REJA-MOLIYA BO'LIMI

REJA-MOLIYA BO’LIMI BOSHLIG’I
1990 yilda Surxondaryo  viloyati Qiziriq tumanida tug’ilgan.

2012 yilda Toshkent Arxitektura va qurilish institutining  “Menejment” yunalishini   tamomlagan

2008-2012 yy.- Toshkent Arxitektura va qurilish instituti talabasi

2013-2018 yy. – Termiz tuman BTPJ bosh xisobchi

2018.09-2018.11 yy. – Termiz shaxar BTPJ to’lov guruxi inspektori

2018.12-2019.02 yy. –  TDTU Termiz filiali Reja-moliya bo’limi 1-toifali iqtisodchi

2019.03 y. – to.h.v.  – TDTU Termiz filiali Reja-moliya bo’limi boshlig’i

 

2019 yil 01 martdan: Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filialining Reja moliya bo`limi boshlig`i;

BO’LIM VA UNING FAOLIYATI HAQIDA MA’LUMOT
  Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida ta’lim muassasalarini moliyalash, jumladan, oliy o’quv
yurtlarida o’qitish jarayonini zamon talablari darajasiga yetkazish, ya’ni, ularda ijtimoiy
himoyalashni takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini kengaytirishda «Reja-moliya» bo’limlari
munosib hissasini qo’shib kelishmoqda. Shu qatorda, bizning bo’limimiz ham institut tashkil
qilinganidan buyon faoliyat yuritib kelmoqda. Zero, bo’limimiz faoliyat yuritish jarayonidagi
asosiy maqsad institutimiz jamoasini imkon qadar ijtimoiy ximoya qilish, o’quv jarayonini
yuqori saviyada o’tishi uchun zaruriy o’quv jixozlari va texnologiyalari bilan ta’minlash,
talabalar uylarida istiqomat qiladigan yoshlarning yashash sharoitlarini yaxshilash bo’yicha rejalar
ishlab chiqish hamda mazkur tadbirlarni amalga oshirishni moliyalashtirishga qaratilgan.
Shuningdek, institutimiz iqtisodiy vaziyatini yaxshilash, mablag’larning samarali sarflanishini
ta’minlash, xarajatlarni belgilangan rejalar asosida amalga oshirish, ortiqcha sarflarga yo’l
qo’ymaslik bo’lim faoliyatining bosh mezoni hisoblanadi.O’zbekiston Respublikasi oliy o’quv yurtlarida ta’lim, ilmiy-tadqiqot, tadbirkorlik ishlari samaradorligini ta’minlash institut moliya-iqtisodiyot ishlari bo’yicha prorektori qoshidagi asosiy bo’g’inlardan biri Reja-moliya bo’limi zimmasiga ham yuklangan.Reja-moliya bo’limi faoliyatini takomillashtirish, byudjet va
byudjetdan tashqari mablag’larining daromadlar va xarajatlar smetasini tuzish, iqtisodiy
tahlil o’tkazish, namunaviy shtatlar jadvalini to’g’ri yuritishni nazorat qilish hamda institut
faoliyatini muntazam moliyalashtirib borishdan iborat.
Reja-moliya bo’limi xodimlarining tarkibi
  Bo’limda ishlovchi xodimlar soni 3 kishidan iborat bo’lib, ular quyidagilarni tashkil yetadi:

·         Bo’lim boshlig’i;

·         I — darajali iqtisodchi

·         II — darajali iqtisodchi;

Reja-moliya bo’limi xodimlarining vazifalari

·   Bo’limga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish bo’lim boshlig’i, 1-toifali iqtisodchi bilan tashkiliy-amaliy ishlar bilan ta’minlanadi.

·   Bo’lim faoliyatiga rahbarlikni bo’lim boshlig’i amalga oshiradi.

 Bo’lim boshlig’ining vazifalari:

·         Bo’limning ishini tashkil qilish, muvofiqlashtirish,
hamda doimiy ish rejaga muvofiq olib borish;

·         Bo’lim boshlig’i ish rejasida belgilangan
vazifalarni hamda boshqa topshiriqlarni o’z vaqtida, sifatli hamda zarur darajada
bajarilishini doimiy ravishda nazorat qilib borish;

·         O’z ish faoliyatida O’zbekiston
Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining iqtisodiy sohasidagi hamda Institut
rektorining farmoyishlari, buyruqlari, ko’rsatmalari asosida ish olib borish;·

Bo’limga yuklatilgan vazifalarni sifatsiz tayyorlash holatlariga yo’l quygan xodimlarga nisbatan
o’rnatilgan tartibda intizomiy jazo choralari ko’rish;

·         Muassasa rahbarining
topshirig’iga ko’ra mablag’larni sarflash bo’yicha qaror, farmoyishlarni yekspertiza qilish va
iqtisodiy tahlil o’tkazish;

·         Byudjet va nobyudjet mablag’lar bo’yicha smeta loyihalarini
tuzish va uni tasdiqlatish uchun vazirlikka taqdim yetish;

·         Kadrlar tayyorlash va
malakasini oshirish muassasalari shtatlari va kontingentlari bo’yicha rejalar bajarilishi
to’g’risidagi 3-2 shakl hisobotini topshirish;

·         3-2 shakl va 4-ta’lim statistik
hisobotlari topshirilgandan so’ng o’quv yili boshiga talabalar sonidan kelib chiqqan holda
professor-o’qituvchilar tarkibini aniqlash.

1-toifali iqtisodchining vazifalari:

·         Namunaviy shtatlar jadvalini tuzish va shtat
intizomini nazorat qilish;

·         Xarajatlar smetasining har chorak xisobotini tuzish va
ularni vazirlik hamda statistik tashkilotlarga taqdim yetish;

·         Professor-o’qituvchi va
xodimlarni moddiy rag’batlantirish xarajatlar smetasining har chorak xisobotini tuzish va
ularni vazirlik hamda statistik tashkilotlarga taqdim yetish;

·         Har chorakda O’zbekiston
Respublikasi Davlat statistika qo’mitasining 2014 yil 18 noyabrdagi 4-mb-son qarori bilan
tasdiqlangan 1-T shakli bo’yicha mehnat hisobotini Toshkent shahar statistika boshqarmasiga
topshirib borish;

·         O’zbekiston Respublikasi «Davlat statistika to’g’risida»gi qonuniga
asosan taqdim yetilgan hamda Davlat statistika qo’mitasining 2013 yil 16 oktyabrdagi 6-mb-son
qarori bilan tasdiqlangan 4-ta’lim shakli bo’yicha har o’quv yili boshiga oliy o’quv yurtlari
yillik hisobotini topshirish.

·         Bo’lim boshlig’ining topshiriq va ko’rsatmalarini o’z
vaqtida sifatli bajarish;

·         Talabalar kontingentini har oyning 1-15 holatiga tuzib
borish;

·         Yuqori tashkilotlardan kelgan xatlarga javobni kompyuterga kiritish va chop
qilish va boshqalar.

  2-toifali iqtisodchining vazifalari:

·         O’UMTV hamda yuqori tashkilotlardan kelgan xat
va  topshiriqlarni belgilangan muddatdan kechiktirmasdan bajarish;

·         Yangi o’oquv yili
uchun qabul qilinayotgan  professor- o’qituvchilar va hodimlar oylik maoshlarini  yozib borish;

·         Har oyning birinchi sanasiga talabalar kontingentini hamda  professor-
o’oqituvchilar va hodimlar  sonini aniqlab borish;·

·         Shtat intizomini qatiy nazorat
qilib borish;·

·         Institutda talim hizmati va servis soxasi bo’oyicha tushum t
o’g’risidagi malumotni O’UMTVga har oyning 3-sanasiga qadar topshirish;·

·         Bo’limda
kirish, chiqish hatlarni ro’yxatini olish va boshqalar.

Reja-moliya bo’limi xodimlarining huquq va majburiyatlari

·         Reja-moliya bo’limini rektor
tomonidan tayinlangan boshliq boshqarib boradi va unga shu bo’limdagi barcha xodimlar
bo’ysinadi;

·         Reja-moliya masalalari bo’yicha ko’rsatmalar va topshiriqlarni o’z vaqtida
sifatli bajarish;

·         byudjet va byudjetdan tashqari mablag’lari sarflanishini nazorat
qilish;

·         Reja-moliya masalalari bo’yicha yozishmalar olib borish;

·         Mehnat
intizomiga qat’iy rioya qilish va boshqalardan iborat.

RSS
Follow by Email
Twitter
Visit Us
LINKEDIN