ILMIY VA INNOVATSIYA BO'LIMI

Amanov Baxodir Sharifovich

2019 yil 18 fevraldan:

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialining “Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy – pedagogik kadrlarni tayyorlash” bo’limi boshlig’i

Tug’ilgan yili:                                                                         Tug’ilgan joyi:

22.03.1978                                                         Surxondaryo viloyati, Qumqo’rg’on tumani

Millati:                                                                                               Partiyaviyligi:

o’zbek                                                                O’zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi  a’zosi

Ma’lumoti:                                                                                          Tamomlagan:

Oliy                                                                       2002. O’zbekiston Milliy Universiteti (kunduzgi)

Ma’lumoti bo’yicha mutaxassisligi:                                             Ilmiy unvoni:

fizik                                                                                                     yo’q

Ilmiy darajasi:                                                                                  Harbiy (maxsus) unvoni:

magistr                                                                                                      yo’q

Qaysi chet tillarini biladi:                                                            Davlat mukofotlari bilan taqdirlanganmi

Ingliz, rus tillari (lug’at yordamida)                                                            yo’q

MEHNAT FAOLIYATI

2001 – 2004 y.y. – Toshkent shahridagi 119 – maktabning matematika fani o’qituvchisi

2004 – 2013 y.y. – Termiz davlat universiteti fizika o’qituvchisi

04.01.2018 – 16.07.2018 y.y. – Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat Texnika universiteti Termiz filiali Matematika va tabiiy – ilmiy fanlar kafedrasining assistenti

03.12.2018 – 17.02.2019 – Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat Texnika universiteti Termiz filiali “Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish” bo’limi boshlig’i

 

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali Innovatsion
jamg’armasi
NIZOMI

1-BOB. Umumiy qoidalar
1.O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 7 maydagi
3698-sonli “Iqtisodiyot sohalariga innovatsiyalar mexanizmlarini joriy etishni takomillashtirish
bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qaroriga muvofiq mazkur Nizom filialning
innovatsion jamg’armasi mablag’laridanfoydalanish boshqaruvini hamda shakllanish tartibini
belgilaydi.
2. Innovatsion jamg’arma filialning innovatsion faoliyatini moddiy qo’llashga yo’naltirilgan
mablag’larni akkumulyatsiyalaydi.
3. Innovatsion jamg’arma alohida byudjetdan tashqari g’azna hisob raqamiga ega.
4. Innovatsion jamg’arma filialning qarori bilan yuridik shaxs maqomisiz ta’sis etiladi.
2-BOB. Innovatsion jamg’arma mablag’laridan foydalanishning asosiy yo’nalishlari
5. Innovatsion jamg’arma mablag’laridan foydalanishning asosiy yo’nalishlari:
– ilmiy tadqiqotlar va innovatsion ishlarni rag’batlantirish;
– ilmiy laboratoriya uskunalari, xarajat materiallarini hamda ehtiyoj qismlarini sotib olish;
– ilmiy-tadqiqot infratuzilmasini shakllantirish va yangilash, ilmiy xodimlarni moddiy
rag’batlantirish;
– filialning ilmiy-innovatsion ishlarini tijoratlashtirish bo’linma faoliyatini moliyalashtirish;
– innovatsion faoliyat bilan bog’liq boshqa xarajatlarni amalga oshirish, shu jumladan xorij
jurnallarida filial professor-o’qituvchilar va doktorantlarning ilmiy-tadqiqot natijalarini
nashr etish xarajatlarini kompensatsiya etish.
3-BOB. Innovatsion jamg’arma mablag’larining
shakllanishini tartibi
6. Innovatsion jamg’arma mablag’larini shakllantirishning asosiy manbalari quyidagicha:
– innovatsion mahsulotlarni tijoratlashtirishdan olinadigan daromadlar;
– filialning oylik ish haqi, stipendiyalar hamda boshqa joriy xarajatlar qoplanganidan so’ng
to’lov-kontrakt mablag’larining 5 foizidan kam bo’lmagan o’tkazmalari;
– xalqaro kredit tashkilotlari va filialning grant va kreditlar, yuridik va jismoniy
shaxslarning, jumladan (chet el) hayriya mablag’lari;
– qonun bilan taqiqlanmagan boshqa tushumlar;
4-BOB. Innovatsion jamg’arma boshqaruvi
7. Innovatsion jamg’arma filial Ilmiy Kengashi qarori bilan filial direktori tomonidan
boshqariladi.
8. Boshqaruv funktsiyalari:
– innovatsion jamg’arma mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladigan innovatsion faoliyatni
ustuvor yo’nalishlarga muvofiq innovatsion loyihalar tanlovini o’tkazish tartibini aniqlaydi;
– mahsulot va xizmatlar ro’yxatini tasdiqlaydi, jumladan patent rasmiylashtiruvchi filial
innovatsion faoliyati doirasida yaratilgan intellektual mulk ob’ektlari, jumladan xorijda
ham;
– innovatsion mahsulotlarni tijoratlashtiruvchi daromadlarni, hamda joriy sarmoyalar, grant va
xayriya mablag’larini jalb etishda xorijiy sarmoyalar, grant va xayriya mablag’larini jalb
etishda ko’maklashadi;
– daromadlarni to’liq shakllanishi va Innovatsion jamg’arma mablag’laridan maqsadli foydalanishda
Innovatsion faoliyat ustidan nazoratni amalga oshiradi;
– innovatsion jamg’arma mablag’laridan foydalanish va shakllanishi bilan bog’liq boshqa
vakolatlarni ham amalga oshiradi.
9. Innovatsion jamg’armaning asosiy funktsiyalari:
– innovatsion jamg’arma mablag’lari hisobiga moliyalashtiriladigan ilmiy tadqiqotlar va
innovatsion loyihalar tanlovini tashkil etish;
– ilmiy laboratoriyalarning moddiy-texnik ta’minoti ilmiy laboratoriya uskunalarini, xarajat
materiallarini va ehtiyoj qismlarini sotib olish;
– mahsulot va xizmatlar ro’yxatini ishlab chiqish, patent rasmiylashtiruvchi innovatsion faoliyat
doirasida ishlarni yaratish, shu jumladan xorijda ham;
– tadqiqotchilar va talabalarni qisqa muddatli (1 oygacha) yetakchi ilmiy va ishlab chiqarish
tashkilotlarida, jumladanxorijda ilmiy tadqiqotlar va tajribalar o’tkazish hamda innovatsion
loyihani amalga oshirish maqsadida maxsus uskunalarda ishlash metodikalarni o’zlashtirish uchun
stajirovka o’tashni tashkil etish;
– innovatsion mahsulotlar sifatini yaxshilash uchun ularga tijoratlashtirishdan tushadigan
daromadlarni, hamda xorijiy sarmoyalar, grant va xayriyalarni jalb etish;
– innovatsion jamg’arma mablag’larini bank depozitlarida joylashtirish yo’li bilan boshqarish;
– innovatsion jamg’arma mablag’laridan maqsadli foydalanishda tizimli monitoring olib borish.
10. Innovatsion jamg’arma har yili 1 dekabrgacha muddatda innovatsion jamg’armani kelgusi
kalendar yiliga daromadlar va xarajatlar ko’rsatkichi parametrlarini ishlab chiqadi va ularni
filial Ilmiy Kengashiga taqdim etadi.
11. Innovatsion jamg’arma daromad va xarajat parametrlari Ilmiy Kengash tomonidan har yili 25
dekabrgacha tasdiqlanadi.

5-BOB.Innovatsion jamg’arma mablag’laridan foydalanish tartibi
12. Innovatsion jamg’arma mablag’laridan foydalanish Ilmiy Kengash qarori asosida:
– innovatsion jamg’arma mablag’lari hisobiga moliyalashtiruvchi ilmiy-tadqiqot va innovatsion
loyihalarni o’tkazadigan tanlov inatijalari bo’yicha;
– o’rnatilgan tartibda innovatsion jamg’arma xarajatlar smetasini tasdiqlash bo’yicha amalga
oshiriladi.
13. Innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun ajratilgan mablag’larning shartnomada
belgilangan muddatda 100 foiz to’ldirish hisoblanadi.
14. Innovatsion loyihalarni zarur bo’lgan uskunalar va xarajat materiallari hamda ehtiyoj
qismlari bilan ta’minlanishini tashkil etilishi filial tomonidan o’rnatilgan tartibda amalga
oshiriladi.
15. Ilmiy uskunalar, materiallar va ehtiyoj qismlardan maqsadli va samarali foydalanish
ma’suliyati filial bosh hisobchisi zimmasiga yuklatiladi.
16. Jamg’armaning joriy moliya yili natijalari bo’yicha ishlatilmay qolgan mablag’lari qaytarib
olinmaydi va kelgusi yilga o’tkaziladi.
6-BOB. Innovatsion jamg’arma mablag’laridan
foydalanishning qaydetilishi va nazorati
17. Innovatsion jamg’arma mablag’laridan foydalanish va kirim hisobotlarini tuzish, buxgalteriya
hisobining yuritilishi filial buxgalteriyasi tomonidan qonunda belgilangan tartibda amalga
oshiriladi.
18. Innovatsion jamg’arma mablag’laridan foydalanish javobgarligi Ilmiy Kengash tomonidan
tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq filial bosh hisobchisi zimmasiga yuklatiladi.

Ilmiy-innovatsion ishlanmalarni
tijoratlashtirish bo’limi boshlig’i:                            B.Amanov

RSS
Follow by Email
Twitter
Visit Us
LINKEDIN