XODIMLAR BO'LIMI

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali xodimlar bo’limi inspektori.

Abdurasulova Xolida Turdimurodovna

Tel. +99893-762-55-57

email: 

 

 

                                  Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Termiz filiali xodimlar bo’limi muhandisi

                                  Soatov Nazar Isanovich

                                  Tel. +99891-587-84-54

                                  email:

 

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat Texnika universiteti Termiz filiali Kadrlar bo’limi to’g’risidagi

NIZOMI

I. Umumiy qoidalar

  1. Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Kadrlar bo’limi yagona kadrlar siyosati shakllantirilishi va amalga oshirilishini ta’minlovchi mustaqil tarkibiy bo’linmasi hisoblanadi.

         Kadrlar bo’limi filial direktoriga bo’ysunadi.

  1. Bo’lim o’z faoliyatida O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qonunlariga, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari va Farmoyishlariga, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlari va farmoyishlariga, boshqa me’yoriy – huquqiy hujjatlarga, yo’riqnomalarga, shuningdek unversitet Ustaviga, filial direktorining buyruqlari va farmoyishlariga hamda ushbu Nizomga tayanadi.

         3. Bo’lim o’z faoliyatini tarkibiy bo’linmalar rahbarlari bilan hamjihatlikda amalga oshiradi, inson resurslarini boshqarishning asosiy vazifasi – ulardan foydalanish samaradorligini oshirish masalasi hal etilishi uchun javobgardir.

II. Asosiy vazifalar

  1. Bo’limning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

– kadrlar ta’minoti, filial xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning professional darajasini oshirish sohasida yagona siyosat ishlab chiqish va uni amalga oshirish;

– rahbarlik lavozimlariga ko’tarish uchun kadlar rezervini shakllantirish va tayyorlash;

– filial tuzilishi va shtatini maqbullashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqishda qatnashish;

– xodimlar bilan ishlashda mehnat to’g’risidagi qonun hujjatlarining me’yorlariga rioya etilishini ta’minlash;

– filial xodimlarining ish qobiliyatini oshirish maqsadida ishlash uchun normal shart – sharoit yaratish va jamoada sog’lom ma’naviy – ruhiy muhitni saqlab turish;

         – kadrlar ishiga oid yangi usullar va ilg’or texnologiyalarni joriy etish, kadrlarga doir hujjatlarni standartlash va unifikatsiyalash, axborot – texnologik vositalarini qo’llash asosida xodimlarni boshqarish jarayonlarini takomillashtirish.

III. Bo’limning funksiyalari

  1. Bo’lim o’z zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq, quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:

– amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq, filial xodimlari tanlanishi va joy – joyiga qo’yilishini ta’minlash;

– filial bo’limlaridagi kadrlar bilan bog’liq vaziyat dinamikasini muntazam tahlil qilib borish,undagi o’zgarishlarni prognozlash;

– Xodimlarning amaliy va professional siyosatlarini o’rganish, ularning professional va pog’onlarida o’sishini rejalashtirish;

– boshqaruvning barcha darajalari uchun ta’sirchan kadrlar rezervini yaratish va aniq maqsadli tayyorlab borish,kadrlar rezervi rahbarlik lavozimlariga o’tishga tayyorligini davriy ravishda baholash;

– xodimlar attestatsiyadan o’tkazilishini tashkil etish, attestatsiya yakunlarini tahlil qilish, tegishli hujjatlar hamda buyruqlarni tayyorlash va rasmiylashtirish;

– filial xodimlarini ishga qabul qilish, boshqa ishga o’tkazish va ular bilan mehnat shartnomasini bekor qilish to’g’risida takliflar tayyorlab, ko’rib chiqish uchun rabariyatga taqdim etish;

– xodimlarning zarur malaka darajasini saqlab turish, kadrlarni o’qitish hamda malakasini oshirishning uzluksiz tizimini yaratish va u samarali ishlashini ta’minlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish va rahbariyatga taqdim etish;

– filial uchun kadrlar tayyorlash maqsadida, oliy o’quv yurtlari va kasb – hunar kollejlari bilan hamkorlik qilishini ta’minlash;

– ishga yangi qabul qilingan xodimlar umumiy va professional ko’nikishi borasidagi ishlarni olib borish, kadrlar qo’nimsizligi sabablarini o’rganish, kadrlarni barqarorlashtirish chora – tadbirlarini ishlab chiqish;

– moddiy va ma’naviy rag’batlantirishning amaldagi chora – tadbirlari samaradorligini tahlil qilish, ular xodimlarning mehnat va ijtimoiy faolligini oshirishga ta’sirini kuchayitish yuzasidan takliflar hamda tavsiyalar kiritish, rag’batlantirishning yangi turlarini ishlab chiqish;

– zamonaviy axborot texnologiyalari va avtomatlashtirilgan tizimlardan foydalangan holda kadrlarni boshqarish usullarini joriy etish;

– kadrlar shaxsiy tarkibining shaxsiy va statistik hisobini yuritish hamda belgilangan hisobotlarni tayyorlash;

– xodimlar mehnat daftarchalari, shaxsiy yig’majildlari, kartoteka va boshqa hisobga olish materiallarini yuritish hamda saqlash;

– kadrlarga oid va ijtimoiy masalalarni hal etishda filialning tarkibiby bo’linmalari rahbarlariga maslahatlar hamda metodik yordam berish;

– filial bo’linmalarida kadrlarni tanlash, joy – joyiga qo’yish va tarbiyalash masalalarida O’zbekiston Respublikasining mehnat to’g’ridagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish;

– filial bo’linmalarining rahbarlari bilan birgalikda chet elga xizmat safarlariga yuborish uchun nomzodlarni tanlash va bu xodimlarni rasmiylashtirish, xizmat safariga yuboriladigan mutaxassislar xisobini yuritish;

– xodimlarning xizmat safarlari bo’yicha buyruqlar tayyorlash, xizmat safari guvohnomalarini rasmiylashtirish va berish;

– mehnat ta’tillaridan o’z vaqtida foydalanilishini nazorat qilish, belgilangan tartibda tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish;

– amaliy ishda alohida o’rnak ko’rsatgan xodimlar, shuningdek yubilyarlarni davlat mukofotlari, faxriy yorliqlar, mukofotlar bilan taqdirlash hamda ular uchun rag’batlantirishning boshqa turlarini qo’llash yuzasidan materiallarni belgilangan tartibda tayyorlash;

– filial xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishga, mehnat uvhun qulay shart – sharoit yaratish, dam olishni tashkil etish va ular salomatligini himoyalashga doir chora – tadbirlarni amalga oshirish;

– belgilangan tartibda kasallik varaqalarini rasmiylashtirish, xodmlarga pensiya tayinlanishi munosabati bilan hujjatlarni tayyorlash;

– filial bo’linmalarida mehnat intizomiga rioya etilishi ustidan nazoratni tashkil etish, xodimlarning intizomiy javobgarligi masalalari bo’yicha ko’rib chiqish uchun takliflar tayyorlash;

– tasdqilangan tartibga muvofiq, xodimlarga xizmat guvohnomalari va ruxsatnomalar rasmiylashtirilishi hamda berilishini tashkil etish;

– xodimlarning hozirgi va avvalgi mehnat faoliyati to’g’risida ma’lumotnomalar berish;

– ishlayotgan xodimlarga va ishga kirayotgan shaxslarga maslahatlar berish, bo’lim vakolatlari doirasiga kiruvchi masalalar yuzasidan fuqarolarning xatlari va murojaatlarini ko’rib chiqish.

IV. Huquqlar

  1. Kadrlar bo’limi xodimlari zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish davomida quyidagi huquqlardan foydalanishlari mumkin:

– kadrlar bilan ishlash bo’yicha rejalar va dasturlarni ishlab chiqish uchun zarur axborotni belgilangan tartibda filialning tarkibiy bo’linmalaridan so’rash va olish;

– filial bo’linmalari mehnat to’g’ridagi qonun hujjatlariga hamda kadrlar ta’minoti masalalari bilan bog’liq me’yoriy – huquqiy hujjatlarga qanday rioya etayotganligini nazorat qilish va tekshirish;

– qonun hujjatlari buzilishini bartaraf etish, amaldagi mehnat qonunchiligi talablari bajarilishini ta’minlamagan yoki ular buzilishiga yo’l qo’ygan rahbarlar va boshqa xodimlarni javobgarlikka tortish yuzasidan universitet rahbariyatiga takliflar berish;

– kadrlar bilan ishlash hamda universitet tuzilishi va shtatini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan belgilangan tartibda rahbariyatgatakliflar kiritish;

– filial rahbariyati o’tkazadigan yig’ilishlar va kengashlar ishida qatnashish;

– bo’lim ishi bilan bog’liq masalalarni hal etish uchun filialning boshqa tarkibiy bo’linmalari mutaxassislarini jalb etish (tarkibiy bo’linmalarning rahbarlari bilan kelishgan holda).

V.  Ishlarni tashkil etish

  1. Bo’lim o’z ishini filial rahbariyati tasdiqlaydigan, istiqbol uchun ishlab chiqilgan hamda joriy rejalar asosida tashkil etadi.

8.Bo’limga filial firektori tayinlaydigan boshliq rahbarlik qiladi.
Bo’lim boshlig’i o’z o’rinbosariga ega bo’ladi.

  1. Bo’lim boshlig’i:

– Bo’lim zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish ishlari puxta tashkil etilishini taminlaydi;

– Bo’lim zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarilishi, shuningdek bo’limda olib borilayotgan ishlarning sirini saqlash ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi;

– filial xodimlarini ishga qabul qilish, boshqa ishga o’tkazish va ular bilan mehnat shartnomasini bekor qilish to’g’risida tarkibiy bo’linmalar rahbarlari bilan kelishilgan takliflar kiritadi;

– filialning tarkibiy bo’linmalari nomiga yuboriladigan, rahbariyat qarorlarini talab qilmaydigan xatlarni imzolaydi.

  1. Bo’lim xodimlarining xizmat vazifalari doirasi bo’lim boshlig’i tomonidan, bo’lim zimmasidagi vazifalardan kelib chiqqan holda, belgilangan tartibda tasdiqlangan xizmatchilar lavozimlari malaka bildirgichlari va lavozim yo’riqnomalariga muvofiq belgilanadi.
  2. Bo’limning tuzilishi va shtatlari soni belgilangan tartibda tasdiqlanadi.

12. Bo’lim o’z nomi yozilgan dumaloq muhrga ega.

RSS
Follow by Email
FACEBOOK
Twitter
Visit Us
YOUTUBE
PINTEREST
LINKEDIN
INSTAGRAM
Telegram
VK
OK