YO'RIQNOMA

TDTU Termiz filiali

                                         Ichki tartib qoidalari (Yuklab olish)

                   Talabalar va professor-o’qituvchilarning kiyinish madaniyati bo’yicha tavsiya

Ayrim talabalarning oliy ta’lim muassasasiga odamlar diqqatini tortadigan, tanani shaffof
ko’rsatib turadigan, yelka, ko’krak va qorin, shuningdek, tizzadan yuqori qismlari ochiq
qoladigan hamda haddan ziyod tor kiyimda yoki diniy ibodat libosida, metal zanjirlar,
to’qnog’ichlar, tanaga turli munchoqlar qadagan, soqoli o’sgan, ro’molini jag’idan bog’lab o’ragan
tarzda kelishi va shunday holda yurishi jamoatchilik tomonidan ahloqiy qoidalarni buzish
sifatida e’tirof etilmoqda. Shu bilan birgalikda turli tushunmovchiliklarni keltirib chiqarib,
ichki tartib qoidalarning buzilishiga sabab bo’lmoqda.

Har bir talaba ta’lim muassassiga orasta bo’lib, unga monand va belgilangan tartibdagi
kiyimda, soqol olingan va soch tartibga keltirilgan holda kelishi lozim.

Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda oliy ta’lim muassasasining Ustavi(nizom), ichki tartib
qoidalari hamda xalqaro doirada umume’tirof etilgan ma’naviy va ahloqiy tamoyillar,
xalqimizga mos milliy urf-odat, an’analarimiz va milliy ma’naviyatimiz mezonlari asosida
oliy ta’lim muassasasining ichki tartib qoidalariga quyidagi jumlalar kiritilishini, hamda
oliy ta’lim muassasasi kengashi qayta tasdiqlanishini ta’minlashingiz so’raladi.

Oliy ta’lim muassasasi(OTM)da kiyinish tartibi va madaniyati:
Talaba yigitlar OTM hududiga (belgilangan formada) oq ko’ylakda, klassik uslubdagi shim-
kostyum, galstukda va to’q rangli poyafzalda kelishlari lozim;
Talaba qizlar OTMga (belgilangan formada) oq bluzkalarda, tizzani yopib turadigan yubka va
kostyum, to’q rangdagi poyafzalda kelishlari lozim;
Erkak pedagog xodim va talaba yigitlarning tashqi qiyofasi ozoda, pokiza, sochi tartibga
solingan va soqoli olingan bo’lishi lozim;
Talabalar auditoriyada, o’qituvchi va xodimlar esa xizmat xonalarida ustki kiyimda (plash,
palto,kurtka kabilar)yurishlari mumkin emas;
Pedagog hodim va talabalar OTMga diniy ibodat libosida, sport kiyimi va poyafzalida kelishi,
ularning odamlar diqqatinin tortadigan, xususan,tanani shaffof ko’rsatib turadigan yelka,
ko’krak va qorin, tizzadan yuqori qismlari ochiq qoladigan hamda haddan ziyod tor kiyimda,
shuningdek naushniklar, metal zanjirlar va boshqa taqinchoqlar, pirsingda, soqolni o’stirgan
holda, ro’molini jag’idan bog’lagan tarzda OTMga kelishi va shu holatda OTMda yurishi mumkin
emas;
Ayol pedagog xodimlar va talaba qizlarga yorqin pardoz (makiyaj) qilishiga yo’l qo’yilmaydi.
Ushbu qoidalarni buzganlik uchun Vazirlar Mahkamasining “ oliy ta’lim muassasalariga o’qishga
qabul qilish, talabalar o’qishini ko’chirish, qayta tiklash va o’qishdan chetlashtirish tartibi
to’g’risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017 yil 20 iyun’dagi 393-son qarori bilan
tasdiqlangan “ Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriyatiga talabalarni o’qishga qabul qilish
tartibi to’g’risida nizom” asosida intizomiy chora ko’rish lozimligini ma’lum qilamiz.

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI TERMIZ FILIALI

IQTIDORLI TALABALARNI IZLASH, ANIKLASH VA ULARNI MAQSADLI TAYYORLASH BO’YICHA

NIZOMI
TERMIZ-2018

IQTIDORLI TALABALARNI IZLASH, ANIKLASH VA ULARNI

MAQSADLI TAYYORLASH BO’YICHA

NIZOMI

1.UMUMIY QOIDALAR

1.1.Nizom O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni, «Kadrlar tayyorlash
Milliy dasturi»dan kelib chiqadigan vazifalar, Oliy va o’rta maxsus ta’lim Vazirligining
1998 yil 10 iyundagi 185 – son buyrug’i bilan tasdiklangan «Iqtidorli talabalarni izlash,
aniklash va ularni maqsadli tayyorlash to’g’risidagi Nizom» da belgilangan iqtidorli talabalar
bilan ishlash borasidagi vazifalarni universitetda uzluksiz bajarilishini ta’minlash maqsadida
ishlab chiqilgan. Unda iqtidorli talabalarni izlash, tanlash va kelajakda ularning zamonaviy
bilimlarga ega bo’lgan, bozor iqtisodiyoti talablariga javob bera oladigan, zamonaviy
kompyuter va axborot texnologiyalari tizimlaridan mukammal foydalana oladigan, yetuk,
ma’naviy xususiyatlarga ega bo’lgan, milliy istiklol g’oyasini o’zida mujassamlashtirgan, Respublikamizning ichki va tashqi siyosatini
tushunadigan va targ’ib qiladigan, ajdodlarimizning ilm sohasidagi yutuklarining davomchilari
bo’la oladigan, vatanparvar va barkamol inson bo’lib shakllanishi uchun universitet jamoasi
bajarishi zarur bo’lgan asosiy vazifalar, ularni bajarilishining shakl va usullari
belgilangan.

Iqtidorli talabalar – O’zbekiston Respublikasining ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotini
hamda uning jahon hamjamiyatida munosib o’rin egallashini ta’minlovchi muhim omil va millat
ziynati hisoblanadi.

1.2. Iqtidorli talabalarni izlash, aniklash va maqsadli tayyorlashning asosiy maqsadi –
Respublikamizning ilmiy va ijodiy salohiyatini rivojlantiruvchi intellektual elitani
tayyorlash va bu borada yuksak iste’dod sohiblariga, bilimning tegishli sohalari va fanning
anik yo’nalishlari bo’yicha o’z qobiliyatlarini namoyon etish va rivojlantirish, o’zlaridagi noyob
iste’dodni ro’yobga chiqarish uchun imkoniyatlar yaratishdir.

1.3. Iqtidorli talabalarni maqsadli tayyorlashning vazifalari
quyidagilardan iborat:

– iqtidorli talabalarning intellektual salohiyati, chuqur bilim olishga va
qobiliyatlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish;

— malakali professor-o’qituvchilarni iqtidorli talabalar bilan individual
ishlashga jalb etish;

— ilm-fan taraqqiyotining ustivor yo’nalishlari bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlariga
iqtidorli talabalarni keng jalb etish;

— iqtidorli talabalarni yuqori malakali kadrlar tayyorlash, oliy ta’limning
keyingi bosqichlariga tayyorlash ishlariga jalb qilish;

-iqtidorli talabalar bo’yicha Universitet banki va monitoringini
shakllantirish;

-iqtidorli talabalar uchun maxsus o’quv dasturlari, zamonaviy axborot va pedagogik
texnologiyalarni ishlab chiqish;

— buyurtmachilar talablarini qondiruvchi malakali, har tomonlama kamol topgan kadrlarni
tayyorlash.

1.4. Iqtidorli talabalar bilan olib boriladigan ishlarning samarasini oshirish
maqsadida «Iqtidorli talabalar akademiyasi» tashkil etiladi. Unga ushbu Nizomda belgilangan
xamma tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirish vazifasi yuklatiladi.

IQTIDORLI TALABALARNI TANLASH TAMOYILLARI
2.1. Iqtidorli talabalarni izlash o’qishning dastlabki kunlaridan va kasbga yo’naltirish
ishlarini olib borish jarayonida amalga oshiriladi.

2.2. Barcha fanlardan yuqori reyting ko’rsatkichiga erishgan va maxsus dastur asosida o’qishga
xohishi bor talabalar pedagogik – psixologik test sinovlaridan o’tadilar.

2.3.Pedagogik-psixologik testlardan muvaffaqiyatli o’tgan va o’zlarining xoxishlariga ko’ra
ilmiy ishlar bajarishga, chet tili, axborot texnologiyalari, O’zbekiston tarixi, milliy
istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar, fundamental va maxsus fanlarni
chuqurlashtirilgan dastur asosida o’qishga moyilligi bor va «Iqtidorli talaba» deb tan olingan
talabalarga maxsus o’qishlar tashkil .qilinadi.

2.4. Iqtidorli talabalar quyidagi talablarga javob berishlari zarur:

— fanlarni yuqori darajada o’zlashtirishi;

— chet tillaridan birini puxta egallashi;

—— kompyuter savodxonligiga ega bo’lishi;

— mustaqil fikrlash, yangi fikr va mulohazalarni bildirish, amalda tadbiq
etish xususiyatlariga ega bo’lishi;

— sohasi bo’yicha mustaqil bilim olishga yo’naltirilgan va ilm-fan sohasidagi yangiliklarni
tezkorlik bilan egallash xususiyatlari shakllangan bo’lishi lozim.

2.5. Iqtidorli talaba o’zining maxsus o’quv va ijodiy ishlarini to’lava belgilangan muddatlarda bajarishi, o’qishda, ijodiy ishlarni bajarishda boshqa talabalarga
o’rnak bo’lishi zarur.

3.IQTIDORLI TALABALARNING MUSTAQIL TA’LIM FAOLIYATINI TASHKIL ETISH

3.1.Fanlardan yuqori reyting ko’rsatkichiga ega, pedagogik- psixologik test sinovlaridan
muvaffaqiyatli o’tgan va o’zlarining xoxishlariga ko’ra ilmiy ishlar bajarishga, chet tili,
axborot texnologiyalari, O’zbekiston tarixi, millii istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va
tamoyillar, fundamental va maxsus fanlarni chuqurlashtirilgan dastur asosida o’qishga
moyilligi bor va «Iqtidorli talaba» deb tan olingan talabalarga fakultet ilmiy
kengashining tavsiyasiga ko’ra universitet rektorining buyrug’iga asosan maxsus o’qishlar tashkil
qilinadi.

3.2. Ta’lim olish pedagogik – psixologik test sinovlari natijalariga va fakultet Ilmiy
Kengashi hamda iqtidorli talabalar Akademiyasi qaroriga asosan iqtidorli talabalar guruhlari
tashkil etilishi va maxsus chuqurlash-tirilgan o’quv dasturi asosida amalga oshiriladi.

3.3. Maqsadli chuqurlashtirilgan o’quv dasturi , umumiy (asosiy) o’quv dasturiga
qo’shimchalar kiritish yo’li bilan o’quv bo’limi, dekanatlar va kafedralar
hamkorligida iqtidorli talabalarning qobiliyatlarini e’tiborga olgan holda har
o’quv yilining boshida (20-sentyabrgacha) tuziladi va universitet rektoriga
tasdiklashga takdim etiladi.

3.4. Tanlab olingan fanlardan o’qitishni chuqurlashtirish (chuqur bilim berish) talabalarning
qobiliyatlarini e’tiborga olgan holda ushbu fanlar o’quv dasturlarini kengaytirish hisobiga
bo’lishi mumkin. Iqtidorli talabalarni o’qitishni tashkil etish ularda mustaqil
ta’lim olish ko’nikmalarini rivojlantirishga yo’naltirilgan bo’lishi shart.

3.5. Ilmiy rahbar (ustoz) iqtidorli talaba va chuqurlashtirilgan holda o’rganilishi nazarda
tutilgan fan o’qituvchilari bilan hamkorlikda maxsus dastur va tematik reja tuzadi.

3.6. Iqtidorli talabalar bilan o’quv mashg’ulotlari davra suhbatlari, berilgan shaxsiy
topshiriklarning muhokamasi, seminarlar va talabalarni qiziktirishga yo’naltirilgan boshqa
shakllarda olib boriladi.

3.7. Iqtidorli talabalar uchun universitet kutubxonasidan, xalqaro INTERNET tizimidan
foydalanish uchun barcha sharoitlar yaratiladi. Kutubxona ma’muriyati zarur adabiyotlar bilan
iqtidorli talabalarni ularning ehtiyojidan kelib chiqib ta’minlashga majburdir.

3.8. Iqtidorli talabalar bilan ishlashga tanlov asosida olingan professor-o’qituvchilarning
yillik o’quv yuklamasidan 100 soat miqdorigacha bunday talabalar bilan ishlashga ajratiladi.

3.9.Iqtidorli talabalarga, talabalar akademiyasi, dekanatlar yoki kafedralar tavsiyasiga ko’ra
va tanlov asosida ilmiy rahbar tayinlanadi. Ustoz o’zining shogirdi bilan xamkorlikda olib
boradigan, o’quv yilining so’nggida erishilishi kutilayotgan natijalar rejasini tuzadi va bu
reja fakultet Ilmiy kengashida tasdiqlanadi.

3.10. Fakultet ilmiy kengashi iqtidorli talabaning ijodiy ish rejasini tasdiklaydi, hamda
universitet rektoriga talabani Akademiyada o’qishiga tavsiya beradi. Fakultet ilmiy kengashi
o’quv yili davomida kamida bir marta ilmiy rahbarning yoki zarur bo’lgan holda iqtidorli
talabaning o’quv va ijodiy rejalarini bajarilishi haqidagi hisobotlarini muhokama qiladi.
Ustozning talaba bilan hamkorlikda olib borgan ishlari natijalari qoniqarli emas deb
topilsa, ularga zarur tavsiyalar beriladi yoki talabani umumiy holda o’qishga o’tkazish haqida
fakultet dekani Ilmiy Kengash qarori bilan universitet rektoriga tavsiya beradi.

3.11. Dekan Akademiyada o’qiyotgan talabani o’quv va ijodiy ishlarini reja bo’yicha
borishini, kafedralarda talabaga hamma o’qish sharoitlarni yaratilishini nazorat qilib
boradi. Kafedra va talabaning ustozi hamkorlikda talabaga nazorat ishlari, kurs ishlari va
boshqa o’quv ishlarini topshirish muddatlarini belgilaydi.

3.12. Maxsus dastur asosida o’qitilayotgan iqtidyurli talaba bilan hamkorlikda va uning
ijodiy rejasini e’tiborga olgan holda fanlar bo’yicha joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni
topshirish, o’quv dasturini bajarish usullari belgilanadi, talaba fanlarni o’zlashtirishi uchun
kerakli adabiyotlar, uslubiy qo’llanmalar, texnik vositalar bilan ta’minlanadi, ularga
fanlardan maslahatchi o’qituvchi belgilanadi va topshiriq, nazorat belgilangan muddatda qabul
qilib olinadi.

3.13. Chet tillar, axborot texnologiyalari, O’zbekiston tarixiy, milliy istiklol g’oyasi:
asosiy tushuncha va tamoyillar fanlaridan mashg’ulotlar tasdiqlangan maxsus jadval asosida,
chuqurlashtirilgan fanlar bo’yicha mashg’ulotlar esa ilmiy raxbar yoki maslahatchi bilan
hamkorlikda berilgan shaxsiy topshiriklarning bajarilish holatiga qarab belgilanadi.

3.14. Yuqori ko’rsatkichlarga erishgan iqtidorli talabalarga iqtidorli talabalar
Akademiyasining tavsiyasiga binoan, ayrim fanlar bo’yicha darslarga (o’qituvchining roziligi
bilan) shaxsiy reja asosida qatnashish imkoniyati berilishi mumkin.

3.15.Chuqurlashtirilgan o’quv dasturi bo’yicha, yuqori reyting ko’rsatkichlariga ega talabalar va
samarali mehnat qilib yuqori ko’rsatkichlarga erishgan professor – o’qituvchilar o’rnatilgan
qoidalar bo’yicha takdirlanishga tavsiya etiladilar

.

IQTIDORLI TALABALAR BILAN ISHLOVCHI USTOZ VA
PROFESSOR-O’QITUVCHILARNI TANLASH
4.1 Iqtidorli talabalarga dars berishga ilmiy darajali va talabani
maqsadli tayyorlash dasturi bo’yicha yetarli bilimga ega bo’lgan professor-
o’kituvchilar jalb etiladi.

4.2 Iqtidorli talabalarga ilmiy rahbar etib, ijodiy va uslubiy ishlash tajribasiga ega
bo’lgan, o’quv-uslubiy va ilmiy faoliyati bo’yicha reytingi yuqori bo’lgan professor va dotsentlar
tayinlanadi.

4.3 Iqtidorli talabalar ilmiy rahbarlarining asosiy vazifalari etib
quyidagilar belgilanadi:

—iqtidorli talabalarni maqsadli tayyorlash dasturini tuzish va uni amalga oshirishga rahbarlik
qilish;

— iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’yicha yetakchi xorijiy davlatlardagi ilg’or tajribalarni
o’rganish va ularni o’z faoliyatida qo’llash;

— yangi pedagogik texnologiya, kompyuter texnologiyasi va video-audio texnikalarini o’quv
jarayonida keng qo’llash;

— maqsadli dasturni mavaffaqiyatli bajarayotgan iqtidorli talabalarni moddiy va ma’naviy
rag’batlantirish bo’yicha takliflar kiritish.

UNIVERSITET «IQTIDORLI TALABALAR AKADEMIYASI»NING TARKIBI VA VAZIFALARI

5.1.Iqtidorli talabalarni aniklash, ular bilan ishlashni tashkil etish va ularga tegishli
sharoitlar yaratib berish maqsadida «Iqtidorli talabalar Akademiyasi» tashkil etiladi.

5.2 Iqtidorli talabalar Akademiyasining Boshqaruv tarkibi universitet rektorining buyrug’i
bilan rasmiylashtiriladi va universitet ilmiy bo’limi qoshida faoliyat ko’rsatadi. Ilmiy bo’lim
shtatlar jadvalida Iqtidorli talabalar va ularga tegishli xujjatlar bilan ish olib boruvchi
mas’ul xodim lavozimi shtat birligi kiritiladi va bu lavozimga ilmiy daraja yoki unvonga ega
bo’lgan psixolog yoki pedagog tayinlanadi. Universitet iqtidorli talabalar Akademiyasini
jamoatchilik asosida faoliyat ko’rsatuvchi Akademiya Prezidenti boshqaradi. Prezident
universitetda faol mehnat. qilayotgan, ilmiy darajaga ega, yoshi 40 yoshgacha bo’lgan o’qituvchilar
safidan tanlov asosida Universitet Ilmiy Kengashida saylanadi va rektorning buyrug’i bilan
rasmiylashtiriladi.

Akademiya Vitse-Prezidentlari etib universitet «Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti
yetakchisi», magistratura bo’limi boshlig’i, aspirantura bo’limi boshlig’i va talabalar vakili
tayinlanadilar. Boshqaruv tarkibiga shuningdek fakultetlar Ilmiy Kengashining iqtidorli
talabalar bilan ishlash bo’yicha ma’sul a’zolari, universitetning yetuk professor-o’qituvchilari
va talabalar vakillari kiritiladilar.

5.3. «Iqtidorli talabalar Akademiyasi»ning asosiy faoliyat yo’nalishi etib quyidagilar
belgilanadi:

— chet tillarini, axborot texnologiyalari, O’zbekiston tarixi va boshqa fanlarni yaxshi
o’zlashtirayotgan talabalar orasida, ilmiy ishlar olib bora oladigan, chet mamlakatlarga o’qishga
yuborish mumkin bo’lgan va boshqa individual qobiliyatga ega bo’lgan iqtidorli talabalarni
izlash, tanlash va ularda mustaqil ta’lim olish qobiliyatlarini rivojlantirish bo’yicha tadbirlar
ishlab chiqish va tegishli kafedralar bilan hamkorlikda bu ishlarni samarali olib borishni
tashkil etish; fundamental va maxsus fanlarni chuqur o’rganayotgan, ilmiy ishlar olib borish
salohiyatiga ega bo’lgan, ta’lim va ilm muassasalarida tajribali va bilimli ish yuritishga, chet
mamlakatlarda o’qishni davom ettirishga, malaka oshirishga salohiyati yetarli va mustaqil ta’lim
olish qobiliyatlari bo’lgan talabalarni izlash, tanlash va ularga chet tillari, axborot
texnologiyalari, O’zbekiston tarixi, milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar
hamda boshqa fanlarni chuqur o’rganish uchun zarur bo’lgan tadbirlarni o’tkazish; ilmiy ishlar olib
borish imkoniyati va qobiliyati mavjud bo’lgan iqtidorli talabalarga ilmiy mavzu va ustoz
tanlash, ilmiy ishlarini olib borish, ilmiy ishlarini chop etish, ularni mualliflik ishlariga
jalb etish, ilmiy konferentsiya va turli tanlovlarga tayyorlash va zarur bo’lgan shart-
sharoitlarni yaratib berish;

– iqtidorli talabalarni Respublika Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari, «Yoshlar
ittifoqi» va boshqa tanlovlarda qatnashishga, reja asosida tayyorlash va universitetda
tanlovlar o’tkazish;

– universitet ilmiy kengashi qarorlari bilan tashkil etilgan nomli
stipendiyalar tanlovlarini o’tkazish va iqtidorli talabalarga bunday
tanlovlarga tayyorgarlik ko’rishni tashkil etish;

— iqtidorli yoshlarga «INTERNET» dan unumli foydalanish, chet
mamlakatlar talabalari va olimlari bilan aloqa o’rnatish, axborot va
pedagogik texnologiyalarni o’rganishlariga, kutubxonalar, gazeta va
jurnallardan foydalanishlariga sharoit yaratish ;

— iqtidorli talabalarni shaxsiy, chuqurlashtirilgan va maqsadli o’quv dasturlari bo’yicha o’qishga
tavsiya berish, ularga bunday dasturlar bo’yicha o’qishlarida, mustaqil ta’lim olish qobiliyatini
rivojlantirishda ko’maklashish (adabiyotlar topish, texnik vositalardan foydalanish, ish
rejalarini tuzish, o’quv va ilmiy ishlarini bajarishda maslahat berish, maslahatchilar tanlash va
boshqalar);

— iqtidorli talabalarni ilmiy konferentsiyalar, ko’rgazmalar, olimpiadalarda qatnashishiga
tayyorlash;

— universitetda iqtidorli talabalarni keng targ’ib etish;

— dekanat va kafedralarga iqtidorli talabalar bilan ishlashni tashkil etishda uslubiy yordam berish va iqtidorli talabalar bilan olib borilayotgan ishlarni nazorat
qilish;

— iqtidorli talabalar uchun turli ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlar o’tkazish;

— universitetda iqtidorli talabalar va ustozlar monitoringini olib borish;

— har yili iqtidorli talabalar ro’yxatini va qilgan ishlarining ko’rgazmalarini tashkil etish,
«Pedagogik ta’lim» jurnalida ularning maqolalarini e’lon qilish;

— iqtidorli talabalarni moddiy qo’llash maqsadida turli korxona, tashkilot va fondlarning
xomiyliklarini tashkil etish.

IQTIDORLI TALABALARNING ERISHGAN YUTUQLARINI BAHOLASH MEZONLARI

6.1 Iqtidorli talabalarni va ularning ustozlari erishgan yutukdarini quyidagi jadvalda
keltiriltan tadbirlar bo’yicha o’quv yilning oxirida (may-iyun oylari) reyting usuli bilan
baholanadi.

6.2 Iqtidorli talabalarga beriladigan ballar va tadbirlar jadvali:


Ballar beriladigan tadbirlarning nomlari

Eng katta ball

Ball berishga asos bo’ladigan xujjat va ball berishga ma’sullar
1

2

3

4

1.
Yillik o’quv rejasini (umumiy maqsadli, chuqurlashtirilgan, kengaytirilgan) o’z vaqtida
bajarib hamma fanlardan yuqori ballarga erishgani uchun a) hamma fanlardan faqat 85% dan
yuqori o’zlashtirgani

b) hamma fanlardan 70% dan yuqori o’zlashtirgani

15

10

Talabalarning reyting daftari, talabalar Akademiyasi

2.

Chet tili, axborot texnologiyalari, O’zbekiston tarixi va milliy istiqlol toyasi:asosiy
tushuncha va tamoyillar fanlaridan chuqur o’rganishdagi yutuqlari va bu fanlardan qo’shimcha
darslarga qatnashishdagi faoliyati

20

Talabalarning reyting ko’rsatkichlari, talabalar Akademiyasi, tegishli kafedralar.

3.
Fanlardan Respublika miqiyosidagi olimpiadalarda faol qatnashib a) birinchi o’rinni egallasa
b) ikkinchi va uchinchi o’rinlarni egallasa

20

15

Olgan o’rinlarni tasdiklovchi xujjat, talabalar Akademiyasi va kafedralar

4.
Chet tilida yozilgan va yuqori ballga ximoya qilingan malakaviy bitiruv ishi, magistrlik
dissertatsiyasi

20

Ishning ximoyadan so’ng talabalar Akademiyasiga topshirilgan nusxasi, reyting daftariga
qo’yilgan baho, talabalar Akademiyasi, tegishli kafedralar

5.

Universitet jamoa ishlarida va talabalar Akademiyasi faoliyatida namunali qatnashish.

20

Dekanat, kafedra, jamoat tashkilotlari, talabalar Akademiyasi.

6.

Respublika «Kamolot» tanlovlarida a) faol qatnashgani uchun b) chet ellarda o’qishni davom
ettirish uchun yo’llanma olish (bakalavr va magistratura)

10

40

Respublika tanlovlarida olgan ballari, talabalar Akademiyasi.

7.

Respublika Prezidenti, Beruniy, Ulug’bek, Navoiy nomidagi va boshqa davlat stipendiyalari
sovrindori bo’lish

50

Respublika tanlovlaridagi ko’rsat-kichlari, talabalar Akademiyasi.

8.

Universitetning nomli stipendiyalari sovrindori bo’lish

40

Universitet tanlovlaridagi ko’rsatkichi, ilmiy Kengashi qarori, talabalar Akademiyasi

9.

Universitet ilmiy konferentsiyalarida qilingan ma’ruza va

a) chop etilgan tezis

b) chet tilida kilingan ma’ruza

15

40

Chop etilgan tezis nusxasi, talabalar Akademiyasi, kafedralar.

10.

Xalqaro miqyosida ilmiy konferentsiyalarda faol katnashish va tezis chop tish

a) chet mamlakatlarda

b) respublika xududida

40

25

Tezis nusxasi, talabalar Akademiyasi, kafedralar|

11.

Universitet miqyosida ko’rik tanlov, ko’rgazmalarda a) faol qatnashish

6) sovrindor bo’lish

5

10

Namunaning nusxasi, sovrindorlik guvoxnomasi, talabalar Akademiyasi, kafedralar.

12.

Respublika miqyosida ko’rik tanlov ko’rgazmalarda a) faol qatnashish

b) sovrindor bo’lish

10

20

Namunaning nusxasi, sovrindorlik guvoxnomasi, talabalar Akademiyasi, kafedralar.

13.

Xalqaro miqyosida ko’rik tanlov, ko’rgazmalarda a) faol qatnashish -Respublika qududida

chet mamlakatlarda

b) sovrindor bo’lish Respublika hududida

chet mamlakatlarda

10

20

20

40

Namunaning nushasi, sovrindorlik guvoxnomasi talabalar Akademiyasi, kafedralar.

14.

Xo’jalik shartnoma ishlarini , turli grantlarni bajarishdagi ishtiroki

20

Rektorning buyrugi, qabul qilingan xisobot nusxasi, ilmiy ishlar bo’limi, talabalar
Akademiyasi, kafedralar.

15.

Pullik davlat byudjet ilmiy ishlarini bajarishdagi ishtiroki

20

Rektorning buyrug’i, qabul qilingan hisobot nusxasi, ilmiy ishlar bo’limi, talabalar
Akademiyasi, kafedralar.

16.

Mualliflik guvoxnomasi va patent olish

20

Guvoxnoma va patent nusxasi, talabalar Akademiyasi.

17.

Ilmiy ishlar natijalarini amaliyotga tadbiq etish

30

Tegishli xujjatlar, ilmiy ishlar bo’limi talabalar Akademiyasi, kafedralar.
18.

Yangi ishlab chiqarilgan va universitetning o’quv yoki ilmiy ishlarida qo’llanilayotgan ko’rgazma
qurollari

15

Tegishli hujjatlar, ilmiy ishlar bo’limi, talabalar Akademiyasi, kafedralar.

19.

Respublikada nashr etiladigai ilmiy jurnallarda maqola chop etish

15

Maqolaning chop etilgan nusxasi, talabalar Akademiyasi, kafedralar.

20.
Chet mamlakatlarning ilmiy jurnallarida ilmiy maqola chop etish

30

Maqolaning chop etilgan nusxasi, talabalar Akademiyasi, kafedralar.

21.
Universitetdagi tadbirkorlik ishlarida faol qatnashish

10

Tegishli xujjatlar, iqtisodiyot va tadbirkorlik ishlari bo’yicha prorektor, talabalar
Akademiyasi, kafedralar.
22.

Universitet o’quv va ilmiy ishlari mavzulari bilan bog’liq bo’lgan yangi tadbirkorlik ishlarini
joriy etish

15

Tegishli hujjatlar, iqtisodiyot va tadbirkorlik ishlari bo’yicha prorektor, talabalar
Akademiyasi, kafedralar.

6.3. Umumiy to’plash mumkin bo’lgan ballning kamida 70%ini to’plagan Iqtidorli talabalar
qo’shimcha stipendiya bilan ta’minlanadilar.

6.4. Shogirdlari iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’yicha egallash mumkin bo’lgan umumiy
reyting ballining o’rtacha qiymatining 70 % idan yuqori ball to’plagan va samarali mehnat
qilayotgan professor-o’qituvchilar universitetning Faxriy unvonlariga va qo’shimcha maosh olishga
tavsiya etiladilar.

6.5. Reyting ballini belgilash uchun zarur bo’lgan xujjatlarni (xisobot, patent, chop etilgan
maqola va tezis, diplom va boshqalarni) o’rnatilgan tartibda va belgilangan muddatda takdim
etmagan iqtidorli talabalarga ball berilmaydi.

IQTIDORLI TALABALAR VA USTOZLARNI RAG’BATLANTIRISH
7.1. O’quv va ilmiy rejalarini to’la bajarayotgan, chet tili, axborot texnologiyalari,
O’zbekiston tarixi, milliy istiklol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar hamda boshqa
fanlarni chuqur o’rganayotgan, universitet jamoat ishlarida faol qatnashayotgan iqtidorli
talabalarni universitet rahbariyati, ilmiy kengashi, talabalar Akademiyasi, fakultet,
kafedralar quyidagilarga tavsiya etishlari mumkin:

— Respublikaning «Yoshlar ittifoqi» tanlovlarida qatnashish;
—o’qishni chet mamlakatlarning universitet va institutlarida davom ettirish;

— Respublika Prezidenti, Navoiy, Beruniy va Ulug’bek nomidagi davlat stipendiyalari
tanlovlarida qatnashish;

— universitetning ilmiy kengashi qarori bilan tashkil qilingan nomli stipendiyalar
sovrindorlari bo’lishi;

— iqtidorli magistratura talabalarini kafedralarda ilmiy izlanuvchi o’qituvchi bo’lib ishlash
yoki aspiranturada o’qishni davom ettirish;

— iqtidorli bakalavriat talabalarini magistraturada o’qishni davom ettirish;
— universitet rahbariyati tomonidan moddiy (stipendiyaning 2-3 barobari mikdorigacha) va ma’naviy rag’batlantirish;

—universitetning sog’lomlashtirish lagerida imtiyozli dam olish.

7.2. O’quv va ilmiy ishlarni bajarishda, hamda iqtidorli talabalar bilan ishlash bo’yicha yuqori
ko’rsatkichlarga erishgan professor-o’qituvchilar universitet rahbariyati, talabalar Akademiyasi,
dekanatlar va kafedralar tomonidan quyidagilarga tavsiya etilishi mumkin:

— universitet rahbariyati tomonidan moddiy va ma’naviy rag’batlantirish;

— Respublika «Iste’dod» jamg’armasi va boshqa tanlovlarda qatnashish;
— chet mamlakatlarning universitet va institutlarida hamda ilg’or ilm va ta’lim maskanlarida
malaka oshirish, stajirovka o’tash va tajriba almashishga yuborish;

— universitet joriy etgan Faxriy unvonlar sovrindori bo’lish;
— qo’shimcha maosh belgilash (oylik maoshining 50% igacha);
— yozgan ilmiy ishlarini va o’quv qo’llanmalarini imtiyozli chop etish;
—universitet o’quv uskunalari, laboratoriya jixozlari, kompyuter texnikasi va boshqalardan
imtiyozli foydalanish;
— universitet meditsina bo’limi, sog’lomlashtirish lageri va boshqa xizmatlaridan imtiyozli
foydalanish va boshqalar.

7.3.Iqtidorli talabalarni maqsadli tayyorlash dasturiga sarflanadigan harajatlar
universitetning byudjetdan tashqari topgan mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi.

7.4. Iqtidorli talabalarni va ularning ustozlarini qo’shimcha ravishda rag’batlantirish va
takdirlash turlari universitetning imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda kengaytirilishi
mumkin.

7.5. Buyurtmachi korxona, tashkilot va muassasa iqtidorli talabalarga stipendiya belgilashi
mumkin.

I

You must be logged in to post a comment

RSS
Follow by Email
Twitter
Visit Us
LINKEDIN