlik ko’rildi va yuqori saviyada o’tkazildi. Shu tadbirda universitet ARM xodimlari ham ishtirok etishib, katta ta’ssurotlar bilan qaytishdi. 2018-2019 yangi o’quv yilida ARMga  rejalantirilgan yangi 10 dona kampyuterlar bilan ta’minlangandan keyin va internetga ulangandan so’ng  Jahon ilmiy-ta’limiy ma’lumotlar bazasiga oliy ta’lim va tadqiqot muassasalari axborot-kutubxona muassasalari ulanishini jamoaviy onlayn kirish va samarali foydalanish bo’yicha respublikamizdagi yirik axborot- kutubxona va ilmiy-ta’limiy muassasalarni EBSCO kompaniyasi ilmiy-ta’limiy ma’lumotlar bazasidan ARM ga  foydalanish rejalashtirilgan.

Axborot – resurs markazi yetakchi mutaxassisi:                                   D.Babaeva

RSS
Follow by Email
Twitter
Visit Us
Telegram
VK
OK