IQTIDORLI TALABALARNING ILMIY-TADQIQOT FAOLIYATINI TASHKIL ETISH BO'LIMI

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi boshlig’i

Kichkilova Matluba Hamzayevna

Tel: +99891-902-64-47

Email: kichkilova.matluba@mail.ru

 

 

Islom Karimov nomidagi Toshkent daavlat texnika universiteti Termiz filiali Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo`limi boshlig`i, 1971 yilda tug`ulgan, o`zbek, oliy ma`lumotli Kichkilova Matluba Xamzaevna

Tavsifnoma

            Kichkilova Matluba Xamzaevna 1971 yilda Termiz shaxrida ziyolilar oilasida tug`ulgan. Millati o`zbek, ma`lumoti oliy.

Kichkilova Matluba 1978 yilda Termiz shaxridagi A.Navoiy nomli 11-o`rta maktabda o`qishga borgan va 1988 yilda 10-sinfni a`lo baholar bilan bitirib, o`rta ma`lumotga ega bo`lgan.

Kichkilova Matluba 1988 yilda Termiz davlat universitetini pedogogika fakultetiga o`qishga kirgan. 1993 yilda universitetni muvoffaqiyatli tamomlagan.

Kichkilova Matluba Xamzaevna 1993-1996 yillarda Termiz davlar universitetida labarant lavozimida ishlagan.

1993-1996 yillarda Termiz shaxridagi 2-sonli maktabda o`qituvchi, 1998-2003 yillarda Termiz tumanidagi 8-sonli maktabda o`qituvchi o`qituvchi bo`lib ishlangan, 2003 yillardan pedogogik faoliyatini Termiz pedogogika kollejida davom ettirib 2014 yilga qadar kollej talabalariga dars bergan.

2014-2018 yillarda Termiz shaxridagi 6-sonli maktabda o`quv-tarbiyaviy ishlar bo`yicha direktor o`rinbosari lavozimida ishlagan.

М.Х.Kichkilova filialda o`tkaziladigan ma`naviy-ma`rifiy tadbirlarda va jamoat ishlarida faol ishtirok etadi. U har ishda tashabbuskor, jur`atli, to`g`i so`z, kamtar, mexribon va g`amxo`r. Berilgan topshiriqlar va vazifalarni bajarishga ma`suliyat bilan yondashadi, filial jamoasi va talabalari orasida xurmatga ega.

 

Ilmiy tadqiqodlar bo’yicha muhandis

Allamurodova Nodira Nodir qizi

Tel: +99890-644-90-99

Email: nodira.allamurodova@mail.ru

IQTIDORLI TALABALAR:

1.Ulug’ov Ulug’bek

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universitetii Termiz filiali

EUTT 1-18-guruh talabasi

O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI

ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI TERMIZ FILIALI

 

IQTIDORLI TALABALARNING ILMIY-TADQIQOT FAOLIYATINI TASHKIL ETISH BO`LIMI

N I Z O M I

  

Termiz-2019 yil

         

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialining Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo`limi nizomi

Umumiy qoidalar

  1.1. Iqtidorli talabalar bilan ishlash bo`limi – filialda iqtidorli talabalarni  aniqlash,  ularni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish va olib borilayotgan ishlarni muvofiqlashtiruvchi tashkiliy markazdir. Bo`lim kafedralar va dekanatlar yordamida iqtidorli talabalaarni aniqlaydi va tayinlaydi, ularni o`zlari qiziqqan fan sohalari bo`yicha ilmiy-tadqiqot ishlariga yo`naltiriladi va buning uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishda faol ishtirok etadi;

  1.2. Bo`lim filial professor-o`qituvchilari tomonidan olib borilayotkan ilg`or ilmiy-tadqiqot ishlariga iqtidorli talabalarni jalb qiladi va ularning to`la ishtirokini ta`minlaydi. Iqtidorli alabalar ilmiy-tadqiqot ishlarining mamlakatimizdagi boshqa ilmiy markazlar va institutlar hamda xorijda olib borilayotgan ilmiy izlanishlar bilanaloqasini o`rnatadi.

  1. Bo`limning vazifasi

– iqtidorli talabalar faoliyatini shakillantirish va rivojlantirish nizomini ishlab chiqish;

–  iqtidorli talabalarni ilmiy va kasbiy qiziqishlarini e`tiborga olgan holda aniqlash , ularni maqsadli tayyorlashni tashkil etish;

–   iqtidorli talabalarning faoliyatini talabalar ilmiy jamiyati faoliya bilan xamkorlikda olib borishni tashkil etish;

– muammolar kengashi bilan xamkorlikda talab olingan iqtidorli talabalarning intellektual salohiyatini davriy ravishda aniqlab borish;

–   muammolar kengashi, Kafedra va dekanat takliflariga binoan talabga javob bermagan talabani iqtidorli talaba guruhidan chiqarish;

– iqtidorli talabalarni filial kafedralarida va markaziy ilmiy tekshirish labaratoriyasi shaxobchalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishini ta`minlash va nazoratga olish;

– O`zbekiston Respublikasi “Yoshlar ittifoqi” jamg`armasi, grantlariga, nomdor stependiantlarga tavsiya qilish;

– ilmiy markazlarga iqtidorli talabalarning borishiga tavsiya berish va tashkil etish;

–  “Eng yaxshi ma`ruzachi”, “Eng yaxshi mavzu”, va bir qancha shunga o`xshagan tanlovlarni tashkil etish va o`tkazish, iqtidorli talabalar orasida muntazam ravishda tadqiqotlar olib borish;

–  kafedralar va labaratoriyalarda iqtidorli talabalar bilan ishlovchi ma`sul xodimning olib  borayorgan ishlarini nazorat qiladi, u yerda yaratilgan muhitni va sharoitni o`rganadi;

– iqtidorli talabalarga mualliflik diplomlari va guvohnomalarini xujjatlashtirish;

– iqtidorli talabalarning ilmiy ishlarni va ishlanmalarini chop etishda hamda amakiyotga joriy etishga yaqindan yordam ko`rsatadi;

–  fakultetlar bilan birga o`zaro hamkorlikda ish olib boorish. O`zaro fikr almashish, takliflarni qo`llab quvvatlash.

III. Kafedraning vazifalari   

–  kafedrada javobgar professor-o`qituvchi iqtidorli talabalar bilan ishlash bo`yicha kasbga yo`naltirilgan dastur ishlab chiqadi, uni o`quv va ilmiy bo`limlarda tasdiqlatib oladi, talabalarning faoliyati bo`yicha yarim yillik va yillik xisobotlarni bo`limga topshirish;

–  kafedrada iqtidorli talabalar bilan ish olib borish uchun javobgar professor-o`qituvchilarning nomzodi kafedra mudiriva xodimlar tomonidan kafedra yig`ilishida ko`rib chiqiladi va tasdiqlanadi;

– kafedra iqtidorli talabalarni aniqlash uchun maxsus imtixon savollarini tuzadi va kafedraning yetuk professor-o`qituvchilari ularni imtixondan o`tkazadi. Ilmiy bo`lim kafedra hoxishiga binoan imtixonga o`z vakillarini yuborishi mumkin;

–   kafedra iqtidorli talabalarni aniqlash 4 bosqichda olib boriladi:

1-bosqich – kafedradagi og`zaki imtihon;

2-bosqich – vaziyatli masalalar;

3-bosqich – test topshiriqlari;

4-bosqich – amaliy ko`nikmalarni bajarilishi;

–   yuqori reyting balga ega bo`lgan talabalar kafedraga dekanat tomonidan tavsiya qilinsa yoki talabaning o`zi iqtidorli talabalar safiga qo`shilmoqchi bo`lsa kafedrada ular ham maxsus imtixondan o`tkazilib iqtidorli talabalar guruhiga kirgizilishi mumkin;

–  imtixondan muvoffaqiyatli o`tgan talabalar kafedra yig`ilishida barcha xodim ishtirokida muxikama qilinib b`limga tavsiya qilinadi;

– imtixondan muvoffaqiyatli o`tgan talabalarga professor-o`qituvchilar raxbaelik qiladi va talabalarni yil davomida ilmiy-tadqiqot ishlariga moslashtiradi;

– kafedrada Respublika xorijiy yetuk olimlarning iqtidorli talabalarga ma`ruza o`qishini ta`minlaydi.

IV.Dekanatning vazzifasi

– kafedralar tavsiya etgan talabalar ro`yxati asosida iqtidorli talabalar guruhini tuzadi, ularning faoliyatini nazorat qilish bilan bog`liq bo`lgan barcha tadbirlarga boshchilik qiladi;

–  fakultet bo`yicha iqtidorli talabalar bilan shug`ullanuvchi ilmiy darajasiga ega bo`lgan o`qituvchini ajratadi va fakultetda iqtidorli talabalarni aniqlash bo`yicha kafedraga o`z takliflarini kiritadi;

–  yuqori reyting baliga ega bo`lgan talabalarni iqtidorli talabala guruhiga kiritish bo`yicha kafedraga yozma ravishda taklif kiritadi;

–  iqidorli tlabalarni nazorat qilish bo`yicha ilmiy bo`lim tomonidan tashkil qilingan xay`at tarkibiga professor-o`qituvchilardan o`z vakillarini ajratadi;

–  filialda o`tkaziladigan ilmiy seminarlar, anjumanlar va Respublika miqiyosida olib boriladigan olimpiadalarni o`tkazishda bo`limga yaqindan yordam beradi;

– fakultetga qarashli kafedralarda iqidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlariga yaratilgan shart-sharoitlarni o`rganadi, bo`lim bilan xamkorlikda ularni yaxshilash bo`yicha kafedralarga o`z takliflarini kiritadi va nazorat qiladi;

–  fakultetda iqtidorli talablarga javobgar iqtidorli talabalar bilan kafedralararo tanlovlar, seminarlar bir qancha tadbirlar o`tkazishda yaqindan yordam beradi.

V.Muammolar kengashining vazifasi

– iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini muammolar kengashining yig`ilishlarida o`rganadi va ko`rib chiqadi;

– ilmiy-tadqiqot ishlarining natijalari bo`yicha faxrli o`rinlrni belgilaydi (odatda 1-, 2-, 3-,) va bu o`rinlar kafedra, dekanat hamda ilmiy bo`lim tomonidan muhokama qilinadi va qa`tiy hisoblanadi;

– faxrli o`ringa sazovor ishni (odatda 1-, 2-, 3-,) Respublika olimpiadalariga, nomdor stipendiyalar bo`yicha o`z takliflarini beradi;

– faxrli o`rinni egalagan ishlar bo`yicha Filial kengashida xisobot beradi;

– iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari ntijalari bo`yicha kafedraning yillik hisobotini qabul qiladi.

VI.“Yoshlar ittifoqi” fondining vazifasi

–  iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlariga moddiy va ma`naviy yordam ko`rsatish;

– iqtidorli talabalarning seminarlar, ilmiy anjumanlar, Respublika olimpiadalarini o`tkazishga bevosita yordam berish;

–  iqtidorli talabalarni xorij safarlariga yuborilishiga yaqindan moddiy va ma`naviy yordam berish, faxirli o`rinlarni egallagan talabalarni va ularning raxbarlarini rag`batlantirish;

– iqtidorli talabalarning faoliyati xaqida “Yoshlar ovozi” gazetasida ma`lumot berib boradi, viloyat matbuotida, televedeniya va  иқтидорли талабаларнинг фаолияти ҳақида “Ёшлар овози” газетасида маълумот бериб боради, Вилояти матбуотида, телевидения ва радиода чиқишларига яқиндан ёрдам беради.

 

VII. Iqtidorli talabalarning vazifalari

–  yuqori darajada axloqli, madaniyatli va ilmga chanqoq bo`lishi, doimo yangilikka intilishi;

–  o`zining intellektual salohiyatini doimo oshirib borish, internetdan foydalana olish, ilmiy adabiyotlardan, filialda, respublikada, xorijda qilinayotgan ilmiy-tadqiqot ishlaridan boxabar bo`lish;

– kafedrada unga biriktirilgan rahbar bilan doimo hamkorlikda ishlash, ilmiy material to`plashda va ekspremental ishlarda bevosita ishtirok etish;

–    ingliz va boshqa xorij tillarini mukammal o`rganish va bilish;

–  o`zining ilmiy-tadqiqot ishi uchun o`zi material to`plashi va ilmiy rahbari bilan olingan ma`lumotlarni birgalikda tahlil qilishi;

–   ilmiy-tadqiqot ishini tayyorlashda qo`llanilgan adabiyotlar, metodlar, eksprementlar, olingan natijalarni Respublika jurnallarda tezis va maqola ko`rinishida chop etish;

–  Respublika, filial, fakultetlarda va kafedralar miqiyosida bo`lib o`tadigan tanlovlarda, tadbirlarda va seminarlarda faol qatnashib filialni sha`nini ximoya qilish.

 Maqolani yuklab olish

————————— ———————————– ——————————————–

RSS
Follow by Email
Twitter
Visit Us
Telegram
VK
OK